️Ulug'bek To'xtayev 🔰

@u_tukhtayev


🏛 Ulug'bek To'xtayev

🏛Ushbu kanalda talabalarni qiziqtirgan barcha ma'lumotlarni topishingiz mumkin.
Kanalga yaqinlaringizni taklif qiling!

⭐️ ᴍᴜʀᴏᴊᴀᴀᴛʟᴀʀ :
+998933111149

⭐️ ʜᴀᴍᴋᴏʀʟɪᴋ :
@Ulugbekh_Tukhtayev

️Ulug'bek To'xtayev 🔰

22 Oct, 09:58


#Eslatma

O'zbek tilida ishlash uchun qulay xizmatlar


@skartariss o'zbek tili bilan ishlash uchun qulay bo'lgan onlayn xizmatlar haqida ma'lumot beribdi.

Tahrirchi: o‘zbek tilidagi matnlarni sifatli tahrirlash xizmati. Bu sun’iy idrokka asoslangan model bo‘lib, o‘zbek tili uchun maxsus yaratilgan va sizga xatosiz yozishga yordam beradi.

Tilmoch: Sun’iy idrok bilan ishlaydi va o‘zbek tili uchun sifatli va tabiiy tarjimon vazifasini bajara oladi. Tilmoch orqali tarjimani o‘zbek tiliga mos qilib sayqallash ham mumkin. Bu Google yoki Yandex tarjimaga nisbatan ancha farq qiladi.

Lotin: o‘zbek tilida matnlarni lotinchadan kirillchaga va xuddi shunday kirillchadan lotinchaga o‘girish xizmati.

Matn: Xuddi shunday lotin va kirill alifbosida matnlarni o‘girish xizmati, biroq matnlarni saytning o‘zida murakkab shaklda tahrirlash mumkin. Saytda izohli lug‘at ham bor.

Imlo: o‘zbek tilidagi so‘zlarni qanday to‘g‘ri yozilishi haqida ma’lumot beruvchi sayt. Ayniqsa «x» va «h» harflarida adashuvchilar uchun foydali.

Izoh: o‘zbek tilining izohli lug‘ati. So‘zlarning maʼnolari va qanday ishlatilishi haqida ma’lumot beruvchi sayt.

— @LotinKiril_bot: matnlarni lotin-kirill yoki kirill-lotin ko‘rinishida Telegram’dan chiqmasdan turib o‘girish mumkin.

O‘zbek tilida faoliyat olib boruvchi bu kabi xizmatlar tobora ko‘payib bormoqda va bu tilning rivojlanishi uchun katta yordam beradi.

📲 @Jaloliddin_Y_K

️Ulug'bek To'xtayev 🔰

21 Oct, 15:31


O'ZMU QVZ JAMOASINI QO‘LLAB-QUVVATLANG!

23-oktyabr kuni, soat 18:00da TURKISTON san’at saroyida “Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik-tanlovi OLIY LIGASI 2024-yilgi mavsum CHORAK FINAL bosqichi bellashuvlari bo’lib o’tadi. Unda O'zbekiston Milliy universitetining “SHOVVOZLAR” jamoasi ishtirok etadi.

🗣Barcha professor-o’qituvchilar va talabalarimizni qo’llab-quvvatlashga chorlab qolamiz!


📍Chiptalar bo'yicha qo'shimcha ma'lumot @U_Tukhtayev telegram sahifalarida

️Ulug'bek To'xtayev 🔰

21 Oct, 01:33


#Ijtimoiy_videorolik

⚡️ Til – millatning boyligi va bebaho mulki!

🎞 21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi va  Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan tayyorlangan videorolik.

📲 @Jaloliddin_Y_K

️Ulug'bek To'xtayev 🔰

20 Oct, 11:17


🏷habikatura
Xuddi shunaqa serqirra tanishlarizga ulashing😁
@U_Tukhtayev

️Ulug'bek To'xtayev 🔰

19 Oct, 07:58


"Nutq orqali insonlarga ta'sir qilish" mavzusida master-klass

Nutq orqali odamlarga qanday ta'sir qilish mumkin va odamlar bilan muloqotda nimalarga e'tibor qaratish kerak?

Aynan shu mavzuda yakshanba kuni ushbu telegram kanalda bepul master-klass bo'lib o'tadi.

📅 Qachon: 20-oktyabr, 19:00
🙋‍♂️ Kimlar uchun: Barcha uchun ochiq
🪙 Ishtirok uchun: Bepul
📍 Qayerda: "Notiq Hasanov" telegram sahifasida

👉 @notiqhasanov

️Ulug'bek To'xtayev 🔰

18 Oct, 12:27


#Saylov_bilimdoni

🔹 O‘zbekiston Milliy universitetida Ijtimoiy fanlar fakulteti “Huquqiy fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan talaba va magistrlar o‘rtasida o'tkazilgan “Saylov bilimdoni” ko‘rik-tanlovi natijalari.

🔸 Ko'rik-tanlovning birinchi bosqichida 88 nafar ishtirokchilar qatnashdi, 12 nafari ikkinchi bosqichga tavsiya etildi.

🔹 Birinchi bosqich natijalari bo'yicha apellyatsiya jarayoni 19-oktabr kuni 15:00gacha qabul qilinadi. Ikkinchi bosqichga o'tgan ishtirokchilar 19-oktabr kuni 16:00da kelishingizni so'raymiz (mavzularni olish uchun).

🔸 Manzil: O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti "Huquqiy fanlar" kafedrasi 3-qavat 313-xona

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube Talabalar kanali

️Ulug'bek To'xtayev 🔰

18 Oct, 00:27


️Ulug'bek To'xtayev 🔰 pinned « “YIL TALABASI-2024” tanlovining dastlabki OTM bosqichiga start berildi! ✴️ 1- “Yilning o'z mutaxasisligi bo'yicha eng bilimdon talabasi” (fanlarni o’zlashtirishda va o’quv jarayonlarda faol, mazmun-mohiyati ahamiyatli va dolzarb bo’lgan maqola va tezislariga…»

️Ulug'bek To'xtayev 🔰

18 Oct, 00:27


“Saylov bilimdoni” ko‘rik-tаnlovining birinchi bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston Milliy universitetida Ijtimoiy fanlar fakulteti “Huquqiy fanlar” kafedrasi va “Siyosatshunoslik” kafedrasi tashabbusi bilan talaba va magistrlar o‘rtasida “Saylov bilimdoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Birinchi bosqichda O‘zbekiston Respublikasi saylov tizimi, uning asosida mamlakatimizdagi huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy sohalardagi islohotlar yuzasidan 50 ta test berildi.

Ko‘rik-tanlovga 122 nafar talabalar ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tdi. Shulardan, 88 nafari birinchi bosqichda ishtirok etdi. Test natijalari 24 soat ichida eʼlon qilinadi va eng yuqori ball to‘plagan 10 nafar talabalar ikkinchi bosqichga tavsiya etiladi.

Nizomga ko‘ra, ikkinchi bosqichda talabalar tashkiliy qo‘mita tomonidan taqdim etilgan mavzulardan bittasini tanlaydi va uch kun vaqt mobaynida targ‘ibot darsi tayyorlaydi.

👉 Batafsil

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube Talabalar kanali

️Ulug'bek To'xtayev 🔰

17 Oct, 06:22


“YIL TALABASI-2024” tanlovining dastlabki OTM bosqichiga start berildi!

✴️ 1- “Yilning o'z mutaxasisligi bo'yicha eng bilimdon talabasi” (fanlarni o’zlashtirishda va o’quv jarayonlarda faol, mazmun-mohiyati ahamiyatli va dolzarb bo’lgan maqola va tezislariga ega bo’lgan talaba)

2- “Yilning eng faol targ’ibotchi talabasi” (jamoat ishlarida, Yoshlar ishlar agentligi va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyatida, targ’ibotchi sifatidagi namunaviy ishlari, tashkilotchilik qobilyati va shu asosida o’zi tashkil etgan tadbirlar mazmuni, erishgan yutuqlarini taqdim etgan talaba)

✴️ 3- “Yilning eng faol ixtirochi-innavator talabasi” (ilmiy ishlar, ixtirolar, innavatsion g’oyalar, ratsionalizatorlik takliflarga ega, ularning yangiligi, dolzarbligi va ilmiy ahamiyati bo’lgan iqtidorli talaba)

✴️ 4-“Yilning eng faol sportchi talabasi” (sport sohasidagi yutuqlarga erishgan talaba)

✴️ 5-“Yilning eng faol ijodkor talabasi” (talabaning o’zi tanlagan mutaxassisligi yo’nalishidan qat’iy nazar musiqa, adabiyot, san’at va teatr sohasidagi qiziqishlari va erishgan natijalari ko’rib chiqiladi)

✴️ 6-“Yilning eng faol iqtidorli talabasi” ( talabaning o’zi tanlagan mutaxassisligi yo’nalishidan qat’iy nazar musiqa, adabiyot, san’at va teatr sohasidagi qiziqishlari va erishgan natijalari ko’rib chiqiladi)


7-“Yilning faol tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uchun), bunda talaba-qizlarning mustaqil ravishda tadbirkorlik asosida erishgan yutuqlari ko’rib chiqiladi)

Tanlovda ishtirok uchun quyidagi hujjatlar to’plami taqdim etilishi lozim:
👉 Ma'lumotnoma (obyektivka), pasport nusxasi
👉 Reyting daftarchasi nusxasi (Baholar inobatga olinadi, 100% a'lo bo'lsin deb talab etilmagan)
👉 Dekanat taqdimnomasi (2 betdan oshmasin)
👉 Kafedra, ilmiy rahbar yoki guruh rahbaridan tavsiyanoma
👉 Yoshlar ittifoqi BT yetakchisidan fikrnoma (fakultet yoshlar yetakchisi)
👉 Tanlov va turli loyihalarda erishgan yutuqlari (sertifikat, diplom, faxriy yorliq va boshqalar...)
👉 Nashr ettirilgan maqola, tezis yoki usubiy qo'llanmalar va patent, ixtiro... (agar bo'lsa)

Qo'shimcha ma'lumot @U_Tukhtayev telegram sahifalarida beriladi:

️Ulug'bek To'xtayev 🔰

16 Oct, 16:35


#Diqqat_tanlov🗣

📃 Insholar Tanlovi – 🌐BMT Tashkil Topgan Kun Munosabati Bilan!


🏢Universitet talabalari diqqatiga! Siz global muammolar haqida o'z fikringizni bildirishni xohlaysizmi? BMT tashkil topganligining 79 yilligi munosabati bilan e'lon qilingan insholar tanlovida ishtirok eting va jahon siyosatiga boʻlgan o'z fikringizni bayon eting!

🔹 Tanlov mavzusi: "BMT tinchlik va xavfsizlikning global himoyachisi"

🔹Kimlar uchun: Universitet talabalari
🏆Mukofotlar: Eng yaxshi insholar 🥇🥈🥉 ta nominatsiya boʻyicha qimmatbaho sovg'alar, diplomlar bilan taqdirlanadi.

🔰Ro'yhatdan o'tish muddati: 2⃣0⃣oktabr 22:00 gacha

🎖🏵2024-yil 24-oktabr kuni BMT tashkil topgan kun munosabati bilan O'zMU rektorat binosi 1-qavatida taqdirlanadi.

Tanishing 👉
Baholash kriteriyasi

🎗Sizning bilimlaringiz va ijodiy yondashuvingiz biz uchun qadrli. Bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermang!!!

☎️ Murojaat uchun: O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti, Siyosatshunoslik kafedrasi, 316-xona (
@Sh_Akbarov)

Yaqinlarga ulashing:
@U_Tukhtayev

️Ulug'bek To'xtayev 🔰

16 Oct, 15:19


📣E'LON!
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va talabalar!

Sizlarni "Sun'iy Idrok metodlari yordamida yangi oqsillar yaratish" mavzusida bo'lib o'tadigan "Yosh biokimyogarlar" to'garagining navbatdagi Seminariga taklif qilamiz!

👨🏻‍🎓Ma'ruzachi: Ilg'or Texnologiyalar Markazi Eksperimental Biofizika laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi: Xondamir Rustamov

Ma'ruzachi haqida: Ayni damda hujayra reseptorlariga bog'lanadigan oqsillar yaratish bo'yicha tadqiqot olib bormoqda. Hozirda neurodegenerativ kasalliklarda ahamiyatga ega Glutamat reseptorlariga va saraton rivojlanishida ishtirok etadigan EGFR reseptoriga bog'lanadigan yangi oqsillarni muvaffaqiyatli yaratgan.

🏛Tashkilotchi: O'zMU, Biologiya fakulteti Biokimyo kafedrasi

📅 17-Oktabr 2024-yil, 14:00
📍O'tkazish joyi: O'zMU Biologiya fakulteti 2-qavat 203-xonada

Biz shu yerdamiz:
📱Telegram 📱Instagram🌎 Murojaat uchun