Temurbek Adhamov

@temurbek_adhamov


Ish va shaxsiy hayotdagi tajribalarni o'rtoqlashaman

Temurbek Adhamov

19 Oct, 05:04


Xiyonat

Jamoam bilan suhbatda, agar ularni mayda masalalar yuzasidan tortishayotganini ko’rsam, ko’p takrorlaydigan bir gapim bor, “Xiyonatdan boshqa barchasini kechirsa bo’ladi”. Ishda, hayotda, do’stlar davrasida xato bo’lishi, qasddan qilinmagan katta-yu kichik muammolar bo’lishi odatiy jarayon.

Aslida insonga eng og’ir botadigani bu xiyonat, chunki u begona insondan sodir bo’lmaydi. Begona insondan sodir bo’lganda xiyonat bo’lmasdi.

Xiyonat men uchun keng tushunchaga ega. Xiyonat bu:

— Sen unga ishonib turganingda, seni aldashi, xoh so’z bilan, xoh amal bilan, xoh qalb bilan;

— Seni o’ziga do’st deb aytib, sen g’iybat qilingan joyda uning sukut saqlashi;

— Senga yoqmaydigan, seni qalbingga og’ir keladigan amalni bilib turib senga ko’rsatib bajarish;

— Xiyonat sodir bo’lganda bilasangki, ichingda nimadir uziladi, qalbingni jarohatlaydi, u tomonga gapirish uchun na bir so’z va na luqma topa olmaysan. Aslida eng yaxshi javob sukut bo’lsa kerak…

Yaxshimi, yomonmi bir odatim bor, xiyonatni kechira olmayman. To’g’rirog’i qalbim baribir avvalgidek u insonni o’ziga yaqin ololmaydi. Balki, o’zgarishim kerakdir, bilmadim.

Temurbek Adhamov

18 Oct, 15:12


Bardavomlik

Robbitning Xadra filialiga qachonki borsam shu bolani coworking zonada robotlar yasab o’tirganini ko’raman. Ustozlaridan surishtirsam, guruhdagi eng yaxshi o’quvchilardan biri ekanligi, intizom, xulq bo’yicha ham boshqalarga o’rnakligi haqida aytishdi. Kecha yaqindan tanidim, ismi Umar ekan. O’ylaymanki, bardavomlik Umarni yana-da rivojlantiradi.

Tajribamdan kelib chiqib bir narsani aytishim kerak, ko’plab iqtidor sohiblari, o’z zehni, qobiliyatlariga ishonib dangasalik qilishdi. Yana shunday insonlar borki, bardavomlik ularni yuksaltirdi. Sohasining haqiqiy mutaxassisi bo’lishiga olib keldi. Bardavomlik, sabr, insonga berilgan yaxshi ne’matlardan biri bo’lsa kerak.

Umarni tarbiya qilayotgan ota-onasi va ustozlarga tashakkur bildiraman. Umar kelajakda millatiga, vataniga, diniga xizmat qiluvchi yigitlardan bo’lsin!

Temurbek Adhamov

18 Oct, 05:25


Filtri yo’q

Insoniyatda bir toifa bor, pul uchun hammasiga rozi. O’zi noto’g’ri deb bilgan narsa bo’lsa ham, “endi ilojim yo’q edi-da”, deb o’sha amalni bajarib ketaveradi. Men shu kabi insonlarni ko’rsam filtri yo’q, deb atayman. Sababi bu kabi insonlarda prinsip yo’q, prinsiplari prinsipsizlik ustiga qurilgan.

O’zi dindor, lekin dinini mazaxlovchi, ustidan kuluvchi odamga twitterda borib yalloqilik qiladi. 2 so’m bersa, noto’g’ri deb bilgan narsasini ham bajaradi. Sizga yoqish uchun, pul topish uchun barcha ilmini unutadi. Hayosizlikni tarmoqlarga joylab, like olishdan zavqlanadi. Biladi, lekin amal qilmaydi yoki beamal kabi hammaga suykaladi.

Bu kabi “filtri yo’q” odamlardan uzoq yuring, agar oldingizda bo’lsa, nasihat qiling, amal qilmasa, oldidan keting. Sizni o’ziga tortib ketish ehtimoli bor.

Filtringiz joyidami, qalbingiz bilan gaplashib ko’ring.

Temurbek Adhamov

17 Oct, 14:50


Bugun Robbit loyihasi uchun 3 ta mavzuda syomka qildik. Kunimiz syomka bilan o’tdi. 3 ta mavzu bular, muhandislik, robototexnika va Teknofest bo’yicha uzoq va batafsil gaplashdik. O’zim uchun spikerlardan juda ko’p narsani o’rgandim. Youtubega e’lon qilinganda bo’sh vaqt topib tomosha qilishni tavsiya qilaman, ayniqsa yoshlarga, ota-onalarga.

Ushbu ko’rsatuvlarda qatnashgan spikerlarga, shu bilan birgalikda ideal darajadagi syomka uchun Abdurahmon boshchiligidagi media jamoaga, barcha koordinatsion jarayonlarni bajargan, spikerlarni o’rganib savollar tuzgan Robbit loyihasi marketing team leaderi Shahlo va Youtube koordinator Alijonlarga tashakkur bildiraman!

Youtube sahifamiz: https://youtube.com/@robbituz?si=IJO55SSllST3yHDb

Temurbek Adhamov

17 Oct, 05:20


Dardimiz bir

Hayotimda eng yoqtirmaydigan narsam bu pul, obro’, martaba uchun do’st orttirish. Hech qachon bu kabi vajlar yuzasidan kimsa bilan do’stlashmaganman. Shunday narsalar uchun do’stlashishni istaganlarni o’zimdan doim uzoqlashtiraman.

Insonlarni o’zimga yaqin olishda menda bir oltin qoida bor, dinim uchun do’st bo’laman va unga ko’ra uzoqlashaman.

Dinim uchun deganda, insonning ruhiyati, dinini to’liq anglashi, niyati ham, amali ham so’zlariga to’g’ri kelishi, keng fikrli bo’lishi, nasihat qilsa qabul qilishi, mol-dunyosi bo’lsa o’zini yo’qotmagan bo’lishi kabi filtrlar birinchi o’rinda ishlaydi )

Do’stlarimga doim aytadigan bir gapim bor, bu “dardimiz bir” jumlasi. Aslida tag zamirida katta ma’no ifodalaydi bu so’zlar.

Yon atrofingizga dardingiz bir bo’lgan insonlarni yig’ing, ular bilan birga rivojlaning, bir-biringizga nasihat qiling, bir-biringizni yaxshilikka chaqiring, yomonlikdan qaytaring!

Ne’matlar ichida eng yaxshi ne’matlardan biri bu solih do’stdir.

Temurbek Adhamov

16 Oct, 17:01


Yutuqli oʻyinning 5 ta gʻolibi Telegram tomonidan tasodifan tanlandi va shaxsiy xabarlarda hadya havolalarini oldi.

Temurbek Adhamov

15 Oct, 16:35


Channel photo updated

Temurbek Adhamov

15 Oct, 13:58


🎬 Lola Animation'da Premyera: 3 yillik mehnat, 3 ta multfilm va to‘lib-toshgan zal

🎉 Lola Animation studiyasi 3 yillik tinimsiz mehnat natijalarini katta sahnada taqdim etdi. 12-oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda 1800 kishiga mo'ljallangan zalda o'tkazilgan premyeraga 2000 dan ortiq mehmon tashrif buyurdi.

🎢 Tadbir davomida “Baxt Ulashing”, “Lulu va Nana” hamda “Vaqtlararo Sayohat” multfilmlari katta ekranlarda namoyish etilib, tomoshabinlarning e'tiborini tortdi.

🇰🇿 Qozog‘istonning "Ara" studiyasi vakillari ham tadbirda ishtirok etib, Lola Animation’ning ijodiy ishlari va tashkil etilgan premyera haqida o'z fikrlarini bildirib o'tishdi.

Tomoshabinlar, ayniqsa ota-onalar, multfilmlarning mazmunli va tarbiyaviy jihatlariga katta ahamiyat berib, ular farzandlariga ushbu multfilmlarni ishonch bilan ko‘rsatishlarini ta’kidladilar.

Siz premyerada bo‘ldingizmi?

Tadbir haqidagi fikrlaringizni biz bilan bo‘lishing! Farzandingizga qaysi multfilm ko‘proq yoqdi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring! 👇

Temurbek Adhamov

15 Oct, 05:08


#maslahat

Ishingiz yurishgan paytda sizni ko'p maqtaydigan toifa chiqadi.

Ularni maqtoviga uchib "men kuchli bola ekanman" deb qolishingiz, 2 ta gapni so'zlarga bo'lib chiqsak, gapingiz ichida "men, men, men" yoki "menda u" kabi iboralar ko'p uchrashi mumkin.

Shuni bilingki har qanday muvaffaqiyat siz uchun sinovdir. Shunaqangi tepaliklarga chiqib, sekundda yiqilib, saqichdek ezilib qolishingiz mumkin.

Unutmang, har qanday muvaffaqiyat Yaratganning huzuridandir.

Temurbek Adhamov

11 Oct, 08:54


Charchaganimmi qara lyaaaa tiiii…. 2 yilli yuz bu 😅

Temurbek Adhamov

07 Oct, 15:47


Robbit akademiyasidan yangilik!

🤩 Robototexnika va AyTi’ga ixtisoslashgan Robbit akademiyasi yoshlarimizni robototexnikaga qiziqtirish va bu soha haqida koproq malumot berish maqsadida o’z YouTube sahifasini yuritishni boshladi.

🤖 Ko’pchilik robototexnika deyilganida faqatgina robot yasash yoki qandaydir ixtirolar yaratish bilan shug’ullanuvchi sohani tushunadi.

- Aslida robototexnika nima?
- Uning tarixi qayerga borib taqaladi?
- Robototexnikaning qanday foydalari bor?


👇 Ushbu savollarga quyidagi link orqali javob olishingiz mumkin.

▶️ Video uchun havola: https://youtu.be/4iloyR87Bf4?si=E3CmOy7tWJDu9iYP

78-777-3-777 | @robbituz

Temurbek Adhamov

30 Sep, 02:34


#paracetamol

Farosat eng oliy ne’mat ekanligi va u ilm bilan yuqmasligi, aksincha muhit orqali shakllanishi haqida ko’p aytiladi.

Aql zakovati bor inson xato ish qilayotgani aytilsa qabul qiladi va tuzatishga kirishadi. Aksincha bo’lsa, unga xato ish qilayotganini tushuntirib bo’lmaydi. Chunki, uni tushunish uchun ham zakovat kerak bo’ladi.

Temurbek Adhamov

25 Sep, 13:55


🎙 Sayqali ro'yi zamin Samarqandda AyTi haqida gaplashamiz

«Najot Ta'lim» markazi AyTi sohasiga qiziquvchi, kelajagini shu yo'nalishda qurmoqchi bo'lgan barcha Samarqand va unga qo'shni viloyat yoshlari uchun katta bepul master-klass tashkil qilmoqda.

🔥 Agar siz talaba bo'lsangiz va qo'shimcha kasb o'rganishni istasangiz, albatta ushbu tadbirda qatnashing.

Master-klassda dasturlash, dizayn va marketing ustozlari tomonidan yo'nalishlar haqida batafsil ma'lumot hamda o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olasiz.

📅 Qachon: 27-sentyabr, juma, soat 15:00
🙋 Kim uchun: Barcha uchun ochiq
🙌 Qatnashish: Bepul
📍 Qayerda: Samarqand shahar, Yoshlar markazi binosi zali

🔗 Ro'yxatdan o'tish

Zamonaviy kasblarni o'rganmoqchi bo'lgan samarqandlik do'stlaringizga ham xabarni yuborib qo'ying!

Temurbek Adhamov

25 Sep, 10:28


Temurbek Adhamovga shaxsiy assistent bo'lish imkoniyati

🎯 Siz «Najot Ta'lim» asoschisi va rahbari Temurbek Adhamovga shaxsiy assistent bo'lishingiz mumkin. Ish jarayonlarni ichkaridan kuzatishni istagan, ta'lim tizimi rivoji uchun o'z hissasini qo'shmoqchi bo'lgan yoshlarni ushbu lavozimga taklif qilamiz.

Buning uchun siz:

- o'sishga intiluvchan;
- tahliliy va tanqidiy fikrlay oladigan;
- kompyuterdan yaxshi foydalana oluvchi;
- ingliz tilida erkin muloqot qila oladigan;
- 18-25 yosh orasida bo'lishingiz kerak.

Sinov muddati bir oyni tashkil etadi.

Shaxsiy assistent lavozimi uchun quyidagi havola orqali ariza topshirishingiz mumkin.

👉 Ariza yuborish