Sertifikat Tarix va Huquq

@sertifikatlitarix


Tarix va Huquq fanidan oliy taʼlimga kirishda koʼmakchi .

Sertifikat Tarix va Huquq

17 Oct, 11:55


https://youtube.com/shorts/kqO_8uCKPBE?si=q9nHG6n0H25PTv9q

Sertifikat Tarix va Huquq

15 Oct, 10:27


https://youtube.com/shorts/gZ6fRgomlgE?si=dQsvLqDUWeqKjQDR

Sertifikat Tarix va Huquq

30 Sep, 10:01


Shoir Bobur Elmurodning “Tajohilul orif” degan ustozlar haqidagi sheʼri bor. Bu sheʼrdagi kabi fidoyi, jonkuyar ustozlar Oʻzbekistonda koʻp. Sheʼr mualliffa o'qitilib, unga sunʼiy intellekt yordamida video ishlangan, koʻring, juda taʼsirli chiqibdi. Yakundagi mana bu savol esa barchamizni oʻylantirishi kerak.

Sheʼr bitdi. Men hamon qidirib taskin,
Olis maktabimga yoʻl olaman jim.
Bilmayman, bu yurtda ustoz sharafin
Bilib, bilmaslikka olayotgan kim?


@pozitsiya

Sertifikat Tarix va Huquq

29 Sep, 12:00


Mashhur qadimgi yunon notig‘i Demosfenning dastlab ovozi past,
talaffuzi yomon, nafasi qisqa bo‘lganligidan chiroyli va ta’sirli nutq ayta
olmagan. Keyinroq Demosfen nutq texnikasi asoslarini egallashga juda
jiddiy kirishgan. U bir yerto‘la qazib, shu yerto‘lada ovozini rivojlantirish, diksiya, deklamatsiya bo‘yicha oylab mashqlar qiladi. Talaffuzidagi nuqsonlar, «r» tovushini aytolmaslik, ba’zi tovushlarni noaniq aytish
kabilarni bartaraf etish maqsadida og‘ziga mayda toshlarni solib, she’rlar,
turli matnlarni o‘qish bilan shug‘ullanadi. Ovozini rivojlantirish, ovoz
apparatlarini chiniqtirish uchun esa tepaliklarga yugurib chiqib, yugurib
tushib, nafasini ushlab turgan holda she’rlarni deklamatsiya qiladi. Demosfen gapirayotganda, bir yelkasini hadeb ko‘taraverish odatidan qutulish
uchun yerto‘lasining shiftiga uchi o‘tkir xanjarni osib qo‘yib, yelkasini
xanjarning ayni uchiga to‘g‘rilab turib, mashqlarini davom ettiradi. Ana
shunday mashaqqatli va muntazam mashqlar tufayli Demosfen notiqlikning
yuksak cho‘qqisini zabt etgan.
@sertifikatlitarix

Sertifikat Tarix va Huquq

26 Sep, 10:57


@sertifikatlitarix

Sertifikat Tarix va Huquq

25 Sep, 13:06


⚡️ Sertifikatlar uchun 50 foiz ustama soatbay yoki o'rindosh ishchilarga ham to'lanadi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil “28”-iyuldagi 25 q/q- va 4 x/x-son qaroriga ko'ra,

Barcha sertifikatlar oʻzi dars beradigan fani boʻyicha tegishli darajadagi sertifikatga ega umumtaʼlim maktablarda faoliyat yuritayotgan (shu jumladan, soatbay va oʻrindosh) pedagog xodimlarga (shu jumladan, maktab direktori va direktor oʻrinbosarlariga ham) har oylik qoʻshimcha ustama toʻlash nazarga tutilgan.

Bundan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, o‘rindosh bo‘lsa ham soatbay bo‘lsa ham, barchasiga sertifikat uchun oyligiga nisbatan 50 foiz ustama olishi huquqiga ega.

👉 @sertifikatlitarix

Sertifikat Tarix va Huquq

24 Sep, 07:45


Huquqshunoslik fanidan milliy sertifkat imtihonlari tizimini dekabr oyida joriy etish bo'yicha topshiriq belgilangan.

Sertifikat Tarix va Huquq

21 Sep, 16:39


https://youtube.com/shorts/4JL6Bh8Jp-Q?si=9odr9pHND-qQ-G4-

Sertifikat Tarix va Huquq

21 Sep, 14:28


Milodiy 69—79-yillarda hukmronlik qilgan Rim imperatori Vespasian koʻplab noodatiy soliqlarni joriy etib, imperiyani vayron boʻlishdan saqlab qoldi. Ulardan biri latrunlar - jamoat hojatxonalari uchun soliq edi. Senatorlarning tanbehlariga javoban Vespasian ularni ushbu soliqdan olingan pulni hidlashga taklif qildi. Pecunia non olet - "pul hid taratmaydi" degan mashhur ibora shunday paydo bo'ldi.

Sertifikat Tarix va Huquq

20 Sep, 11:40


❗️Abituriyentlar uchun muhim: milliy sertifikatlar tizimida nima o‘zgarishlar bo‘ldi?
#abituriyent

JAVOB: Aslida aytarli katta o‘zgarish bo‘lmadi, asosiy o‘zgarish bu test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi. Prezident maktablari imtihoni ham aynan shu metodikaga asoslangan va mana bu postda bu haqida qisqa ma'lumot bergan edim.

Ko‘pchilik kanallar "Endi milliy sertifikatdan 65 ball olsa ham abituriyentga testda maksimal ball beriladi" deb yozishdi. Umuman olganda bu to‘g‘ri xabar, ammo biroz masala mohiyati ochib berilmagan.

Hozirgacha amalda bo‘lgan milliy sertifikat imtihonlarida 100 ballik baholash tizimida 86 balldan oshirganlarga testda o‘sha fandan maksimal ball, 60-86 ball to‘plaganlarga esa, olgan baliga mos ravishda tabaqalashtirilgan (proporsional) ball berilar edi.

Hozir ham xuddi shunaqa bo‘ladi. Faqat endilikda maksimal ball 100 emas, balki 75 ball bo‘ladi. Ko‘pchilik avvalgidek 100 balldan 65 olsam maksimal ball olarkanman, deb o‘ylab adashmoqda. Yo‘q, endi 75 balldan 65 olish kerak. 65 ball bu 75 ning 86 foizi bo‘ladi. Demak, oldingidan hech narsa o‘zgarmagan.

Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi. Unga ko‘ra:

70 balldan yuqori — A+;
65 - 69,9 ball — A;
60 - 64,9 ball — B+;
55 - 59,9 ball — B;
50 - 54,9 ball — C+;
46 - 49,9 ball — C.

Har 5 ball yangi daraja.

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentga OTM bakalavriatiga test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi;

B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentga mos ravishda maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga esa avval bo‘lganidek tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

Bor gap shu. Vahima qiladigan yoki ortiqcha xursand bo‘ladigan joyi yo‘q, shunchaki baholash metodikasi o‘zgaryapti xolos.


👉 @sertifikatlitarix👈

Sertifikat Tarix va Huquq

20 Sep, 05:15


#qisqacha_qoidalar

🔖 TARIXdan MILLIY SERTIFIKAT

1. Savollar soni: 45 ta
2. Ajratilgan vaqt : 90 daqiqa
3. To'lanadigan summa: 450.000
4. Imtihon kuni:
5. óyxatdan ótishning va tólov qilishning oxirgi sanasi

6. Savollar noyabrda tasdiqlangan darslik kitoblar asosida tuziladi.

7. Imtihonga sababsiz kelolmasangiz 50% pul qaytarib beriladi.

8. Kelolmay qolgan taqdirda 5 kun ichida ogohlantirsangiz pul tóliq qaytariladi.

9. Tarixdan test topshirmoqchi bólganlarga alohida test, geografiyadan alohida test beriladi.

10. 86%+ tóplasangiz OTM mazkur blok test bóyicha maksimal ball beriladi óqituvchi uchun 20% ustama beriladi.

11. 60%+ dan 86%gacha tóplagan abituriyentga blok testi boʻyicha ball proporsional tarzda hisoblanadi.Ya'ni  test topshirasigan  abituriyentning 1-blok fani tarix bólsa milliy sertifikat testidan 75% ball tóplasa , mazkur abituriyentga 93 ballning 75%i beriladi.

12. 60%+ tóplagan abituriyentga mazkur fan majburiy fanlar tarkibida bólsa (matematika,ona tili, ózb.tarix) ósha majburiy fandan maksimal ball beriladi. (Maksimal :11ball)


👉@sertifikatlitarix

Sertifikat Tarix va Huquq

19 Sep, 03:26


SHINAK NIMA, SHIQOVUL-CHI? Oʻzbekcha harbiy atamalar haqida – muhim24
https://muhim24.uz/1224/

Sertifikat Tarix va Huquq

15 Sep, 09:28


Andijon viloyatida o'tkazilgan Vodiy kubogi sohibi Re-Union (Farg'ona) jamoasi.

@Andijon_ZakovatNNT

Sertifikat Tarix va Huquq

13 Sep, 15:51


🔺Test topshiriqlari shakllantiriladigan manbalar:

Milliy Sertifikat uchun:
— 6-7-sinflar -2017-2022-yilgi nashr
— 8-9-sinflar - 2019-yilgi nashr
— 10-sinflar - 2017-2022-yilgi nashr
— 11-sinflar - 2018-yilgi nashr
— Qamariddin Usmonov va Moyli Lafasov hamda qoʻshimcha adabiyotlar

OTMga kirish imtihonlari uchun:
— 6-7-sinflar -  2017-yilgi nashr
— 8-9-sinflar - 2019-yilgi nashr
— 10-sinflar - 2017-2022-yilgi nashr
— 11-sinflar - 2018-yilgi nashr

Attestatsiya imtihonlari uchun:
— 6-7-2017-2022-yilgi nashr
— 8-9-sinflar - 2019-yilgi nashr
— 10-sinflar - 2017-2022-yilgi nashr
— 11-sinflar - 2018-yilgi nashr

❗️ Xulosam shuki, attestatsiya sinovlarida 6-7-sinflar yangi nashrdan savollar ham qoʻllaniladi! Eski nashrdan ham tushish ehtimoli yoʻq emas! Maslahatim, yangi nashrlarni koʻrib qoʻying, sababi eski nashrlar 5 yildan beri koʻzingiz oʻrgangan!

• 2023-yilgi olimpiada savolari 6-7-sinf yangi nashrlardan tushgan.
Demakki, joriy yilda ham shunday boʻladi!

❗️ Testologiya qonuniyatlariga koʻra, aslida savollar ma'lum bir manbadan tushadi deb aytilmaydi.


(c) @sertifikatlitarix

Sertifikat Tarix va Huquq

09 Sep, 11:16


⚡️Umumta'lim fanlaridan 2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari

Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

📍 𝗕𝗶𝘇𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗧𝗲𝗹𝗲𝗴𝗿𝗮𝗺 𝗸𝗮𝗻𝗮𝗹:
👉 @sertifikatlitarix

Sertifikat Tarix va Huquq

08 Sep, 10:39


Zakovatning shaxsiy o'yini...

Sertifikat Tarix va Huquq

06 Sep, 05:20


O'rta asrlar davriga xos tanga.

Sertifikat Tarix va Huquq

05 Sep, 05:01


Munosib g'oliblar taqdirlandi !

Farg'ona zakovat klubida Professional liga Yozgi mavsum o'yinlari yakuniga yetdi. Jami 10 ta tur davom etgan mazkur ligada ushbu  jamoalar yuqori uchlikni egallagan holda quyidagi pul mukofotlarini qo'lga kiritishdi.

🥇 Oltiariq jamoasi - 9 million so'm
🥈 Reunion jamoasi - 7 million so'm
🥉 Alfraganuz jamoasi - 5 million so'm

Jamoalarga Kuzgi mavsumda ham omad tilaymiz.

@Fargona_ZakovatNNT