Neueste Beiträge von TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY (@davolashttauf) auf Telegram

TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY Telegram-Beiträge

TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY
TTA Urganch filiali davolash fakultetining rasmiy kanaliga xush kelibsiz!
2,070 Abonnenten
1,101 Fotos
196 Videos
Zuletzt aktualisiert 09.03.2025 13:23

Ähnliche Kanäle

aysmed💘
10,114 Abonnenten

Der neueste Inhalt, der von TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY auf Telegram geteilt wurde.

TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY

07 Feb, 17:51

1,376

Ichak tutilishi haqida bilishingiz kerak bo‘lgan ma’lumotlar

Ta’rif:
Ichak tutilishi — bu ichak bo‘ylab ozuqa va gazlarning harakati buzilishi bo‘lib, u mexanik yoki funksional sababga ega bo‘lishi mumkin.

Tasnif:

1. Mexanizmga ko‘ra:
Mexanik:
• Obturatsion (ichak bo‘shlig‘ining to‘silishi).
• Strangulyatsion (ichakning qisilib qolishi).
Dinamik:
• Spastik (ichak devorlarining haddan tashqari qisqarishi).
• Paralitik (ichak harakatining to‘xtashi).
2. Shikastlanish darajasiga ko‘ra:
Yuqori: Ingichka ichak darajasidagi tutilish.
Past: Yo‘g‘on ichak darajasidagi tutilish.

Klinik ko‘rinish:
• Qorin og‘rig‘i
• Qusish (ichak tutilishi qanchalik yuqorida bo‘lsa, qusish shunchalik tez yuzaga keladi).
• Axlat va gaz chiqmasligi.
• Qorin dam bo‘lishi va shishishi.

Tashxis:
Qorin bo‘shlig‘ining umumiy rentgenografiyasi: “Kloyber piyolalari” (suyuqlik va gaz bilan to‘lgan ichak qismlari) va pnevmatizatsiya belgilarini aniqlash.
Kontrastli KT: Tutilish darajasi va sababini aniqlash uchun qo‘llaniladi
Laboratoriya tekshiruvlari: Suvsizlanish va elektrolit muvozanati buzilishi belgilari aniqlanadi.

Davolash:
Konservativ:
• Dekompresiya (nazogastral zond orqali ichakni bo‘shatish).
• Infuzion terapiya (suv va elektrolit balansini tiklash).
Jarrohlik:
• Strangulyatsiya, ichak nekrozi yoki konservativ usullar samara bermagan holatlarda.

Asoratlar:
• Ichak nekrozi.
• Peritonit (qorin pardasining yallig‘lanishi).
• Sepsis (qon infeksiyasi).


❗️Yaqinlarga ham ulashing

👉 t.me/davolashttauf
🟢 Telegram | 🔴Instagram 👈
Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY

07 Feb, 10:03

1,016

Bugun viloyat oliy ta'lim muassasalari talabalari ishtiorkida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish oyligi” doirasida "Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!" shiori ostida marafon tashkil etildi.

Ushbu marafonda TTA Urganch filialining 300 nafar talaba-yoshlari faol ishtirok etdi.

Marafon Urganch temir yo'l vokzali oldidan Yoshlik sport majmuasigacha bo'lgan hududlarda bo'lib o'tdi. Marafon ishtirokchilari targ'ibot tadbiri davomida Yoshlik sport majmuasining katta fudbol maydonida ommaviy badantarbiya mashqlarini ham bajarishdi.


TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
🌐 Veb-sayt |🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY

07 Feb, 03:05

1,278

🧠 Miyani xarob qiluvchi 7 odat

1. Nonushta qilmaslik
2. Uyqusizlik
3. Shirinliklarni ko‘p iste’mol qilish
4. Kunduzlari ko‘p uxlash
5. Taomlanayotganda televizor ko‘rish
6. Paypoq kiyib yoki boshni butunlay o‘rab yotish
7. Vaqtida hojatxonaga bormay, bavlni ushlab turish.

Buning natijasida tanada zahar to‘planadi.

❗️Yaqinlarga ham ulashing

👉 t.me/davolashttauf
🟢 Telegram | 🔴Instagram 👈
Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY

06 Feb, 16:54

1,204

☝️ Oltin bilan zaharlash
mumkinligini bilarmidingiz
🤔

❗️Yaqinlarga ham ulashing

👉 t.me/davolashttauf
🟢 Telegram | 🔴Instagram 👈
Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY

05 Feb, 09:46

1,061

Davolash fakulteti dekan o‘rinbosari J.N.Jumaniyazov tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsialar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi № 3/4 - sonli Hayat qarorining
6-bandi ijrosini ta’minlash maqasadida TTA Urganch filialida ta’lim olayotgan 300 nafardan ortiq iqtidorli talabalar bilan “Iqtidorli talabalarga - maxsus stipendiyalar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida iqtidorli talabalarga nomdor stipendiyalarni qo‘lga kiritish tartibi tushintirildi hamda filial iqtidorli talabalarining 2024-2025-o‘quv yilida nomdor stipendiyalarni qo’lga kiritganligi aytib o‘tildi.

👉 t.me/davolashttauf
🟢 Telegram | 🔴Instagram 👈
Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY

05 Feb, 08:26

737

Davolash fakulteti tyutori Q.A.Sapaev tomonidan 1-kurs talabalar ishtirokida “Vatanparvarlikni chinakam eʼtiqodga aylantiraylik” hamda “Oʼzbek yigiti – mustaqillik posboni” mavzularida ochiq suhbat o'tkazilib, Jaloliddin Manguberdi yodgorligi xiyoboniga ekskursiya uyushtirildi.

Tadbir davomida eng bebaho oliy ne’mat – tinchligimiz va osoyishtaligimizning qadriga yetishimiz, oilalarimiz, farzandlarimiz, kelgusi avlodlarimizning baxtu kamoli uchun bu ulug‘ boylikni asrab-avaylashimiz lozimligini, shu maqsadda yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ona yurtga mehri va sadoqatini oshirishga yanada ko‘proq ahamiyat berishimiz kerakligi haqida ta'kidlandi.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
🌐 Veb-sayt |🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY

29 Jan, 11:52

899

Barcha talabalar ovoz berishda faol qantashib o'z tyutorlariga skrin shot tashlab filialimizni qo'llab quvatlaylik.. O'lg'a TTA UF Davolash 4-5-6 kurs starastalari ovoz berishlarni yigib menga 975116635 telegram manziliga tashlab beringlar. Hurmatli Davolash fakulteti talabalari ovoz berishda faol bo'laylik. Dekanat
TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY

29 Jan, 11:51

301

📌 Xorazm viloyatida joylashgan oliy ta’lim muassasalarining 2024-yilning eng na’munali rektori kim?

Soʻrovnoma 4-Fevral soat 23:59 gacha davom etadi.

1️⃣ G'olib OTM rektoriga statuetka, Diplom hamda qimmatbaho sovg'alar 🎁 bilan tantanali ravishda taqdirlanadilar.

Eslatma: Ushbu so'rovnomada xolis fikr bildirishingizni iltimos qilib qolamiz.

🔊🔊Ovoz berish!

Obuna bo’ling👉 @OTM_Minbari
TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY

24 Jan, 18:50

1,457

Ateroskleroz natijasida qon-tomirda tromb hosil bo’lishi, bu jarayon inson hayoti uchun havfli bo’lib tromblar keyinchalik ko’chib tromboemboliyani keltirib chiqarishi mumkin

👉 t.me/davolashttauf
🟢 Telegram | 🔴Instagram 👈
Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY

24 Jan, 10:32

1,587

2025-yil 24-yanvar kuni Davolash fakultetida huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Joriy yilning 24-yanvar kuni
TTA Urganch filiali Davolash fakulteti tyutori F.D.Radjabova tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbirda viloyatimizda sodir etilgan huquqbuzarliklar xolati bo‘yicha
TTA Urganch filialiga mas’ul viloyat IIB profilaktika instektori katta leytenat Sh.O‘ktamova va leytenat R.Egamovlar qatnashdi.

Tadbir davomida barcha talabalarga yo‘l transport qoidalariga rioya qilishlari hamda transport vositasini haydovchilik guvohnomasiz boshqarmaslikni va tezlikni me’yoridan oshirmaslikni ta’kidlashdi.

👉 t.me/davolashttauf
🟢 Telegram | 🔴Instagram 👈
Kanalga obuna bo'lishni unutmang!