Med Texnikumlari

@tibbiyot_texnikumlari


Shaxsiy kabinet: my.uzbmb.uz

Admin : @kafedra_tex

✓ Respublika bo'yicha tibbiyot texnikumlari uchun maxsus kanal.
✓ Tasdiqlangan barcha maʼlumotlar kanalda yoritilib boriladi.

Med Texnikumlari

17 Aug, 11:37


⚡️Ertadan kollej-texnikumlarga qabul boshlanadi

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustga qadar 10 kun davomida my.uzbmb.uz saytida professional ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim.

❗️Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.

🗓 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

👉 @tibbiyot_texnikumlari

Med Texnikumlari

08 Jul, 20:43


#Расман
❗️Абитуриентларга рухсатномаларни бериш бошланди

2024-2025-ўқув йилида олий ва профессионал  таълим муассасаларига кириш учун онлайн рўйхатдан ўтган абитуриентларга “Абитуриент рухсатномаси”ни бериш бошланди.

Абитуриентлар тест синовларида иштирок этиш учун “Абитуриент рухсатномаси”ни
my.uzbmb.uz сайтига шахсий идентификация рақами ҳамда паспорт серияси ва рақамини киритган ҳолда олишлари мумкин.

👉
@tibbiyot_texnikumlari

Med Texnikumlari

22 Jun, 09:20


⚡️#Diqqat #qabul2024

❗️25-iyun qabul yakunlanadi.
Qabul tugashiga 3 kun qoldi.

👩‍💻
@kafedra_tex admini orqali med texnikumga ishonchli hujjat topshiring.
Xizmat bepul
Kerakli hujjatlar:
1) Pasport.
2) Tel nomer.
3) Attestat yoki diplom

Yaqinlaringizga jo'natib qo'ying qabul jarayonidan qolib ketmasin.

Barcha ma'lumotlar kanalda mavjud.
👉
@tibbiyot_texnikumlari

Med Texnikumlari

20 Jun, 03:00


❗️Qabul 25-iyunga qadar.
❗️Qabul tugashiga 5 kun qoldi.

Med Texnikumga ishonchli hujjat topshirib beramiz
Hizmat bepul.

Kerakli hujjatlar: Yo'nalish, Pasport, ID karta, Attestat, Tel nomer.

Murojaat uchun 👉 @kafedra_tex

abituriyent  qabul2024 talim

Med Texnikumlari

19 Jun, 18:33


Birinchi maslahat: hech qachon shaxsiy maʼlumotlaringizni begonalarga bermang yoki begonalarning telefon raqamiga ulamang. Bu zamonaviy dunyoning oltin qoidasi. Afsuski, bunga juda ko‘pchilik beparvolik bilan qaraydi.

Ikkinchi maslahat: mabodo hozirda o‘zganing telefon raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, unda yaxshisi 25 iyunga qadar o‘zingizning telefon raqamingiz bilan qayta ro‘yxatdan o‘tishni maslahat beraman. Buning uchun shunchaki my.uzbmb.uz saytida yangi va ishonchli telefon raqamni ro‘yxatdan o‘tkazing. So‘ngra unga o‘zingizning pasport maʼlumotlaringizni kiriting. Shunda narigi begona nomerdan sizning maʼlumotlaringiz o‘chib ketadi va yangi raqamga bog‘lanib qoladi.

Yana qaytaraman, ro‘yxatdan o‘tilgan telefon raqamni o‘zgartirish uchun eski raqamdan kirib o‘tirish shartmas, shunchaki yangi telefon raqamga o‘z shaxsiy maʼlumotlaringizni bog‘lab qo‘ysangiz bo‘ldi, begona raqamdan o‘zi avtomat o‘chib ketadi.

Med Texnikumlari

05 Jun, 03:05


❗️Abituriyentlar diqqatiga !!!

Bugun 5-iyundan oliy ta'lim muassasalariga qabul boshlandi -
Prezident farmoni.

Arizani onlayn yuborishingiz mumkin.

Kimlar imtihonga to'lov qilmaydi?

Belgilangan tartibga ko'ra, kirish imtihonlarida qatnashish uchun hamma abituriyentlar ham to‘lov qilmaydi.

To‘lovdan ozod abituriyent toifalari:

shu yil tugatgan bitiruvchilar;
nogironligi bo‘lgan shaxslar;
mehribonlik uylari bolalari;
bolalar shaharchasi bitiruvchilari;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
“Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.

Eslatib o'tamiz, abituriyentlar uchun bu yilgi to'lov – 170 ming so'm.

👉 @tibbiyot_texnikumlari

Hujjat topshirishni bilmaganlar uchun sifatli, ishonchli onlayn hujjat topshirib beramiz albatta bepul murojaat uchun.
Admin: @kafedra_tex

Med Texnikumlari

05 Jun, 03:00


⚡️5-iyundan oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish istagidagi abituriyentlar uchun qabul boshlanadi (kasb-hunar maktabi bundan mustasno)

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori maslahatchisi Zohid Shakarov maʼlum qildi.

💬Oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi.

Davlat OTMlari bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi.

🔄1-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi hamda quyidagilarni tanlaydi:

🔸Faqat test sinovida ishtirok etsa:

✔️fanlar majmuasi;
✔️taʼlim tili;
✔️test topshirish hududi.

↪️Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlarida oʻqish istagini bildirsa (ijodiy imtihon) topshirsa:

✔️taʼlim tili;
✔️test topshirish hududi;
✔️alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishi;
✔️kasbiy (ijodiy) imtihonni topshiriladigan davlat OTM.

🔄2-bosqichda abituriyentlar test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi:

✔️oliy taʼlim muassasasi;
✔️bakalavriat taʼlim yoʻnalishi;
✔️taʼlim shakli;
✔️tanlov ustuvorligi.

🗣 Abituriyentning test sinovida toʻplagan ballari imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani boʻyicha tanlov natijasi qabul jarayonining 2-bosqichi toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

⚡️Kollej va texnikumlarda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar OTMlariga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi:

✔️kollej va (yoki) texnikum;
✔️kasb va mutaxassislik;
✔️taʼlim shakli.

🗣 Natijasi bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

⚡️Fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan Agentlikning 1195 ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin.

👉 @tibbiyot_texnikumlari

Med Texnikumlari

01 Jun, 14:15


⚡️2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan boshlanadi.

⚡️ Rasman: OTM va professional ta’lim muassasalariga qabul birga bo‘ladi

Bu OTM va professional ta’lim muassasalariga qabul va imtihonlar bir vaqtda amalga oshirilishini anglatadi. Abituriyent hujjat topshirish payti faqat imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi va test topshiradi.

So‘ng to‘plagan balliga qarab xohlasa, ikkinchi bosqichda OTM va yo‘nalish tanlab ro‘yxatdan o‘tadi. Balli yetsa, OTMda o‘qishni tanlashi yoki o‘sha balli asosida professional ta’lim muassasalaridan birini tanlashi mumkin.

👉 @tibbiyot_texnikumlari
.

Med Texnikumlari

26 May, 03:06


❗️Давлат буюртмаси параметрларини давлат ОТМлари кесимида тақсимлаш амалиёти бекор қилинади

Президент фармони билан 2024/2025 ўқув йили қабулидан бошлаб:

давлат буюртмаси параметрларини давлат ОТМлари кесимида тақсимлаш амалиёти бекор қилиниб, бакалавриат таълим йўналишлари ва магистратура мутахассисликлари бўйича кундузги таълим шаклида тасдиқлаш тартиби жорий этилади, бундан олий ҳарбий ва ҳарбийлаштирилган таълим муассасалари мустасно;

давлат буюртмаси бўйича квоталар тақсимотида муҳандислик, тиббиёт, аниқ ва табиий фанлар билим соҳаларига устуворлик берилади;

давлат ОТМлари учун ўрнатилган тартиб ва шартлар бўйича талабалар қабулини амалга оширувчи олий таълим ташкилотларига давлат буюртмасининг тақсимотида иштирок этишга рухсат этилади;

давлат гранти квоталарининг олий таълим ташкилотлари кесимида тақсимоти тегишли бакалавриат таълим йўналиши бўйича рўйхатдан ўтган абитуриентларнинг танлови ва тўплаган балларига кўра амалга оширилади;

олий таълим ташкилотлари талабаларига давлат грантини ижтимоий-рағбатлантирувчи грант ва таълим гранти шаклида ажратилади;

бакалавриат ва магистратурага қабул қилинган талабаларга таълим гранти бир ўқув йили учун ажратилади;

таълим гранти биринчи курсда олий таълим ташкилотларига ажратилган давлат буюртмаси квотасига мувофиқ кириш имтиҳонларида юқори балл тўплаган талабаларга ажратилади;

таълим гранти иккинчи ва ундан кейинги курсларда юқори академик рейтинг кўрсаткичларига эришган ва ижтимоий фаол талабалар орасида олий таълим ташкилотлари томонидан табақалаштирилган тартибда қайта тақсимланади;

таълим гранти табақалаштирилган тартибда молиялаштирилади ва стипендия фақат тўлиқ таълим грантини ютган талабаларга тўланади;

ижтимоий-рағбатлантирувчи грант соҳиби бўлган талабаларга давлат гранти уларнинг ўқиш даври учун тўлиқ ҳажмда тақдим этилади;

таълим гранти асосида таҳсил олган талабаларнинг ўқишни тамомлаганларидан сўнг камида 3 йил ишлаб бериш мажбурияти бекор қилинади.

👉 @tibbiyot_texnikumlari

Med Texnikumlari

26 May, 03:06


⚡️Qabul 5-iyundan boshlanadi!

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda:

a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;

b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;

o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi;

ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

👉 @tibbiyot_texnikumlari

Med Texnikumlari

12 May, 04:20


#Байрам_муборак
🎙12-май Халқаро ҳамширалар куни!

Ҳурматли ҳамширалар, сизларни Халқароқ ҳамширалар куни билан чин дилдан табриклаймиз!

«Ҳамшираларга...»

Порлаб турар мудом кўкда қуёши,
Ундан миннатдордир кекса-ю ёши!
Шеърият, маърифат ҳар он йўлдоши,
Доим омон бўлсин шу азиз боши,
Меҳрибон, жафокаш ҳамшира қизлар!

Med Texnikumlari

21 Mar, 11:29


🌸ASSALOM NAVRO'Z

NAVRO'ZI OLAM BARCHAMIZGA MUBORAK BO'LSIN!

💐🌸🌷 💐🌸🌷 💐🌸🌷

QADAMINGA GULLAR OCHILSIN, NAVRO'Z!

      
#2024yil  #navroz

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube |