Talabalar uchun kutubxona/dars xonalari avvaldan tayyorlab qo'yiladi.
(buni anglab yetish uchun Amerikaga borish shart emas)
Yozgi ta'tilni sayohat bilan o'tkazmasdan.
Ta'mirlash ishlarini Iyul-Sentabr oylarida jadal olib borib, o'quv yili boshigacha yakunlash mumkinmidi?
7 oydan beri (Avgust-Mart) ta'mirlash ishlarining oxiri ko'rinmaydi. O'quv yili boshida kutubxonalar yopilgan, dars qilishga sharoit yo'q.
7 oy kutubxona poliga lak surtish va devorni oqlashga kettimi?
Hamma joyda qurilish changi, kimyoviy hidlar, dars vaqtidagi ta'mirlash shovqinlari...
Ta'lim olishga kelgan iste'molchilar/talabalar huquqlarini kim himoya qiladi?
Rasmiy xabarlarda: tug'ilgan kun, muzey, osh pishirish, shashlik pishirish, PUBG, CounterStrike 2, diskoteka, kino ko'rish, futbol ko'rish, haykal tagida rasmga tushish ...
Ta'lim qani? Bilim qani? Soha mutaxassislari shunday tayyorlanadimi?
iPhone ishlatgan bilan ta'lim rivojlanib qolarmidi?
Biznes IT ni rivojlantirish uchun Koreyadan olingan 5 mln $ qayoqqa sarflandi?
Nega endi qandaydir o'quv markazlariga IT sohasida kadr yetkazib bergani uchun davlat byudjetidan pul berilishi kerak?
Davlatni IT sohasidagi tayanch OTMsi nima bilan bant?
Ular tayyorlagan kadrlar saksovul ekishdan boshqa ishga ham yaraydimi?
Rasmiy xabarlarda talabalarga soxta rezyume tayyorlash va o'qimasdan baho olish sirlari targ'ibot qilinganini ko'rib vaziyat achinarli ekanligini anglash qiyin emas...
p.s.: yuqoridagi fikrlar bir tarafdan yoritilgan. rasmiylar bo'sh qolgan taraflarni to'ldirishlari maqsadga muvofiq