Fizika Uzoqov yechimlar @dtmfizikayechimlar Channel on Telegram

Fizika Uzoqov yechimlar

@dtmfizikayechimlar


Fizikadan Uzoqov yechimlar

📬 Taklif va murojaatlar uchun:
👩‍💻 @barnorahmatullayeva

👬Muhokama uchun guruh havolasi
https://t.me/atomyadrofizika

Fizikadan Uzoqov yechimlar (Uzbek)

Fizikadan Uzoqov yechimlar kanali, fizika faniga qiziqganlar va uning o'qituvchilari uchun mo'ljallangan Telegram kanalidir. Bu kanalda fizika fanidan uzoqov yechimlar, masalalar, va misollar to'plangan. Uzoqov yechimlar o'rganishda yordam beruvchi video va maqolalar ham kuzatiladi. Kanalga a'zo bo'lib, fizika bilimini oshirish va o'rganishda yordam topishingiz mumkin. Kanalda takliflar va murojaatlar uchun @barnorahmatullayeva ga murojaat qilishingiz mumkin. Ayni paytda, fizikaga oid muhokama uchun guruh havolasi ham mavjud. Kanalda o'z ko'ngligingizga yoqqan uzoqov yechimlarni topishingiz va o'z o'qish yo'nalishingizni rivojlantirishingiz mumkin. Sizni Fizikadan Uzoqov yechimlar kanaliga o'tkazilgan so'zlar va misollar tabiatni va uning qiziqchiligi va qiyinliklarini tushunishga yordam beradi. Siz ham bu foydali va maqbul kanalga a'zo bo'ling va fizika bilimini rivojlantiring!

Fizika Uzoqov yechimlar

31 Dec, 17:19


Bugun ertalabgacha hamma joyda yeb ichish biz shunday xalqmiz😁

Keling sizlar bilan birga reja tuzib olamiz 2025-yilga mayli soat 00:00 gacha mehmonlarni uzatinglar mehmonga boring keyin 2025-yil uchun bir boshidan reja tuzamiz maylimi qog'ozga yozib cho'ntagimizga solib qo'yib shu reja asosida 2025-yilni boshlaymiz!!! Maqul desangiz lar bittadan like bosamiz

Fizika Uzoqov yechimlar

31 Dec, 17:19


Mana bu tabrik yoqdi menga.
Albatta amallar niyatlarga bog'liq.
Bugun shunaqa zo'r niyatlar qilamiz,Alloh ro'yobini go'zalroq qilsin.
Mo'ljalga bir yil uzoq,iloji bo'lsa fasllarga moslab niyatlar qiling.
Inshaalloh...
1.Ilm Olaman.Barcha yutuqlarim uchun ilmga havasim borligiga shukr aytaman.
2.Oilada chiroyli rejalarim bor.
3.Qolgani moddiyatga bog'liq niyatlar.Bu sizga qiziqmas..
Xullas, Yangi yil bayrami bo'lishi shartmi,men har Yangi kunni bayramday yashashni hohlayman.

Fizika Uzoqov yechimlar

19 Dec, 17:58


Rivoyat
Podshohning tushida har kecha
Bir sado tinmasdan shivirlar.
Ko'radi :qishloqmish,bir ko'cha
Bir odam jonsarak qimirlar.
Samodan buyurar u Nido:
"Turgin,shoh yotmagin g'aflatda
U inson bir seni kutmoqda.
Qabrga Sen qo'ygin albatta."
Noiloj vazirin chorlar shoh.
Bejizmas,har kuni bu darak.
Yoniga olishdi juft sipoh.
Qishloqni topishdi mushtarak.
Ko'chada bir mayit yotibdi,
Hech inson o'qimay janoza.
So'rashsa,jirkanib deyishdi
"Bu fosiq,illati ovoza.
Qishloqqa kelgan may shuniki,
Har kuni oshnodir bir fahshga.
Oxiri o'ldiyu ,qutuldik
Haqqiyam yo'q edi yashashga."
Tojdor bo'lsa,ham bandalik.
Podishoh mayitni yuvibdi.
Yuzidan tarqalgan ziyoga
Hayratda bosh chayqab qo'yibdi.
Ayoli bor ekan marhumning.
So'zlabdi juftining koridan.
Odamlar chiqargan hukmning
Kechishdi ko'zda yosh,baridan.
"Solihlar sardori bu inson
Bor pulin may uchun to'lardi.
Bor mayni uyiga yig'volib,
Bir chuqur o'raga to'kardi.
Qay ayol fahshni ko'zlasa,
Pul to'lab uyiga chorlardi.
Men saboq berardim,fohisha
Iymonga bog'lanib borardi.
Qo'rqardim,bilmaydi odamlar
O'lsangiz-kim ko'mar hoy sardor.
Kulardi ,g'am yema ey xotin.
Odamlar bo'lmasa,podshoh bor."
Shundayda,bilmaymiz kim asli
Biz g'iybat qilvorgan insonlar.
Allohim oldida maqomin
Bilmoqqa yetarmi imkonlar.

Fizika Uzoqov yechimlar

03 Dec, 14:30


1-dekabrda boʻlib oʻtkan milliy sertifikat savollarini olloh qodir qilganicha yegʻib chiqdik. Foydali boʻlsa haqimizga duo qilib qoʻyasiz.

Kanal egalariga murojaat: Iltimos muallif huquqiga amal qiling!!! Tarqatishda muallif va manba koʻrsatilsin!!!

Hurmat bilan Sobirov Ulugʻbek.

Kanalga aʼzo boʻlish.

Fizika Uzoqov yechimlar

02 Dec, 16:49


2024- yil 1- dekabr Fizika fanidan milliy sertifikat savollari. Javob kalitlari bilan✅️

Fizika Uzoqov yechimlar

01 Dec, 13:30


1-dekabr. Milliy sertifikat savoli. 36-masala.

https://t.me/ONLAYNFIZIKA

Fizika Uzoqov yechimlar

30 Nov, 20:12


Hayot-o'yin,ishqibozlik haddan ziyod.
Yutqazishni istamaydi odamizod.
O'ynamaymiz,biz-aslida o'yinchoqmiz.
Qo'g'irchoqboz qo'lida bir qo'g'irchoqmiz.
Qaysi kuni shon shuhratga ko'milamiz.
Qay bir kuni bu sahnadan quvilamiz .
Peshonaga bitilgani,asli taqdir..
Bosh egamiz.Hakam -tanho.O'zi haqdir!

Fizika Uzoqov yechimlar

30 Nov, 18:56


Assalomu alaykum
Ertaga fiziklar uchun juda muhim kun.
Barcha sertifikatga imtihon topshiruvchilarga omad.Ilohim yurtimiz infrotuzilmasi mutaxassilari ustozlarining yuzlari yorug' bo'lsin.Abituriyentlarimizning ham omadlarini bersin.
Barcha fiziklar telegram kanallari omad tilaganini ko'rib,ko'nglim bo'shab ketdi.
Boringizga shukr yaxshi insonlar.Biz birlasha oldik,dilimizdagini ochiq aytadigan,haqqimizni talab qiladigan millatga aylanayotganimizni fizik ustozlar namoyish qilishdi.
Inshaalloh, ertangi imtihondan ham manfaatlar beradi Allohim.
Axir har bir ishning xayrli yakuni bo'ladi.
Attestatsiyada kutilgan natijalar chiqmadi,lekin fiziklar ham fikrini aytishi kerakligini,maqsadni bayon qilishni o'rgatdi.
Eron kitobi,ozarbayjon kitobi,turk testlaridan bildimki,fizika dunyoda kerakli va e'tiborga sazovor fan ekan.Bizning yurtimizda ham shu an'ana kirib kelmoqda.Hohlaymizmi,yo'qmi bizda ham boshqa davlatlar texnikasidan ortda qolmaslik uchun ham fanimiz rivojlanadi.

Fizika Uzoqov yechimlar

07 Nov, 19:13


CHALAJON ABITURIYENTLAR...


Repetitorlik tizimida ishlayman.  Faoliyatim davomida kuzatyapmanki, abituriyentlarning saviyasi yildan yilga tushib bormoqda. 

Bugungi kunda ayrim abituriyentlarga nimalar yetishmaydi?
                 
                  Shijoat

Bugungi kunning aksar abituriyentlarida shijoat umuman o‘lgan.  Hali 16-17 ga kirib ulgurmagan, lekin tomiri uzib qo‘yilgan guldek shalpayib yotadi.  O‘sha kuni bittasi darsga: ustidagi sportivkasi osilib, sumkasini sudrab kirib kelyapti.
Keyin darsda partaga yopishib yotib oladimi-yey. Ularni ko‘rib dars o‘tging ham kelmaydi kishi.

                  IXLOS

Ixlos haqida gapirish bizga emas, ammo gap ilm haqida ketarkan, og‘iz juftlashga haqqimiz bor deb bildik.  Ba'zi abituriyentlarda ixlos degan tushunchaning o‘zi yo‘q.  Faqat ustozdan gap eshitmaslik uchun o‘qib kelsa bo‘ldi.  Testlari ham shunchaki ishlangan, na tahlil bor, na mulohaza.  Qalam bir tegib  bir tegmagan.  Yana nega buncha xato desangiz, og‘zini to‘ldirib "Tushunmadim" deydi nomard. Ammo yonidagi dugonasi tushungan bo‘ladi.
    
                    SABR

Agar dars biroz cho‘zilsa, bog‘lab qo‘yilgan qo‘zidek, ipini uzishga harakat qiladi.  Darsda majbur o‘tiradi.  Qachon dars tugasa-yu, ko‘chada daydisa.  Qo‘shimcha darsga "takrorlashga kir" desangiz, boshqa fanim bor deydi-da, katagini yo‘qotib qo‘ygan jo‘jadek, uy yoqdan, bu yoqqa yuradi. 
Bir narsaga tushunmasa, birdan sinadi. 


               ULAR "kasal" 

Ularning kasali ham antiqa: bugun mazasi bo‘lmaydi, ammo ertasi kuni tuzalib qoladi.  Ozroq isitmasi chiqsa yoki boshi og‘risa ham darsdan qoladi. 
 
                 YOLG‘ONCHI

Ularga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri, ularning yolg‘onchiligidir.  O‘sha kuni bir o‘quvchim testning javoblarini o‘ziga ishonch bilan o‘qib ketdi.  Men esa uni ketma-ket uchta to‘g‘ri javob chiqarolmasligiga kafolat beraman.  Keyin borib tahlil qilib berishini so‘radim.  Qilolmadi.  Keyin yana kamiga ko‘chirganini tan olmadi. Oxiri bo‘yniga qo‘yib darsdan haydab yubordim.

             TELEFON

Mana shu ofat ularning boshiga yetadi.  Ular aldanganlar... Ingliz tilini o‘rganyapman deb bahona qilib qo‘lidan telefon tushmaydi.  O‘sha o‘quvchilarimga telefon haqida bir soatlar gapirdim, keyin ikkinchi guruhga dars o‘tib bo‘lgunimcha oradan ikki soat o‘tdi.  So‘ng telefonini olib tekshirsam, ikki soat ichida 1 soat-u 36 daqiqa foydalangan.  Chunki ularga...

         GAP TA'SIR QILMAYDI

Ha, ularga qancha gapirmang, pashsha chaqqandek ta'sir qilmaydi.  Chunki ularning "terisi qotib ketgan."
Bisotingizdagi jamiyki yomon so‘zlarni aytsangiz ham, eti jimirlamaydi.  Chunki vijdonni ovqatga qo‘shib yeb yuborgan. 

               DANGASA

Ko‘pchiligi dangasa.  Ozgina topshiriq ham ko‘ziga ko‘p ko‘rinadi.  Oʻzini juda yaxshi ko‘radi. Jonini qiynagisi kelmaydi. 

                TO‘YCHILAR....

Is chiqqan joydan quruq qolishmaydi.  Momoto‘ymi, ischiroqmi farqi yo‘q boraverishdi.  Ular to‘y uchun hech kim emasligini his qilishmaydi.  To‘ydan bir hafta oldin borsa, bir haftadan keyin kelishadi darsga....

UYNI SOGʻINGANLAR

Har hafta uyga borish-kelish ular uchun eng yoqimli mashgʻulot.
"Nega uyga borasan?" "Axir kecha uydagilaring kelib kettiku!" desang, "uyni sogʻindim" deydi.


Xullas,  bu hamma abituriyentlar haqida emas. Ixlos bilan o‘qiyotganlar bor, albatta. Gap aylanib borib egasini topadi.

@crazyphysics

Fizika Uzoqov yechimlar

05 Nov, 09:23


https://t.me/domlajon1/944316

Fizika Uzoqov yechimlar

05 Nov, 09:23


https://t.me/domlajon1/944314

Fizika Uzoqov yechimlar

01 Nov, 05:54


Ehtimoliy baza manashu edi uzur buni avvalroq kanalga tashlay olmadik

@fizrepititor

Fizika Uzoqov yechimlar

31 Oct, 16:32


FIZIKA Fizikadan mavzulashgan sinov testlari.
1. Kinematika.
2. Dinamika.
3. Statika va saqlanish qonunlari. Gidromexanika.
4. Molekular fizika.
5. Elektrostatika.
6. O'zgarmas tok qonunlari.
7. Magnetizm. Turli muhitlarda elektr toki.
8. Tebranishlar va tolqinlar.
9. Optika.
10. Atom va yadro, kvant, relyativistika.

Jumaniyazov Temur ustozdan ajoyib kitobcha

Fizika Uzoqov yechimlar

31 Oct, 15:04


Shu to'plamdan olingan ekan bugungi juda ko'p savollar

👉@Fiz_BookXatirchi

Fizika Uzoqov yechimlar

26 Oct, 19:32


Barcha ixtislashgan sinflar uchun chsb demo varianti.

https://t.me/physics_lucky

Fizika Uzoqov yechimlar

24 Oct, 07:51


24.10.2024 11-sinf

BIZNI KUZATIB BORING
JANOB FIZIKLAR | Rasmiy Kanal

Fizika Uzoqov yechimlar

24 Oct, 07:51


Yorug'lik tezligida tarqatyapmiz💪
deb o'ylaymizda

Fizika Uzoqov yechimlar

24 Oct, 07:51


24.10.2024 11-sinf

BIZNI KUZATIB BORING
JANOB FIZIKLAR | Rasmiy Kanal

Fizika Uzoqov yechimlar

24 Oct, 07:49


Yechimlari Janob fiziklar kanalidan olindi.

9 va 10 sinflar.

Fizika Uzoqov yechimlar

24 Oct, 07:49


Hamma tarqatib bo'ldi
Biz ham quruq qolmaylik😂

Fizika Uzoqov yechimlar

23 Oct, 01:10


Fizika baza 800 test

🌐 Online Fizika

Fizika Uzoqov yechimlar

19 Oct, 15:56


Ота қизнинг ҳаётида такрорланмас кишидир. Унинг ўрнини бирор киши боса олмайди, на ака-ука ва на эр, ҳатто фарзанд ҳам.
Умрнинг совуқ тунларида ота омонлик соҳилидир.

Айман Ёғий

ДЎСТЛАРИНГИЗГА ҲАМ УЛАШИНГ!!!

@usanboyeva

Fizika Uzoqov yechimlar

16 Oct, 18:27


FIZIKA MILLIY SERTIFIKAT 12.10.2024

Yig'di: Sobirov Ulug'bek
Qayta tahrirladi: Shavkat Azimov

Testlar tarqatilganda manba ko'rsatilishi shart. Muallif mehnati qadrlansin!

Kanal: @tvfizika

Fizika Uzoqov yechimlar

13 Oct, 01:40


Allohim,men sababini qildim,o'zing oqibatini kutganimizdan xayrli qilgin.
Inshaalloh,xayrli ,yechim bergin.

O'yinchoq.
Biram rangli,biram yoqimtoy.
Peshtaxtada turgan o'yinchoq.
Almashishga shay bola ko'nglim.
Qo'lidagi borini shu choq.
Odam Ato,Momo havodan
Merosmikin ushbu ishtiyoq.
Afsus,ikki kun o'tmay turib.
Qiziq bo'lmay qolar o'yinchoq.
Bu do'konda serob ermaklar,
To'lov uchun umring olishar.
Savdosidan aytib ertaklar,
Tujjorlari mangu qolishar.

Fizika Uzoqov yechimlar

03 Sep, 06:29


⚡️UZBMB(DTM) tomonidan dekabr-yanvar oylarida sotuvga chiqarilgan repititsion testlari tahlili.

Telegram 👉
@Fiziklar777

P.S: Mualliflikni va mehnatni hurmat qilgan holda mualliflikni buzmaysiz degan umiddamiz😊

Kanalimiz: @FizikaXolliyev

Fizika Uzoqov yechimlar

03 Sep, 06:29


DTM 2022 da tushgan 30ta masala yechimi!
@Fizika_olimpiadaa

Fizika Uzoqov yechimlar

03 Sep, 06:29


2023 DTM da tushgan masalalar va ularning yechimlari!
Manba: @Ideal_Math
Kanal : @FizikaXolliyev

Fizika Uzoqov yechimlar

03 Sep, 06:29


FIZIKA: 《DTM 2024 1-kun!》
Xumoyun Xatamov
Manba: @FizikaXolliyev