Ahmad degan kishi Bursada chashma qurdirdi va “«Hammaga halol, musulmonga harom», deb yozdirib qo‘ydi.
Ahmadni tutib, qozining yoniga olib kelishdi.
– Nega fitna chiqarayapsan? Aholisi musulmon bo‘lgan davlatda sen savob uchun chashma qurdiribsan, lekin chashmadan suv ichishni musulmonlarga ta’qiqlab qo‘yibsan. Esing joyidami? Nega bunday qilding? Qatling vojibdir, – dedi qozi.
– Sababini faqatgina Sultonimga aytaman, – dedi Ahmad.
Voqea Sultonga yetib boribdi. Ahmadni saroyga keltirishdi. Sultonning jahli chiqdi, ammo Ahmad qilgan ishning sababini bilgisi keldi.
– Bu nimasi, chashma qurdirasan, ham «Hammaga halol, musulmonga harom», deb yozdirasan?
– Dalilim bor, ammo isbot talab qiladi, – dedi Ahmad.
– Agar sen aytayotgan dalil quvvatli bo‘lmasa-chi?
– Agar unday bo‘lsa, boshimni olishsin!
– Xo‘sh?
– Sultonim, yahudiylarning istalgan bir ibodatxonasidan duch kelgan ravvinni hech qanday tushuntirishlarsiz olib kelishsin! Bir hafta qamoqda saqlang. Nimalar bo‘lishini ko‘ring!
Ahmadning aytganini qilishdi. Kamchilik bo‘lgan yahudiylar birlashib, «Nima bo‘layapti? Bu qanday zulm? Ravvin uchun biz kafilmiz. Nima qilish kerak bo‘lsa, aytinglar, qilamiz. Uning aybi yo‘q. Kerak bo‘lsa, pul to‘laymiz», deb chiqishdi. Hatto qo‘shni davlatlardan elchilar keldi, maktub ustiga maktub.
Bir haftadan keyin Ahmad:
– Sultonim, endi ravvinni qo‘yib yuboravering, - dedi.
Ravvin qo‘yib yuborishdi, yahudiylar xursand. Sultonga har qayerdan tashakkurnomalar, sovg‘alar.
– Ayni shu ishni har qanday cherkovdan bitta rohibni olib kelib qiling! – dedi Ahmad.
Bir rohibni ushlab kelishdi. Rohib bilan ham shunday holat: talablar, noroziliklar, bu nima zulm, deyishlar.
Bir haftadan keyin rohib qo‘yib yuborildi. Xursandchilik, sultonga tashakkurnoma va sovg‘alar.
– Sultonim, poytaxt ahli eng yaxshi ko‘radigan olimni minbardan olib kelishsin, – dedi Ahmad.
Ahmadning aytganini qilishdi. Eng katta markaziy masjidning imomini ayni Juma xutbasining o‘rtasida olib ketishdi. Biror kishi chiqib, «Nima bo‘layapti? Nima qilayapsizlar? Hech bo‘lmasa, xutbani tugatguncha kutib tursangizlar bo‘lmaydimi?» degan gapni aytmadi.
Oradan bir hafta o‘tdi. Imom qayerda, ahvoli nima bo‘ldi, deb hech kim kelmadi. Hamma xursand. Buning ustiga odamlar orasida qo‘lga olingan imom haqida mish-mishlar tarqab ketdi:
– Biz uning aslida kimligini bilmasdan, imom deb yurgan ekanmiz.
– Kim bilsin, qanday gunoh qildi ekan, bu imom?
– E, voh, shuncha payt bilmasdan, orqasida namoz o‘qib yurgan ekanmiz.
Bo‘lib o‘tgan voqealardan Sulton ham xabardor. U Ahmaddan so‘radi:
– Xo‘sh, nima qilamiz endi?
– Imomni qo‘yib yuboramiz va undan uzr so‘raymiz.
– To‘g‘ri aytasan, – dedi sulton.
Imom qo‘yib yuborildi. Ahmad Sultonga qarab dedi:
– Ey, Sultonim, o‘zingiz ayting, bunday musulmonlarga suv halol bo‘ladimi?
Sulton achchiq tabassum qilib, dedi:
– Bularga nafaqat sen qurdirgan chashmaning suvi, hatto, havo ham harom!
https://t.me/uchinchisayyorauz