Latest Posts from Toshkent viloyati yoshlari|Yoshlar ittifoqi (@toshkentyoshlari_yi) on Telegram

Toshkent viloyati yoshlari|Yoshlar ittifoqi Telegram Posts

Toshkent viloyati yoshlari|Yoshlar ittifoqi
🇺🇿Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashining telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

http://instagram.com/toshkent_yoshlari_yi
https://www.facebook.com/YIToshkentyoshlari?mibextid=ZbWKwL
https://www.youtube.
@toshkentyoshlari_alo
9,967 Subscribers
16,002 Photos
2,129 Videos
Last Updated 09.03.2025 04:17

Similar Channels

HEMIS_University
13,973 Subscribers
TIPI | Rasmiy kanal
8,716 Subscribers
Nurafshon TV | rasmiy
2,362 Subscribers

The latest content shared by Toshkent viloyati yoshlari|Yoshlar ittifoqi on Telegram

Toshkent viloyati yoshlari|Yoshlar ittifoqi

01 Mar, 17:10

226

#Zulfiyaxonim_110_yilligi

📍Yangiyo'l tuman 2-son politexnikumida shoira Zulfiyaxonim xotirasiga bag‘ishlangan “Zulfiyaxonim hayoti – ibrat maktabi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

📌Tadbirda shoiraning hayoti va ijodi haqida ma’lumot berilib, uning asarlaridan parchalar o‘qildi.

🔹Shuningdek, o'quvchi-yoshlarga Zulfiyaxonim bosib oʻtgan yoʻl, uning hayot yoʻli, sadoqat kuychisi ekanligi barcha uchun ibrat boʻlishi xususida taʼkidlandi.

🇺🇿 🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Telegram|🌐Instagram|Facebook|📹YouTube|
Toshkent viloyati yoshlari|Yoshlar ittifoqi

01 Mar, 16:53

1,412

#Zulfiyaxonim_110_yilligi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlab "Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-musiqiy tadbir oʻtkazildi.

🇺🇿 🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Telegram|🌐Instagram|Facebook|📹YouTube|
Toshkent viloyati yoshlari|Yoshlar ittifoqi

01 Mar, 15:11

1,532

🟦🟦🟦

Askarlarning ota-onalariga minnatdorchilik xatlari tantanali topshirildi

💠DXX chegara qo'shinlariga qarashli Toshkent tumanidagi harbiy qism va O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi bilan hamkorlikda Andijon, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida bir yillik muddatli harbiy xizmatni o'tayotgan oddiy askarlarning ota-onalariga minnatdorchilik bildirish maqsadida, maktablarda tadbirlar tashkil qilindi.

🔺Jumladan, Zangiota tumanidagi 34-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida o'qigan Asliddin Shuxratov, 42-sonli maktabda o'qib ketgan Mahmudxo‘ja Norxo‘jayev hamda Olmazor tumanidagi 219-sonli maktabning sobiq o'quvchisi Muhammadrizo Abdullayevlarning ota-onalariga farzandining Vatan oldidagi harbiy burchga sadoqati, davlat chegarasini himoya qilishda ko'rsatgan jasorati va na'munali harbiy intizomi uchun O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlari Qo'mondonining minnatdorchilik xati topshirildi.

💠Uchrashuvda askarlarga ta’lim bergan o‘qituvchilari, maktab o'quvchilari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

🇺🇿 🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Telegram|🌐Instagram|Facebook|📹YouTube|
Toshkent viloyati yoshlari|Yoshlar ittifoqi

22 Feb, 04:29

1,382

#Eʼlon

🇺🇿O’zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi raisi Muxriddin Xamzayevning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasiga obuna bo'ling!

➡️https://t.me/MuhriddinHamzayev

🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸

🇺🇿O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali yoshlar hayotiga oid eng so‘nggi yangilik, imtiyoz va xabarlarni kuzatib borishingiz mumkin.

➡️Telegram

➡️Instagram

➡️ Facebook

➡️Youtube

🇺🇿 🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Telegram|🌐Instagram|Facebook|📹YouTube
Toshkent viloyati yoshlari|Yoshlar ittifoqi

21 Feb, 11:58

2,174

🟦🟦🟦

Oʻquvchi-yoshlar Milliy kinologiya markazida

🌐Xabaringiz bor, Bojxona qo‘mitasi Milliy kinologiya markazida haftaning har juma kuni "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri oʻtkaziladi. Ushbu kun munosabati bilan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi bilan hamkorlikda Toshkent tumanidagi 9-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun ekskursiya tashkil etildi. 

Sayohat davomida yoshlar ushbu markaz faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot olish imkoniyatiga ega boʻldilar. Shuningdek, xizmat itlarini saqlash sharoitlari, kunlik ovqatlantirish ratsioni va o‘quv mashg‘ulotlari bilan yaqindan tanishtirildi.

🐕Tadbir doirasida Bojxona organlari faoliyatida xizmat itlarining roli to‘g‘risida axborot berilib, ular yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazish jarayonlari va xizmat iti ishtirokida mahorat darsi oʻtib berildi.

🇺🇿 🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Telegram|🌐Instagram|Facebook|📹YouTube|
Toshkent viloyati yoshlari|Yoshlar ittifoqi

21 Feb, 08:50

1,568

#Milliylik_millat_koʻrki #Chellenj

💘“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Toshkent viloyati BXO Yoshlar ittifoqi yoshlar yetakchisining tashabbusi bilan, "Milliylik – millat koʻrki!" chellenji doirasida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

🇺🇿 🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Telegram|🌐Instagram|Facebook|📹YouTube|
Toshkent viloyati yoshlari|Yoshlar ittifoqi

21 Feb, 07:39

1,539

#Milliylik_millat_koʻrki #chellenj

Angren universiteti professor-oʻqituvchilari hamda talabalar tomonidan "Milliylik – millat koʻrki!" shiori ostidagi chellenj doirasida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

🇺🇿 🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Telegram|🌐Instagram|Facebook|📹YouTube|
Toshkent viloyati yoshlari|Yoshlar ittifoqi

21 Feb, 06:39

683

⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

🟢Ayni damda Nurafshon shahrida joylashgan Yozuvchilar uyushmasi markazi kutubxona binosida "Kichik mutafakkirlar" tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur tanlovni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad – yosh avlodni milliy adabiyotimiz va tariximizga qiziqtirish, ularga mutafakkirlarning hayoti va ijodini oʻrganish orqali bilim va maʼnaviyatni oshirishdan iborat.

📌Tanlov Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan, viloyat hokimligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Oʻzbekiston bolalar tashkiloti, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlinmasi, "Turon" axborot kutubxonasi viloyat markazi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi viloyat Kengashi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamkorligida tashkil qilindi.

📢Maʼlumot uchun mazkur tanlovda viloyatning shahar va tumanlaridan saralangan jami 17 ta jamoa ishtirok etmoqda hamda oʻquvchi-yoshlar buyuk ajdodlarimiz hayoti va ijodiga oid sahnaviy chiqishlari bilan oʻz isteʼdodini namoyon qilmoqdalar.

🔔Bugun gʻolib jamoalar aniqlanadi va yakuniy natija eʼlon qilinadi.

🇺🇿 🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Telegram|🌐Instagram|Facebook|📹YouTube|
Toshkent viloyati yoshlari|Yoshlar ittifoqi

20 Feb, 09:02

91

#Biz_giyohvandlikka_qarshimiz

✔️Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Axborot texnologiyalari fakultetining tashabbuskor talaba-yoshlari tomonidan “Ogoh boʻling, giyohvandlik – halokat sari yoʻl!” shiori ostida videorolik tayyorlandi.

🇺🇿 🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Telegram|🌐Instagram|Facebook|📹YouTube|
Toshkent viloyati yoshlari|Yoshlar ittifoqi

20 Feb, 08:01

162

#Musobaqa

Yoshlar oʻrtasida mini futbol boʻyicha musobaqa oʻtkazildi

🌐O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi, viloyat Sport boshqarmasi hamda Yoshlar ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda “Jasorat maktabi” yig‘ini ishtirokchilari bilan sportning mini futbol turi bo‘yicha musobaqa oʻtkazildi.

📌Mazkur bellashuvni tashkil qilishdan asosiy maqsad – yoshlar orasida sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, musobaqalardagi ishtirokini ta’minlash, jamoalar o‘rtasida do‘stona muhit yaratish hamda "Jasorat" maktabi yig‘in ishtirokchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishdan iborat.

✖️Musobaqa so‘ngida g‘olib jamoalarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

🇺🇿 🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Telegram|🌐Instagram|Facebook|📹YouTube|