أحدث المنشورات من TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY (@davolashttauf) على Telegram

منشورات TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY على Telegram

TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY
TTA Urganch filiali davolash fakultetining rasmiy kanaliga xush kelibsiz!
2,070 مشترك
1,101 صورة
196 فيديو
آخر تحديث 09.03.2025 13:23

قنوات مشابهة

Shark Science
12,290 مشترك
ПЕДИАТРИЯ +
1,454 مشترك

أحدث المحتوى الذي تم مشاركته بواسطة TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY على Telegram

TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY

23 Oct, 17:55

2,033

#Diqqat
#E'tiborsiz qoldirmang!

❗️ Barcha saxovatpesha professor oʻqituvchilar, ishchi xodimlar hamda filialimiz talaba-yoshlari diqqatiga!

Filialimiz talabalaridan birida orqa miya raki va miyada suv yig‘ilishi tashxisi qo‘yilgan ushbu operatsiyani amalga oshirish uchun 300 mln so'm sarflanar ekan. Hozirgi vaqtda talaba bemor Hindiston davlatida o‘tkaziladigan operatsiyasi uchun tayyorgarlik koʻrmoqda.Talabamiz operatsiyasi uchun va moddiy ahvoli ogʻir ekanligi hamda unda 2-guruh nogironligi mavjudligi bois siz saxiy insonlar yordamiga ayni damda muhtoj. Azizlar yordamingizni darigʻ tutmang.

♻️ Ushbu guruh aynan shu talabamizga oz bo‘lsada yordam berish maqsadida ochilgan.

⚠️ Guruh linki: https://t.me/Charosgayordam

↘️ Pul mablagʻlarini filial foyesidagi "Qaynoq mehr 5" xayriya qutisiga yoki talabaning shaxsiy plastik kartasiga hadya qilsangiz boʻladi.⤵️

▶️9860 0121 2451 2406◀️
Soatmurodov Ahror


👉 t.me/davolashttauf
🟢 Telegram | 🔴Instagram 👈
Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY

23 Oct, 08:20

1,247

Tashxis

Gerpes zooster. O'rab oluvchi temiratki.

1.Baralgin 5,0 m/o 3 kun
2. Tab. Ulkaril 400 mg 1tab har 6 soatda 5 kun.
3.Fukarsin eritma toshmaga surtishga, 10 min utib Ulkaril mazi surtiladi kuniga 5-6 mahal
4.Tab. Immunal 1tab * 3 mahal ichishga 10 kun.

Kasallik haqida ma'lumot

O‘RAB OLUVCHI YOKI BELBOG‘SIMON UCHUQ (herpes zoster)

Kasallik filtirlanuvchi neyrotrop virus qo‘zg‘atadi (varicella zoster).
Virus o‘zining juda ko‘p xusuiyatlari bilan suvchechak virusiga o‘xshab ketadi.Kasallikning, inkubatsion davri 7-8 kun mustaqil yoki biron bir boshqa kasallik (o‘sma 
kasalliklari, zotiljam, plevrit, leykoz, limfogranulematoz va boshqalar) asorati sifatida namoyon 
bo‘lishi mumkin. 
K l i n i k a s i. Badanning muayyan bir nervi yoki nerv tarmoqlari bo‘ylab giperemiyalangan 
sohaga pufakchalar toshadi. Toshmalar aksariyat tananing bir tomoniga toshadi. Toshmalar 
toshishdan oldin bemorning ko‘ngli bexuzur bo‘lib, boshi og‘riydi, biror nerv stvola bo‘ylab 
tutib-tutib turadigan og‘riq hamda xuddi shu joylarning achishib turishi kuzatiladi. Pufakchalar 
po‘sti qattiq bo‘lib, ichi tiniq suyuqlikka to‘lib turadi, bora-bora suyuqlik loyqalana boshlaydi. 
Pufakchalar bir-biriga qo‘shilib, qator joylashadi, ular atrofi giperemiyalanib, qizarib turadi  
Klinik belgilariga qarab o‘rab oluvchi yoki belbog‘simon uchuqning bir necha xili farq qilinadi: 
1. Yengil (abortiv). 
2. Gemorragik – bunda avvaliga pufak- chalar ichi loyqalanib qon-yiring boylaydi, natijada 
pufakchalar qon bilan to‘lib qoladi. 
3. Gangrenoz – yara-chaqa, nekroz, gangrenoz holatlar kuzatiladi. 
4. Bullyoz – bunda pufaklar va pufakchalar uchraydi. 
5. Tarqalgan – generalizatsiyalangan xili. 
Pufakchalar ko‘z, quloq, qovurg‘alararo nervlar, shuningdek, bo‘yin, bel nervlari va nerv 
tarmoqlari bo‘ylab toshadi. Toshmalar og‘iz (  uch shohli nerv bo'ylab), lab va tanglay shilliq 
qavatiga toshganda aksariyat yuz va bo‘yin terisi ham zararlanadi, ko‘z sohasiga uchuq chiqishi 
juda xavfli. Uchuq toshgan soha qattiq tortishib og‘riydi, pufakchalar yorilib yara-chaqa, 
eroziyalar, qo‘ng‘ir-sariq qora qo‘tir po‘stlar hosil bo‘ladi. 2-3 haftada kasallik alomatlari 
yo‘qolib, bemor tuzaladi, ba’zan pufakchalar davriy ravishda yangidan toshib turishi mumkin. 
Jarohat tuzalib ketgach, xuddi shu joylarda muskullar parezi va nevralgiya seziladi. Pufakchalar 
o‘rnida ikkilamchi giperpigmentli dog‘lar, og‘ir formalarida esa chandiqli yoki atrofiyali 
o‘zgarishlar qoladi. Sovqotish, gripp, sil, saramas, zaharlanish, aksariyat limfogranulematoz, 
xavfli o‘smalar, leykoz o‘rab oluvchi uchuqning avj olishiga sabab bo‘ladi. Bunday holat yilning 
bahor va kuz oylarida ko‘p uchraydi. Kasallik asosan katta yoshlilarda kuzatiladi; 10 yoshgacha 
bo‘lgan bolalarda kamdan- kam uchraydi. 
T a sh x i s i. Uchuqning bu turiga diagnoz qo‘yish uncha qiyin emas, pufakchalarning ma’lum bir nerv yo'li bo'ylab joylashishi achichib qattiq og'rishi  uni oddiy uchuqdan va boshqa kasalliklardan ajratib olish imkoni beradi

👉 t.me/davolashttauf
🟢 Telegram | 🔴Instagram 👈
Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY

23 Oct, 07:43

1,282

📋Diagnoz
Davolash taktikasi
.

Hurmatli doktor va talabalar sizlardan kommentariyada diagnoz va davolash taktikangizni kutib qolaman.

👉 t.me/davolashttauf
🟢 Telegram | 🔴Instagram 👈
Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY

22 Oct, 04:56

1,474

Plastik kartalar TTAUF hududida qoldirib ketilgan ekan. Karta egalari kartalaringizni Davolash dekanatidan olib ketishingiz mumkin.

Hurmatli talabalar shaxsiy va qimmatbaho buyurumlaringizga e’tiborli boʻling. Yoʻqolgan narsalaringizga TTAUF ma’muriyati javobgar emas.

👉 t.me/davolashttauf
🟢 Telegram | 🔴Instagram 👈
Kanalga obuna bo'lishni unutmang!