Har kun 23-24'dan kech uxlamasak edi, ertalab 5-6'dan kech uyg'onmasak edi...
Har kun hech bo'lmasa eng muhimi bo'lgan tonggi ibodatni joyiga qo'ya olsak edi...
Har kun ertalab oldindagi stressli kunga tayyorgarlik uchun 1 soat vaqt ajratsak edi...
Har kun uy sharoitida bo'lsa ham kardio bajarsak, kamida aktiv hayot tarzida bo'lsak edi...
Har kun qat'iyat va baraka peak bo'lgan tongda 30 daqiqa bo'lsa-da fokusli ishlasak edi...
Har kun iste'mol qilayotgan, qilmayotganlarimizga (nafaqat ovqat) ziyrak bo'la olsak edi...
Har kun 25 daqiqa bo'lsa-da maqsadli ravishda informativ podkast ko'rsak va xulosalasak edi...
Har kun hech bo'lmasa 25 daqiqa bo'lsa ham maqsadli ravishda kitob o'qisak va realda ishlatsak edi...
Har kun o'z sohamiz ustida kun davomida nazariymi, amaliymi, kamida 4-5 soat shug'ullansak edi...
Har kun energiyaga boy, supportive, proaktiv va maqsadi o'xshash insonlar bilan bir muhitda bo'lsak edi...
Har kun komfortdan tiyilib, kunning 1-2-qismini asosiy ishlarga, 3-qismini 2-darajalilariga sarflasak edi...
Har kun uxlashdan oldin o'zimizni kecha bilan taqqoslab, analiz qilsak, erta uchun konkret reja tuzsak edi...
Har kun nima yomon yoki gunoh ish qilgan bo'lsak ham, umidni cho'ktirmay tilimizda zikr bilan yursak edi...
Har kun pul boshqaruvini kontrol qila olsak, investlarga harakat qilsak, depozitlarga xushyor bo'lsak edi...
Har kun EQ va IQ balansida stoik qolsak, kutmay o'zimiz baxt yaratsak, qolganlarga ham ulashsak edi...
Har kun yangi nimadirlar o'rgansak, yangi nimadirlar o'ylasak, yangi neyronlar zanjiri yaratsak edi...
Har kun o'zimiz bilan ham suhbatlashishga vaqt ajratsak edi, o'zimizga ko'proq fokus bersak edi...
Qaniydi har kun shu hayot tarzida yashasak, ko'proq o'zimiz va ishlarimiz bilan juda band bo'lsak edi...
...Bizni qiynaydigan, depressiyaga soladigan, 80-90% muammolarimiz hal bo'lgan bo'lardi, menimcha.
Qo'shilaman, to'g'ri - 🔥
Men shundayman o'zi - 🌚
@ceotony