Latest Posts from Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi (@olmazor_ixtisoslashgan) on Telegram

Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Telegram Posts

Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
1,184 Subscribers
5,885 Photos
1,105 Videos
Last Updated 13.03.2025 03:43

Similar Channels

Mad’s soul
4,158 Subscribers
Jahongir Academy
1,996 Subscribers

The latest content shared by Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi on Telegram

Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

13 Feb, 07:09

410

#Turon_yoʻlbarslari
#Toshkent_shahri

🤩 Agentlikning Toshkent shahrida joylashgan maktab oʻquvсhilаri oʻrtasida boʻlib oʻtgan “Тurоn yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi yakunlandi, unga ko’ra:



🥈Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining
“Temuriylar” jamoasi 2-oʻringa sazavor bo’lishdi.



🏆Musobaqa so’ngida gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandilar.

https://t.me/olmazor_ixtisoslashgan
Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

11 Feb, 11:58

418

Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 8-“B” va 9-“A” sinf o’quvchilari o’rtasida adabiyot darsidan Shuhratning “Oltin zanglamas” asari asosida adabiy batl (bellashuv) o’tkazildi.
Batl (bellashuv) 5 shartdan iborat bo’ldi. Ular quyidagicha:
1. Fanlararo integratsiya asosida noodatiy topshiriq
2. 5 daqiqada badiiy asar topshirig’i
3. Asar syujetini ochib berish
4. Noodatiy savol-javob
5. Shar ichidagi tahlil

‼️Eslatib o’tamiz, o’quvchilarimiz quyidagi asarlarni o’qib tugatgan😊
1. S.Quronov “Galaktikada bir kun”
2. S.Quronov “Javohirlar sandig’i”
3. O’.Hoshimov “Dunyoning ishlari”
4. A.L.Qozonchi “O’gay ona”
5. A.Qodiriy “Mehrobdan chayon”
6. A.Qodiriy “O’tgan kunlar”
7. T.Murod “Otamdan qolgan dalalar”
8. Ch.Aytmatov “Oq kema”
9. O’.Hoshimov “Ikki eshik orasida”
10. Shuhrat “Oltin zanglamas”
11. S.Ahmad “Ufq” (8-“B” sinfida jarayonda)
12. Jorj Oruellning “Molxona” (9-“A”sinfida jarayonda)

https://t.me/olmazor_ixtisoslashgan
Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

11 Feb, 08:42

356

#OAV_biz_haqimizda

MAXSUS REPORTAJ | "Turon yoʻlbarslari" harbiy-sport musobaqalari doirasidagi tadbirlar

#uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

11 Feb, 08:42

325

#Тuron_2025

“Turon” maktab teatri tanlovi orqali chet elga sayohat qiling!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan maktablardagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va teatr san’atini rivojlantirish maqsadida “Turon” maktab teatri” Respublika tanlovi tashkil etilmoqda.

Tanlov 6-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 2 shart asosida o‘tkaziladi va quyidagi bosqichlarda bo‘lib o‘tadi:

24-28-fevral kunlari — tuman (shahar) bosqichi;
10-29-mart kunlarihududiy bosqich.

✈️ Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoasi xorijiy mamlakatga TA'LIM SAYOHATIni qo‘lga kiritadi.

👉 Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: @turonteatri_bot

❗️Shoshiling!

Ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari 17-fevral kuni soat 16:00 da yakunlanadi.

Tanlov yangiliklarini
vazirlik kanali,
”Turon” maktab teatri kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi


@hilola_umarova
Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

10 Feb, 16:07

505

#Navoiy_tavalludining_584_yilligi
#Bobur_tavalludining_542_yilligi

⚡️Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabda
mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi keng nishonlandi.

O’quvchilari ishtirokida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hamda jahon tarixida o'z izini qoldirgan buyuk hukmdor va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud sanalari munosabati bilan tashkil etilgan tadbirimizda
"Tarix qa’ridagi ikki yulduz" nomli tadbir o’tkazildi.
tadbir davomida ikki buyuk ajdodlarimizning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar, hikmatlar, sahna ko’rinishlari, raqs va qo’shiqlar ijro etildi.

Mazkur tadbirlarda oʻquvchilarimiz Alisher Navoiy xotirasiga ehtirom koʻrsatish bilan birga mutafakkirning ijodiy merosini chuqurroq oʻrganish, uning asarlarida ustuvor boʻlgan ezgulik va ma’rifat tushunchalarini yanada teranroq anglash imkoniga ega bo‘lmoqda.

https://t.me/olmazor_ixtisoslashgan
Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

10 Feb, 07:00

7

#Navoiy_tavalludining_584_yilligi

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi keng nishonlandi.

Shu munosabat bilan "Navoiyxonlik" adabiy kechalari, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, olimlar, shoir va yozuvchilar bilan davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar, tanlovlar, koʻrgazmalar hamda chellenjlar oʻtkazildi.

Mazkur tadbirlarda oʻquvchilarimiz Alisher Navoiy xotirasiga ehtirom koʻrsatish bilan birga mutafakkirning ijodiy merosini chuqurroq oʻrganish, uning asarlarida ustuvor boʻlgan ezgulik va ma’rifat tushunchalarini yanada teranroq anglash imkoniga ega bo‘lmoqda.

Bu kabi ma’rifiy tashabbuslar yosh avlodlarni ajdodlar yodi va milliy merosimizga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

10 Feb, 06:12

106

Uchrashuv
Xitoy Xalq Respublikasidagi Zhejiang Universityda, Global Communication Management yo'nalishida tahsil olayotgan 1- kurs talabasi Baxromov Alisher maktabimizning 10-11- sinf o'quvchilari bilan uchrashib, ularga Universitetga qabul jarayoni, fakultetlar, talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, grantlar haqida ma'lumot berdi.
Uchrashuv qizg'in savol javoblar ostida o'tdi.

https://t.me/olmazor_ixtisoslashgan
Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

09 Feb, 12:10

440

#Navoiy Day

⚡️ Olmazor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
🎬5 - "A" sinf o'quvchilari g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiy g'azallarini Ingliz tilida yod olib taqdim etishdi. O'qutuvchi Yusupova Barno

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
https://t.me/olmazor_ixtisoslashtitilgan
Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

08 Feb, 05:36

194

📣📣📣📣📣

Qizlar olimpiadasi BOSHLANDI!

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari oʻquvchi qizlari oʻrtasida matematika fanidan olimpiadaning Agentlik bosqichi BOSHLANDI!

⚡️Ayni paytda ishtirokchilar yozma ish topshiriqlarini bajarmoqda!

📌Oʻquvchi qizlarga yozma ish topshiriqlarini bajarish uchun 3 soat vaqt ajratildi.

Kunning ikkinchi qismida ishtirokchilarga test topshiriqlari beriladi.

⚡️Fan olimpiadalari markazi barcha ishtirokchilarga omad tilaydi!

🔗Olimpiada jarayonlarini rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

07 Feb, 18:35

296

📢Xalqaro muhandislik-fizika olimpiadasida ishtirok eting va Milliy tadqiqot yadro universiteti (MIFI) Toshkent filiali talabasi bo'ling!

Olimpiadada faqat 11-sinf maktab va 2-kurs litsey va texnikum o’quvchilari qatnashishi mumkin.

🟠Olimpiadada qatnashish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://forms.gle/kKNeeCnuTMpLWUHP8

🟠Olimpiada quyidagi fanlar bo‘yicha topshiriqlardan iborat bo‘ladi:

matematika
•fizika
•rus tili.


🔵 “G‘olib” yoki “Sovrindor” maqomlarini qo‘lga kiritish uchun quyidagi ikki strategiyadan birini tanlash mumkin:

Faqat bitta fan bo‘yicha topshiriqlarni yechish,

Barcha fan bo‘yicha topshiriqlarni yechish va umumiy ball summasi bo‘yicha maqomga erishish.

Olimpiada davomiyligi: 4 soat.

🗓 Olimpiada 2025-yil 15-fevral kuni soat 11:00 da o‘tkaziladi.

📍O‘tkazilish joylari:

Toshkent (MMFI Milliy tadqiqot yadro universiteti Toshkent filialida)
Nukus (QDU qoshidagi Akademik litseyda)
Navoiy (Navoiy shahar 13-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida)
Jizzax (Jizzax shahar 4-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi)
Qarshi (Qarshi shahridagi "Scholars Academy. International school" maktabida)
Buxoro (Buxoro shahar 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi)
Namangan (Namangan shahar 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi)
Farg‘ona (Farg'ona shahar 6-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi)

➡️Olimpiadaning yakuniy bosqichi natijalari asosida g‘oliblar va sovrindorlar ro‘yxati quyidagi manbalarda e’lon qilinadi:

Telegram
Saytlar

Olimpiada g‘oliblari va sovrindorlarining natijalari diplom berilgan kundan boshlab ikki yil mobaynida Milliy tadqiqot yadro universiteti (MIFI) Toshkent filialiga kirishda hisobga olinadi.

☎️Batafsil ma’lumot uchun: +998 93 318 52 63
💬@maslovyu @nasibanurjanova

❗️ Olimpiadada ishtirok etish mutlaqo bepul va ixtiyoriy!

💬Telegram 📹Instagram
📹
YouTube