TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY (@davolashttauf)の最新投稿

TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY のテレグラム投稿

TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY
TTA Urganch filiali davolash fakultetining rasmiy kanaliga xush kelibsiz!
2,070 人の購読者
1,101 枚の写真
196 本の動画
最終更新日 09.03.2025 13:23

類似チャンネル

WOW music
3,859 人の購読者
Zakovat: Xorazm
1,939 人の購読者

TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY によってTelegramで共有された最新のコンテンツ

TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY

26 Feb, 08:00

1,159

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan talaba-yoshlari o‘rtasida “Mahmudxoʻja Behbudiy saboqlari” mavzusida insholar tanlovini e‘lon qilinadi!

Tanlov 2025-yilning 28-fevral kuni soat 14.00 da filial ma’naviyat xonasida bo‘lib o‘tadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.I.Samandarovga murojaat qiling!

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
🌐 Veb-sayt |🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY

25 Feb, 08:10

1,681

ONA – TILI MILLAT RUHI, OR-NOMUSI
Davolash fakuklteti tyutorlari A.Atayev, F.Ishchanova, Q.Sapayevlar tomonidan “Ona – tili millat ruhi, or-nomusi” nomli tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Davolash fakulteti dekan o’rinbosari J.N.Jumaniyazov Ona – tili millat ruhi, or-nomusi mavzusida ma’ruza qildi.
"ONA – TILI MILLAT RUHI, OR-NOMUSI" degani, millatning tilini va madaniyatini ulug'lashni ifodalaydi. Bu so'zlar, ona tilining nafaqat millatning ruhini, balki uning sha'ni va obro'sini ifodalashini ta'kidlaydi. Millatning tilini saqlab qolish va rivojlantirish, uning madaniy merosini saqlash uchun nihoyatda muhimdir.
Tadbir so’ngida “Islomxo’ja” xayoti aks etgan badiiy film namoyish qilindi.

❗️Yaqinlarga ham ulashing

👉 t.me/davolashttauf
🟢 Telegram | 🔴Instagram 👈
Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY

24 Feb, 14:38

1,325

Kruzon sindromi

Ikki tomonlama ekzoftalm, divergent g‘ilaylik, konvergentsiya buzilishlari, ko‘ruv nervlarining atrofiyasi bilan kechuvchi gidrosefaliya, minorasimon bosh suyagi, yuqori jag‘ning yetarlicha rivojlanmaganligi va pastki jag‘ning oldinga chiqib turishi, serebellar buzilishlar, epilepsiya hamda aqliy rivojlanishning sustligi bilan tavsiflanadi.

❗️Yaqinlarga ham ulashing

👉 t.me/davolashttauf
🟢 Telegram | 🔴Instagram 👈
Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY

23 Feb, 09:26

1,597

MILLIY QADRIYATLAR - MILLAT MA'NAVIYATINING KO'ZGUSI

👉 t.me/davolashttauf
🟢 Telegram | 🔴Instagram 👈
Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY

22 Feb, 05:26

1,855

Milliy - qadriyatlar millat ma’naviyatining ko’zgusi nomli tadbirlar filialimizda davom etadi. Bizni kuzatishda davom qiling.

👉 t.me/davolashttauf
🟢 Telegram | 🔴Instagram 👈
Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY

21 Feb, 11:56

1,892

MILLIY - QADRIYATLAR MILLAT MA’NAVIYATINING KO’ZGUSI HAMDA MILLIY LIBOSLAR KO’RGAZMASI

TTA Urganch filialida tashkil etilgan Milliy - qadriyatlar millat ma’naviyatining ko‘zgusi hamda Milliy liboslar ko’rgazmasi nomli madaniy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbirda milliy liboslar, milliy taomlar hamda tarixiy milliy ashyolar ko’rgazmasi tashkil etildi. Tadbir davomida Davolash fakultetida qarashli kafedralarning ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Tadbir so’ngida milliy an’analarni tarannum qilgan gala konsert tashkil qilindi.
Milliy - qadriyatlar millat ma’naviyatining ko’zgusi nomli tadbirlar filialimizda davom etadi. Bizni kuzatishda davom qiling.

👉 t.me/davolashttauf
🟢 Telegram | 🔴Instagram 👈
Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY

11 Feb, 19:33

256

#Bugun:

▶️Poytaxtimiz Toshkent shahrida "Oʻzbekiston olima ayollar forumi-2025" boʻlib oʻtdi. Ushbu forumni Oʻzbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyevaning shaxsan oʻzi ochib berdi.

forumda 3 ta akademik ayollarimiz va 20 dan ziyod professor va doktarantlar ishtirok etishdi. TTA Urganch filialidan talabalaridan
Komilova Dilrabo, Baxtiyarova Aziza Maqsudbekovna - Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibalari ushbu forumda ishtirok etish uchun taklif qilindi.

Hilton mehmonxonasida boʻlib oʻtgan ushbu forum doirasida ayol qizlarning ilmiy salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan trening va seminarlar boʻlib oʻtdi.

👉 t.me/davolashttauf
🟢 Telegram | 🔴Instagram 👈
Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY

09 Feb, 18:13

1,147

TA’ZIYA

Oʻzbekiston tibbiyotining fidokori, faxri, Xorazm viloyati sogʻliqni saqlash tizimi jonkuyari, koʻp yillar TTA Urganch filiali rahbari boʻlib ishlagan olim t.f.d, professor Doʻschanov Baxtiyar Allaberganovich 2025-yil
9-fevral kuni olamdan oʻtdilar,

TTA Urganch filiali maʼmuriyati, professor-oʻqituvchilari va ishchi-xodimlari B.A.Doʻschanovning oila aʼzolariga, qarindosh urugʻlariga marhum ustozimizning vafoti sababli chuqur hamdardlik bildiramiz.

👉 t.me/davolashttauf
🟢 Telegram | 🔴Instagram 👈
Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY

08 Feb, 18:11

1,269

O‘TKIR NAFAS YETISHMOVCHILIGI

Etioogiyasi:
︎ nafas yo’llari yallig'lanishi (bronxit, laringit, traxeit, faringit, rinit, atelektaz);
︎nafas yo’llariga yot jismlar, o’smalar tiqilishi;
︎ nafas yo’llarining qon, suv, qusuq moddalari bilan berkilib qolishi;
︎ pnevmoniya, plevrit, pnevmotoraks, diafragma kasalliklari;
︎ markaziy asab sistemasi jarohatlari, kasalliklari;
︎ nafas sistemasi jarohatlari, kasalliklari;
︎ yurak-qon tomiri sistemasi kasalliklari;
︎ moddalar almashinuvining buzilishi.

Belgilari:

I-daraja o’tkir nafas yetishmovchiligi: lab ozgina ko’kargan, teri oqargan, bezovtalik, nafas tezlashgan, yuzaki 25-29 tagacha, puls tezlashgan 80-91 tagacha, qon bosimi 160/120 mm.sim.ust.gacha ko’tarilgan;

II-daraja o’tkir nafas yetishmovchiligi: xansirash, ko’karish aniq, yengil terlash, bezovtalik, nafas tezlashgan, yuzaki 20-23 martagacha, puls 84-96 martagacha, qon bosimi 160/120 mm.sim. ust.dan baland;

III-daraja o’tkir nafas yetishmovchiligi: kuchli xansirash, akrotsionoz, sovuq
terlash, qo’l-oyoqlar sovuq, nafasda yordamchi muskullar faol qatnashadi.
Bezovtalanish, so’ngra karaxtlik. Nafas yuzaki, tezlashgan 23-27 martacha, puls 90 100 martagacha,qon bosimi 160/120 mm.sim.ust.gacha;

IV-daraja o’tkir nafas yetishmovchiligi: gipoksik koma holati. Bemor baliqdek havo yutadi, ogzi ochiq, talvasa bo’lishi mumkin, majburiy holat. Kuchli akrotsionoz ko’zga tashlanadi. Hushi noaniq, nafas olishda ko’krak qafasi ko’tarilib tushadi, puls 85-95 tagacha, qon bosimi 170/125 mm.sim.ust.gacha ko’tarilgan.

🚒Tez yordam choralari:

Shifokor kelguncha yordam:

Nafas yo’llari tezlik bilan tozalanadi.
Siquvchi kiyimlar yechiladi.
toza havo kiritiladi.
Kislorod namlab beriladi 30-45 daqiqa davomida (bolalarga15-20 daqiqa).
Oyoqlarga issiq grelkalar qo’yiladi.
Jarohatlar bog’lanadi.

❤️ Shifokor yordami:

✔️ Eufillin 2,4 %--10 ml, v/i. ga sekin (bolalarga 0,5 %- 6 ml).
✔️ Strofantin 0,05 %- 1 ml + 40 %- 20 ml glukoza bilan v/i. ga.
✔️ Kollapsda noradrenalin 0,2 %- 1 ml + 300 ml 5 %-glukoza, v/i.
✔️ Gidrokortizon 3-5 ml, m/o.
O’pka shishida laziks 1 %- 2 ml, m/o.
✔️ Natriy gidrokarbonat 4 %- 200 ml, v/i (bolalarga 2-3 ml/kg.v.v/i)7). Harakatdagi qon miqdori kamaygan bo’lsa,
✔️ poligluki yoki reapoliglukin 300 ml,v/i (bolalarga 10 15 ml/kg.v.vi).

✔️ Eslatma:
1. Kislorod berish 30-45 daqiqadan so’ng 1-2 soat tanaffus beriladi, 24 soat ichida
2-3 marta takrorlanadi.
2. Qolgan muolajalar sharoitga qarab davom ettiriladi.
Barcha uchun manfaatli malumotlar o’qib eslab qoling !

👉 t.me/davolashttauf
🟢 Telegram | 🔴Instagram 👈
Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY

08 Feb, 10:42

1,278

Kun hikmati. Davolash fakulteti kanalini kuzatib boring. Jasurbek Nazarboyevich

👉 t.me/davolashttauf
🟢 Telegram | 🔴Instagram 👈
Kanalga obuna bo'lishni unutmang!