TTA Urganch filialida Davolash fakulteti tashabbuskorligida Xorazm viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan vatanparvarlik oyligi doirasida "XALQ VA ARMIYA – BIR TANU, BIR JON" shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirni filial Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktorning birinchi o'rinbosari I.S.Yusupov ochib berib, tadbir ishtirokchilarini tanishtirdi.
▶️ Tadbir davomida faxriy qorovul chiqishlari, zamonaviy harbiy qurol-aslaha koʻrgazmalari namoyish etilib, maxsus bo'linmalar tomonidan turli jangovor chiqishlar talabalar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatildi.
Tadbirdan ko'zlangan maqsad, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
🌐 Veb-sayt |🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube