来自 FC ANDIJON (@andijonpfc) 的最新 Telegram 贴文

FC ANDIJON Telegram 帖子  

FC ANDIJON
此 Telegram 频道为私密频道。
Official channel FC Andijon Andijan\Uzbekistan.

• http://fcandijan.uz

• http://instagram.com/fcandijan

• http://youtube.com/@ANDIJANPRESS

• http://t.me/fcandijonpress

• e-mail: [email protected]
14,067 订阅者
31,426 张照片
2,451 个视频
最后更新于 08.03.2025 23:39

FC ANDIJON 在 Telegram 上分享的最新内容

FC ANDIJON

18 Feb, 07:50

2,171

“Vishista Krakov” tarkibi:

1. Antoni Mikulko
26. Bartoz Brzek
89. Daniyel Mikolayevski
2. Mixal Pazdan
10. Daniyel Sandoval
18. Manuyel Torres
16. Tomas Svedrovski
13. David Pakulski
88. Goku
77. Lisandro Semedo
20. Chuma
FC ANDIJON

18 Feb, 07:31

2,644

Jamoamiz etib keldi
FC ANDIJON

18 Feb, 07:11

2,866

Jamoamiz stadion tomon otlandi📹

👍 @andijonpfc
FC ANDIJON

17 Feb, 21:37

4,792

#MATCHDAY

🏆 Xalqaro nazorat uchrashuvi
🔥 “Andijon” - Vishista Krakov (Polsha)
🗓️ 18.02.2025
🇹🇷 Аntaliya
🏟️ “Kaya sport kompleks"
⌚️ 11:30 🇹🇷, 13:30 🇺🇿
📺 Live - Youtube/AndijanPress

👍 @andijonpfc

😃😃😃😃😃😃 | 😁😁😁😁
FC ANDIJON

17 Feb, 20:56

4,539

https://youtu.be/pYoaT8M_kEY?si=Dk7Exwpx42kLpm2g

Jamoamizning mashgʼuloti qizgʼin tarzda davom etmoqda📹

👍 @andijonpfc
FC ANDIJON

17 Feb, 13:06

5,441

“Andijon”ning navbatdagi raqibi haqida nimalar maʼlum?

18-fevral sanasida “Andijon” Antaliya yigʻini doirasida navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazadi. Bu safargi raqibimiz Polshaning “Vishista Krakov” klubi.

Yodingizda boʻlsa, jamoamiz Turkiyadagi ilk oʻrtoqlik uchrashuvini Polshaning boshqa bir jamoasi – “LKS Lodz”ga qarshi oʻtkazib, 0:0 hisobida durang oʻynagandi. Bu gal polshaliklarning yana bir jamoasi “Andijon” uchun sparring-raqib vazifasini bajaradi.

Odatimizga koʻra, navbatdagi raqib toʻgʻrisida sizlarga maʼlumotlarni taqdim etamiz.

“Vishista Krakov” 1942-yilning 1-yanvar sanasida tashkil etilgan. Polshaning Krakov shahrida futbol klublari bir nechtani tashkil qiladi va ularning orasida “Vishista Krakov” ham bor. Ushbu klub oʻz ishtirokini ayni paytda Polshaning ikkinchi divizionida davom ettirmoqda.

Jamoa hozirda ikkinchi divizionda 18 ta klub orasida 19 ta uchrashuvning 14 gʻalaba, 3 durang va 2 magʻlubiyat qayd etib (toʻplar nisbati 45\10) 45 ochko bilan 2-oʻrinni band etib turibdi.

Klub arenasining nomi “Vishista Krakov” stadioni deb ataladi va 1,500 ming muxlisga moʻljallangan. Stadion 2021-yilda qurilgan.

Jamoaning bosh murabbiyi Slavomir Peshko hisoblanadi. 1985-yilning 19-fevral sanasida tavallud topgan mutaxassis 2023-yildan beri klubda ishlab kelyapti. Dastlab skaut, keyin vaqtincha murabbiy sifatida ishini davom ettirdi. 2023-yilning 1-dekabrdan esa u bosh murabbiy lavozimida mehnat qila boshladi.
Klub tarkibida, ispaniyalik (toʻrt nafar), shvetsiyalik, chexiyalik, portugaliyalik legioyerlar toʻp surmoqda.

“Vishista Krakov” Antaliya yigʻinida 4 ta oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazishi rejalashtirilgan va jamoamizga qarshi oʻyin ularning soʻnggi bellashuviga aylanadi.

10-fevral “Vishista Krakov” – “KSM Resita” (Ruminiya) – 2:4

11-fevral. “Vishista “Krakov” – “Kalvariya Zebjidovska” (Polsha) – 8:1

13-fevral. “Vishista Krakov” – “Kaspiy Aktau” (Qozogʻiston) – 3:1

Eslatib oʻtamiz, “Andijon” – “Vishista Krakov” bellashuvi 18-fevral kuni soat Toshkent vaqti bilan 13:30 da (Antaliya vaqtiga 11:30) boshlanadi.

👍 @andijonpfc

😃😃😃😃😃😃  | 😁😁😁😁
FC ANDIJON

17 Feb, 12:54

5,163

Taʼmirlanayotgan "Bobur arena"da "Andijon" fan-klubi ham 2025-yilgi mavsumga yuqori darajada tayyorlanmoqda💫

Bizning fan-klub🔝

👍 @andijonpfc
FC ANDIJON

17 Feb, 08:44

5,308

Jamoamiz aʼzolari uchun seminar tashkil etildi

Maʼlumki, har yili yangi mavsum oldidan jamoalar uchun “halol oʻyin” tamoyillari hamda futbol qoidalariga kiritilgan oʻzgarishlar borasida alohida seminarlar tashkil etib kelinadi.

Shu munosabat bilan bugun jamoamiz istiqomat qilayotgan “Adalya” mehmonxonasida ana shunday seminar boʻlib oʻtdi. Tabiiyki, unda “Andijon” futbolchilari va murabbiylar ishtirok etishdi.

Seminarni Oʻzbekiston futbol hakamlari markazining musobaqalarni oʻtkazish boʻlimi boshligʻi Vladislav Seytlin olib bordi.

Aytish kerakki, tadbir mobaynida oxirgi paytlarda futbolda yuz berayotgan tortishuvli vaziyatlar, videolavhalar orqali oʻyinlardagi turli xil epizodlarni koʻrib, muhokama qilishdi.

Qiziqarli tarzdagi ushbu seminar davomida futbolchilar ham oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.

Bir soʻz bilan aytganda, mazkur seminar jamoamiz aʼzolari uchun foydali oʻtdi.

👍 @andijonpfc

😃😃😃😃😃😃  | 😁😁😁😁
FC ANDIJON

09 Feb, 08:52

3,075

Faxriylar “Bobur arena”dagi rekonstruksiya ishlarini koʻzdan kechirdilar

Xabaringiz bor, ayni paytda “Bobur arena” stadionida OFK Reglamentida koʻrsatilganidek rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda va jadallik bilan davom etmoqda.

Andijonlik muxlislar ham stadionda amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlaridan mamnunlar. Ishqibozlarimiz befarq emaslar va arenada mehnat qilayotgan ishchilar holidan xabar olib, ular uchun tushlik vaqtida osh bilan siylab kelmoqdalar.

Jumladan, viloyatimizning barcha tumanlaridan jam boʻlgan, yoshi ulugʻlar, nuroniy otaxonlar, jamoamizning faxriy muxlislari ham “Bobur arena”da olib borilayotgan ishlardan xursand holatda kuni kecha stadionga qadam ranjida qilgan holda u yerda mehnat qilayotgan ustalar uchun osh qilib berdilar va amalga oshirilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdilar.

Stadionimizdagi ishlarning unumdorligi, mehnat qilayotgan ustalar, arenadagi ishlarga bosh-qosh boʻlayotganlar haqqiga duolar qilishdi.

👍 @andijonpfc

😃😃😃😃😃😃  | 😁😁😁😁
FC ANDIJON

09 Feb, 06:13

4,711

👍👍👍👍👍👍 Shaxrom Samiyev “Xorazm” klubiga ijaraga berildi

Qishki transfer chogʻida tarkibda yuz berayotgan oʻzgarishlar davom etmoqda.

Jamoamiz bilan Antaliya yigʻinida qatnashayotgan tojikistonlik hujumchi Shaxrom Samiyevga “Xorazm” klubidan taklif kelib tushdi.

Natijada ikki tomonning olib borgan muzokaralaridan soʻng Samiyev 2025-yilning oxiriga qadar “Xorazm” jamoasiga ijaraga berildi.

Maʼlumki, futbolchi oʻtgan yili “Andijon” safiga qoʻshilgan boʻlib, uch yillik shartnoma imzolangan. 2024-yilgi mavsumda Shaxrom “Burgutlar” libosida 24 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shaxromga omad tilaymiz!

👍 @andijonpfc

😃😃😃😃😃😃  | 😁😁😁😁