Dernières publications de I.C.D. of TSTU (@icd_tstu) sur Telegram

Publications du canal I.C.D. of TSTU

I.C.D. of TSTU
Toshkent davlat transport universitetining Xalqaro hamkorlik boshqarmasi kanali
Murojaat uchun: 939299699
🔄
Channel of the International Cooperation Department of TSTU
🔄
Канал отдела Международного сотрудничества ТГТрУ
1,357 abonnés
218 photos
34 vidéos
Dernière mise à jour 08.03.2025 23:46

Le dernier contenu partagé par I.C.D. of TSTU sur Telegram

I.C.D. of TSTU

17 Jan, 06:59

1,822

🌍 Toshkent Davlat Transport Universiteti talabalari va o‘qituvchilari uchun ‘Orhun almashinuv dasturi’ga qatnashish imkoniyati! 🌍

Hurmatli talabalar va professor-o‘qituvchilar!

Sizni Orhun almashinuv dasturida ishtirok etishga taklif qilamiz. Ushbu dastur Turkiy Davlatlar Tashkilotiga aʼzo bo‘lgan universitetlar o‘rtasida xalqaro taʼlim hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan muhim tashabbusdir.

Orhun dasturi nimani taklif qiladi?

Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun bir yoki ikki semestr davomida boshqa aʼzo universitetlarda tahsil olish va tajriba almashish imkoniyati.
Tarix, madaniyat va til merosiga asoslangan hamkorlikni rivojlantirish orqali zamonaviy va ilmiy taʼlim standartlarini joriy etish.
Universitetlar o‘rtasida umumiy kredit o‘tkazish tizimini joriy etish va pedagogik dasturlarni rivojlantirish.
Fan, madaniyat va sport sohalarida simpoziumlar, tanlovlar, tadbirlarni tashkil etish va turk dunyosi bo‘yicha tadqiqotlarga maxsus stipendiyalar berish.
Qo‘shma o‘quv va tadqiqot dasturlarini amalga oshirish hamda diplom ekvivalentligini tan olish imkoniyatini yaratish.
Bu dastur orqali nafaqat taʼlim jarayonida yuqori sifatli bilimlarga ega bo‘lasiz, balki xalqaro ilmiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashda o‘z hissangizni qo‘shasiz.

📌 Qo'shimcha savolingiz bo'sa Meryem Karlik (+998907423794) bilan bog‘laning.
I.C.D. of TSTU

17 Jan, 06:52

1,563

🌟 HURMATLI TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI TALABALARI! 🌟

Sizda “Türkiye Scholarships 2025” dasturida ishtirok etib, Turkiyaning eng nufuzli universitetlarida tahsil olish imkoniyati mavjud!

Nega Türkiye Scholarships?

Bu hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan, raqobatbardosh stipendiya dasturi bo‘lib, xalqaro talabalar va tadqiqotchilarga Turkiyaning yetakchi universitetlarida to‘liq yoki qisqa muddatli dasturlarda o‘qish imkonini beradi.

Dastur nafaqat moliyaviy yordam, kontrakt to‘lovi, turar-joy va tibbiy sug‘urta bilan cheklanmaydi, balki sizga:
Universitetga joylashish,
Akademik, ijtimoiy va madaniy imkoniyatlardan foydalanish,
Yangi do‘stlar va ilmiy aloqalar o‘rnatish imkoniyatlarini ham taqdim etadi.

Dasturga kimlar ariza topshira oladi?
Assotsiatsiya, bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida o‘qishni xohlagan talabalar.
Tadqiqot stipendiyalari, muvaffaqiyat stipendiyalari va KATİP dasturlari uchun alohida ariza muddati e'lon qilinadi.
Ariza topshirish muddati
📅 ‼️10-yanvar – 20-fevral 2025‼️
Kerakli hujjatlar ro'yhati👈🏻

📌 Qo'shimcha savolingiz bo'sa Meryem Karlik (+998907423794) bilan bog‘laning.
I.C.D. of TSTU

14 Jan, 13:10

1,338

🌟 2025-yil 20-yanvargacha “Oliy liga” xalqaro olimpiadasida ishtirok eting! 🌟

Hurmatli talabalar va bitiruvchilar!
Sizni “Oliy liga” xalqaro olimpiadasida ishtirok etishga taklif qilamiz! Ushbu olimpiada 38 yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi:

🔹 Biznes-informatika 🔹 Innovatika 🔹 Tarix 🔹 Kompyuter tizimlari va tarmoqlar 🔹 Lingvistika 🔹 Matematika 🔹 Xalqaro huquq 🔹 Xalqaro munosabatlar 🔹 Menejment 🔹 Jahon iqtisodiyoti 🔹 Siyosatshunoslik 🔹 Sotsiologiya 🔹 Fizika 🔹 Elektronika 🔹 Huquqshunoslik

Va yana boshqa yo‘nalishlar! Qatnashuvchilar bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin!

O‘tgan yillardagi vazifalar va baholash mezonlari bilan tanishish uchun 👉🏻Bosing👈🏻

Ro‘yxatdan o‘tish va ishtirok bo‘yicha savollaringiz bilan Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin (4-xona).

Ma’lumot uchun: “Oliy liga” olimpiadasi 2009-yildan beri Moskva shahridagi Oliy Iqtisodiyot Maktabi tomonidan tashkil etilib kelinadi. Har yili olimpiadada 20 mingdan ortiq kishi ishtirok etadi. G‘olib va sovrindorlar Moskva Oliy Iqtisodiyot Maktabining magistraturasiga kirishda imtiyozlarga ega bo‘ladilar. Shuningdek, ularga qimmatbaho sovg‘alar va mukofotlar topshiriladi. Ishtirok etish mutlaqo bepul!

🔔 Shoshiling, imkoniyatni boy bermang!
📅 Arizalar qabul qilish muddati: 2025-yil 20-yanvar.
👩‍🎓👨‍🎓 O‘z bilimlaringizni sinab ko‘ring va yuqori cho‘qqilarni zabt eting!
I.C.D. of TSTU

25 Nov, 13:41

3,714

Torayg'irov universitetiga akademik mobillik dasturi asosida 1 semester (Bahorgi semestr) bepul o'qib kelish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

"Torayg'irov universiteti" Qozogʻistondagi yetakchi universitet boʻlib, QS World University Rankings reytingiga koʻra dunyoning eng yaxshi 300 ta universitetlari qatoriga kiradi.

Akademik mobillik dasturi imkoniyatlari:
- Bir semestr bepul o'qish;
- Tanlagan sohangiz bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
- Yangi madaniyat va odamlar bilan tanishish;
- Bepul turar joy

Dastur talablari:

- GPA kamida 3.0 (uch baho bo'lmasligi shart!)
- Rus yoki Qozoq tili bilimi
- Qizil pasport
- Fotosurat (3,5x4,5)
- Tibbiy guvohnoma (Med Spravka)

Mavjud yo'nalishlar ro'yxati 👈🏻 (O'qiyotgan yo'nalishingiz tanlagan yo'nalishingizga mos bo'lsin)

Qabul Muddati: 27-noyabr soat 12:00ga qadar

👉Ro'yhatdan o'tish👈

Qo'shimcha savollar uchun
+998944160201 (Xayrullo Masharipov)

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi rasmiy sahifalari:
Telegram | Web-sayt | Instagram
I.C.D. of TSTU

16 Nov, 06:17

2,313

🔔Hurmatli ustozlar va talabalar!🔔

Sizlarni ikki nufuzli xalqaro tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz. Ushbu tanlovlar global miqyosda dolzarb muammolarni hal etishda o‘z hissangizni qo‘shish va malaka ko‘nikmalaringizni rivojlantirish uchun noyob imkoniyatdir:

1. 2-Xalqaro suv resurslari va elektr energiyasi tanlovi (China-ASEAN)
Mavzu: “Suv orqali tinchlikni targ‘ib qilish, suv resurslarini himoya qilish”
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2024-yil 18-noyabrgacha.
Onlayn final va sovrinli joylar uchun sertifikatlar beriladi.

2. 3-Xalqaro Skill Panda tanlovi: Yangi energiya vositalari texnologiyasi
Mavzu: Yangi energiya transport vositalari texnologiyalarini ishlab chiqish va nosozliklarni bartaraf etish.
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2024-yil 26-noyabr soat 24:00 (GMT+8) gacha.
Ro‘yxatdan o‘tish: ITEA rasmiy sayti.
Mukofotlar: G‘olib jamoalar uchun faxriy diplomlar taqdim etiladi.
👉Batafsil👈

📌 Qo'shimcha savolingiz bo'sa Melike Basbinar (+998910115091) bilan bog‘laning.
I.C.D. of TSTU

23 Sep, 09:36

6,386

BARCHA UNIVERSITETLAR SIRTQI va Masofaviy TA'LIM yo'nalishi talabalari uchun YANVAR-FEVRAL-MART oylarida Germaniyada sayohat, amaliyot o'tash hamda ishlab kelish imkoniyatini qo'lga kiriting.

👉BATAFSIL👈 so'zini ustiga bosish orqali TO'LIQ MA'LUMOT olishingiz mumkin. O'QIB CHIQING, agar shundan so'ng savoliz bo'lsa, Iltimos, ish soatlarida bizga murojaat qiling!

Qabul 30-sentyabrga
qadar
👉Ro'yhatdan o'tish👈

📞+998914117437 @Nazira_Olimova
+998990259595

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi rasmiy sahifalari:
Telegram | Web-sayt | Instagram
I.C.D. of TSTU

17 Sep, 09:07

3,780

🌍 Turkiyada akademik mobillik dasturi asosida BEPUL TA'LIM OLING! 🌍

Turkiyaning eng yaxshi universitetlaridan biri Hacettepe universiteti talabalarni akademik mobillik dasturida ishtirok etishga taklif qiladi!

💡 Nega aynan Hacettepe universiteti?
Anqaradagi nufuzli universitetda bir semestr yoki butun oʻquv yili davomida oʻqish.
Fakultetlarning keng tanlovi: iqtisod, muhandislik, pedagogika va boshqalar!
Xalqaro hamjamiyat va madaniy almashinuvga to'liq kirish.
Almashinuv dasturi bo'yicha bepul ta'lim - qo'shimcha o'qish xarajatlari yo'q!

Ariza topshirish muddati:
Bahorgi semestr uchun arizalar 2024-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi!

Ishtirok etishning afzalliklari:
Xalqaro aloqalarni rivojlantiring va kelajakda foydali bo'ladigan tajriba orttiring!
Til bilimingizni oshiring va Turkiyaning betakror madaniyati bilan tanishing.

📩 Batafsil maʼlumot uchun BU YERGA bosing

👉Ro'yhatdan o'tish👈

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi rasmiy sahifalari:
Telegram | Web-sayt | Instagram
I.C.D. of TSTU

11 Sep, 01:30

2,504

Польша элчихонаси. Одам жуда кўп эди, буларнинг 99% ўқишга ёки ишга борадиганлар экан.

Польшада ўқийдиган талабаларнинг 5% чет эллик талабалар, 10 йил олдин 0.6% эди. Ўсиш катта. Америка ва Ғарбий Европага қараганда Польшада ўқиш ва яшаш анча арзонга тушади, сифат эса юқори! У ерда технология стартапларининг ривожланиши ҳам осон. ўқиш ва тиббиёт ўзининг барча фуқароси учун БEПУЛдир. IT, бизнес ва муҳандислик соҳаларида жуда кучлидир.

1990-2018 йиллар орасида Польшанинг ЯИМи 8 бор ўсди, таҳминларга кўра 2030 йилга бориб Буюк Британияни ҳам ортда қолдиради. Бу рақамларнинг орқасида 3 та сабаб турибди; инвестиция, инсон меҳнати ва таълим.
I.C.D. of TSTU

05 Sep, 09:02

106,937

BARCHA UNIVERSITETLAR SIRTQI va Masofaviy TA'LIM yo'nalishi talabalari uchun NOYABR-DEKABR-YANVAR oylarida Germaniyada sayohat, amaliyot o'tash hamda ishlab kelish imkoniyatini qo'lga kiriting.

👉BATAFSIL👈 so'zini ustiga bosish orqali TO'LIQ MA'LUMOT olishingiz mumkin. O'QIB CHIQING, agar shundan so'ng savoliz bo'lsa, Iltimos, ish soatlarida bizga murojaat qiling!

Qabul 22-sentyabrga
qadar
👉Ro'yhatdan o'tish👈

📞+998914117437 @Nazira_Olimova
+998990259595

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi rasmiy sahifalari:
Telegram | Web-sayt | Instagram
I.C.D. of TSTU

03 Sep, 05:13

2,436

Кўпайтириш учун осон усул

Энди хисоб китоб учун калъкулятор керак эмас

👉
@BIRINCHI_UZ