TDTUOF_sirtqi

@tdtuofsirtqi


SIRTQI TA'LIM yangilik va e'lonlari

TDTUOF_sirtqi

25 Sep, 10:03


🖥 HEMIS axborot tizimi yangi dizaynda!

HEMIS axborot tizimining yangi talqini my.hemis.uz ishlab chiqildi.

Yangi talqinda:
▫️ Kun va tun rejimi
▫️ Vidjetlarni sozlash
▫️ Elektron kutubxona
▫️ GPA ko'rsatkichi
▫️ Qulay dars jadvali kabi yangi imkoniyatlar mavjud

TDTUOF_sirtqi

17 Sep, 04:29


TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

✔️Kredit miqdori: 1-kurslar uchun bir yillik kontrakti miqdorigacha ajratiladi.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno).

✔️Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga.

✔️Foizi: 🧑🏻‍🎓yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 13,5% — 2024-yil 10-sentyabr holatiga);
👩‍🎓qizlar uchun - foizsiz (0%);

✔️Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).

✔️Kimlarga beriladi:

faqat kunduzgi taʼlim shakliga
bakalavr (shu jumladan ikkinchi mutaxassislik) yoki magistrga
to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan
yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi.

✔️Quyidagilarga berilmaydi:

super-kontrakt uchun;
sirtqi;
kechki;
masofaviy;
maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi.

✔️Qaysi OTMlar uchun: taʼlim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy

oliy;
o‘rta maxsus;
professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari
yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi.

Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi.

HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi.

✔️Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shartmas).

✔️Fuqarolik: taʼlim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin.

✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) ariza;
b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt);
d) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
e) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa);
f) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar.

✔️Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi.

✔️Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli.

✔️Arizani qachon va qanday berish kerak: ta'lim krediti olish uchun arizani bugunning o'zida bersangiz ham bo'laveradi. Buning uchun albatta bankka borishingiz ham shart emas, quyidagi 2 usul orqali onlayn ariza yuborish ham mumkin:

1) https://talim-krediti.mf.uz sayti;
2) Yagona portal orqali (https://my.gov.uz/oz/service/677).

Bankka borish ma'qul bo'lsa, unda bu variantni ham ko'rishingiz mumkin.


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF_sirtqi

14 Sep, 08:55


#bilasizmi?

⚡️O'qishni ko'chirish imtihonidan o'tgan talaba oliygohga qanday hujjatlar taqdim etishi kerak?

O'qishni ko'chirish imtihonlaridan muvaffaqqiyatli o'tganlar talabalarga oliygoh tomonidan aloqa xati beriladi va aynan shu hujjatda qanday hujjatlar olib kelinishi lozimligi ko'rsatilgan bo'ladi, jumladan:

👉 Diplom yoki attest asl nusxasi;
👉 Transkripti yoki reyting daftarchasi asl nusxasi;
👉 Akademik ma'lumotnoma;
👉 1-kursga qabul qilinganlik bo'yicha buyruqdan ko'chirma;
👉 Kursdan-kursga o'tganligi to'g'risida buyruqdan ko'chirma;
👉 Talabalar safidan chetlashtirilganligi to'g'risida buyruqdan ko'chirma;
👉 Oliygoh akreditatsiya (sertifikat yoki litsenziya) hujjatlari


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF_sirtqi

12 Sep, 13:39


#kontrakt_shartnoma

Barcha talabalar diqqatiga (1-kurslar ham)❗️

⚡️To‘lov shartnomasini olish uchun onlayn ariza yuborishingiz mumkin.


🖥 Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!

Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.

Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.

Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.

Ilovani yuklab olish:👇
📲 iOS uchun 📲 Android uchun

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF_sirtqi

10 Sep, 13:04


#eslatma

“Call-center” bilan bog‘lanish
Batafsil:👇
https://t.me/TDTUOFUZ/17938

OTM qabul komissiyasiga topshiriladigan hujjatlar
Batafsil:👇
https://t.me/TDTUOFUZ/17963

“Super” kontrakt uchun arizalarni onlayn qabul qilish va shartnomalarni berish boshlandi
Batafsil:👇
https://t.me/TDTUOFUZ/17992

Sirtqi ta'lim talabalaru uchun qachondan dars boshlanadi?

Batafsil:👇
https://t.me/TDTUOFUZ/18084

Kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddatlari
Batafsil:👇
https://t.me/TDTUOFUZ/18069

TDTU Olmaliq filiali fakultetlari lokatsiyasi
Batafsil:👇
https://t.me/TDTUOFUZ/18083

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF_sirtqi

10 Sep, 13:04


📌 Talabalar uchun taʼlim kreditiga onlayn ariza yuborish boshlandi!

🖥 Buning uchun talim-krediti.mf.uz portaliga OneID orqali kiring va ariza yuboring!

📹 “ONE ID” tizimidan roʻyxatdan oʻtish uchun ushbu videoyoʻriqnomani koʻrishni tavsiya qilamiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF_sirtqi

06 Sep, 05:13


Oshpazlarni ishga olamiz.
Energetika va mashinasozlik fakulteti binosidagi zamonaviy jihozlangan talabalar umumiy ovqatlanish joyiga malakali oshpaz ishga qabul qilamiz. Murojaat uchun telefon: +99893-608-09-10

TDTUOF_sirtqi

05 Sep, 06:55


https://tdtuof.uz/abituriyentlar-diqqatiga/

TDTUOF_sirtqi

25 Aug, 03:59


TDTUOF sirtqi 5-kurs talabalari chaqiruv qog'ozini Hemis platformasining Talaba hujjati bo‘limidan yuklab olishlari mumkin

TDTUOF_sirtqi

25 Aug, 03:21


✔️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra 2024/2025-o‘quv yili:

oliy ta’lim muassasalarida – 9-sentyabr;
akademik litseylarda – 4-sentyabr;
kasb-hunar maktablarida – 4-sentyabr;
kollej va texnikumlarning 2- va undan yuqori kurslari uchun – 4-sentyabr kunidan boshlanishi belgilandi.

TDTUOF_sirtqi

14 Aug, 05:05


#paroltiklash
#transkript
Talaba parol tiklash va transkript olish haqida ushbu videoda batafsil bilib oling.

🌐hemis.uz

📢HEMIS axborot tizimi telegram kanali

💬HEMIS axborot tizimining telegramdagi guruhi

TDTUOF_sirtqi

05 Aug, 10:51


Bundan buyon O‘zbekistonda bayram kalendar dam olish kuniga (shanba yoki yakshanba) to‘g‘ri kelsa, keyingi ish kuni (dushanba) ham rasman dam olish kuni hisoblanadi.

Aytaylik, agar 8 mart yakshanba kuniga to‘g‘ri kelsa, u holda rasmiy bayramlar 8 va 9 mart kunlari bo‘ladi. Mazkur o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga kiritildi.

TDTUOF_sirtqi

05 Aug, 10:44


DIQQAT E'LON
Sirtqi ta'lim kuzgi semestr grafigi
Sirtqi ta’lim shaklining 5-bosqich talabalari uchun kuzgi semester dars mashg‘ulotlari 2024-yil 9-sentabrdan 5-oktabrga qadar davom etadi.
Sirtqi ta’lim shaklining 4-bosqich talabalari uchun kuzgi semester dars mashg‘ulotlari 2024-yil 23-sentabrdan 19-oktabrga qadar davom etadi.
Sirtqi ta’lim shaklining 3-bosqich talabalari uchun kuzgi semester dars mashg‘ulotlari 2024-yil 21-oktabrdan 16-noyabrga qadar davom etadi.
Sirtqi ta’lim shaklining 2-bosqich talabalari uchun kuzgi semester dars mashg‘ulotlari 2024-yil 25-noyabrdan 21-dekabrga qadar davom etadi.
Sirtqi ta’lim shaklining 1-bosqich talabalari uchun kredit ta’lim tiziniga kirish va metodik dars mashg‘ulotlari 2024-yil 18-noyabrdan 30-noyabrga qadar davom etadi.
Qo‘shimcha dars mashg’ulotlarining boshlanish vaqti va dars jadvallari kabi ma’lumotlar xar bir kurs bo‘yicha tashkil qilingan telegram guruhlari va Hemis platformasiga joylanadi.

TDTUOF_sirtqi

23 Jul, 16:17


TDTU Olmaliq filiali 2024-yil bitiruvchilari
Diplomning elektron variantini tekshiring.
Ism-familya va boshqa ma'lumotlarda xatolik aniqlasangiz dekanatga murojaat qiling

TDTUOF_sirtqi

22 Jul, 06:38


👉 Qanday qilib diplomni onlayn yuklab olish mumkin?👈

Xizmatdan foydalanish uchun quyidagi harakatlarni bajarish zarur:

• diplom.edu.uz veb-saytiga kirish. Ekranda paydo bo‘lgan sahifaning “JSHSHIR” qismida pasportdagi tegishli ma’lumotni kiritish va “Tekshirish” tugmachasini bosish.

• Keyingi sahifada bitiruvchining shaxsiy ma’lumotlari aks etgan. “Diplom raqami” qismida ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, “Diplom nusxasini ko‘chirib olish” tugmachasi bosiladi.

• “Diplom raqami” qismida ma’lumotlar aks etmasa, bitiruvchi tamomlagan oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishi kerak.

TDTUOF_sirtqi

20 Jul, 17:49


Diplomni elektron shaklda quyidagi saytdan olishingiz mumkin
https://diplom.edu.uz