Dernières publications de Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi (@olmazor_ixtisoslashgan) sur Telegram

Publications du canal Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
1,184 abonnés
5,885 photos
1,105 vidéos
Dernière mise à jour 13.03.2025 03:43

Canaux similaires

BSB ChSB javoblari
2,016 abonnés
ITMA Angren_IM
1,201 abonnés

Le dernier contenu partagé par Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi sur Telegram

Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

15 Feb, 02:51

398

#Bobur_Day_Challenge
#Bobur_tavalludining_542_yilligi

⚡️Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-A sinfida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan shoir ijodidan ingliz tiliga tarjima qilingan ruboiylardan ruboiyxonlik o‘tkazildi.

https://t.me/olmazor_ixtisoslashgan
Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

15 Feb, 02:50

395

#Bobur_Day_Challenge
#Bobur_tavalludining_542_yilligi

⚡️Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-B sinfida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan shoir ijodidan ingliz tiliga tarjima qilingan ruboiylardan ruboiyxonlik o‘tkazildi.

https://t.me/olmazor_ixtisoslashgan
Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

14 Feb, 16:41

730

#xalqaro_hamkorlik

OXFORD AQA VAKILLARI BILAN MUZOKARALAR

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Buyuk Britaniyaning Oxford AQA taʼlim tashkiloti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev mehmonlar bilan muloqotda mamlakatimizda taʼlim sohasida xalqaro va milliy tajribalar, yangi innovatsiyalarga asoslangan islohotlar olib borilayotgani, ayni jarayonda ixtisoslashtirilgan taʼlim yo‘nalishida yuqori natijalarga erishilayotganini alohida taʼkidladi.

Uchrashuvda Oxford AQA vakillari eʼtiboriga Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalari, oliygohlar va boshqa tashkilotlarga oid muhim maʼlumotlar va barcha faoliyat yo‘nalishlarida erishilayotgan natijalar yuzasidan taqdimot havola etildi.

Ikki tomonlama muzokaralarda o‘zaro hamkorlik asosida Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalari rahbar xodimlari, o‘qituvchilarning kasbiy malakalarini oshirish masalalari yuzasidan taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Maʼlumot o‘rnida, Oxford AQA (Assessment and Qualifications Alliance) bu xalqaro darajada tan olingan o‘quv dasturlar, imtihon tizimlari va sertifikatlarni taqdim etuvchi tashkilot hisoblanadi.

Oxford AQA sertifikatlari dunyo bo‘ylab ko‘plab universitetlar va ish beruvchilar tomonidan tan olinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

13 Feb, 18:13

129

#biz_bir_oilamiz

Bugun Prezidentimiz boshchiligida videoselektor yigʻilishi oʻtkazilib, Olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari maktab oʻquvchilarini sportga jalb etish masalasiga alohida toʻxtalib, bir qator topshiriqlar berdi.

Yigʻilishda Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Nargiza Xolboyeva soʻzga chiqib, qilinayotgan ishlar haqida gapirib oʻtdi.

Viloyatda haftaning har shanba kuni “sport kuni” deb belgilangan, oʻquvchilar yosh toifasidan kelib chiqib sport turlariga biriktirish boʻyicha bosqichma-bosqich ishlar tashkil etyapti. “Maktab sport klublari” faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Ularni samarali tashkil etib borayotgan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga vazirlik ustamasi, reyting koʻrsatkichi yuqori boʻlgan oʻqituvchilarga sport vazirligi tomonidan malaka oshirish sertifikati toʻgʻridan toʻgʻri berish tizimi yoʻlga qoʻyilgan.

Prezidentimiz yigʻilishda Nargiza Xolboyevaning mehnatlarini munosib baholab, “Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirladi. Tabriklayman, bu birgina xodimimizga emas, viloyatda faoliyat yuritayotgan 13 mingdan ortiq fidoyi pedagoglarimizga berilgan eʼtibor aslida.

Jamoamizda faoliyatini maktab oʻqituvchiligidan boshlab, bugun butun boshli viloyatdagi maktab va bogʻchalarimizga masʼul boʻlgan, vazifasini sidqidildan uddalayotgan Nargiza Xolboyevadek jonkuyar, harakatchan xodimlarimiz borligi faxrimiz. Umid qilaman, boshqa hudud rahbarlarimiz, tizim rahbar va xodimlari oʻrnak oladi.

@hilola_umarova
Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

13 Feb, 15:30

301

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Avval xabar qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida"gi Farmoni qabul qilindi. Unga koʻra:

2025-2026-oʻquv yilidan:

respublikaning har bir tumanida (shahrida) bosqichma-bosqich inklyuziv taʼlim talablariga javob beradigan kamida bittadan umumtaʼlim maktabi faoliyati tashkil etiladi;

yangi baholash tizimi joriy etiladigan umumtaʼlim maktablar soni 3 000 taga yetkaziladi;

maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumtaʼlim maktablarida qoʻl mehnati bilan yaratilgan asarlar, oʻquvchilar tomonidan chizilgan rasmlar va ijodiy ishlarni oʻz ichiga olgan "Ekologik burchaklar";

maktabgacha taʼlim tashkilotlarida "Ekologik yo‘lakchalar";

maktablarda I va III chorakning soʻnggida "Tabiatni asrashda mening hissam" mavzusida turkum tadbirlar tashkil etiladi;

oʻquv yili yakunida respublika miqyosida "Eng namunali eko maktab" tanlovi oʻtkaziladi;

2025-yil 1-feraldan:

umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻzbek tili (davlat tili) fani boʻyicha dars beruvchi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi oʻzbek tili va adabiyoti sertifikatiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi;

2025-yil 1-maydan:


"Toza qo‘llar" dasturi doirasida barcha taʼlim muassasalarining qo‘l yuvish joylari zarur sanitariya-gigiyena vositalari bilan taʼminlanadi;

2025-yil davomida:

maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlmagan olis va chekka hududlarda maktabgacha taʼlimning muqobil shakli boʻlgan mobil guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

uyda taʼlim olayotgan oʻquvchilar uchun elektron va video darsliklar yaratiladi hamda mobil qurilmalar orqali foydalanish uchun maxsus moslashtirilgan platforma yaratiladi;

"Raqamli kutubxona" tizimining kitoblarga buyurtma berish moduli joriy etiladi;

umumtaʼlim maktablari tabiiy fanlar laboratoriya jihozlari, sport jihozlari va milliy musiqa cholgʻu asboblari bilan taʼminlanadi;

umumiy o‘rta taʼlim muassasalari uchun 65 nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, o‘qituvchi metodika kitoblari yaratiladi;

umumiy o‘rta taʼlim muassasalariga 500 nafar xorijiy mutaxassislar jalb etiladi;

nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari soni 700 taga yetkaziladi;

2025-yil oktabr-dekabr oylarida:


maktab oʻquvchilari oʻrtasida gimnastika boʻyicha "Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi" sport musobaqasi oʻtkaziladi.

Shuningdek, tegishli vazirlik va tashkilotlar, mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda:

maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarining
o‘qituvchi-trenerlari rivojlangan xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuboriladi;

intellektual oʻyinlarni rivojlantirish maqsadida taʼlim muassasalarida shaxmat toʻgaraklari joriy etiladi;

"Bir million dasturchi" loyihasi doirasida yoshlarni nufuzli xalqaro kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida tayyorlash choralari koʻriladi;

taʼlim muassasalari ehtiyojdan kelib chiqqan holda chiqindi konteynerlar bilan taʼminlanadi.
Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

13 Feb, 14:50

308

#Turon #Tanlov #Sport

“Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi g‘oliblari aniqlanmoqda

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab va maktab-internatlarning “Vatan tayanchi” otryad a’zolari o‘rtasida ilk marta tashkil etilayotgan mazkur musobaqaning Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi. Batafsil...

➡️ Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter | TV
Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

13 Feb, 14:39

324

👍👍👍👍👍

⚡️RESPUBLIKAMIZ BO‘YLAB O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASINING TUMAN (SHAHAR) BOSQICHIGA START BERILMOQDA


⚡️Fizika va kimyo fanlaridan o‘qituvchilar olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi Respublikamiz bo‘ylab ertaga, 14-fevral kunidan BOSHLANADI.

Bunda, Fizika – 14-fevral kuni
Kimyo – 15-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

💠Quyida olimpiada tashkil etilgan hududlardagi manzillar bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Farg‘ona viloyati
Jizzax viloyati
Namangan viloyati
Navoiy viloyati
Qashqadaryo viloyati
Samarqand viloyati
Sirdaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Toshkent viloyati
Toshkent shahri
Xorazm viloyati

📍Ishtirokchilar olimpiada o‘tkaziladigan manzilga 1 soat avval borishlari so‘raladi.

Olimpiadaga ro‘xatdan o‘tkazish soat 9:00 da to‘xtatiladi.

Olimpiada jarayonlarini rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

13 Feb, 14:31

355

#Turon_yoʻlbarslari
#Toshkent_shahri

🤩 Agentlikning Toshkent shahrida joylashgan maktab oʻquvсhilаri oʻrtasida boʻlib oʻtgan “Тurоn yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi yakunlandi, unga ko’ra:

🥈Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “Temuriylar” jamoasi 2-oʻringa sazavor bo’lishdi.

🏆Musobaqa so’ngida gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandilar.

https://t.me/olmazor_ixtisoslashgan
Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

13 Feb, 14:08

342

#Bobur_Day_Challenge
#Bobur_tavalludining_542_yilligi

⚡️Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan 10-“B” sinfida “ Bobur g’azallari” challenge” bo’lib o’tdi.

https://t.me/olmazor_ixtisoslashgan
Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

13 Feb, 07:09

450

#Turon_yoʻlbarslari
#Toshkent_shahri

🤩 Agentlikning Toshkent shahrida joylashgan maktab oʻquvсhilаri oʻrtasida boʻlib oʻtgan “Тurоn yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi yakunlandi, unga ko’ra:

🥇Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining
“Jasoratli yoshlar” jamoasi 1-oʻrin;

🥈Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining
“Temuriylar” jamoasi 2-oʻrin;

🥉Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashgan sport maktabining
“Boks chempionlari” jamoasi 3-oʻrinni qo’lga kiritdi.

🏆 Musobaqa so’ngida gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube