Prezident Maktabiga Tayyorlov Andijon ♕ @bls_prezident_maktabi_testlari Channel on Telegram

Prezident Maktabiga Tayyorlov Andijon ♕

@bls_prezident_maktabi_testlari


Boshlash uchun buyuk bo‘lish shart emas, ammo buyuk bo‘lish uchun boshlash shart!

Aloqa uchun: @Manager4747

Prezident Maktabiga Tayyorlov Andijon ♕ (Uzbek)

Prezident Maktabiga Tayyorlov Andijon ♕ kanali sizga tayyorlov jarayonida yordam berish uchun tuzilgan. Bu kanalda maktab imtihonlariga tayyorlov testlari, masalalar va ko‘p boshqa ma‘lumotlar topiladi. Agar siz Prezident Maktabiga kirish imtihonlariga yoki boshqa sinovlarga tayyorlanishni xohlagan bo‘lsangiz, bu kanal siz uchun. Bu orqali o‘z bilim va ko‘nikmalaringizni oshirib, yuqori natijalarga erishingiz mumkin. Boshlash uchun buyuk bo‘lish shart emas, ammo buyuk bo‘lish uchun boshlash shart! Sizga kerak bo‘lgan barcha ma‘lumotlar va dasturlar ushbu kanalda mavjud. Join qiling va o‘z ajoyib dunyoqirrozi yaratishda qatnashingiz! Aloqa uchun: @Manager4747

Prezident Maktabiga Tayyorlov Andijon ♕

19 Nov, 10:50


Кўпроқ тестлар юборилишини хохласангиз дўстларингизни ҳам таклиф қилинг. Шунчаки ушбу хаволани дўстингизга юборинг! 👇👇

👉🏻 t.me/BLS_Prezident_Maktabi_Testlari

Prezident Maktabiga Tayyorlov Andijon ♕

24 Sep, 05:07


🎓 Юқори натижаларга эга устозлар билан ПРЕЗИДЕНТ мактабига тайёрланмоқчимисиз?

Онлайн ва офлайн дарслар сизни кутмоқда!

🏃‍♂ Шошилинг жойлар сони чекланган!

👉 https://t.me/BLS_Prezident_Maktabi_Testlari

👉 Алоқа учун: @manager4747

Prezident Maktabiga Tayyorlov Andijon ♕

24 Sep, 04:59


#NATIJA_2024 #Prezident_Maktabi

🎉 MINGODILOV VOHIDJON - Andijon shahridagi Prezident maktabiga 9- o'rinda qabul qilindi.
🔥 Marhamatlik o’quvchimiz Vohidjonga kelajakdagi o'qishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz

BOSTON SCHOOL 4- sentabrdan "BOMBA" GRANT e'lon qiladi. Keling, ishtirok eting va 1 YIL davomida mutlaqo BEPUL o'qing❗️

BOSTON SCHOOL
- bir qadam oldinda❗️

Prezident maktabiga tayyorlov markazi:
Telegram kanalimiz: @bostonlanguageschool
Aloqa uchun: @bostonschool_admin

📞+998940019969

Prezident Maktabiga Tayyorlov Andijon ♕

10 Sep, 09:49


#oʻquvchilar_oʻqishini_koʻchirish
#transfer_piima_uz

🔔 OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda 2024/2025-o‘quv yilida oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirishga zarurat tug‘ilayotgan bo‘lsa, Agentlikka ariza yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi ishlayotganini eslatib oʻtamiz.

📆 Arizalarni joriy yilning 10-sentyabr sanasidan Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
o‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
ko'chirishga asos bo'luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklash talab etiladi.

❗️ESLAB QOLING!

Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SOʻZ saqlab qoʻyilishi kerak! Ushbu kalit soʻz yordamida arizangiz holatini tekshirib koʻrishingiz mumkin.

⚠️ Belgilangan hujjatlar arizaga ilova qilinmasa ariza rad etilishiga sabab boʻladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Transfer

Prezident Maktabiga Tayyorlov Andijon ♕

01 Sep, 09:44


Savol: 3 xonali sonning raqamlari ko’paytmasi 360 ga teng. Shu raqamlardan tuzilgan barcha 3 xonali sonlar yig’indisini toping.

Videoda javobini ham bilib olasiz.

Prezident Maktabiga Tayyorlov Andijon ♕

27 Aug, 13:10




Savol: Ota va onaning yoshlari yig'indisi 84 ga teng. Agar 5 yil oldingi otaning yoshi 3 yildan keyingi onaning yoshiga teng bo'lsa, hozir ota necha yoshda?

Videoda javobini ham bilib o
lasiz.

Prezident Maktabiga Tayyorlov Andijon ♕

24 Aug, 12:41




Savol: Kvadrat bo'lmagan, tomonlari butun qiymatdagi to'g'ri to'rtburchakning yuzi 64 cm². Manashunday to'rtburchaklarni qabul qilishi mumkin bo'lgan eng katta va eng kichik perimetrlar orasidagi farqni toping.

Videoda javobini ham bilib o
lasiz.

Prezident Maktabiga Tayyorlov Andijon ♕

23 Aug, 15:14




Savol: 200 dan kichik, yozuvida 1 ham, 2 ham qatnashadigan natural sonlar nechta?

Savolning javobi video davomida berilgan.

Prezident Maktabiga Tayyorlov Andijon ♕

14 Aug, 11:14


29. 1,2,3,…,9 sonlaridan bir martadan foydalanib, uchburchak tomonlariga bu sonlarni shunday joylashtiringki har bir tomondagi sonlar yig’indisi 20 ga teng bo’lsin.
30. 18:x= 9-x tenglamani yeching.
31. 777…77 soni 19 ga karrali bo’lsa, bu son nechta raqamdan iborat?
32. Qo’ylar va g’ozlar birgalikda 44 ta oyog’i va 15 ta boshi bor.Qancha qo’y qancha g’oz bor?
33. Bobosi liftda nabirasi zinada 7-qavatga 36 sekundda ko’tarilishdi.Har biri bir qavatga necha sekundda ko’tarilishdi?
34. Yig’indisi 1001 bo’ladigan ikkita ketma-ket natural sonlarni toping.
35. 1 dan 9 gacha bo’lgan sonlar orasiga «+» va «–» amallarini qo’yib 40 hosil qilish mumkinmi?
36. A shahardan B shaharga 3 ta yo’l boradi, B shahardan C shaharga 5 ta yo’l boradi.A shahardan C shaharga B shahar orqali nechta har-xil marshrut bilan borish mumkin?
37. 3 ta olma, 4 ta nok va 1 ta shaftoli 40 so‘m turadi. 1 ta olma, 4 ta nok va 1 ta shaftoli 32 so‘m turadi. 2 ta olma qancha tursa 1 ta shaftoli shuncha turadi. 1 ta olma, 1 ta nok va 1 ta shaftoli qancha turadi?
38. 2007 ni oxiriga qanday ikkita raqam qo‘yganda, hosil bo‘lgan son 47 ga qoldiqsiz bo‘linadi?
39. 3 728 954 106 sonida uchta raqamni shunday ochiringki, son yozilishidagi tartib o’zgarmasin qolgan son eng kichik 7 xonali son bo’lsin.
40. Oxirgi raqamini o’chirganda 13 marta kichrayadigan barcha ikki xonali sonlarni toping.
41. Kitob uchun 100 so’m va kitob narxining yarmini to’lashdi.Kitob qancha turadi?
42. To‘g‘ri to‘rtburchakning bir tomonini 3 marta uzaytirildi, ikkinchi tomoni 2 marta kamaytirildi, natijada kvadrat hosil bo‘ldi. Agar to‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi 54 kv.m bo‘lsa, kvadratning tomonini toping.
43. 10 ta 2 raqamidan qavs va amal belgilaridan foydalanib 100 sonini hosil qiling.
44. Dada, o‘g‘il va qizcha maktabga ketyapti. Dadasi 3 qadam yursa, o‘g‘li 5 qadam yuradi. O‘g‘il 3 qadam yursa, qizcha 5 qadam yuradi. O‘g‘il va qizcha hisoblab ko‘rishsa, ular birgalikda 400 qadam yurishibdi. Dada qancha qadam yurgan?
45. 10 litrlik va 6 litrlik idishlardan foydalanib bir idishda 8 litr suv oling.

Prezident Maktabiga Tayyorlov Andijon ♕

14 Aug, 11:14


16. Men 100 va 200 sonlari orasidagi sonman. Men o'ngga va chapga bir hil o'qilaman. Mening raqamlarim yig'indisi 8. Men kimman?
17. Maktabda 600 nafar, har bir sinfda esa 30 nafar o'quvchi bor. Har kuni har bir o'quvchining 5ta va har bir o'qituvchining 4ta darsi bor. Har bir darsda to'liq sinf o'quvchilari va bitta o'qituvchi bor. Maktabda nechta o'qituvchi bor?
18. Qodir Sevaraga "Agar menga sakkiz dollar bersang, bizda teng miqdordagi pul bo'ladi" dedi. Sevara "Balki, biroq agar menga sakkiz dollar bersang, sendan ikki baravar ko'p pul bo'ladi" deb javob berdi. Har bir qizda qancha pul bo'lgan?
19. Omborda ikkita bir xil idish bor: biri moy bilan to'la, ikkinchisi yarmigacha. Ularning og'irliklari 86kg va 53kg. Bo'sh idishning o'g'irligini toping?
20. Ikki butun sonning yig'indisi 968. Ulardan biri nol bilan tugaydi, biroq bu nolni o'chirsangiz, ikkinchi son hosil bo'ladi. Bu qanday sonlar?
21. Har qanday vaqt SS:DD:SS ko'rinishida ifodalanadi. Ya'ni, 3 soat, 54 daqiqa va 20 soniya bo'ladi: 03:54:20. Yana, yilning ixtiyoriy kuni KK/OO ko'rinishida ifodalanadi. Ya'ni, 5 iyul bo'ladi: 05/07. 0 dan 9gacha barcha raqamlardan foydalanib SS:DD:SS KK/OO shaklda yozish mumkin bo'lgan yilning eng kech vaqtini ayting.
22. Bir qatorda beshta to'p bor: sariq, jigarrang, ko'k, qizil va yashil. Agar ko'k to'p markazda bo'lmasa, qizil to'p ko'k to'pdan ko'k to'p yashil to'pdan qancha uzoq bo'lsa shuncha uzoqda bo'lsa, sariq to'pning chap qo'shnisi qizil to'p bo'lsa, bu to'plarning tartibini toping.
23. 10 ta qog’oz bor edi.O’quvchi bu qog’ozlardan bir nechtasini 4 bo’lakka bo’ldi.Natijada qog’ozlar soni 28 ta bo’ldi.O’quvchi nechta qog’ozni bo’lakka bo’lgan?
24. 11 ta futbolchining o’rtacha yoshi 24 yosh.Bir futbolchi o’yindan chetlatildi, lekin qolgan futbolchilarning o’rtacha yoshi o’zgarmay qoldi.Maydondan chetlatilgan futbolchining yoshi nechada?
25. Uchta to’g’ri chiziqda 3 ta nuqtani shunday belgilangki,har bir to’g’ri chiziqda 2 tadan nuqta yotsin.
26. A nuqtada turgan kuchuk o’zidan 30 m masofadagi tulkini quvib ketdi.Kuchukning bir sakrashi 2 m, tulkiniki esa 1m.Tulki 3 marta sakraganda kuchuk 2 marta sakraydi.Kuchuk A nuqtadan qanday masofada tulkiga yetib oladi?
27. 10 metrli ustunga qurt o’rmalab chiqyapti.Agar qurt kunduzi 5 metr ko’tarilib kechqurun 4 metr pastga tushsa , necha kundan so’ng qurt ustunning yuqorisiga chiqadi?
28. rasmda nechta to’g’ri to’rtburchak tasvirlangan.Har bir kvadratning yuzi 1sm2.

Prezident Maktabiga Tayyorlov Andijon ♕

14 Aug, 11:14


1. Orifjon qadamining uzunligi 75 sm Oybekniki esa 60 sm. Qanday eng qisqa masofada ularning oyoq izlari ustma-ust tushadi?
2. 10 ta nasos o’n minutda 10 tonna suv chiqaradi. 25 ta nasos 25 tonna suvni necha minutda chiqaradi?
3. 1. Ikkita piyola. Birida 100 gram choy, ikkinchisida 100 gram sut bor. Choyli piyoladan bir qoshiq choy olib sutli piyolaga quyilgach, u aralashtirildi. Keyin ana shu aralashmadan bir qoshiq olinib, birinchi, ya'ni choyli piyolaga quyildi. Endi aytingchi, birinchi piyolada sut ko'pmi yoki ikkinchi piyolada choymi?
4. Afandi do'konda idora qurollari sotayapti. Xaridor do'konga kirib, 200 so'mlik qalam xarid qilish uchun yaxlit 500 so'mlik berdi. Biroq Afandining qaytim berish uchun mayda puli bo'lmagach, u darrov qo'shni do'kondan ana shu 500 so'mlikni 200, 200, 100 so'mlikka maydalab chiqib, xaridorga bir qalam va 300 so'm qaytim berdi. Xaridor ketgach, qo'shni do'kondor Afandi bergan 500 so'mlik qalbaki ekanligini ma'lum qilib, undan 500 so'mni almashtirib berishni talab qiladi. Xo'sh, Afandi bu savdolarda hammasi bo'lib necha pul zarar qildi?
5. Uchoqda sayohat qilganda, yo'lovchilarga o'zlari bilan olishga muayyan og'irlikdagi yuk ruhsat etilgan. Har kilogram ortiqcha yukka yo'lovchi 10 dollar ustama to'lashi kerak. Agar 40 kilogram yuk olib ketayotgan yo'lovchi 50 dollar to'lagan bo'lsa, 80 kilogram olib ketayotgan yo'lovchi qancha pul to'lashi kerak?
6. Bo’sh kataklarni A, B, C, D va E harflari bilan shunday to’ldiring-ki, natijada hech bir qator, ustun yoki diagonalda (ikki diagonal mavjud) har bir harf bir marta ishlatilsin.





7. Matematika fanidan testda taxmin qilishdan qaytarish uchun Malikning o'qituvchisi har bir no'to'g'ri javob uchun yetti bal olib tashlashini e'lon qildi. Biroq, har bir to'g'ri javob bahoga faqatgina besh bal qo'shadi. Malik hamma misollarga javob berdi va "teng qildi". Boshqacha aytganda, u roppa rosa nol oldi. Malik testdagi 24ta misoldan qanchasiga to'g'ri javob bergan?
8. Linda, Aziza va Iroda qarta o'ynashga qaror qilishdi. Ular hisobni bodom yordamida qilishdi. Ular o'zaro quyidagi shartga kelishishdi: kim o'yinni yutqazsa, boshqalarga ularda qancha bodom bo'lsa shuncha bodom berishi kerak. Birinchi o'yinni Linda yutqazdi va Aziza va Irodaga har birida qancha bo'lsa shuncha bodom to'ladi. Ikkinchi o'yinni Aziza yutqazdi va Linda va Irodaga ularda qancha bodom bo'lsa shuncha bodom berdi. Uchinchi o'yinni Iroda yutqazdi va Linda va Azizaga har birida nechta bodom bo'lsa shuncha bodom berdi. Shu payt, har bir o'yinchida 8tadan bodom qoldi. Har bir o'yinchi qancha bodom bilan o'yinni boshlagan?
9. Anjumanda Qozoqiston, O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'izistondan jami 15ta guruh qatnashyapti. Har bir davlat turli sondagi guruhlar jo'natgan va har biridan kamida bitta guruh vakil bo'lgan. Tojikiston va O'zbekiston jami 6ta guruh jo'natgan. Bitta davlat roppa rosa 4ta guruh jo'natgan. O'zbekiston va Qirg'iziston jami 7ta guruh jo'natgan. Har bir davlat tomonidan nechta guruh jo'natilganini toping?
10. 19ta talaba bo'lgan guruhning har bir a'zosi xaltasida 3, 4 yoki 5ta kitob bor. Kitoblarning umumiy soni 71ta. 4ta kitobi bo'lgan talabalar soni 10ga karrali. Nechta talabada 3ta, nechtasida 4ta va nechtasida 5ta kitob bor?
11. A qishloqning 6800 kishi aholisi bor va u har yili 120 kichiga kamayib boryapti. B qishloqning 4200 kichi aholisi bo'lib, u har yili 80 kichiga ortib boryapti. Necha yildan keyin bu ikki qishloqning aholisi tenglashadi?
12. 8ta sonning o'rta qiymati 6ga, 6ta boshqa sonlarning o'rta qiymati 8ga teng. Barcha 14 sonning o'rta qiymati nimaga teng?
13. 1 dan 200gacha sanaganda, yo'lda qancha 7dan o'tasiz?
14. Saylda 20ta katta kishi yoki 32ta bolalarga yetadigan yemish bor. Agar saylda 15ta katta kishi bo'lsa, yana nechta bolani to'ydirsa bo'ladi?
15. 64-maktabning 120ta yuqori sinf o'quvchilari shahmat, shashka yoki har ikkala to'garak a'zosi. Agar shashka to'garagida 90ta va shahmat to'garagida 70ta o'quvchi bo'lsa, har ikkala to'garakda nechtadan o'quvchi bor?

3,253

subscribers

75

photos

10

videos