أحدث المحتوى الذي تم مشاركته بواسطة TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY على Telegram
TTA UF DAVOLASH FAKULTETI RASMIY
20 Nov, 05:22
1,408
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni koʻrib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bagʻishlangan majlisida ishtirok etadi va nutq soʻzlaydi. Manba: uzauz
Telegramda yangi virus, firibgarliklar tuzog‘iga tushib qolmang
Telegramda rasmdagi kabi nomlangan virusli fayllar tanishlar va begonalar tomonidan yuborilmoqda. Agar faylni ochsangiz virus telefongizni egallab oladi. Bu kabi tuzoqlarga aldanmang.
❓Nima uchun antibiotiklarni spirtli ichimliklar bilan qabul qilish mumkin emas?
🔰 Buning bir qancha sabablari bor:
✅ - Spirtli ichimliklar antibiotik bilan bog'lanishi va reaksiyaga kirishishi, uning asosiy xususiyatlarini kamaytirishi yoki faol moddaning o'zini butunlay yo'q qilishi mumkin.
✅ - Jigarga toksiklik. Antibiotiklar nafaqat jigarga yukni oshirishi mumkin, balki spirtli ichimliklar bilan giyohvand moddalarning zarari bir necha bor ortadi. Ko'pincha bu bemorlarda toksik gepatit rivojlanadi va eng zaharli moddalarni aniqlash mumkin: tetratsiklinlar, makrolidlar, penitsillinlar.
✅ - Spirtli ichimliklar preparatning so'rilish tezligini oshirishi, keyin esa uning jigarda metabolizmini tezlashtirishi mumkin. Bu organizmdan antibiotikni tezroq olib tashlashga yordam beradi.
❗️Yaqinlarga ham ulashing❗️ 📝Kommentariyaga fikringizni qoldiring.
Туркия давлати Памуккала Университети профессори, хирург Onur Birsen Вилоят кўп тармоқли тиббиёт марказида 18-22 ноябр кунлари Қорин бўшлиғидаги мураккаб бўлган жаррохлик амалиётларини (Семизлик ва кандли диабет касалликларида, Жигар ва ўт йўллари касалликлари, Ошқозон ичак касалликларида) юқори технологик, каминвазив, кесмаларсиз бажаради ва консультациялар ҳамда тиббий кўрикларни амалга оширади. Операциялар, консультация ва тиббий кўриклар мутлақо бепул. Операцияга тайёргарлик кўриш ва консультацияга навбат олиш ҳамда қўшимча маълумотлар учун ☎️ +99891 992 2277 рақамига мурожаат қилишингиз мумкин.
2006-yildan buyon noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi «Tibbiyot xodimlari kuni» etib belgilangan.
Shu munosabat bilan barcha ustoz shifokorlarimizga tilagimiz: hamisha immunitetingiz yuqori, ATFingiz ko‘p, gemoglobiningiz baland, qon bosimingiz 80/120, ko‘zlaringiz lochindek o‘tkir, o‘pkangiz gipoksiyadan, jigaringiz gepatitdan, oshqozoningiz gastritdan uzoq, oyligingiz nerv hujayralaridek ko‘p, hayotingizda qo‘zg‘alish tormozlanishdan ustun bo‘lsin! Sog‘lik salomatlik, oilaviy hotirjamlik hamisha hamrohingiz bo‘lsin!
❗️TikTok sizni atigi 35 daqiqada o‘ziga qaram qilib qo‘yadi - tarmoqqa kompaniya ichki hujjatlari sizdirildi.
Unga ko‘ra, platforma algoritmi foydalanuvchini 8 soniyalik 260 ta videodan so‘ng o‘ziga tortib olishi mumkin ekan. Kompaniya tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, doimiy ravishda bunday qisqa videolar tomosha qilish insonda xavotir hissiyotini kuchaytiradi, xotirani zaiflashtirib, empatiyani pasaytiradi. Albatta, ular bu ma’lumotlarni sizdan yashirishga qaror qilishgan.