Andijon shahridagi Prezident maktabi | Presidential school in Andijan

@andijonprezidentschool


Andijon shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi

Veb-sayt: andijanps.uz
Facebook: https://www.facebook.com/andijonpm
Instagram: https://www.instagram.com/andijonpm

Andijon shahridagi Prezident maktabi | Presidential school in Andijan

22 Oct, 10:30


#saylov_2024
#election_2024

🇺🇿Uz:
📣Xabaringiz bor, Andijon shahridagi Prezident maktabida 27-sentyabr kuni Maktab prezidentligi saylovi bo‘lib o‘tgan edi. Saylov natijalariga ko‘ra maktabning yangi o‘quv yilidagi “Sardorlar kengashi” quyidagicha:

Maktab Prezidenti - Behruzbek Xoldarov
Vitse-prezident - Rustambek Ro‘ziboyev
Kengash kotibi - Mahfuza Qobuljonova
“Eco club” yetakchisi - Shirina Turayeva
___

🇬🇧Eng:
📣As you know, on September 27, School President Election was held at the Presidential School in Andijan. According to the election, the supervision of the “Student Representative Council” in the new academic year of the school:

School President - Behruzbek Kholdarov
Deputy President - Rustambek Roziboyev
Secretary - Mahfuza Qobuljonova
Eco club leader - Shirina Turayeva

©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati 

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt|Facebook|Telegram|Instagram

Andijon shahridagi Prezident maktabi | Presidential school in Andijan

21 Oct, 16:05


#ona_tilim_faxrim
#21_oktabr_Oʻzbek_tili_bayrami_kuni

😁Andijon shaharidagi Prezident maktabida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan “Til - millat ruhi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

⚡️Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tilni madh etuvchi ohangrabo kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlar va she’rlar ijro etildi.

Tadbir yakunida Prezident maktabi ijrochi direktori S.Rislikboyev tomonidan faol o‘qituvchilar, to‘garak rahbarlari va bayramda faol ishtirok etgan ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati 

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt|Facebook|Telegram|Instagram

Andijon shahridagi Prezident maktabi | Presidential school in Andijan

21 Oct, 12:21


O‘zbek tili bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Andijon shahridagi Prezident maktabi | Presidential school in Andijan

21 Oct, 11:30


TIL - MILLAT RUHI

😁Andijon shahridagi Prezident maktabida Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Manzuraxon Moʻminova boshchiligida 9-sinf oʻquvchilari tomonidan yaratilgan “Step-Qadam” nomli kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi.

🤔Ushbu taqdimot kechasida barcha xorijiy ustozlar qatnashdi va birinchi saboqni olishdi. Xorijiy ustozlarning har biriga ushbu kitob taqdim etilib, oʻzbek tilini uzluksiz oʻrgatish va oʻrganishga kelishib olindi.

Izoh: “Step-Qadam” kitobi Oʻzbek tilini oʻrganish va oʻrgatish uchun yaratilgan qoʻllanma boʻlib, undan Oʻzbek tilini mustaqil oʻrganish istagida boʻlgan xorijliklar foydalanishi mumkin. Ushbu kitobcha oʻzbek tilida erkin muloqot qilish koʻnikmalarini hosil qilishga yordam beradi.

©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati 

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt|Facebook|Telegram|Instagram