来自 ''AKA-UKALAR'' O'quv markazi (@aka_ukalarmarkazi) 的最新 Telegram 贴文

''AKA-UKALAR'' O'quv markazi Telegram 帖子

''AKA-UKALAR'' O'quv markazi
Ushbu o'quv markazimiz orqali siz barcha fanlarni tez va oson o'zlashtirib, talaba bo'lishingiz mumkin.Shoshiling!
Savol,taklif va murojaatlar uchun:
Administrator👨‍💻: +998948690626
1,751 订阅者
2,404 张照片
405 个视频
最后更新于 26.02.2025 00:14

''AKA-UKALAR'' O'quv markazi 在 Telegram 上分享的最新内容


Менга хотиржамлик келтирувчи ҳикматлар

1. Қуёшга ўхшаб порлашинг — учун аввал ботишинг керак.

2. Аллоҳ сендан нимани олган бўлса, албатта, ундан яхшисини қайтиб беради. Фақат сен бунга ишон!

3. Сени ўлдирмаган барча нарса сени — кучли қилади.

4. Хато қилишинг сени қисматингга ёзилган эди. Хоҳласанг ҳам қочиб қутулолмасдинг.

5. Қийинчиликлар сени Аллоҳни эслашингга, Унга яқин бўлишингга сабабчи бўлаётган бўлса, қийинчилик эмас — Аллоҳнинг туҳфаси экан!

6. Аллоҳнинг ҳикмати ила ёпилган ҳар бир эшик ортида — Унинг раҳмати ила очиладиган икки эшик бор.

7. Охири абадий жаннат бўлган машаққатнинг нимаси машаққат?

8. Сени тақдиринг ер яралишидан 50 минг йил аввал китобда битиб қўйилган. Келажакни ўйлаб хавотир олма!

9. Аллоҳ ижобат қилишни истамаганида — сени дуо қилишга илҳомлантирмаган бўларди.

10. Қачонки дуо қилсанг, Аллоҳ — ё сўраганингни беради, — ё ундан ортиғини беради, — ёки уни ортидан келаётган балони олдини олади.

Шунда ҳам бермаса охиратда сенга янада кўпайтириб беради.

12. Сенга етган мусибатга ҳар доим ҳам — сен айбдор эмассан.

Баъзи пайтлар Аллоҳ даражангни кўтариш учун ҳам мусибатга йўлиқтиради.

Сенга фойдали бўлган бўлса, улашиб қўйишни унутма!

Моҳир Мирзахмедов

https://t.me/Aka_ukalarmarkazi

The Brothers Education Center

A Journey to Ishtikhan

Exam darajasidagi, part 2 lar.

Reaksiya esdan chiqmasin, har xolda mehnatni qadrlash un.

Ingliz tilichilar oʻquv markazimiz haqida bitta part 2 listening ishlashga nima deysizlar.

Qiziq boʻlsa kerag-a ?

⚡️⚡️⚡️ ДИККАТ Е'ЛОН ⚡️⚡️⚡️
Хабарингиз бор БИОЛОГИЯ фанидан сертификат имтихонлари борган сари чукурлашиб бормокда шунчаке китоб укиб сертификат олиш кийин булиб колди....
Шу сабабли мен сизларга ажойиб имконият таклиф киламан🔥😎.
Хафтасига 6 кунлик масала курсларимизга старт бердик курсимизни давомийлиги 3 ойни ташкил килади, бундай имкониятни кулдан бой берманг.
Ушбу курсимизда БИОЛОГИЯГА доир барча масалалар чукурлаштириб ургатилади ва бу кафолатланади 👍🫡.

Ушбу курсимизга кимлар катнаша олади

-Назарий билими яхши укувчилар

-айнан менда таёрланаётган булиши шарт емас бошка домлада таёрланаётганлар учун хам курсимиз очик.

Дарс кунлари :
👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻

Душанба: 18:00》》》21:00
Сешанба: 18:00》》》21:00
Чоршанба: 18:00》》》21:00
Пайшанба: 18:00》》》21:00
Жума: 18:00》》》21:00
Шанба: 18:00》》》21:00

Укувчиларимизни айрим натижалари 👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻
3- март сертификат
Августдаги натижалар

Хакикий билимга ега булинг.
@ISHTIKHAN_biologiya

Укитувчи: Бунёд Уринов
Тел: +998 88 223 03 02

​​Oʻqituvchilar haqida haqiqatlar va ularga nasihatlar 👨🏻‍🏫👩🏻‍🏫

-Dunyoda bitta kasb bor: oʻqituvchilik. Qolgan kasblar uning hosilasidir.

-Millatning ertasi maktablardan boshlanadi.

-Oʻqituvchi bir umr bola boʻlib qoladi.

-Oʻqituvchi bir vaqtning oʻzida ona, ota, bobo, buvi, aka, opa, doʻst boʻla oladi.

-Oʻqituvchida otaning qattiqqoʻlligi, onaning mehri boʻlishi kerak.

-Hech kimning 30 nafar farzandi yoʻq. Oʻqituvchida esa bor.

-Hamma oʻz bolasini sevadi. Oʻzganing bolasini sevish, unga taʼlim-tarbiya berish esa har kimning ham qoʻlidan kelmaydi.
Buning uchun insonda katta yurak kerak boʻlishi kerak.

-Bolalarni seva olmagan kishidan oʻqituvchi chiqmaydi.

-Oʻqituvchilik-bu hali ustozlik degani emas.

-Oʻqituvchilik-bu kasb.
Ustozlik esa baxtdir.

-Hayotingiz davomida hech boʻlmasa bitta shogirdingiz sizni ustoz sifatida tan olmasa, umringiz shamollarga sovrilibdi.

-Oʻquvchilarim meni ustoz sifatida emas, avvalo, inson sifatida yaxshi koʻrishlarini istayman.

-«Darsimda pashsha uchsa bilinadi»-deydigan oʻqituvchilar rost gapiradi. Ularni faqat pashsha qiziqtiradi.

-Amir Timur dunyoni tigʻ bilan, Navoiy qalam bilan olgan boʻlsa, ustozlar dunyoni boʻr bilan oladi.

-Bu hayotda oddiy sinf rahbar boʻlmaydi. Sinf rahbar boʻldingmi, chida. Mushtni mushtga tugib chida, tishni tishga qoʻyib chida. Sinf rahbarlikni chidaganga chiqargan.

-Bugun sinf rahbarlik olib, uning masʼuliyatiga chidolmay, ertaga tashlab yuboradigan oʻqituvchining oʻzini «tashlab» yuborish kerak.

-Ustoz yaqinmi, ota?
-Ota. Agar u ustoz boʻlsa.

-Haqiqiy oʻqituvchining qahrida ham bolaga nisbatan mehr ufurib turishi kerak.

-Eng yomon oʻquvchimni boshqa sinfdagi 10 nafar eng yaxshi oʻquvchiga alishmayman.

-Oʻquvchingiz hayotiy masalada sizdan maslahat, yordam soʻrayapdimi, demak, ustoz darajasiga yetibsiz, muborak boʻlsin.

-Hech qachon oʻquvchilaringizga odam boʻlmaysan, demang. Uningku tanlash imkoniyati bor. Sizda esa hatto shu ham yoʻq.

-Bugungi jinoyat kechagi tarbiyaning mahsulidir.

-Biz ustozlar oʻquvchilarimizga maktabda emas, hayotda aʼlochi boʻlishlari uchun koʻmak berishimiz kerak.

-Ustozning hattoki qadam tashlashi ham tarbiya boʻlishi kerak.

-Shogirdlariga faqat taʼlim bergan oʻqituvchi mutaxassis tayyorlaydi. Shogirdlariga taʼlim-tarbiya bergan oʻqituvchi insonni yetishtiradi.

-Oʻquvchingiz sizni ota-onasining nooʻrin aybidan himoya qilayapdimi, demak siz uning qalbidan joy olibsiz.

-Ustozlar farzandlarining yutuqlaridan koʻra, shogirdlarining yutuqlariga koʻproq quvonadi.

-Yuksaklarga chiqmoqchi boʻlsangiz, pastga tushib oʻquvchilar bilan birga boʻling. Kun kelib ularning oʻzi sizni yuksaklarga olib chiqadi.

© Isroil Tillaboyev

Oʻqituvchi va ustozlarga yuborib qoʻying!


https://t.me/Aka_ukalarmarkazi

🔥Отмечаем день рождения великого поэта Алишера Навои🔥
🇺🇿Buyuk shoir va mutaffakir ,atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy merosini , yosh avlod qalbiga singdirib borish ,har birimizning sharafli burchimizdir!
🇷🇺Почетный долг каждого из нас привить бесценное творческое наследие великого поэта и мыслителя, видного государственного и общественного деятеля Алишера Навои в сердца молодого поколения!

👨‍🏫Учитель:Рахимов Хасан
👇Поделитесь с друзьями.
https://t.me/Aka_ukalarmarkazi
https://t.me/ruskiy_yazik_dlya_vas

🔥Отмечаем день рождения великого поэта Алишера Навои.🔥
🇺🇿Buyuk shoir va mutaffakir ,atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy merosini , yosh avlod qalbiga singdirib borish ,har birimizning sharafli burchimizdir!
🇷🇺Почетный долг каждого из нас привить бесценное творческое наследие великого поэта и мыслителя, видного государственного и общественного деятеля Алишера Навои в сердца молодого поколения!

👨‍🏫Учитель:Рахимов Хасан
👇Поделитесь с друзьями.
https://t.me/Aka_ukalarmarkazi
https://t.me/ruskiy_yazik_dlya_vas

Bizda yana bir mega iste'dod!!!

🔥 ''Aka-ukalar'' o'quv markazining
5 yoshli o'quvchisi Temirov Komronbek Rahmiddin o'g'lidan ''G'azal mulkining sultoni" Mir Alisher Navoiy bobomizning tavallud kuni munosabati bilan ajoyib tabrik!!!

❗️Komronbek o'quvchimizdan nasib qilsa Alisher Navoiy izdoshlari chiqishiga ishonchimiz komil...

Siz ham bizga qo'shiling:

https://t.me/Aka_ukalarmarkazi