Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

@ustozlar_uchun


🇺🇿 Xalq ta'limi xodimlariga hujjatlar to'plami.
📡 @ustozlar_uchun kanalidan hamma hujjatlarni topasiz.
(kanal 26-08-2017 yaratilgan)
Hamkorlar:
📡 @pedagoglarmiz
🌐 fb.com/ustozlaruchun

Bog'lanish: @muallif_bot

Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

22 Oct, 18:33


​​‼️ Оширилган маошлар бўйича ҳисобланганда, умумтаълим мактаби педагог ва бошқа ходимлари 1 октябрдан бошлаб қуйидаги миқдорларда маош оладилар.

Мактаб директори:

• 4 млн 696 минг 805 сўм (400 ўқувчигача);
• 5 млн 015 минг 054 сўм (401-880 ўқувчигача);
• 5 млн 317 минг 901 сўм (881-1600 ўқувчигача);
• 5 млн 625 минг 394 сўм (1600дан ортиқ);
Директор ўринбосарлари: (ММИБДЎ, ЎТИБДЎ)

• 4 млн 386 минг 677 сўм (400 ўқувчигача);
• 4 млн 696 минг 805 сўм (401-880 ўқувчигача);
• 5 млн 015 минг 054 сўм  (881 -1600 ўқувчигача);
• 5 млн 317 минг 901 сўм (1600дан ортиқ);
Директорнинг хўжалик ишлари бўйича ўринбосари:

• 1 млн 779 минг 871 сўм (400 ўқувчигача);
• 2 млн 030 минг 275 сўм (401-880 ўқувчигача);
• 2 млн 111 минг 025 сўм (881 -1600 ўқувчигача);
• 2 млн 286 минг 447 сўм (1600дан ортиқ);
ЧҚБТ раҳбари:

• Мутахассис – 3 млн 390 минг 824 сўм;
• Иккинчи тоифали – 3 млн 796 минг 213 сўм;
• Биринчи тоифали – 4 млн 230 минг 138 сўм;
• Олий тоифали – 4 млн 674 минг 594 сўм;

Психологлар:

• Олий маълумотли психолог – 3 млн 051 минг 742 сўм;
• Иккинчи тоифали психолог – 3 млн 268 минг 047 сўм;
Биринчи тоифали психолог – 3 млн 489 минг 865 сўм;
Олий тоифали психолог – 3 млн 702 минг 280 сўм;
Ўқитувчилар:

• Ўрта махсус маълумотли ўқитувчи – 3 млн 169 минг 623 сўм;
Олий маълумотли ўқитувчи – 3 млн 390 минг 824 сўм;
Иккинчи тоифали ўқитувчи – 3 млн 796 минг 213 сўм;
Биринчи тоифали ўқитувчи – 4 млн 230 минг 138 сўм;
Олий тоифали ўқитувчи – 4 млн 674 минг 594 сўм;
Мактаб лаборанти:

1 млн 604 минг 647 сўм;

Кадрлар бўйича менежер:
1 млн 598 минг 520 сўм;

Кутубхона мудири:

Ўрта махсус маълумотли – 2 млн 135 минг 861 сўм;
Олий маълумотли – 2 млн 330 минг 402 сўм;

Кутубхоначи:

• Ўрта махсус маълумотли – 1 млн 852 минг 107 сўм;
• Олий маълумотли – 1 млн 949 минг 589 сўм.

Манба.

👇👇👇👇
https://t.me/ustozlar_uchun

Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

22 Oct, 18:28


2025-yil 1-yanvardan boshlab milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq to‘lanadi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbek tili bayrami hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan bayram tabrigida barcha ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti fanlarini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish orqali ta’lim sifatini oshirishga erishish muhim ahamiyatga ega ta'kidlandi.

Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan boshlab umumta’lim maktablarida milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq to‘lanishi ona tilimiz fidoyilarining sharafli mehnatini rag‘batlantirishga xizmat qilishi ma'lum qilindi.

👇👇👇👇
https://t.me/ustozlar_uchun

Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

20 Oct, 19:06


📸📸
Бугун, 21 октябрь – Ўзбек тили байрами куни 

1989 йил 21 октябр куни "Давлат тили тўғрисида"ги қонун қабул қилинди, унга кўра ўзбек тилига давлат тили мақоми берилган. 2020 йил 10 апрелда қабул қилинган “Ўзбек тили байрами кунини белгилаш тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонуни билан 21 октябрь санаси юртимизда “Ўзбек тили байрами куни” этиб белгиланди.

🎞 Юқоридаги видеода Анвар Мирзонинг мавзуга оид ажойиб шеъри ва ижрони тинглашингиз мумкин.

_Барчангизга Ўзбек тили байрами муборак бўлсин!

👇👇👇👇
https://t.me/ustozlar_uchun

Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

17 Oct, 17:39


⚡️O‘quvchini darsga o‘z vaqtida kirishini ta’minlash o‘qituvchining vazifasiga kirmaydi

O‘quvchini darsga o‘z vaqtida kirishini ta’minlash yoki darsga kirmagan o‘quvchini topib kelish o‘qituvchining vazifasiga kirmaydi.

Xalq ta’limi vazirining 07.12.2019 yil 393-sonli buyrug‘ida ham, Xalq ta’limi vazirining 2021 yil 1 iyuldagi 206-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan xalq ta’limi xodimlarining lavozim majburiyatlari orasida ham  o‘qituvchining yuqoridagi kabi majburiyatlari mutlaqo belgilanmagan.

❗️Faqat yuqoridagi ikki hujjatda o‘qituvchi dars davomida o‘quvchilarni yo‘qlama qilishi va elektron jurnalga kelmagan o‘quvchilar to‘g‘risidagi belgini kiritishi kerakligi qayd etilgan.
Manba

👇👇👇👇
https://t.me/ustozlar_uchun

Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

17 Oct, 17:36


​​Kimlar sinf rahbarligiga tayinlanadi?

Sinf rahbarlari oʻqituvchilar orasidan taʼlim muassasasi direktori tomonidan tayinlanadi va ozod etiladi.

Sinf rahbari quyidagi mezonlarga asosan tanlab olinadi:

— kamida 3-yillik pedagogik ish stajiga ega boʻlgan;
— maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan (umumtaʼlim muassasalarida mehnatini soatbay (shu jumladan oʻrindoshlik) asosda faoliyat olib boruvchi oʻqituvchilarning sinfga rahbarlik qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi);
— boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega boʻlgan;
— oʻquvchilar bilan ishlash jarayonida masʼuliyat bilan yondasha oladigan.

Boshlangʻich sinflarda sinf rahbarligi boshlangʻich sinfga biriktirilgan oʻqituvchilarga yuklatiladi. Boshlangʻich sinfga tayinlangan sinf rahbari 1-sinfdan boshlab 4- sinfgacha oʻquvchilarga yagona rahbar hisoblanadi.

❗️Xuddi shunday tartib 5- sinfdan 11-sinfga qadar ham qoʻllaniladi.

Bir oʻqituvchiga faqatgina bitta sinf rahbarligi topshiriladi. Direktor oʻrinbosarlari, psixologlar va boshqa sinf rahbari boʻlishi mumkin emas.

Sinf rahbarlari faoliyatini maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi.

👇👇👇👇
https://t.me/ustozlar_uchun

Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

16 Oct, 07:04


⚡️Асосий фан олимпиадаларининг иккинчи (туман) ва учинчи (ҳудудий) босқичларини ўтказиш тартиблари белгиланди

Бу ҳақида ММТВнинг 2024 йил 11 октябрдаги "2024-2025-ўқув йилида умумтаълим фанлари бўйича асосий олимпиаданинг иккинчи туман (шаҳар) ва учинчи - ҳудудий босқичлари ҳамда халқаро олимпиадаларда иштирок этадиган Ўзбекистон терма жамоасига номзодларни саралашнинг биринчи босқичини ташкил этиш ва ўтказиш тўғрисида"ги 331-сонли буйруғи имзоланди.

👇👇👇👇
https://t.me/ustozlar_uchun

Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

16 Oct, 07:01


#Xalqaro_forum
#live

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning Markaziy Osiyo Universitetlari forumidagi nutqidan:

"O‘zbekiston aholisining 60 foizidan ortig‘ini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Bu bizga ta’lim sohasidagi islohotlarni yanada tezkor va samarali ravishda amalga oshirish zarurligini ko‘rsatadi.

2016-yilda O‘zbekistonda atigi 77 ta oliygoh bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda bu raqam 210 tadan oshdi. Talabalar soni 5 barobarga ortib, ayni vaqtda 1 million 300 ming nafarni tashkil qilmoqda.

Bugungi nufuzli forumga mezbonlik qilayotgan “Yangi O‘zbekiston” universiteti ham ana shu islohotlar samarasi sifatida yuzaga kelgan.

Ushbu ta’lim dargohini rivojlantirishda biz dunyoning yetakchi ta’lim maskanlari – AQSHning Massachusets texnologiya instituti, Germaniyaning Myunxen texnika universiteti va Buyuk Britaniyaning Kembridj universiteti bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqdamiz."


👇👇👇👇
https://t.me/ustozlar_uchun

Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

16 Oct, 07:00


​​👏 Ushbu she'rim ona tilimizga Davlat  tili maqomi berilgan kunning qutlug‘ 35 yilligiga bag‘ishlanadi. 1989-yil 21 oktyabr' O‘zbek tilimizga Davlat tili maqomi berigan kun barchaga muborak bo‘lsin!


Ona tilim


Ona tilim--beg‘ubor tilim,
Kamolingdan yayraydi dilim,
Sen-la kelgan omad, baxt ilm,
Sen bor qadr, shon topgay elim!

Qalbga kuchsan, dillarga davo,
Sen mo‘'jiza bebaho navo,
Qo‘shiqlarda yangrab dilrabo,
Yuraklarga malhamsan tilim!

Ma'noga boy, sodda ravon til,
E'zozlagin uning qadrin bil,
U bilan qalb, doim ravshan dil,
Saodat topgin, hamisha tilim.

El deb yongan ulug‘lar tili,
Boqiy bo‘lsin iqboling umri,
Jahonda bo‘l tillarning huri,
Iftixorsan, faxrsan tilim!

Yurtda mana quvonch tantana,
Kezmoqda  kuz, mvborak sana,
Qutlug‘ bo‘lsin bayraming yana,
Faxri bolgin, olamning tilim!

Yuragimda g‘urur, iftixor,
SHod ayladi, meni bu iqbol,
Senda ulug‘ zotlar mehri bor,
Mangu sharaf yor bo‘lsin tilim!


Baxtiyor Yo‘ldoshev
Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani


👇👇👇👇
https://t.me/ustozlar_uchun

Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

14 Oct, 04:30


Ижтимоий тармоқларда биринчи синф дарсликлари ҳақида хазил ролик тарқалибди 😅

Таниш ҳолатми?

👇👇👇👇
https://t.me/ustozlar_uchun

Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

12 Oct, 17:45


#Қойил

Андижонда 10 яшар бола IELTS дан 7 балл олибди

Бу дегани 10 ёшли бола инглиз тилида ўзбек тилиданам яхши гапиради дегани

Ибрат учун видеони яқинларга юбориб қўямиз, болаларимиз кўрсинлар

👇👇👇👇
https://t.me/ustozlar_uchun

Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

10 Oct, 02:11


❗️ Ҳуқуқларингизни билинг: Ўзбекистонда ўқувчилар мактабга расман мобил телефон олиб келишлари мумкин

Ўзбекистон Вазирлар Маҳкамасининг 139-сон қарорига кўра, мактаб ўқувчилари мактабга смартфон олиб келиш ҳуқуқига эга, бироқ бир шарт билан.

Ўқув жараёнида мобил телефонлар овози учирилган режимда ёки тўлиқ ўчирилган бўлиши керак ва улардан фақат танаффус вақтида фойдаланишга рухсат этилади.

👇👇👇👇
https://t.me/ustozlar_uchun

Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

09 Oct, 16:07


#ибратли

👆 Ота-оналарга юбориб қўйинг

Миробод тумани 125-сонли мактабнинг 5-синф ўқитувчиси томонидан тайёрланган видео.

👏 Кўпчиликка ўрнак бўладиган видеоролик олинибди.

👇👇👇👇
https://t.me/ustozlar_uchun

Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

09 Oct, 15:16


⚡️Asosiy fan olimpiadasining tuman bosqichi 22-26-oktyabr kunlari oʻtkaziladi

Asosiy fan olimpiadasining tuman bosqichi oʻtkaziladigan tegishli fanlar va sanalari haqida maʼlumot berildi.

Unga koʻra:

👉 22-oktyabr kuni tarix, geografiya, qozoq tili, qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan;
👉 23-oktyabr kuni ingliz tili, nemis tili, fransuz tili, davlat va huquq asoslari fanlaridan;
👉 24-oktyabr kuni kimyo, rus tili va adabiyoti, tojik tili fanlaridan;
👉 25-oktyabr kuni biologiya, fizika, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan;
👉 26-oktyabr kuni matematika, ona tili va adabiyoti, oʻzbek tili fanlaridan oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

❗️Yuqoridagi olimpiada tashkil etiladigan sanalar oʻzgarishi kuzatilsa ushbu telegram kanal orqali hamda hududiy boshqarmalar orqali maʼlumot yetkaziladi.

👇👇👇👇
https://t.me/ustozlar_uchun

Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

09 Oct, 15:07


#тезкор #хушхабар

⚡️ Ўқитувчининг маоши 12 миллионга чиқади - Президент

Келгуси ўқув йилидан халқаро стандартлар асосида малака сертификатини бериш йўлга қўйилади.

Синовларда 86 ва ундан юқори балл олган педагоглар қўшимча 70 фоиз устама олади.

Мисол учун, олий тоифали биология ўқитувчиси ўз фани бўйича халқаро сертификати бўлса – 50 фоиз, директор жамғармасидан 40 фоизгача ва янги талабга жавоб берса, яна 70 фоиз устама олади.

Шу тариқа унинг умумий ойлик маоши 4 миллион 500 минг сўмдан 12 миллион сўмга етади.

👇👇👇👇
https://t.me/ustozlar_uchun

Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

05 Oct, 09:33


#диққат

2024 йил 1 октябрдан Ўзбекистон Республикаси ҳудудида ойлик, пенсиялар ошди ва қуйидагича

🔹меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори – 1 155 000 сўм;
🔹базавий ҳисоблаш миқдори – 375 000 сўм;
🔹пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдори – 428 000 сўм;
🔹ёшга доир энг кам пенсия – 834 000 сўм;
🔹ногиронлик пенсиялари, жумладан иш стажи тўлиқ бўлмаган чоғдаги ногиронлик пенсиясининг энг кам миқдори – 920 000 сўм;
🔹меҳнатга лаёқатсиз фуқароларга бериладиган ногиронлик нафақаси ва болаликдан ногиронлиги бўлган шахсларга бериладиган нафақа – 920 000 сўм;
🔹белгиланган ёшга доир энг кам пенсия миқдоридан (834 000 сўмдан) 920 000 сўмгача пенсия олувчиларнинг ёшга доир пенсиялари – 920 000 сўм;
🔹зарур иш стажига эга бўлмаган кекса ёшдаги фуқароларга бериладиган нафақа – 745 000 сўм;
🔹иш стажи тўлиқ бўлмаган чоғдаги ёшга доир пенсиянинг энг кам миқдори қўшимча тўловни ҳисобга олган ҳолда – 745 000 сўм.

👇👇👇👇
https://t.me/ustozlar_uchun

Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

02 Oct, 14:02


Тошкентда мактаб ўқувчиси устига футбол майдонидаги дарвоза қулаши туфайли вафот этди

Жароҳатланган ўқувчининг синфдошлари тез ёрдамга қўнғироқ қилганда у 40 минутда етиб келган. Йигит шифохонага олиб кетилаётганда йўлда жон берган.

👉 https://kun.uz/kr/49529087

https://t.me/ustozlar_uchun

Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

01 Oct, 02:16


#Ибратли

"Жаннатий УСТОЗ"

Муаллимнинг ҳар дарси ибодатга тенг экан!

👇👇👇👇
https://t.me/ustozlar_uchun

Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

01 Oct, 02:08


📸📸 #табрик
💐1 октябрь –  Ўқитувчи ва мураббийлар куни!

👇👇👇👇
https://t.me/ustozlar_uchun

Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

30 Sep, 02:34


👏 Shirintoydan juda ajoyib tabrik !

🌹 Bayram barchaga muborak bo‘lsin !
Ilm tarqatishda yana ham ulkan muvoffaqiyat tilayman ! Doimo sog' salomat bo'linglar aziz ustozlar!❤️

👇👇👇👇
https://t.me/ustozlar_uchun

Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

29 Sep, 03:54


📸📸
Мактаб ўқувчилари билан ҳайдовчиларга қарата таъсирли видео ишлашибди

👇👇👇👇
https://t.me/ustozlar_uchun

10,323

subscribers

3,339

photos

4,768

videos