#content
Ilmify Inc. Startupiga
Kontent Menejeri (Ma'lumotlarni yigʻish bo‘yicha mutaxassis) Qidirmoqdamiz!
Bizning
Ilmify Inc. startupimizga onlayn va joyida (onsite) maʼlumotlarni yigʻish, tartibga solish va saqlash ishlarini puxta bajaradigan, diqqatli va masʼuliyatli Kontent Menejeri kerak! Agar siz maʼlumotlar bilan ishlashda tajribali bo‘lsangiz va har doim sifat hamda aniqlikka eʼtibor qaratadigan bo‘lsangiz, bu lavozim aynan siz uchun!
Sizdan nima kutamiz:Turli onlayn manbalardan maʼlumotlarni toʻplash va ularning aniqligi, dolzarbligini taʼminlash.
Zarur joylarga tashrif buyurib, joyida maʼlumotlarni yigʻish va tegishli tomonlar bilan hamkorlik qilish.
Toʻplangan maʼlumotlarni tekshirish, saralash va muntazam yangilab borish orqali yuqori sifatli maʼlumotlar bazasini yaratish.
Maʼlumotlar maxfiyligini taʼminlash va ichki koʻrsatmalarga qatʼiy rioya qilish.
Yangi maʼlumot manbalarini aniqlash va yigʻish jarayonlarini doimiy takomillashtirish imkoniyatlarini o‘rganish.
Sizning ishingiz mahsulotlarimiz sifatini oshirishga, dasturiy mahsulotlarimiz kontentini yaxshilashga va sun'iy intellekt (AI) modelimiz uchun kontent tayyorlashga bevosita hissa qo‘shadi.
Nima taklif qilamiz:Barqaror va rivojlanayotgan ish muhitida professional o‘sish imkoniyati.
Malaka oshirish va yangi bilimlarni egallash uchun treninglar va seminarlar.
Yosh, g‘ayratli va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa.
400$ gacha raqobatbardosh maosh va bonuslar tizimi.
Qanday ariza berish mumkin?Telegram orqali @ilmifyinc ga yozing yoki
[email protected] elektron manziliga oʻzingiz haqingizda qisqacha maʼlumot va rezyume yuboring.
👉 Подписаться на канал @UzDev_Jobs