IHMA Xorazm viloyati @ihma_xorazmviloyati Channel on Telegram

IHMA Xorazm viloyati

@ihma_xorazmviloyati


IHMA Xorazm viloyati

03 Feb, 09:14


#Xorazm viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Xorazm viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi:

▪️Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi:
Urganch shahar "Inson" Ijtimoiy xizmatlar markazi Ijtimoiy to‘lovlar sho‘basi mudiri;

Shovot tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 16-hudud "Oq-koʻl" mahalla fuqarolar yigʻinida mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

Shovot tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 26-hudud "Ogahiy" mahalla fuqarolar yigʻinida mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

Xonqa tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi Bosh mutaxassisi (psixologlar guruhi).

❗️Arizalar 06.02.2025-yil soat 23:59 gacha qabul
qilinadi.

▪️Urganch tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo`limi:
Veterinariya faoliyatini muvofiqlashtirish va davlat nazorati bo‘yicha bosh mutaxassis;

▪️Xorazm viloyati statistika boshqarmasi:
Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari va tadbirkorlik statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi.

❗️Arizalar 07.02.2025-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi boʻyicha videoqoʻllanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uzʻdan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma

▪️ Agentlikning Xorazm viloyati filiali — 62-223-02-15

▪️ Murojaat uchun bot — @vacancy_argos_bot

▪️ Vakansiyalar kanali — @vacancy_argos

IHMA Xorazm viloyati

03 Feb, 05:41


#OAV_biz_haqimizda

Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-yanvar kuni ijtimoiy yordamlarning manzilliligini oshirish, nogironligi bo‘lganlarni parvarishlashning yangi tizimiga oid taqdimot bilan tanishdi.


🧮 Bu borada Qo'shko'pir tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Oybibi Rahimova Xorazm radiosining "Mavzu tafsiloti" dasturi orqali chiqish qildi. Aynan ijtimoiy yordamlarning manzilliligini oshirish, nogironligi bo‘lganlarni parvarishlashning yangi tizimiga oid o'z fikr mulohazalari va munosabatini bildirdi.

💻 instagram 🎞 youtube
📝 telegram 🎖 www.ihma.uz
📝 facebook

IHMA Xorazm viloyati

31 Jan, 06:33


#OAV_biz_haqimizda

Endilikda samarasiz va talab yuqori bo‘lmagan ijtimoiy yordamlar maqbullashtirilib, 28 turdagi ijtimoiy yordamning yagona ro‘yxati tasdiqlanadi. Ijtimoiy daftarlar hisobidan ajratiladigan davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajatlarini Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi orqali moliyalashtirish tartibi joriy etiladi.

Davlatimiz rahbari nogironligi bo‘lgan bolalarga alohida mehr-e’tibor ko‘rsatish xayrli ekanini aytgan edi.

🧮 Shu bois 3-18 yoshdagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda. Unga bolalar ota-onalar bilan tuzilgan ijtimoiy shartnoma hamda Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi asosida qabul qilinadi.

Joriy yil yakuniga qadar bu xizmatlar bilan 2 mingga yaqin og‘ir nogironligi bo‘lgan bolalarni qamrab olish rejalashtirilmoqda. Bu ularning onalari uchun ishlash va ta’lim olish kabi imkoniyatlar yaratib, oila farovonligiga xizmat qiladi.

💻 instagram 🎞 youtube
📝 telegram 🎖 www.ihma.uz
📝 facebook

IHMA Xorazm viloyati

31 Jan, 04:45


#OAV_biz_haqimizda

Xabaringiz bor Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-yanvar kuni ijtimoiy yordamlarning manzilliligini oshirish, nogironligi bo‘lganlarni parvarishlashning yangi tizimiga oid taqdimot bilan tanishdi.


🧮 Jumladan, endilikda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” orqali ijtimoiy yordamlar “Kambag‘al oilalar reestri”ga kirgan oilalarga ko‘rsatilishi belgilanmoqda. Bunda mablag‘larni tuman va shaharlardagi aholi, nogiron shaxslar va kambag‘al oilalar soniga mutanosib ravishda taqsimlash tartibi joriy etilmoqda.

Oilaning kambag‘al deb e’tirof etilishi uning a’zolaridan qo‘shimcha ariza va hujjatlarni talab etmagan holda ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilishiga asos bo‘ladi.

Davlatimiz rahbari takliflarni ma’qullab, kambag‘allik reestrini oilalarning mehnatga layoqatiga qarab tabaqalashtirish, mehnatga layoqatli bo‘lmaganlarni davlat ijtimoiy himoyasiga olish, ularni ijtimoiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

💻 instagram 🎞 youtube
📝 telegram 🎖 www.ihma.uz
📝 facebook

IHMA Xorazm viloyati

30 Jan, 12:20


Joriy yilning 30-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Gurlan tumani Inson markazi direktoriga gap bor”mazmunida bildirilgan murojaatga javoban, Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi.

Haqiqatdan ham murojaatda ismi keltirilgan fuqaro Y.J Gurlan tumani "Nurli yo'l" mahallasida doimiy ro'yxatda turadi. Hozirda "Navbahor" mahallasida vaqtincha tanishining uyida yashab kelmoqda. 2017-yilda turmush o'rtog'i bilan ajrashgan (2 nafar farzandi bilan). Sobiq turmush o'rtog'i 2024-yilning iyun oyidan beri farzandlari uchun aliment to'lamasdan kelgan. Bu yuzasidan hozirgi kunda Majburiy ijro byurosi Gurlan tumani bo'limi ish olib borayotganini ma'lum qilamiz.

Fuqaro Y.J ga "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan 2024-yilning oktabr oyidan beri 3 nafar farzandi uchun bolalar nafaqasi berib kelinmoqda. Hozirda o'zi 4 oylik bola parvarishida.

Shuningdek fuqaro asosiy masala sifatida tumandagi tomorqa xizmati bilan shug’ullanuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatda ma'lum muddat ishlagani va oxirgi bir nechta oy uchun maoshlarini olmagani yuzasidan Gurlan tumani prokuraturasiga murojaat qilgan.

Fuqaro Y.J bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi mas'ullari bog'landi. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar ushbu suhbatga asosan ham tasdiqlanganini ma'lum qilamiz.

💻 instagram 🎞 youtube
📝 telegram 🎖 www.ihma.uz
📝 facebook

IHMA Xorazm viloyati

30 Jan, 10:59


#bolalar

Bolalar uyida oilalarni qo‘llab-quvvatlash xizmati kuchaytiriladi


2025-yil 1-fevraldan boshlab og‘ir hayotiy vaziyatda va yaqin qarindoshlari ko‘magisiz qolganligi natijasida farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo‘lgan onalar, shu jumladan, homilador ayollar uchun Bolalar uylarida "Onalar maskani" xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu xizmatning asosiy maqsadi: bolalarning oiladan ajralib qolishining oldini olish hamda onalarning farzandlarini mustaqil parvarish qilish qobiliyatini rivojlantirishga ko‘maklashishdir.

Bunda:

- og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalar va ularning bolalari (4 yoshga to‘lmagan) 1-yilgacha bo‘lgan muddatga ijtimoiy shartnoma asosida vaqtincha boshpana bilan ta’minlanadi;

- og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi, ularda onalik va kasbiy ko‘nikmalar shakllantiriladi;

- «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalarning kasb-hunar egallashi va bandligini ta’minlashga ko‘maklashadi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi – ushbu xizmat faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ hisoblanadi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube

IHMA Xorazm viloyati

30 Jan, 07:21


Nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan muntazam shug‘ullanishini yo‘lga qo‘yish pirovard maqsad!

Sport bilan shug‘ullanish istagidagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning murojaatiga ko‘ra ularga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi o‘rinlarda — “Inson” markazlari) tomonidan davlat mulkida bo‘lgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarida sport bilan bepul shug‘ullanish uchun yo‘llanmalar beriladi.

🧮 Xorazm viloyatida o'tgan yili 1612 nafar nogironligi bo'lgan shaxslar sportga jalb qilingan bo'lsa bu yil bu ko'rsatkichni 3 mingdan oshirish maqsad qilingan.

🦿 Yangiariq tumani Urganch mahallasida istiqomat qiluvchi Hurmatbek Masharipovning sportga bo'lgan qiziqishi qo'llab quvvatlandi. U "Inson" markazi tomonidan oyoq protezi bilan ta'minlandi va bugungi kunda sportning parapaurlifting yo'nalishi bo'yicha jiddiy shug'ullanib kelmoqda. Natijalar juda yaxshi. Jahon chempioni bo'lish maqsad qilingan.

💻 instagram 🎞 youtube
📝 telegram 🎖 www.ihma.uz
📝 facebook

IHMA Xorazm viloyati

28 Jan, 10:07


😲 Onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi

“Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-402-son, 22.11.2024) qabul qilingan.

🖋 Qarorga ko‘ra, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida 30–65 yoshdagi ayollarning elektron bazasi (ro‘yxati) shakllantiriladi, ularni tibbiy ko‘rikka taklif qilish tizimi yaratiladi.

🔮Har yili 30–50 yoshdagi ayollarda bachadon bo‘yni saratoni skriningi odam papillomasi virusini polimeraza zanjirli reaksiya tekshiruvi usuli orqali aniqlash hamda suyuqlik sitologiyasi usulida tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

30–65 yoshdagi ayollar har 2 yilda bir marotaba tibbiyot xodimlari tomonidan birlamchi saralashdan o‘tkaziladi.

❗️ Skrining natijasida onkologik kasallikka chalinganligi aniqlangan bemorlarni tashxislash va davolash bilan bog‘liq xarajatlar budjet hisobidan moliyalashtiriladi.

📅 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

onkonazorat xonalari uchun akusher-ginekolog shifokor hamda mobil va stasionar mammograflar ishini 2 ta smenada tashkil etish uchun rentgen-laborantlar shtatlari joriy etiladi;

Mammografiya tasvirini o‘qish markazi tashkil etiladi;

odam papilloma virusi diagnostikasi uchun qo‘llanadigan test tizimlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha referens-laboratoriya faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skriningiga nodavlat tibbiyot tashkilotlari jalb qilinadi.

2025-yil 1-mayga qadar:

😮 bachadon bo‘yni saratoni skriningi va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash sifatini baholash va monitoring qilib borish tizimi;
😮 skrining dasturiga kiritilgan ayollar bilan qayta aloqa qilish tizimi joriy etiladi.

IHMA Xorazm viloyati

28 Jan, 04:58


Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyaga olish tartibi qanday?

Ijtimoiy himoya milliy agentligi yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning eng ustuvor manfaatlarini ta’minlash maqsadida ularni muqobil joylashtirish shakllarini tartibga soluvchi mexanizmlarni amalga oshirmoqda. Ushbu jarayon bolalarning huquqlarini himoya qilish va ularning barqaror tarbiyasi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

Mazkur masala yuzasidan Agentlik mas’ul xodimi Xusanova Dilnoza G‘afurovna batafsil ma’lumot berdi.

Videoni tomosha qiling va ko‘proq ma’lumotga ega bo'ling!

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Xorazm viloyati

27 Jan, 12:05


#ilk_rivojlanish_markazi
#yangibozor_tumani

🧮 “Ilk rivojlanish markazi” 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan nogironligi bor bo’lgan bolalar hamda kambag’al oila farzandlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bolalari uchun tashkil etiladigan markaz. Unda maktabgacha ta'limga jalb etilmagan bolalar ta'limga jalb etilishi ko'zlangan. Yangibozor tumanida tashkil etilgan markaz 120 nafar bolalar tarbiyalanishi uchun to’liq ta’mirlandi va jihozlandi. Tumanda 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan 119 nafar nogironligi bor bo’lgan bolalar bo’lib, endilikda ijtimoiy xodimlarning mahallalarda o’tkazgan o’rganishlariga tayangan holda bergan tavsiyalari asosida markazga tarbiyalanuvchilar jalb qilinadi.

Bu inklyuziv ta’limning boshlang’ich bo’g’ini bo'lib, bolalar uchun niyotda ahamiyatli. Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Respublikamizning barcha hududlarida Ilk rivojlanish markazlari tashkil etilishi belgilangan.

💻 instagram 🎞 youtube
📝 telegram 🎖 www.ihma.uz
📝 facebook

IHMA Xorazm viloyati

27 Jan, 10:15


Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish maqsadida bugungi kunda yurtimizda keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

🧮 Yangi raqamli tizim joriy etilishi bilan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash jarayoni ancha soddalashdi va samarali boʻldi. Endi muhtojlik nogironlik bilan bir vaqtda axborot tizimi orqali aniqlanmoqda. Fuqarolarga zarur vositalarni xarid qilish uchun onlayn-vaucher shakllantiriladi va ularga SMS hamda ijtimoiy xizmatlar orqali xabar beriladi.

😮 Taʼminot fuqarolar kerakli vositalarni tanlashlari va xarid qilishlari mumkin boʻlgan "POM Market" platformasi orqali amalga oshirilmoqda.

- Taʼminot muddati protezlar uchun 67 kundan 17 kunga, reabilitatsiya vositalari uchun 52 kundan 11 kunga qisqardi.
- Fuqarolar tanlov erkinligi va yaxshilangan assortimentga ega boʻlishdi: 18 turdan 30 turgacha.
- Mahsulotlar uchun davlat tomonidan muhtoj shaxslarga qoplab beriladigan mablagʻlar miqdori bozor konyunkturasidan kelib chiqib, oʻrtacha uch baravargacha, ayrim vositalarning turlarini esa oʻn baravargacha oshirildi.

💻 instagram 🎞 youtube
📝 telegram 🎖 www.ihma.uz
📝 facebook

IHMA Xorazm viloyati

27 Jan, 09:02


📻FM 106.7 to'lqini "Xorazm radiosida" efirga uzatilgan "Inson aziz" eshittirishini tinglashingiz mumkin.

Dastur mehmonlari Urganch tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi, tumandagi "Mevazor", "Bo'ston", "Oqarik" mahallalarida kompleks xizmat ko'rsatuvchi ijtimoiy xodimlar Azizbek Sobirov, Sirojbek Nurmatov va Kamola Yo'ldoshevalar bo'lishdi.

- Mevazor mahallasida faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodim tomonidan o'tgan yili 31 ta keys ochilgan bo'lib, xatlov natijasida 17 nafar ta'limga jalb qilinmagan nogironligi bor bo'lgan bolalar ta'limga jalb qilindi. 4 nafar nogironligi bor bo'lgan shaxslarning bandligi ta'minlangan.

- Bo'ston mahallasi ijtimoiy xodimi tomonidan 23 ta keys ochilgan bo'lib 90 foizi ijobiy shaklda. Bugungi kunda monitoring qilib borilmoqda va fuqarolarning jamiyatga ijtimoiylashuviga erishilgan. Masalan Sobirovlar xonadoniga son protezi ajratilgan bo'lib, uning ota kasbi bilan shug'ullanishiga sharoit yaratib berilgan. Hozirda oilaning ijtimoiylashuviga erishilgan.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Xorazm viloyati

27 Jan, 06:55


❗️ BILASIZMI?

Boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarning farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga to‘lanadigan ota-onalar badalidan ozod etilgan.

Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 87-sonli farmonida keltirilgan.

😮 3 yoshgacha bo‘lgan farzandlari uchun nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat byudjetidan subsidiyalar belgilangan tartibda ajratiladi.

😮 To‘liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni pullik xizmat ko‘rsatish shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi

Ota-onalar badalidan ozod qilingan tarbiyalanuvchilarning davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi oziq-ovqat xarajatlari to‘liq davlat budjetidan qoplab beriladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Xorazm viloyati

27 Jan, 04:26


#ijtimoiy_xizmat

Urganch shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan yana bir xayrli ish bajarildi. 2 nafar bolajon oila bag’rida ulg’ayadigan bo’ldi.

💚 Amina Karimovaning nabirasi baxtsiz hodisa tufayli erta hayotni tark etadi. Keyinchalik uyi huvullab qolgan ona, oilasiga farzand asrab olish uchun “Inson” markaziga murojaat qildi. Markaz xodimlari o’z vazifalariga kirishdilar. Mahalladan, qo’ni-qo’shnilardan ijobiy xulosa olib, dastlab qizlar ayaning uyiga mehmonga yuborilib turildi. Keyinchalik shu yerda yashab qolishga ruhsat berildi.

Bugungi kunga kelib, 2 nafar qizaloq Amina opaning oilasida baxtli hayot kechirishni boshladi. Shu oilada, shu uyda buvisining ardog’ida kamolga yetayotgan qizlarning borligidan Amina ayaning ham ko’ngli shod. Ularning tarbiyasiga alohida e’tibor qaratib, uy ishlarini o’rgatayotgani haqida to’lqinlanib so’zlab berdi, onaxon.

💻 instagram 🎞 youtube
📝 telegram 🎖 www.ihma.uz
📝 facebook

IHMA Xorazm viloyati

25 Jan, 05:51


#Xorazm viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Xorazm viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi:

▪️ Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi:
Yangibozor tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 13-hudud "Ming Bogʻolon" mahalla fuqarolar yigʻinida mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

Yangibozor tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 8-hudud "Qoratepa" mahalla fuqarolar yigʻinidamahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

Yangibozor tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 7-hudud "Tozadoʻrman" mahalla fuqarolar yigʻinidamahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

Yangibozor tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 7-hudud "Xalqobod" mahalla fuqarolar yigʻinidamahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

Yangibozor tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 5-hudud "Xayvat" mahalla fuqarolar yigʻinidamahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

Yangibozor tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 4-hudud "Choʻbolonchi" mahalla fuqarolar yigʻinidamahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

▪️ Xonqa tumani Kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish boʼlimi:
Tashkiliy-nazorat bo‘yicha bosh mutaxassis;

▪️ Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi:
Bosh yuriskonsult;

▪️ Xorazm viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi:
Urbanizatsiya, uy-joy va master planlarni ishlab chiqish, investitsiya, DXSH, ijtimoiy va ishlab chiqarish dasturlarini shaklllantirish sho’basi Bosh mutaxassisi;

Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, monitoring qilish hamda yer bozorini rivojlantirish sho’basi Bosh mutaxassisi;

▪️ Xorazm viloyati Investisiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi:
Gurlan tuman sho‘basi Bosh mutaxassisi.

❗️Arizalar 29.01.2025-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi boʻyicha videoqoʻllanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uzʻdan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma

▪️ Agentlikning Xorazm viloyati filiali — 62-223-02-15

▪️ Murojaat uchun bot — @vacancy_argos_bot

▪️ Vakansiyalar kanali — @vacancy_argos