Algoritm markazi | (Al-jabr) @al_jabr_lc Channel on Telegram

Algoritm markazi | (Al-jabr)

@al_jabr_lc


Ilmdan o'zga najot bo'lmagay!

Murojaat: +998-88-175-70-77
@Al_Jabr_admini

Maxsus tayyorlov darslari siz uchun!

Natijalar biz haqimizda gapiradi:
https://t.me/Al_Jabr_natijalar

Al-Jabr | Ilm maskani² (Uzbek)

Al-Jabr kanali - bu o'zgarayotgan va rivojlanayotgan formatda ta'lim olish uchun eng yaxshi platforma! Kanalda maxsus tayyorlov darslari mavjud va Sizning talablarizga mos ravishda tayyorlanadi. Al-Jabr kanalining maqsadi, ta'lim sohasida ko'proq bilim va ma'rifatga ega bo'lishingizni ta'minlashdir. Kanal adminlari doim Sizga yordam berishga tayyor va savollaringizga javob berish uchun shug'ullanishadi. Agar Siz dastur o'rganish va yangi ma'limotlar olishni istasangiz, shu erda o'zingiz uchun eng kerakli darslarni topishingiz mumkin! Ilmga yo'naltirilgan va sodda darslar o'qituvchilar tomonidan tayyorlanadi, shuningdek, natijalar haqida ma'lumotlarni ham olishingiz mumkin. Sizga qulay va samarali ta'lim olish imkoniyatini beradigan Al-Jabr kanaliga obuna bo'ling va o'z bilimingizni rivojlantiring!

Algoritm markazi | (Al-jabr)

23 Jan, 13:11


Nimaga shunaqa?

Bilasizlarmi yo'qmi Xudo xohlasa yettinchi yil ustozlik faoliyatini yurityapman. Kasbimni juda yaxshi ko'raman deb ko'p aytaman. Endi 27 yoshga kiraman. Sochimda oqlarim bor, peshonamga ajinlar ham ko'z olaytirib turibdi.
Yo'q, yo'q, kasb mashaqqatidan sira nolimayman. Asabiylashib turish bizga kunlik ovqatlanish kabi odatga aylangan.
Mening ustozim, Barotov familyasi bilan tanilgan ustoz edilar. Darslarini quloq uzmay eshitib nimadir yangi narsa o'rgatishlarini kutib turardim. O'zim bilmagan bir narsani o'rgatganlarida esa ichimga sig'may quvonib ketardim. O'rgangan narsam xotira varoqlaridan o'tib ketadigandek tezda yozib olar, uyga qaytishimda o'rgatganlarini tahlil qilgancha ketar edim. Vazifa qilayotgan paytimda esa imkon qadar ustoz qanaqa tushuntirib yechgan bo'lsa shunaqa qilib o'zimga-o'zim gapirib misollar yechganim hamon yodimda.
Kunduzi darsga borib kelardim, uy ishlari qilib qo'yardim. Qishloq joyi, mol-hol degandek...
Kechalari va ertalab saharda dars vazifalarimning ko'proq qismini bajarib borardim.
Ishtiyoq bilan o'qiganman qisqasi.

Shogirtlarimni ayrimlariga diqqat qilaman. Uyida ota-ona birorta ish buyurmaydi. Faqat yaxshi o'qisang bo'ldi deyishgan. Bularchi?
Dars qilishmaydi negadir.
Kecha o'rgatgan narsangni bugun bilmasa o'z holidan tashvishga tushmaydi. Ko'chada bugun o'rganganlarini bir martayam tahlil qilib ketganini ko'rmaysiz. Qayerdagi o'yinlar, bemaza vaynerlar hayoti gapiriladi. (Tovba, alam qiladi shu negadir!)
Uyiga borib 40 tacha misolni darsdan-darsgacha qoyillatib yechib kelmaydi. Gapirsa ulgurmadim deydi. (Ey "qovoq kalla" nimaga ulgurmaysana?!)
Bosim beraman desang uni ham ko'tarmaydi. (Qani qiziqish darsga?!)
Eee ustozjon, o'zingizda ayb. Qiziq o'tmaysizda deysizmi?
Adashasiz deyman men. Bularni qiziqtirish uchun musobaqalar qilarman, mukofotlar berarman. Ustozimdan ko'rmagan ishlarni ham bularga qilarman...
Istagim shuki, bola fanni sevib o'qisin. Shu hayotini mazmuniga aylansin.
Yaxshi o'qiydigan bolalar ham bor Xudoga shukur. Mehnatkashlari ham yetarlicha. Lekin mana bunaqa qovoqvoylar sochni oqartiradida. Bilmagan narsasini so'ra deb tursang ham so'ramaydiganlari bor deng ichida. Ha hozirgi bolalar boshqacha muhitda katta bo'lmoqda...

Aziz o'qirmanlar, ustozlarga ko'maklashinglar. Bu bolalarning kelajagi ko'proq sizlarga muhimroq. Qattiq nazoratsiz hozirlar dars qildirish kundan-kunga qiyinlashib ketmoqda.
Faqatgina birgalikda bu jarayondan to'g'ri chiqib olsak bo'ladi!

Telegram kanal: @Subhon_ustoz

Algoritm markazi | (Al-jabr)

20 Jan, 16:48


Халқаро танловда ғолиб бўлган президент мактаби ўқувчиларига BYD совға қилинди

Саида Мирзиёева Шайх Зоид мукофоти совриндори бўлган икки нафар ўқувчининг ота-онаси ва устозига президент номидан мукофотларни топширди. Шунингдек, улрага BYD автомобиллари ҳам совға қилинди.

👉 https://kun.uz/kr/68984121

Kun.uz расмий канали

Algoritm markazi | (Al-jabr)

14 Jan, 15:16


14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni muborak bo'lsin!

🇺🇿 Qadrli Vatanimiz xizmatida shay turgan o'g'lonlarimiz sizlarni Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy tabriklaymiz. Sizlarning matonatingiz va fidoyiligingiz yurtimiz tinchligi va osoyishtaligida ulkan hissa qo'shmoqda.

🛡 Yurtimiz osmoni doimo musaffo, xalqimiz tinch va farovon bo‘lsin! Har biringizga sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat va muvaffaqiyat tilaymiz.

🎆 Yana bir bor barchangizni ehtirom ila bayram bilan tabriklaymiz!

Algoritm markazi | (Al-jabr)

04 Jan, 16:02


Prezident maktabiga tayyorgarlik va o‘quvchilarimizning ilhomli yo‘li

Tayyorgarlik murakkab jarayon bo‘lishi mumkin, lekin bizning o‘quvchilarimiz buni katta ishtiyoq va sabr bilan uddalayapti.

💬 Yaqinda ular bilan suhbatlashib, bilim olish jarayonidagi tajribalari, orzulari va markazimizdagi ustozlar haqida fikrlarini eshitdik. Har bir so‘zda ilhom, maqsad sari intilish va katta umidlarni his qildik.

🏆 Bilim, muvaffaqiyat va natijalar Algoritmda doim siz bilan birga!

📲 Qo'ng'iroq qiling:+99888175 70 77

Algoritm markazi | (Al-jabr)

01 Jan, 15:39


Kichkintoylar uchun katta quvonch

🌈 Kuni kecha Algoritm o‘quv markazi o‘quvchilari uchun o‘zgacha kun bo‘ldi. Biz bolalar maydonchasiga qiziqarli sayohat uyushtirdik.

⭐️ Qiziquvchan ko‘zlar, quvonch bilan to‘lgan kulgilar va yangi do‘stlar — maydonchada har bir bola quvonchli lahzalarning guvohi bo'ldi.

✔️ Algoritm da bilim olish ham maroqli, ham zavqlidir!

📲 Qo'ng'iroq qiling:+99888175 70 77

Algoritm markazi | (Al-jabr)

27 Dec, 16:24


Algoritmning eng hozirjavob o‘quvchisi bilan tanishing!

⚡️Biz o‘quv markazimizdagi eng tezkor o‘quvchimizning bilimlarini sinashga qaror qildik. Natijada ular nafaqat bilimli, balki chinakam tezkor ekanliklarini isbotladilar.

😊 Qanday qilib deysizmi? Unda qiziqarli kontentimizni tomosha qiling – kayfiyatingiz ko‘tarilishi va kuningizga ijobiy ta’sir qilishi kafolatlangan.

⭐️Algoritm – yangilik va pozitiv muhitning o‘zagi.

📲 Qo'ng'iroq qiling:+99888175 70 77

Algoritm markazi | (Al-jabr)

21 Dec, 15:40


IQ savolga tayyormisiz?

Algoritm jamoasi sizga yangi qiziqarli IQ savolni taqdim etadi. Bu savol fikrlash qobiliyatingizni oshirish bilan birga iqtidorli o‘quvchilarimizni ham aniqlash imkonini beradi.

1️⃣Savolga birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob bergan o‘quvchi yoki kuzatuvchimiz biz tomondan ,,like"ga ega bo'ladi va iqtidorli o'quvchimiz shu tarzda aniqlanadi.

💬 To‘g‘ri javobni izohlarda yozib qoldiring va eng iqtidorlilar safida bo‘ling!

📲Qo'ng'iroq qiling:+99888175 70 77

Algoritm markazi | (Al-jabr)

25 Nov, 12:37


❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 💛💛💛

📶 Algoritm- har qanday muvaffaqiyatga qadar bosib o'tilishi kerak bo'lgan yo'lning aniq qadamlaridir.

⭐️ Al-Jabr jamoasi endilikda Algoritm nomi bilan siz azizlar uchun yanada sifatli va natijalarga boy ta'lim ulashishni davom etadi InshaAlloh!

Hurmat va ehtirom bilan Algoritm (Al-Jabr) jamoasi!

Algoritm markazi | (Al-jabr)

23 Nov, 15:32


Channel photo updated

Algoritm markazi | (Al-jabr)

23 Nov, 15:31


Channel name was changed to «Algoritm markazi | (Al-jabr)»

Al-Jabr | Ilm maskani²

01 Oct, 03:06


Aziz ustozlar, bayramingiz muborak boʻlsin!
@Al_Jabr_lc

Al-Jabr | Ilm maskani²

11 Sep, 16:38


Chilonzor filiali lokatsiyasi

Al-Jabr | Ilm maskani²

08 Sep, 16:26


Live stream finished (32 minutes)

Al-Jabr | Ilm maskani²

08 Sep, 15:54


Live stream started

Al-Jabr | Ilm maskani²

08 Sep, 15:53


Live stream finished (53 minutes)

Al-Jabr | Ilm maskani²

08 Sep, 15:00


https://t.me/Al_Jabr_LC?livestream=461be3871cfe4975f4

Al-Jabr | Ilm maskani²

08 Sep, 15:00


Live stream started

Al-Jabr | Ilm maskani²

08 Sep, 14:33


Algoritm markazi | (Al-jabr) pinned «⌛️ Ochiq suhbatimiz boshlanishiga yarim soatdan kamroq muddat qoldi... Savollaringizni shu yerda izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin!⤵️»

Al-Jabr | Ilm maskani²

08 Sep, 14:33


⌛️ Ochiq suhbatimiz boshlanishiga yarim soatdan kamroq muddat qoldi...

Savollaringizni shu yerda izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin!⤵️

1,101

subscribers

434

photos

89

videos