Последний контент, опубликованный в Pedagogika_Ma'naviyat.uz на Telegram
Pedagogika_Ma'naviyat.uz
08 Dec, 08:42
262
Menimcha
#8dec #uzbekiston24
mtrk.uz
Pedagogika_Ma'naviyat.uz
08 Dec, 06:22
222
Assalomu alaykum, Aziz yurtdoshlar! Hurmatli ustozlar! Qadrli talabalar!
🇺🇿Sizlarni davlatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!
⚡ Konstitutsiya – davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnoma! U xalqimizning irodasi, ruhiyati, ijtimoiy ongi va madaniyati aks etgan, shuningdek, xalqimiz tafakkurining mahsuli bo‘lgan asosiy Qonundir.
⚡ Bosh Qomusimiz – xalqimiz tinchligi va osoyishtaligi, Vatanimiz taraqqiyoti va erkin huquqiy demokratik jamiyat barpo etishning mustahkam kafolatidir.
⚡ Bugun yurtimizda Konstitutsiyamizning 32 yilligi keng nishonlanmoqda! Shu munosabat bilan Oriental universitetining butun jamoasi — professor-oʻqituvchilari, magistr va talabalari hamda ishchi-xodimlarini chin qalbimdan muborakbod etaman! Sizning ilm-maʼrifat ziyosini olamga yoyib, xalqimiz va jamiyatimizga saodat ulashishdek ulugʻ maqsadlaringiz, ezgu va xayrli ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar, faoliyatingizda esa omadlar tilayman.
Nozimjon MAMATOXUNOV, 👍 Oriental universiteti rektori
Конституция куни муносабати билан Ўзбекистон халқига байрам табриги — Праздничное поздравление народу Узбекистана по случаю Дня Конституции
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Pedagogika_Ma'naviyat.uz
08 Dec, 05:11
218
▶️ #Oriental_online
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
⭐️NAVBATDAGIМANFAATLI MEMORANDUM IMZOLANDI
🤔 Avval xabar berganimizdek, Oriental universiteti jamoasi Malayziya-Indoneziya safariga joʻnab ketishgan edi.
⚡ Safar davomida Oriental universiteti rahbariyati Indoneziyaning 4️⃣ ta universiteti va 2️⃣ ta instituti — UNIVERSITAS PAKUAN, POLINDO INTERNATIONAL, UNIVERSITAS NARATAMA SURABAYA, UNIVERSITAS MUHAMMADIYAN BOGOR RAYA universitetlari bilan hamda INSTITUT OF EKONOMIK SCIENCE, INSTITUT BIZNIS DAN INFORMATIKA KESATUAN BOGOR institutlari bilan o‘zaro hamkorlik memorandumlarini imzolashga muvaffaq bo‘ldi!
🤔 Mazkur memorandumlar asosida quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlik aloqalari belgilab olindi:
➖ talabalarning akademik mobilligini taʼminlash; ➖ ijtimoiy va aniq fanlar bo‘yicha ta'lim dasturlarini takomillashtirish; ➖ belgilangan yo‘nalishi bo‘yicha ta'lim dasturlarini takomillashtirish; ➖ ikki tomonlama xalqaro konferensiyalarni tashkil etish; ➖ universitet professor-oʻqituvchilari uchun qisqa muddatli, maqsadli kurslarni joriy etish; ➖oʻzaro tasdiqlangan mavzular doirasida ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish.
🗓 Bugun, 8-dekabr kuni Oriental universiteti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor maslahatchisi Ubaydullayev Nuriddin Tohirovichning tavallud ayyomlari bilan chin yurakdan tabriklaymiz!
✨Ularga mazmunli umr, mustahkam sog'lik va oilaviy tinchlik tilab qolamiz. Universitetimizni yoshlar masalasi, ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishida qilayotgan ezgu ishlariga ulkan zafarlar tilaymiz.
✅ Doimo shogirdlar ardog‘ida bo‘lib yurish nasib qilsin.
https://t.me/Pedagogika_Oriental
Pedagogika_Ma'naviyat.uz
07 Dec, 08:24
287
Talabalar uchun maxsus seminar 🔥
TOPSCORE TEST CENTERdan navbatdagi maxsus seminar bu gal talabalarimiz uchun 16-dekabr kuni soat 13:00 da Oriental universitetining Chuqursoy binosida bo‘lib o‘tadi. 🔔
Ushbu seminar TOEFL iBT imtihonlari bo‘yicha barcha qimmatli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi va tadbir so‘ngida talabalar maxsus bonuslarni ham qo‘lga kiritishlari mumkin bo‘ladi. ✅
Har qanday sohada rivojlanish uchun aynan rivojlantirishga qaratilgan seminar-treninglarimizni o‘tkazib yubormang. Albatta, ishtirok eting! 🤩🙌
Aloqa uchun: +998781137686
Telegram | Instagram Facebook | Veb-sayt
Pedagogika_Ma'naviyat.uz
07 Dec, 07:48
646
#Kun_hikmati
✅ Muvaffaqiyatni sa'y-harakatda, muvaffaqiyatsizlikni esa loqaydlik va dangasalikda, baloni tilda, halovatni esa sukutda koʻrdim.
✍️ Najmiddin Kubro
Pedagogika_Ma'naviyat.uz
07 Dec, 06:54
460
⚡️Konstitutsiya kuni munosabati bilan 500 nafarga yaqin shaxs afv etildi
Konstitutsiya qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan prezident farmoni bilan qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan jazo muddatini oʻtayotgan 483 nafar shaxs afv etildi.
Afv etilgan shaxslarning 107 nafari jazodan toʻliq ozod qilinadi, 275 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 7 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi. Shuningdek, 94 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.
Afv etilganlarning 25 nafarini chet el fuqarolari, 32 nafarini ayol, 5 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 274 nafarini yoshlar (shulardan, 104 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 6 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.
@uzauz
Pedagogika_Ma'naviyat.uz
25 Nov, 15:32
270
#Kulgu_vaqti
Pedagogika_Ma'naviyat.uz
25 Nov, 13:05
412
🎗Bugungi hayrli tadbirni yuqori saviyada tashkil etishda yordam bergan Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikum ma'muriyatiga, Pedagogika, Filologiya, Tarix fakulteti dekanati va tashabbuskor talabalariga va g'oyibona yordam bergan sahovatpesha insonlarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
✅ O'ylagan barcha niyatilarga yetib yuringlar. Borilarga shukr.