Jinoyat protsessi

@tsul_cpl


🇺🇿 TDYU Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasining rasmiy kanali
🇷🇺 Официальный канал кафедры Уголовно-процессуального права ТГЮУ

🗯 Murojaat uchun: @Hazratali_Qudratillayev
@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

22 Oct, 07:03


⚡️⚡️⚡️2024-yil 21-oktabr kuni Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlari doktori Dilbar Suyunova va o'qituvchisi Sardor Zokirov tashabbuslari bilan "Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash" moduli bo'yicha Jinoiy odil sudlov fakulteti 4-kurs (evro yo'nalishi) talabalari uchun mahorat darsi bo'lib o'tdi.

👮‍♂️👮‍♂️👮‍♂️Mazkur mahorat darsida Jinoyat ishlari bo'yicha Shayxontohur tuman sudida Jinoyat kodeksining 167, 228-moddalari bo'yicha ko'rilayotgan jinoyat ishi ko'rib chiqildi va unda talabalar ham ishtirok etishdi.

📝📝📝Mazkur sud protsessida talabalar jinoyat ishlarini birinchi instansiyasida ko'rish bo'yicha amaliy ko'nikmalar olishdi. Ushbu sud protsessi talabalarda katta taasurot qoldirdi.

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

20 Oct, 11:58


🟦🟦🟦🟦

📺📺📺Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishda foydalaniladigan texnik vositalar va uskunalar quyidagi minimal talablarga javob berishi zarur:


📹tasvir sifati bo‘yicha — o‘lchami 1920×1080, sekundiga 50 ta kadr;

🎙ovoz sifati bo‘yicha — chastota diapazoni 100-12 000 Gs;

📱axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha — VPN himoyalangan aloqa kanalidan foydalangan holda.

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

20 Oct, 10:54


#maqola

📜"ПУТЬ К РЕФОРМАМ: РОЛЬ ПАРЛАМЕНТА В БУДУЩЕМ УЗБЕКИСТАНА"

✍️Sobir Alishayev
🏛Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi o'qituvchisi

✍️Ulzana Rahimova
🏛Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi katta o'qituvchisi, yuridik fanlari bo'yicha falsafa doktori

📰 "Pravda Vostoka" gazetasi. 211-son 2024-yil 18-oktyabr

Kanalga obuna bo'ling: @TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

17 Oct, 08:15


🟦🟦🟦🟦

‼️Jinoyat ishini yuritish munosabati bilan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud tomonidan belgilangan tartibda chaqirilgan shaxslar aynan ko‘rsatilgan vaqtda hozir bo‘lishlari shart. Uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganlari taqdirda ular majburiy keltiriladilar.

Quyidagilar majburiy keltiriladi👇👇👇:

👉 gumon qilinuvchi ;
👉 ayblanuvchi ;
👉 jabrlanuvchi;
👉 guvoh.

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

16 Oct, 04:32


🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-yanvardagi 1-mh-son buyrug‘i (ro'yxat raqami №3488) bilan Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlari tomonidan o‘tkaziladigan sud ekspertizalarining murakkablik darajasini aniqlash tartibi va sud ekspertizalarini amalga oshirish muddatlari belgilangan.

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

15 Oct, 09:46


🟦🟦🟦🟦

Ушланган гумон қилинувчининг ёки айбланувчининг яқин қариндошларини процесс иштирокчиси сифатида жалб қилиш учун асослар мавжуд бўлмаган тақдирда, уларни ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органларга чақириш ва сўроқ қилиш тақиқланади.

Жиноят-процессуал кодекси 88-модда

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

15 Oct, 06:24


🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

⚡️⚡️⚡️ Ko'pchilik talabalarning iltimosiga binoan Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi qoshida tashkil qilingan "Procedure" amaliy to'garagiga qabul 17-oktabrga qadar uzaytirildi.

💬💬💬To'garak a'zolari quyidagi kompetensiyalarga ega bo'lishadi:

➡️ Jinoyat protsessiga oid qonunchilikni qo'llay olish;

➡️ Tergov va sud hujjatlarini mustaqil tuzish;

➡️ Jinoyat protsessidagi muammolarni tahlil qila olish.

👨‍🏫👩‍💻👮‍♂️ Mashg'ulotlar Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professor-o'qituvchilari va amaliyotchi xodimlar tomonidan olib boriladi.

📆📆📆 Mashg'ulotlar universitetning barcha bosqich talabalariga qulaylik yaratish uchun haftaning shanba kunlari olib boriladi.

📂📂📂To'garakga a'zo bo'lish uchun quyidagi hujjatlarni Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasiga (2-bino 318-xona) taqdim etish lozim bo'ladi:

🪪 Passport (ID) nusxasi.
📖 Obyektivka.


⚠️⚠️⚠️ Shoshiling! Mazkur to'garak bepul tarzda olib boriladi va joylar soni chegaralangan.


@TSUL_procedure

Jinoyat protsessi

14 Oct, 14:01


Jinoyat protsessi pinned «📣📣📣📣📣 Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi qoshida faoliyat ko'rsatayotgan ilmiy maktablar va to'garaklarga obuna bo'ling👇👇👇 Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi mudiri, professor, yuridik fanlari doktori Bazarova Dildora Baxadirovna ilmiy maktabi - …»

Jinoyat protsessi

14 Oct, 14:01


📣📣📣📣📣

Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi qoshida faoliyat ko'rsatayotgan ilmiy maktablar va to'garaklarga obuna bo'ling👇👇👇

Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi mudiri, professor, yuridik fanlari doktori Bazarova Dildora Baxadirovna ilmiy maktabi - @dbazarova
Kafedra professori, yuridik fanlari nomzodi Xidoyatov Baxtiyor Batirovich ilmiy maktabi - @xidoyatov_ilmiy_maktab
Kafedra professori, yuridik fanlari doktori Tulaganova Gulchehra Zaxitovna ilmiy maktabi - @TGZ_TSULscientific_school
Kafedra professori, yuridik fanlari doktori Suyunova Dilbar Joldasbayevna ilmiy maktabi - @professor_suyunova_ilmiy_maktabi
Kiber xavfsizlik bo'yicha maxsus kurs - @kiber_xavfsizlikTDYU
Moliyaviy xavfsizlik bo'yicha maxsus kurs - @financial_security_tsul @hazratali_uz
Jinoyat protsessi bo'yicha ilmiy to'garak - @TSUL_procedure
Ilmiy ishlanmalarni yozish bo'yicha to'garak - @TSUL_RC


t.me/TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

14 Oct, 10:46


🟦🟦🟦🟦

Гувоҳ тариқасида, шунингдек жабрланувчи, фуқаровий даъвогар, фуқаровий жавобгар ва уларнинг вакиллари, эксперт, мутахассис, таржимон, холис, жамоат айбловчиси ва жамоат ҳимоячиси тариқасида чақириладиган шахснинг суриштирувчига, терговчига, прокурорга ёки судга чақирилганлиги билан боғлиқ буткул вақт учун уларнинг иш жойида ўртача иш ҳақи сақлаб қолинади.

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

09 Oct, 17:17


Ҳозирда жиноят процессида таржимонларга таржима тури ва тилига қараб 9375 сўмдан 93750 сўмгача ҳақ тўланади.

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

09 Oct, 13:59


Jinoyat protsessi pinned «‼️‼️‼️Joylarimiz juda oz qoldi! Ulgurib qoling!»

Jinoyat protsessi

09 Oct, 13:58


‼️‼️‼️Joylarimiz juda oz qoldi! Ulgurib qoling!