JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT BILAN KURASHISH DAVR TALABI.
Davolash fakulteti tashabbusi bilan “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish davr talabi” nomli ma’naviy-ma’rtifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Davolash fakulteti dekan o‘rinbosari J.N.Jumaniyazov nutq so‘zladi. U jaholatni yengishning eng samarali usuli ta'lim ekanligini ta’kidladi. Har bir insonni ilm olishga undash, o'qish va o'rganish imkoniyatlarini yaratish zarurligini aytib o’tildi. Kitob o’qish tanqidiy fikrlashni shakllantirishi bu esa jaholatga qarshi kurashishning eng muhim omili ekanligini tushintirildi. Tadbir davomida odam savdosi muammosiga ham to’xtalib o’tildi Tadbir so’ngida Javlon Jovliev qalamiga mansub “Qo’rqma” romani asosida suratga olingan xujjatli film namoyish etildi. Ushbu film 1918-1938 yillarda Germaniyada o’qib ta’lim olgan 70 nafar jadid bobolarimiz taqdiriga bag’ishlangan. Film talalarda juda katta taassurot qoldirdi.
👉 t.me/davolashttauf 🟢 Telegram | 🔴Instagram 👈
TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY
03 Dec, 12:10
565
Xorazmda 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni nishonlandi.
Ma’lumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktyabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq, har yil 3-dekabr sanasi butun dunyoda “Xalqaro nogironlar kuni” sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
Shu munosabat bilan viloyatimizda o‘tkazilgan tadbirga barcha shahar va tumanlardan nogironligi bo‘lgan fuqarolar taklif qilindi. Viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov jismoniy imkoniyatlari cheklangan yurtdoshlarimizning jamiyat hayotidagi faol ishtiroki, ularning Vatanimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi haqida to‘xtaldi. Dildan suhbatlar bir piyola choy ustida davom etdi.
⚡️Eng ko‘p uchraydigan belgisi lab burchagidagi yorilish va stomatitlar. Og‘izda va labdagi har xil toshmalar ham shuniki. O‘ylaymanki, bu bilan hayotingizda bir marta bo‘lsa ham to‘qnashgansiz.
Bundan tashqari sochlarni yog‘lanishi, qazg‘oq ko‘payishi va terining sho‘rlashi ham aynan mana shu vitamin yetishmayotganidan darak.
Aptekalardan Riboflovin vitamini yoki vitamin B2 deb so‘rasangiz bo‘ladi. Kuniga 1-2 mahal ichiladi.
Endi O‘zbekiston fuqarolari Xitoyga 30 kun vizasiz sayohat qilishi mumkin.
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I fuqarolarga ikki mamlakatga ham 30 kun davomida vizasiz sayohat qilish imkonini beruvchi bitimni imzoladi.
O‘zbeklar ham bemalol Xitoyga vizasiz 30 kunga bora oladilar, Xitoyliklar ham bizga hech qanday vizasiz kirib kelisha oladilar.
🍁Bugun 30 noyabr - kuzning oxirgi kuni. Ertadan, ko‘ngillarga oppoq tuyg‘ularni, zumrad qish tashrif buyuradi. Qorlari bilan quvontirguvchi qish qalblarimizga qordek oqlik olib kelsin!
ERTAGA QISH.
Kuni bitgan kuzak bechora, Qo‘lin cho‘zar qishning rohiga. Berib oppoq tongdan ishora, Qorlar chizar daraxt shoxiga,
Tushirgaydir bog‘ ham bugun, Yelkasidan xazon yukini. Zumrad osmon jilmayar gulgun, Bugun kuzning oxirgi kuni!
◾️Klinika: yurak sohasida achishuvchi, kuyishuvchi kuchli og‘riq. Og‘riqni 30 mindan ko‘p davom etishi. Og‘riqni chap qo‘l, chap jag‘, kurak va ba’zan o‘ng qo‘lga uzatilishi. Havo yetmaslik. Sovuq ter bosishi. O‘lim hissi bilan kechadi.
◾️Tekshirish: albatta EKG orqali EKG da miokard infarkti bosqichiga qarab turli shaklda bo‘ladi. ST segment elevatsiya yoki dipressiya fonida bo‘ladi. ST elevatsiya xavfli hisoblanadi chunki miokardda ko‘proq o‘choqli shikastlanish bo‘ladi.
◾️Ko‘rsatilgan yordam: 👇
Bemorga qulay joylashuv ta’minlanadi deraza va eshiklar ochiladi.
1. Oksigenoterapiya
2. Morfin 1,0 ml + atropin 0,5 ml (morfinni nafas markaziga ta’sirini kamaytirish uchun)+ natriy xlor 0,9%-9,0 ml v/v juda sekin (taxikardiyani hisobga oling)
3. Aspirin 325 mg chaynashga va Klopedogril 300 mg (4 tab) ichishga beriladi.
4. Geparin 5000 ed-10000 ed +natriy xlor 0,9%-9,0 ml v/v sekin.
◾️Reanimatsiya bo‘limiga gospitilizatsiya.
Bu holat ahvoli nisbatan yengil holatdagi bemorlar uchun yozildi bemor og‘irlashga taktikaga qo‘shimchalar bo‘ladi.