Ta’rif:
Ichak tutilishi — bu ichak bo‘ylab ozuqa va gazlarning harakati buzilishi bo‘lib, u mexanik yoki funksional sababga ega bo‘lishi mumkin.
Tasnif:
1. Mexanizmga ko‘ra:
• Mexanik:
• Obturatsion (ichak bo‘shlig‘ining to‘silishi).
• Strangulyatsion (ichakning qisilib qolishi).
• Dinamik:
• Spastik (ichak devorlarining haddan tashqari qisqarishi).
• Paralitik (ichak harakatining to‘xtashi).
2. Shikastlanish darajasiga ko‘ra:
• Yuqori: Ingichka ichak darajasidagi tutilish.
• Past: Yo‘g‘on ichak darajasidagi tutilish.
Klinik ko‘rinish:
• Qorin og‘rig‘i
• Qusish (ichak tutilishi qanchalik yuqorida bo‘lsa, qusish shunchalik tez yuzaga keladi).
• Axlat va gaz chiqmasligi.
• Qorin dam bo‘lishi va shishishi.
Tashxis:
• Qorin bo‘shlig‘ining umumiy rentgenografiyasi: “Kloyber piyolalari” (suyuqlik va gaz bilan to‘lgan ichak qismlari) va pnevmatizatsiya belgilarini aniqlash.
• Kontrastli KT: Tutilish darajasi va sababini aniqlash uchun qo‘llaniladi
• Laboratoriya tekshiruvlari: Suvsizlanish va elektrolit muvozanati buzilishi belgilari aniqlanadi.
Davolash:
• Konservativ:
• Dekompresiya (nazogastral zond orqali ichakni bo‘shatish).
• Infuzion terapiya (suv va elektrolit balansini tiklash).
• Jarrohlik:
• Strangulyatsiya, ichak nekrozi yoki konservativ usullar samara bermagan holatlarda.
Asoratlar:
• Ichak nekrozi.
• Peritonit (qorin pardasining yallig‘lanishi).
• Sepsis (qon infeksiyasi).
❗️Yaqinlarga ham ulashing
👉 t.me/davolashttauf
🟢 Telegram | 🔴Instagram 👈
Kanalga obuna bo'lishni unutmang!