Infocomuz

@freelanceuzofficial


O'zini o'zi band qilish orqali daromad olish imkoniyatlari haqida gapirib beramiz! 😎
_____
Frilans haqida eng foydali ma'lumotlarni kuzatib boring!

• Bizning veb-saytimiz 👉🏻 myfreelance.uz

Admin bilan bog'lanish: @azmohina

Infocomuz

23 Oct, 11:01


⚡️Joriy yilning 23-oktabr kuni “Moliyaviy erkinlikka erishish va Frilansing istiqbollari” bo'yicha Toshkent shahar Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida forum bo‘lib o‘tdi!

🤝 O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda "Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi" davlat muassasasi hamkorligida tadbir tashkil etilib, unda Toshkent shahri yoshlarining 100 ga yaqin vakillari ishtirok etdi.

💡 Forumda tadbir ishtirokchilariga frilansing sohasida yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida ma’lumot berib, moliyaviy mustaqillikka erishish bo'yicha qimmatli bilim va tajriba almashdilar.

💼 Shuningdek, ishtirokchilar frilansing orqali pul ishlashning qo'shimcha usullarini muhokama qilishdi.

📌 Instagram | Telegram | Facebook | Youtube | Website

Infocomuz

21 Oct, 05:56


21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabriklaymiz!

Bizning sohamiz vakillari uchun chet tillarini bilish qanchalik dolzarb bo‘lsada, Davlat tilini bilish va Davlat tilida ish yuritishni tog‘ri yo‘lga qo‘yish juda muhim.

Shuning uchun «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» tanlovida Davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim (vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari) yoʻnalishi bo‘yicha 1 - o‘rin Raqamli texnologiyalar vazirligiga taqdim etilgani bu yilgi bayramga sohamiz uchun juda katta sovg‘a bo‘ldi.

Barcha sohamiz vakillarini O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin dildan tabriklaymiz!

Infocomuz

21 Oct, 05:45


🇺🇿Joriy yilning 21-oktabrida O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi nishonlanadi. Bu kun biz uchun nafaqat tarixiy sana hisoblanadi, balki milliy iftihorimiz, madaniyatimiz va tilimizni e’zozlash imkoniyatini yaratadi.

O'zbek tili —bu bizning milliy merosimiz, madaniyatimiz va o'zligimizdir. 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan "Davlat tili to'g'risida"gi qonun, xalqimizning mustaqillik yo'lidagi dastlabki qadamlaridan biri bo'ldi. Ushbu qonun bilan O'zbek tiliga berilgan maqom, bizni birlashtiruvchi kuch va milliy o'zlik timsolidir.

O'zbek tilini asrash va rivojlantirish har birimizning burchimizdir. Keling, bu kunni tilimizga bo'lgan hurmat va muhabbatimizni namoyish etadigan kunga aylantiraylik!

Barchangizni 21-oktabr — O'zbek tilining davlat tili maqomiga ega bo'lgan kuni bilan chin dildan tabriklaymiz!

📌 Instagram | Telegram | Facebook | Youtube | Website

Infocomuz

18 Oct, 04:59


Aziz ayollar va qizlar!

Sizlarni 18-oktabr kuni Butunjahon Women in Tech hamjamiyati asoschisi Ayumi Mur bilan uchrashuvga taklif etamiz!

📌Unda texnologiya sohasida:

Ayollar IT hamjamiyatlarining ahamiyati;
Erishayotgan muvaffaqiyat sirlari;
Ayollarning IT sanoati rivojiga qo‘shayotgan hissasi;
xalqaro ayollar hamjamiyatlarining tajribalari
global tashabbus namunalari;
AyTidagi gender xilma-xillikning haqida so‘z boradi.

🎙Uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarini mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollari bilan qatnashishlari mumkin.

📝Tadbirda ishtirok etish uchun ushbu shaklni to‘ldiring: https://forms.gle/g5MHmkcpSaupcpgz7

📍O‘tkazilish joyi: Xalqaro ta’lim universiteti TIUE (Manzil: Yashnobod tumani, 2-Tuzel mavzesi, Imom Buxoriy ko‘chasi 31-uy)

O‘tkazilish vaqti: 18-oktabr soat 16:00 da

O‘tkazib yubormang!

Infocomuz

14 Oct, 13:19


🔍Googleda kerakli ma'lumotni tez topish uchun 5 ta layfhaklar:


1. Fayl turi bo'yicha qidirish. Filetype (ya'ni fayl turi) buyrug'i: kerakli turdagi hujjatlarni qidirishga yordam beradi. Misol uchun: filetype: pdf.

2. Qidirayotgan jumlangizni tezz va oson topish uchun ushbu so'zni qo'shtirnoq ichida yozing. Masalan:"Eng yaxshi kitob".

3. Qidiruvdan keraksiz ma'lumotni chiqarib tashlash uchun so'zdan oldin minusni qo'shing. Masalan: YHQ (ya'ni yo'l harakati qoidalari) -yiehqyu.

4. Sayt orqali qidirish: Buning uchun saytga kirgach qidirish funksiyasi tanlagan holda sizga zarur bo'lgan ma'lumotni topish osonroq bo'ladi.

5. Google natijalarni har bir so'rovga javobni alohida taqdim etadi, ammo ularni bitta so'zda birlashtirish kerak. Misol uchun: Python yoki JavaScript.

🔗Bu kabi foydali ma'lumotlarni Infocom saytidan olishingiz mumkin.

Infocomuz

09 Oct, 14:28


👩‍💻 Raqamli savodxonlik bo‘yicha videodarsliklar to‘plami.

🌐 Veb-sayt quyidagi mavzularni qamrab oladi:
• Kompyuter bilan ishlash
• Virtual yordamchi bilan muloqot qilish
• Operatsion tizim bilan tanishish
• Ilovalar bilan ishlash
• Windowsni tartibga solish
• Onlayn xaridlarni to‘g‘ri bajarish
• Internetdagi raqamli tarkibga kirish
• Internetda foyalanish tarixini
boshqarish
• Kuchli parollar yaratish
• Onlayn fuqarolik
• Word hujjatlari bilan
ishlash
• Matnni imlo va
grammatikasini tekshirish

🔗 Batafsil: https://infocom.uz/courses/3

📌 Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Website

Infocomuz

05 Oct, 11:14


Tekinga o‘qib, yuqori daromadli ishga ega bo‘ling!

Jahon iqtisodiy forumi tomonidan dunyoda masovafiy ish joylari 2030 yilgacha 25 foizga o‘sishi kutilayapti. Ushbu masofaviy ishlarda ishlab, yuqori daromad topish uchun TEKINGA chet tillari va zamonaviy IT texnologiyalarini o‘rganing:

- Tekinga IT texnologiyalarini School21da Toshkentda va Samarqandda bemalol o‘qishingiz mumkin (boshqa viloyatdagilarga esa yotoqxona bor): https://21-school.uz/

- Tekinga Yandex dasturlash maktabida Toshkent, Samarqand va Urgenchda ham o‘qishingiz mumkin: https://codingschool.yandex.uz/

- Tekinga Ingliz va boshqa chet tillarini Ibrat Farzandlari loyihasi orqali o‘rganing: https://t.me/ibratfarzandlari

- Ingliz tilini B2 va undan yuqori darajada bilgan yoshlarimiz esa IT sertifikatini TEKINGA olishlari mumkin (o‘qish va sertifikat olish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi): https://t.me/shshermatov/553

- ITni TEKINGA o‘qishning boshqa imkoniyatlari ham bor: https://t.me/shshermatov/574 https://code.org/ https://www.khanacademy.org/

- Linkedinda profil yaratib yarim milliondan ortiq masofadan ishlash mumkin bo‘lgan vakansiyalarga topshiring: https://t.me/shshermatov/552

- yoki IT Park residentlariga ishga kiring: https://t.me/itmarket_uz

Infocomuz

02 Oct, 11:40


👩‍💻PHP va Python dasturlash tillari farqi haqida batafsil videorolik orqali bilib olishingiz mumkin.


📌 Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Website