ANDIJON KADASTR

@andijonkadastr


Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy

ANDIJON KADASTR

22 Oct, 13:35


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

O'zboshimchalik bilan qurib olingan hamda huquqiy hujjatlarga ega bo'lmagan ko'chmas mulk obyektlariga mulk huquqini e'tirof etish uchun qo'yiladigan 8 ta talab bilan infografika orqali tanishib oling.

Asos: 🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuni

#Kadastr_agentligi #O_RQ_937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

ANDIJON KADASTR

22 Oct, 13:30


#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Oltinko‘l tumanida noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilayotganlik holati yuzasidan tarqalgan murojaat o‘rganilib quyidagilar ma’lum qilinadi.

O‘rganishda murojaatdagi holat Oltinko‘l tumani Qipchoq mahalla fuqarolari yig‘ini hududidagi Viloyat suv ta’minoti MCHJ Oltinko‘l tuman filialiga tegishli yer maydoni ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Murojaatga asosan Kadastr agentligi Oltinko‘l tuman bo‘limi tomonidan yuqoridagi hududda o‘rganish ishlari olib borildi lekin murojaatdagi yer maydonida yer qonunbuzilish holati aniqlanmaganligi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

22 Oct, 09:10


#Andijon_kadastr_OAV_biz_haqimizda

⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyat boshqarmasi hamda hududiy tuman, shahar bo'limlari tomonidan yer resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish, yer munosabatlari sohasida qonuniylikni ta'minlash, yer qonunbuzilish holatlarini barvaqt aniqlashga alohida etibor qaratilmoqda

🤔 Batafsil Asaka hayoti gazetasida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

22 Oct, 09:02


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Ma'lumot o'rnida.

❗️Shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimi takomillashtiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

22 Oct, 07:01


😀😃😄😆😊

QONUN HAQIDA Bilishingiz muhim


⚖️ Kutilgan qonun Davlatimiz rahbari tomonidan imzolandi. Qonunning tub mohiyati, tartibi hamda talablari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishingiz uchun mazkur ruknda aholidan kelayotgan barcha savollarga javoblarni berib boramiz.

🔹 Savol yo‘llang: @Dkpuz_bot va biz unga javob berib boramiz!

🤯Savol: “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan ijara huquqi eʼtirof etilgan yer uchastkasini xususiylashtirish tartibi qanday ?

😮 Javob videoda 👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

ANDIJON KADASTR

21 Oct, 11:22


Ўзбек тили байрами муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик

Поздравление народу Узбекистана в связи с Праздником узбекского языка

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

ANDIJON KADASTR

21 Oct, 09:02


Baliqchi tumanida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi 🇺🇿Andijon viloyati baliqchi tuman filiali rahbari boshchiligida ochiq muloqot o‘tkazildi. Tasdiqlangan reja-grafikka asosan tashkil etilgan uchrashuvda aholi hamda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan kadastr masalasidagi murojaatlari tinglanib, yechimi yuzasidan choralar ko‘rildi.

🫥Shuningdek bugungi kunda hukumatimiz tomonidan kadastr sohasiga oid qabul qilinayotgan Qaror va Farmonlarning mazmun mohiyati bo‘yicha kerakli tushuncha, ko‘nikmalar berildi.

🗣 Ochiq muloqot davomida 10 ga yaqin murojaatlarga joyning o‘zida ijobiy yechim topilib, huquqiy tushuntirishlar berildi. O‘rganish uchun vaqt talab etiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

21 Oct, 05:01


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⚡️Sport bellashuvlari davom etmoqda⚡️

⭐️Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlar palatasi 🇺🇿Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan tizim tarkibidagi xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va sportni rivojlantirishga hissa qo‘shish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

🗣 Andijon telerediokompaniyasinig bugungi ko'rsatuvida Marhamat tumanida aqil gimnastikasi xisoblangan shaxmat sport turi bo'yicha o'tkazilayotgan musobaqalar to'g'risida so'z bordi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

19 Oct, 13:00


#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Oltinko'l tumani Qipchoq mahallasi hududida noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilayotganlik holati yuzasidan tarqalgan murojaat bo'yicha o‘rganish ishlarini olib borilmoqda.

Mazkur holat o‘rganilib yakuni bo‘yicha batafsil axborot taqdim etiladi.

@andijonkadastr

ANDIJON KADASTR

19 Oct, 12:50


#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida tezkor tadbir o‘tkazilganligi va unda Kadastr xodimining pul mablag‘i bilan qo‘lga olinganligi to‘g‘risida tarqalgan ma’lumotlar yuzasidan munosabat.

Joriy yilning 17-oktabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan yer qonun buzilish holati bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazilgan lekin bu jarayonda Kadastr xodimining tadbir davomida qo‘lga olinganligi to‘g‘risidagi hech qanday ma’lumot mavjud emas.

Hozirda bu holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilayotganligi ma’lum qilinadi.

@andijonkadastr