TATU Litsey (Rasmiy kanali)

@tatu_akademik_litseyi


🏛 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti akademik litsey rasmiy kanali

☎️ Biz bilan bog'lanish uchun :
(71) 235-03-69
@direktorga_murojat_bot

💻 Veb-sayt: tatual.uz

TATU Litsey (Rasmiy kanali)

21 Oct, 05:39


2024- yil 18- 19- oktabr kunlari "Besh tashabbus olimpiadasi"ning Voleybol sport turi bo'yicha shahar bosqichi bo'lib o'tdi. Musobaqada akademik litsey va texnikumlar o'rtasida jami 35 ta komanda ishtirok etdi.
Muhammad al- Xorazmiy nomidagi TATU
akademik litsey jamoasi 4- o'rinni egalladi.
👏👏

TATU Litsey (Rasmiy kanali)

18 Oct, 10:24


2024-yil 18-oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyida O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to'lishi munosabati bilan "Qadring baland, ona tilim" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda  "Jadid" gazetasi adabiy muharriri Muhayyo Pirnafasova hamda  aktyor, boshlovchi, notiq Akmal Abdulazizovlar  aziz mehmonimiz sifatida ishtirok etishdi. Ona tilining beqiyosligi,, qadri, jozibadorligi  mehmonlarimiz she'rlarida, nutqlarida  jarang  sochdi. Ona tilimizga bo'lgan hurmatni yanada kuchaytirish kerakligi haqida yoshlarga maslahatlar berildi. Tadbir ijodiy chiqishlar, fikrlar bilan boyitildi.

TATU Litsey (Rasmiy kanali)

14 Oct, 05:45


🖐Toshkent shahar Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar boshqarmasi, Toshkent shahar sport boshqarmasi hamkorligida Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyda yoshlarni ommaviy ravishda sportga jalb qilish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida akademik litsey va professional ta’lim muassasalarining o‘quvchi yoshlari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stol tennis sport turi bo‘yicha hududiy shahar bosqichi tashkil etildi.

Musobaqa natijalariga ko'ra:
Yigitlar o’rtasida;
🥇 o'rin Mamaxodjayev Timur Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti akademik litsey o'quvchisi;
🥈o'rin Turaqulov Raxmiddin Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litsey o'quvchisi;
🥉o'rin Bekov Zohid Toshkent transport universiteti akademik litsey o'quvchisi.

Qizlar o'rtasida;
🥇 o'rin Levina Yeva O'zbekiston davlat Jahon tillari universiteti akademik litsey o'quvchisi;
🥈o'rin Mo'minova Shoxsanam Toshkent tibbiyot instituti akademik litsey o'quvchisi;
🥉 o'rin Qurboboyeva Iroda Toshkent transport texnikum o'quvchisi.

✅️Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati

Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 
🕊Telegram |📱Instagram |🕊Twitter |📱 Facebook