Pedagogika_Ma'naviyat.uz (@pedagogika_oriental) के नवीनतम पोस्ट टेलीग्राम पर

Pedagogika_Ma'naviyat.uz टेलीग्राम पोस्ट

Pedagogika_Ma'naviyat.uz
✅ Pedagogika fakultetining rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz!

📝 Taklif va murojaat uchun:

@B_Botirov
2,031 सदस्य
3,102 तस्वीरें
840 वीडियो
अंतिम अपडेट 10.03.2025 15:10

समान चैनल

with love, G
10,013 सदस्य
Yoshlar ovozi
5,074 सदस्य
Iqtisodiyot va turizm official
1,353 सदस्य

Pedagogika_Ma'naviyat.uz द्वारा टेलीग्राम पर साझा की गई नवीनतम सामग्री

Pedagogika_Ma'naviyat.uz

15 Jan, 17:12

321

⭐️ VATANNI ASRASH — MUQADDAS BURCH

Oriental universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Vatanni asrash – muqaddas burch” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar hamda faxriy ustozlar Bekmurod Rahmatullayev, Ayubjon Hakimov, Alisher Umarovlar ishtirok etishdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maʼnaviyat va madaniyat departamenti harbiy ansamblining xonandalari, 71186-sonli harbiy qism xizmatchilari o‘zlarining sahna chiqishlari, kuy-qo‘shiqlarini namoyish etishdi.

🤔 Batafsil videolavhada...

👍 ORIENTAL Matbuot xizmati

Telegram   Youtube 
Facebook   Web-sahifa
Instagram    
Pedagogika_Ma'naviyat.uz

15 Jan, 17:12

304

🇺🇿 14-YANVAR — VATAN HIMOYACHILARI KUNI!

Jonajon yurtimizning qadrli mard o‘g‘lonlari! Barchangizni Oriental universiteti jamoasi nomidan "14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni" hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganining 33-yilligi bilan samimiy tabriklaymiz!

Vatanimizga, oilangizga bo‘lgan sadoqatingiz, xalqimizning tinch va osuda hayotining mustahkam kafolati bo‘lgan Mustaqilligimizni asrash yo‘lidagi beqiyos xizmatlaringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy quvonch, baxt tilaymiz! Sharafli va masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan yutuqlar doimo yor bo‘lsin!

👍 ORIENTAL Matbuot xizmati

Telegram   Youtube 
Facebook   Web-sahifa
Instagram    
Pedagogika_Ma'naviyat.uz

15 Jan, 14:42

480

Universitetimiz talabasining navbatdagi maqolasi👆
Pedagogika_Ma'naviyat.uz

28 Dec, 12:10

289

#Sarhisob - 2024

Ona..
Siz uchun kim Ona?

Qanday ta'rif berasiz?

Ona bu yerdagi qo'riqching, ulg'ayguninga qadar yoningda, so'ngra duolarida har doim yoningda turadigan yagona, eng yaqin inson.

Onangizga qanday ta'rif bergan bo'lardingiz?

Meni qanday duo qildingiz Ona..?
Omad ostonamni oʻyib yubordi
Meni qanday duo qildingiz Ona..?
Alamlar qoʻlimdan qoʻyib yubordi

Meni qanday duo qildingiz Ona..?
Tuproqni ushlasam oʻzgarar zarga
Gʻanimlar boshimga otgan toshlari…
Yetib kelgunicha aylanar parga

Meni qanday duo qildingiz Ona..?
Yaxshilar oʻradi toʻrtta tomonim
Avvalari biroz hudbinroq edim…
Endi sezilmaydi zarra yomonim.

Bizchi? Bu yil onamizni haqqiga necha marta duo qildik, necha marta ko'nglini oldik va afsuski necha marta dilini og'ritdik. Oxirgi marta qachon qo'lini o'pdik, qachon oyoqlarini uqalab qo'ydik. Agar savollarga javobingiz sizni qoniqtirsa demak, siz eng baxtli va saodatli farzand ekansiz. Sizga havas qilamiz. Lekin aksi bo'lsa-chi, Xudo saqlasin...

Vaqt bor..
Hali vaqt borligiga ishora qilib, onamiz g'animatligini unutib qo'yamiz..

Atrofdan do'st qidirib, asl do'stimiz-Onamizni qadrini bilmaymiz....
Ko'zlaridan o'pib, Jannat iforimsiz, onajon, demaymiz....
Poyiga bosh urmasak-da, lek boshimizda toj qilib yurishlikni unutmaylik, do'stlar....

https://t.me/Pedagogika_Oriental
Pedagogika_Ma'naviyat.uz

28 Dec, 10:51

316

Бугун Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов таваллуд топган кун (1936-2016)

ЎЗБЕК НАВОИЙНИ ЎҚИМАЙ ҚЎЙСА…

Ўзбек Навоийни ўқимай қўйса,
Олтин бошнинг калла бўлгани шудир.
Бедил қолиб Демьян Беднийни суйса,
Қора сочнинг малла бўлгани шудир.

Ўзбек Навоийни ўқимай қўйса,
Дод демоққа палла бўлгани шудир.
Маърифатдан айру ўйнаса, кулса,
Аза чоғи ялла бўлгани шудир.

Ўзбек Навоийни ўқимай қўйса,
Алдангани, алла бўлгани шудир.
Юлғич азиз бўлиб, билгич хор бўлса,
Пайтаванинг салла бўлгани шудир.

Эл комил бўлмаса юрт эмас улуғ,
Беқадр маҳалла бўлгани шудир.
Қалб тўла нур халқнинг ризқи ҳам тўлуғ,
Омбор тўла ғалла бўлгани шудир.

Ўзбек ўзлигини англаса бекам,
Унинг «Баракалла» бўлгани шудир.
Оламга Навоий наслиман деган
Овози баралла бўлгани шудир.

Telegram
Pedagogika_Ma'naviyat.uz

28 Dec, 06:38

262

🟩🟩🟩🟩🟦🟦

🟢ORIENTAL REKTORI NOZIMJON MAMATOXUNOV "O‘ZBEKISTON" TELEKANALI NIGOHIDA

🗣MTRK "O‘zbekiston" telekanalining "YANGI YIL SHUKUHI" ko‘rsatuvi orqali Oriental universiteti rektori Nozimjon Mamatoxunov bilan Oriental brendi ostida faoliyat yuritib kelayotgan ta’lim muassasalari, xususan, Oriental universitetining yillik sarhisobiga bag‘ishlangan suhbat tayyorlandi. Mazkur ko‘rsatuvni quyidagi sana va soatlarda tomosha qilishingiz mumkin:

🔵 28-dekabr — soat 20:05
🔵 29-декабрь — soat 11:30–20:00
🔵 30-dekabr — soat 09:50–19:50
🔵 31-dekabr — soat 10:00–22:20
🔵 1-yanvar — soat 10:50–20:55
🔵 2-yanvar — soat 08:45–19:50
🔵 3-yanvar — soat 09:30–19:50
🔵 4-yanvar — soat 08:45–21:40

👍 ORIENTAL Matbuot xizmati

Telegram   Youtube 
Facebook   Web-sahifa
Instagram    
Pedagogika_Ma'naviyat.uz

28 Dec, 05:58

486

🎗#QUTLOV

🗓 Bugun, 28-dekabr kuni Oriental universiteti "G'arb tillari" kafedrasi katta o'qituvchisi Abduvohidov Javohir Abduvohidovichning tavallud ayyomlari bilan tabriklaymiz!

Ularga mazmunli umr, mustahkam sog'lik va oilaviy tinchlik tilab qolamiz. Universitetimizni talabalariga berayotgan bilimlari, qilayotgan ezgu ishlariga ulkan zafarlar tilaymiz!

Doimo shogirdlar ardog‘ida bo‘lib yurish nasib qilsin.

https://t.me/Pedagogika_Oriental
Pedagogika_Ma'naviyat.uz

27 Dec, 16:44

263

🌟💡🌟💡🌟💡🌟💡🌟💡🌟

💘💘💘💘💘💘💘💘💘💘

💘💘💘💘💘  💘💘💘

💘💘💘💘💘💘💘

🌲 Oriental universiteti jamoasi yurtdoshlarimizni Yangi yil bayrami bilan chin dildan muborakbod etadi! 

🏡 Ana shunday ko‘tarinki kayfiyat barchamizga doimo hamroh bo‘lsin! 🔔

👍 ORIENTAL Matbuot xizmati

Telegram   Youtube 
Facebook   Web-sahifa
Instagram    
Pedagogika_Ma'naviyat.uz

27 Dec, 14:49

598

#Sarhisob_2024

👑 Dadajonim - mening qalqonim, mening tog'im.

❤️ Sizni qanchalar yaxshi ko'rishimni bilsangiz edi, ammo buni hech ham sizga ayta olmaganman. Bugun aytishga qaror qildim.

🙏Dadajon, meni kechiring, nimaga deysizmi?! Sizni nohaq ayblaganim uchun, menga mehringiz kam deb o'ylaganim uchun, meni yaxshi ko'rmaydi, deb xafa bo'lganim uchun kechiring.

👏Men sizdan minnatdorman. Men buni endi bildim. Siz eng yaxshi va eng mehribon dada ekanligingizni angladim. Aslida men siz ekanman.

💎 Dadajon, men yaxshi farzandman-a??? Meni kechirasiz-a, men sizni qanday bo'lsangiz shundayligizcha qabul qildim.

💠 Mendan rozimisiz, dadajon🙏

https://t.me/Pedagogika_Oriental
Pedagogika_Ma'naviyat.uz

27 Dec, 14:49

572

🎗Qadrli talabalar. 2024-yil yakunlab, yangi 2025-yil ham kirib kelmoqda. Keling, bu yil bo'yicha sarhisob qilamiz. Shaxsiy hayotda, o'qishda, ishda va ijtimoiy hayotda....

🎬 Tayyormisiz, biz boshladik👇