Últimas Postagens de Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали. (@peshkuhokimiyat) no Telegram

Postagens do Canal Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.

Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.
Peshku.uz Бухоро вилояти Пешку тумани ҳокимлигининг телеграмдаги расмий канали.

Мурожаатлар учун: @peshkumurojaatbot
9,776 Inscritos
66,738 Fotos
6,415 Vídeos
Última Atualização 06.03.2025 09:27

O conteúdo mais recente compartilhado por Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали. no Telegram

Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.

01 Mar, 15:48

4,575

🏆 Buxoro viloyati hokimi kubogi: erkaklar o‘rtasidagi musobaqa!

Avval xabar berganimizdek, bugun voleybol bo‘yicha "Buxoro viloyati hokimi kubogi" musobaqasining erkaklar o‘rtasidagi bahslari qizg‘in davom etdi. Ishtirokchi jamoalar g‘alaba uchun bor kuch va mahoratlarini ishga solib, jonbozlik ko‘rsatishdi.

📌Yakuniy natijalarga ko'ra Peshku tumanining ,,Shavgon'' MFY Yoshlar jamoasi faxrli 2-órinni qoʻlga kiritishdi.

♾️ Peshku tumani yangiliklarini kuzatib boring

Telegram| Facebook| 📹Youtube
Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.

01 Mar, 15:27

3,459

Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy meʼyor 1-aprelga qadar uzaytirildi

Xabaringiz bor, 1-mart sanasidan eʼtiboran mamlakatimizda isitish mavsumida tabiiy gaz uchun joriy qilingan 500 kubometrlik bazaviy meʼyor 100 kubometrga tushirilishi belgilangan edi.

Biroq mart oyida havo haroratining past boʻlishi, hatto ayrim kunlari kechasi va kunduzi harorat 0°C darajadan tushib, odatdagidan koʻra sovuqroq kelishi kutilayotgani, qolaversa, aholiga qulaylik yaratish maqsadida, Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kubometr bazaviy meʼyor 2025-yilning 1-apreligacha uzaytirildi.

________________

Базовая норма потребления природного газа в отопительный сезон продлена до 1 апреля

Как известно, с 1 марта в нашей стране было предусмотрено снижение базовой нормы в 500 кубометров, установленной на отопительный сезон для потребления природного газа, до 100 кубометров.

Однако, учитывая, что в марте ожидается понижение температуры воздуха, а в некоторые дни ночная и дневная температура может опускаться ниже 0°C, что будет холоднее, чем обычно, а также в целях создания удобств для населения, согласно поручению Главы нашего Государства, соответствующим постановлением Кабинета Министров базовая норма в 500 кубометров, установленная для отопительного сезона, продлена до 1 апреля 2025 года.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.

01 Mar, 14:56

3,593

#Peshku_tumani
#Jarayon

Obidxo'ja mahalla fuqarolar yig'inida obodonlashtirish ishlaridan lavhalar.

♾️ Peshku tumani yangiliklarini kuzatib boring

Telegram| Facebook| 📹Youtube
Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.

01 Mar, 14:49

3,431

#Peshku_tumani
#Jarayon

Ibn Sino mahalla fuqarolar yig'ini 
hududidan o‘tuvchi D067 avtomobil 
yo‘lining 323-326 kilometrlari oralig'ida 
birinchi toifali to‘siq o‘rnatish ishlari 
Peshku tuman yo‘llardan foydalanish 
korxonasi davlat muassasasi tomonidan o‘rnatilmoqda

♾️ Peshku tumani yangiliklarini kuzatib boring

Telegram| Facebook| 📹Youtube
Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.

01 Mar, 00:24

2,225

Муборак Рамазон ойи кириб келиши муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик

Поздравление народу Узбекистана с наступлением священного месяца Рамазан

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.

01 Mar, 00:18

2,795

⚡️Kunlik Ramazon oyi taqvimi (Buxoro viloyati uchun)

Ro‘za tutish (saharlik, og‘iz yopish) duosi:
Navaytu an asuma sovma shahri ramazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta’ala. Allohu akbar.

Ma’nosi: Ramazon oyining ro‘zasini subhdan to kun botguncha tutmoqni niyat qildim. Xolis Alloh uchun. Alloh buyukdir.

Iftorlik (og‘iz ochish) duosi:
Allohumma laka sumtu va bika amantu va a’layka tavakkaltu va a’la rizqika aftartu, fag‘firli ya g‘offaruma qoddamtu va ma axxortu birohmatika ya arhamar rohimiyn, Allohu akbar.

Ma’nosi: Ey Alloh, ushbu ro‘zamni Sen uchun tutdim va Senga iymon keltirdim. Senga tavakkal qildim va bergan rizqing bilan iftor qildim. Ey mehribonlarning eng mehriboni, mening avvalgi va keyingi gunohlarimni mag‘firat qilgin.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.

28 Feb, 17:19

2,900

🔴 Тошкентда «Hotel Business Forum» 2025 бошланди

🔴 «Инновациялар ва барқарорлик: меҳмондўстлик саноатидаги янги технологиялар» мавзусида «Hotel Business Forum-2025» ўз ишини бошлади

🔴 «Hotel Business Forum-2025»: меҳмондўстлик йўналишида кадрлар тайёрлашнинг янги тенденциялари

🔴 IV Миллий меҳмондўстлик мукофоти ғолиблари тақдирланди


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.

28 Feb, 16:16

3,256

#Turon_2025
#Peshku
❇️Intelligent bolalar” jamoasi viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi

🔹”Turon” maktab teatri tanlovining Peshku tuman bosqichida tanlovning maktab bosqichlarida g‘olib chiqqan 18 ta jamoa ishtirok etib,  2 ta shart asosida kuch sinashdi.

🔹Iqtidorli o‘quvchilarni chiqishlari an’anaviy tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

🔹Murosasiz va shiddatli kechgan tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra,tumandagi 9-umumta’lim maktabining “Intelligent bolalar” jamoasi faxrli 1-o‘rinni o‘rinni egallab, bellashuvning viloyat bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

🔹2-o‘rinni esa 11 -umumta’lim maktabining jamoasi, 3-o‘ringa 34-hamda 13-umumta’lim maktabining jamoasi loyiq deb topildi.

Peshku tuman maktabgacha maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati
Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.

28 Feb, 15:21

5,543

🇺🇿TAYINLOV🇺🇿

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining tegishli buyrug'iga asosan, adliya maslahatchisi Esanov Anvar Shuxratovich joriy yilning 28-fevral sanasidan Peshku tumani prokurori etib tayinlandi.


Tayinlovga qadar viloyat prokuraturasida bo'lim boshlig'i vazifasida faoliyat yuritgan

Peshku tumani yangiliklarini kuzatib boring

Telegram| Facebook| 📹Youtube
Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.

28 Feb, 13:34

3,459

TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

Sport sohasida katta loyihalarda ishtirok etishni xohlaysizmi? Davlat-xususiy sheriklik asosida qulay shartlar bilan quyidagi sport obyektlarini barpo etishda hamkorlik qilishga taklif etamiz!

Gimnastika markazlari – Zamonaviy texnologiyalar asosida quriladigan gimnastika sporti obyektlari.
Boks zallari – Boksni rivojlantirish uchun qulay infratuzilmaga ega sport maskanlari.
Ot sporti bazalari – Ot sporti uchun maxsus mo‘ljallangan zamonaviy sport maydonlari.
Muz maydonchalari – Yengil konstruksiyali yopiq muz qoplamali sport inshootlari.

Agar Sizni ushbu loyihalar qiziqtirsa, hoziroq biz bilan bog‘laning!
📞 Telefonlar: +998(65)221-02-58, +99897-300-41-11

⚡️ Tadbirkorlar uchun katta imkoniyat! Biz bilan hamkorlik qilib, sport infratuzilmasini rivojlantirishga o‘z hissangizni qo‘shing!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube