Siddiqa Hasan

@siddiiqa


📬 Muharrir, musahhih, kopirayter, ssenarist va havaskor suratkash hamda yozuvchi qizning oddiygina sahifasi.

Hayotim kitoblar, matnlar, anglashlar va muhabbatdan iborat🪭

Manba bilan oling! Suratlar va matnlar muallifi oʻzim.

Siddiqa Hasan

22 Oct, 13:30


Bugun anchadan beri xohlayotgan (kecha sanaganim) narsalarimning bir nechtasini bajarishga muvaffaq qildim. Buning uchun 2 soat uyqumdan kechishga majbur boʻldim, xolos.

Ertaga ham bir necha soat uyqumdan kechib qolgan yana bir nechtasini amalga oshirmoqchiman.

Haa, istaganga imkon toʻla, istamaganga bahona)))

Siddiqa Hasan

22 Oct, 12:33


Kuzda menga oʻxshab siqilishni yaxshi koʻradiganlar uchun)))

Eshitib, xayol surishga yaxshi ketarkan. 🪐

Ayniqsa, bulutli osmon hamrohligida, mashinaning old oʻrindigʻida boʻlsangiz-u, uzoqlarga termulib ketsangiz)

Siddiqa Hasan

21 Oct, 18:45


Oxirgi vaqtlar judayam xohlayotgan, ammo hecham qilolmayotgan ishlarim:

— kuzgi Toshkentda soatlab sayohat qilish.
— yolgʻiz biror kafeda kofe yoki issiq shokolad ichgancha dars tayyorlash.
— sportga qaytish.
— muntazam koʻzoynak taqishga oʻtish (koʻzim ogʻrib ketyapti, ammo koʻzoynakka yana oʻrganolmayapman).
— soatlab oʻzim sevgan kitobni oʻqish.
— biror koreys seriali koʻrish…
— yomgʻir ostida biror kafeda xayol surish.
— biror davlatga sayohat. 😭
— sevimli musiqamni eshitish.
— muntazam kundalik yozishga oʻtish.
— biror yangi ish bilan shugʻullanish.

Baxtli boʻlishimga shular yetarli edi. 🥲

Siddiqa Hasan

21 Oct, 18:39


Ortiq soʻzlar ta’sirlantirmay qoʻydi. Amalingiz bilan lol qiling.

Siddiqa Hasan

21 Oct, 13:33


Bugun estetikalar 🩶

Siddiqa Hasan

21 Oct, 10:47



Siddiqa Hasan

21 Oct, 04:12


Ona tilimga xat

Onaning farzandi uni ilk marta chaqirganidagi quvonchni tasvirlab bo‘lmasa kerak. Men ham volidamni ilk marta sen orqali xursand qilganman. Jonim og‘risa ham, qalbim sururga to‘lsa ham faqat sen tufayli uni onamga bildira olganman. Unga bo‘lgan mehr-muhabbatimni sen orqali ifodalaganman. Maktabda ustozlarimdan eshitgan maqtovlarim, alqovlarimga ham sen sababchisan. Barcha muvaffaqiyatim sendan unumli foydalanganim, mag‘lubiyatim esa seni to‘g‘ri ishlata olmaganimdandir.

Sen tufayli insonlarni sevdim, ularga sevikli bo‘ldim. Sen tufayli yaxshi-yomonni ajratdim. Sen tufayli bu dunyoning go‘zal tomonlarini ilg‘ay oldim. Ha, seni qanchalik sevsam shunchalik sevildim. Sendan uzoqlashgan onim o‘z qadrimni yo‘qotdim. Sen tufayli do‘stlar orttirdim, sen tufayli ilm o‘rgandim va sen tufayli sevimli kasbimga ega bo‘ldim.

Ha, hammasi sen tufayli, Ona tilim. Sen bo‘lmaganingda hozir kimlarningdir etaklaridan tutib, boshim egib, faqat ular ko‘rsatgan yo‘ldangina yurishga majbur bo‘lar edim. Ammo sen menga boshimni tik tutish, mustaqil, hur inson bo‘lish, o‘z yo‘limga, qiymatimga ega bo‘lish imkonini berding.

Sen biz, o‘zbek farzandlaring uchun qo‘lingdan kelgan hammasini qilding. Biz esa farzandlaring o‘laroq sening haqqingga rioya eta olmadik. Sen tufayli xalq sifatida shakllanib, so‘ng sendan uyala boshladik, seni berkita boshladik, "omiligimizni" bildirmaslik uchun senga yot unsurlarni aralashtirib yubordik. Bizni maqtashlari, ko‘kka ko‘tarishlari uchun sendan kechishga majbur bo‘ldik. Ammo bilmadikki, sendan kechganimiz hamono o‘zimiz ham jar yoqasiga kelib qoldik. Sendan qancha uzoqlashsak, o‘zimizdan ikki barobar ko‘proq uzoqlashdik. Sendan kechib topmoqchi bo‘lgan qadrimizni sharmandalarcha yo‘qotdik. Biz senga zulm qildik... Bizni kechir, Oʻzbek tilim...

Ona tilim, sen ayoldeksan. Faqat bayramida qadr topadigan, ayyomda eslanadigan. Tilim, sen olimdeksan, o‘z yurtidan quviladigan, zulm qilib, so‘ngra afsus bilan eslanadigan. Sen yetimdeksan qarovsiz, himoyasiz. Sen o‘gaydeksan kun berilmaydigan, ajratib qo‘yiladigan...

Biz senga munosib voris boʻla olmadik. Hazrat Navoiy-u Boburning ishonchini oqlay olmadik, soʻzlarini quloqqa ilmadik. Natija esa bugun barchaga ayon…

Bayraming qutlugʻ boʻlsin!

Siddiqa Hasan

@Siddiiqa

Siddiqa Hasan

20 Oct, 13:56


Dars jarayonidagi estetika 🍂
____
Millionta marta aytgan boʻlsam ham yana aytay. Planshet markasi: Xiomi Pad 6. Olcha.uz dan olganman.

Choy idishni chinni sotadigan doʻkondan olganman.

Dars stolchani uzumdan. Dars stol deb yozsangiz chiqadi.

Klaviatura va sichqonchani xitoydan olib keltirganman.

Shokoladlar Rossiyadan kelgan.

Kitobni kitob doʻkonlardan olganman.

Lampa oʻrikzordan

Stikeram xitoydan

Telefonim iphone 11 pro

Kitob nomi “Mabda ul qiroat”