▪️Dashti Qipchoq - Sirdaryoning yuqori oqimi, Tyanshanning g'arbiy yonbag'ridan Dnepr daryosining quyi oqimigacha bo'lgan hudud. Hozirgi Qozog'istonning janub va janubi-g'arbi.
▪️Tura shahri - Janubi-g'arbiy Sibirdagi shahar.
▪️Yassi - Turkiston shahri. (Qozog'iston hududida joylashgan)
▪️Konigil - Samarqandda joylashgan hudud. Shahardan tashqaridagi hukmdorlar hordiq chiqaradigan joy.
▪️Kobul - hozirgi Afg'oniston davlatining poytaxti.
▪️Bolo Hisor qal'asi - Kobuldagi Boburning qarorgohi.
▪️Marv - hozirgi Turkmanistan hududidagi shahar.
▪️Astraxon - hozirgi Rossiya Federatsiyasiga qarashli shahar.
▪️Semipalatinsk - 1718-yilda Irtish daryosi sohilida qurilgan yetti qo'rg'ondan iborat shahar.
▪️Kesh - hozirgi Shahrisabz.
▪️Nasaf - hozirgi Qarshi.
▪️Banoras - Hindistondagi shahar.
▪️Atrek - Hozirgi Eron va Turkmanistondagi daryo, uzunligi 669 km, Kaspiy dengiziga quyiladi
▪️Saraxs - hozirgi Turkmanistandagi shahar
▪️Kerder - Qoraqalpog'iston Respublikasi Kegayli tumani hududida joylashgan shahar.
▪️Chust - hozirgi Namangan viloyatidagi tuman.
▪️Qurama - Sirdaryoning o'rta oqimi o'ng qirg'og'ida joylashgan hudud.
Pishpak - hozirgi Bishkek shahri, Qirg'iziston Respublikasi poytaxti
▪️O'sh viloyati - hozirgi Qirg'iziston Respublikasi hududida joylashgan.
▪️Sharqiy Turkiston - Qashqar, hozirgi Xitoy hududiga kiruvchi hudud.