G’ofurjon Abdurahmonov (@g_abdurahmonov)の最新投稿

G’ofurjon Abdurahmonov のテレグラム投稿

G’ofurjon Abdurahmonov
Andijon shahar hokimi
Governor of Andijan city
5,176 人の購読者
4,592 枚の写真
196 本の動画
最終更新日 10.03.2025 19:23

G’ofurjon Abdurahmonov によってTelegramで共有された最新のコンテンツ

G’ofurjon Abdurahmonov

01 Mar, 12:15

3,183

Oʻtkazilgan uchrashuvdan videolavha.

🌐Telegram I 🌐Instagram I 🌐
Facebook
G’ofurjon Abdurahmonov

01 Mar, 10:00

3,091

🌙Aziz yurtdoshlar!

Barchangizni kirib kelgan muborak Ramazon oyi bilan chin dildan, samimiy muborakbod etamiz!
Sizlarga sihat-salomatlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga fayz baraka tilaymiz.

Yurtimiz obod, xalqimiz farovon, ro‘zai ramazon oyi muborak bo‘lsin!

🌐Telegram I 🌐Instagram I 🌐
Facebook
G’ofurjon Abdurahmonov

01 Mar, 09:40

2,526

Yoshlar bandligini ta'minlash yo'lida

Davlatimiz rahbari yoshlar bilan uchrashuvida yoshlar bandligiga alohida e’tibor qaratib, “2025-yil O’zbekistonda yoshlar ishsizligiga barham berish yili bo’ladi” deb ta’kidladilar. Buning ijrosi o’laroq, bugun hududlarda sektor rahbarlari ishsiz yoshlar bilan uchrashib ularning bandligini ta’minlash choralarini ko’rmoqda.

Andijon shahar hokimi G'ofurjon Abdurahmonov tomonidan shahardagi "Bog'ishamol", "Buyuk ipak yo'li", "Yangi Hayot" hamda "Bog'i eram"  mahallalarida yashovchi ishsiz yoshlar bilan uchrashuv o'tkazdi. 

Unda yoshlar hayoti va kelajagiga daxldor bir qator masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida, yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini ta’minlash hamda muammolarini bartaraf etish masalasida fikr almashildi.

Yoshlar turli masalalar yuzasidan 1-sektor rahbariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi.

Har bir murojaatga aniq va atroflicha javob berilishi bilan birga, yoshlarni qiynayotgan muammolarning ayrimlari joyida hal etildi. 

Vaqt talab etiladiganlari yuzasidan mas’ul tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi shaxsan shahar hokimi tomonidan nazoratga olindi.

🌐Telegram I 🌐Instagram I 🌐
Facebook
G’ofurjon Abdurahmonov

03 Feb, 08:19

223

🎥O‘tkazilgan uchrashuvdan videolavha

🌐Telegram I 🌐Instagram I 🌐
Facebook
G’ofurjon Abdurahmonov

03 Feb, 05:10

399

🌳 “Yashil makon” umummilliy loyihasining asosiy maqsadi mamlakatimizda yashil maydonlarni ko‘paytirish, shahar va qishloqlarni ko‘kalamzorlashtirishdan iborat.

📝 Andijon shahrida daraxt ekish aksiyasi o‘tkazildi. Unda shahar hokimi G‘ofurjon Abdurahmonov, sektor rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari ishtirok etdilar.

📝 Andijon shahardagi 78 ta mahallalarga 16 ming tup ko‘chatlar mahallalarning iqtisoslashuvi bo‘yicha tarqatildi.

🌐Telegram I 🌐Instagram I 🌐
Facebook
G’ofurjon Abdurahmonov

02 Feb, 11:57

713

🎥O‘tkazilgan uchrashuvdan videolavha

🌐Telegram I 🌐Instagram I 🌐
Facebook
G’ofurjon Abdurahmonov

02 Feb, 09:56

490

🌳 Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamda o‘tkazilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Andijonning barcha hududlarida  ko‘chat ekish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

📝 Bugun, Andijon shahrida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirokida ko‘cha ekish aksiyasi o‘tkazildi.

📝 Unda shahar hokimi G‘ofurjon Abdurahmonov, sektor rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda nuroniylar ishtirok etdilar.

📝 Andijon shahardagi 78 ta mahallalarga 15 570 tup (7000 manzarali, 8 570 mevali) ko‘chatlar mahallalarning iqtisoslashuvi bo‘yicha tarqatildi.
 
🌐Telegram I 🌐Instagram I 🌐
Facebook
G’ofurjon Abdurahmonov

01 Feb, 07:15

194

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 2025 yilning yanvar oyida o‘tgan asosiy tadbir va voqealar

🌐Telegram I 🌐Instagram I 🌐
Facebook
G’ofurjon Abdurahmonov

01 Feb, 05:19

234

Inson qadri uchun

Andijon shaharning "Bobur" MFY hududidagi chiqindi qabul qilish sahobchasida 4 nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan yashab kelayotgan oila borligi aniqlanib shahar hokimi tomonidan nazoratga olindi. 

G‘ofurjon Abdurahmonov topshirig‘iga asosan mazkur oila Andijon shahar hokimligi huzuridagi 241-oilaviy yotoqxonaga doimiy yashash uchun joylashtirildi.

Respublika ishchi guruhi hamda shahar hokimligi masʼul xodimlari tomonidan M. Asqarovga fuqarolik pasporti olib berildi.
 
🌐Telegram I 🌐Instagram I 🌐
Facebook
G’ofurjon Abdurahmonov

31 Jan, 07:21

554

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 yanvar kuni o‘tkazilgan video selektor yig‘ilishi orqali berilgan topshiriqlarini shaharda ijrosini taʼminlash ishlarni amalga oshirilmoqda.

Xususan, shahardagi 89 825 ta xonadonlardan tomorqasi mavjud bo‘lgan 51 618 ta xonadonlardagi aholining tomorqalaridan samarali foydalanish, tomorqa orqali daromadlarini yana-da ko‘paytirish maqsadida aholi bilan uchrashib, hokim yordamchisi, tomorqadan samarali foydalanib muqobil daromad manbasiga ega bo‘lgan tajribali usta dehqon bilan hamkorlikda ser daromad ekinlarni ekish hamda agro texnik tadbirlarni o‘rganish bo‘yicha xar bir mahalla fuqarolar yig‘inlarida seminarlar o‘tkazilishi belgilangan. 

Bundan tashqari, aholi tomorqalarining ixtisoslashgandan kelib chiqqan xolda, “Bir mahalla-bir mahsulot”tamoyili asosida eng sifatli navlaridan ekilishini taʼminladi.
 
🌐Telegram I 🌐Instagram I 🌐
Facebook