Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

@samdchti_shtf


𝐒𝐡𝐚𝐫𝐪 𝐭𝐢𝐥𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐟𝐚𝐤𝐮𝐥𝐭𝐞𝐭𝐢𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐫𝐚𝐬𝐦𝐢𝐲 𝐬𝐚𝐡𝐢𝐟𝐚𝐥𝐚𝐫𝐢
👉🏻https://www.facebook.com/profile.php?id=100074683772675
👉🏻https://www.instagram.com/sharq_tillari_fakulteti

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

22 Oct, 17:23


#Diqqat⚡️

Shaxmat va shashkaga qiziqadigan talabalar uchun ajoyib imkoniyat

Haftaning har chorshanba kuni tashkil etiladigan Shaxmat to'garagiga qatnashishni istagan talabalarni 25-auditoriya(SHTF) xonasida kutib qolamiz.
Murojaat uchun tel:+998933504742

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

22 Oct, 07:11


#Grant
#Koreya

Koreys tili taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan 2-va 3-kurs talabalari diqqatiga !!!
Koreya Respublikasining Jeju milliy universiteti bahorgi semestr uchun 2 ta grant e'lon qiladi.
👉 Oʻqish davomiyligi 1 yil.
👉Grand uchun tanlov 2 bosqichda amalga oshiriladi:
➡️1-bosqich til bilish darajasi bo'yicha test,
➡️2- bosqich suhbat
👆 Tanlovda qatnashish mumkin: TOPIK 4 급 va undan yuqori darajaga ega talabalar.

Tanlovda qatnashish istagida bo'lganlar Koreys filologiyasi kafedrasiga borib ro'yhatdan o'tishi lozim.

Imtihon kuni:
1-bosqich 24.10.2024 (payshanba) 13:30
2-bosqich 26.10.2024 (shanba) 13:30

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

21 Oct, 18:20


#koordinatorlar_faoliyati
#til_bayrami

SamDChTI Sharq tillar fakulteti koordinatorlari tashabbusi bilan 21-oktyabr "Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabatiga 3-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabar bilan birgalikda "Til - millatning ruhi" nomi ostida kichik tadbir o’tkazildi.

Ijtimoiy sahifalarimiz⬇️
Telegram | Instagram | Facebook

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

21 Oct, 14:28


#Bayram_tabrigi

Assalomu alaykum, qadrli ustozlar, aziz hamkasblar, hurmatli talabalar!
Barchangizni 21-oktabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi ayyomi bilan tabriklayman.

Qadimiy boy tarixga ega bo’lgan goʻzal va betakror ona tilimiz ota-bobolarimizning oʻz tiliga boʻlgan mehr-u muhabbati, e’tibori va ijodkorligi bilan asrlar davomida sayqallanib, chiroy ochib, goʻzal ibora va tashbehlar, hikmatli soʻz va naqllar bilan boyidi. Quvonarlisi, ona tilimiz bizgacha ana shu javohir-u goʻzalliklari bilan yetib keldi.

Bugun bizning vazifamiz ajdodlarimiz mehri va ijodkorligi bilan dunyoga tengsiz boʻlgan ona tilimizning umriga umr, boyligiga boylik, goʻzalligiga go’zallik qo’shishdan iboratdir. Mana shu ezgu maqsad yoʻlida olib borayotgan ishlaringiz maqtovga arzirli, e’tirofga sazovor, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Qadrli hamkasblar!

Buyuk ajdodlarimiz oʻz ona tilini sevish, uni qadrlash bilan birga, boshqa tillarni ham oʻrganishi natijasida ilm-fan olamida buyuk kashfiyotlar qilishgan. Har ikkala Uygʻonish davriga asos solishgan. Bugun bizdan davr talab qiladigani – yoshlarimizni ana shu ajdodlarimizga izdosh qilib tarbiyalash, ularning ishlariga davomchilarni yetishtirish, qalbida ona tiliga mehri ummon bo‘lgan avlodni kamolga yetkazishdir.

Hurmatli jamoadoshlar!

Barchangizni ona tilimizning bugungi ayyomi bilan qutlayman. Oʻzligimizning asosi boʻlgan ona tilimizning umri boqiy bo’lsin! Barchangizga sihat-salomatlik buyuk va ezgu maqsad yo’lidagi ilmiy-pedagogik faoliyatingizga omad, xonadoningizga totuvlik tilayman.

Hurmat bilan B.Xoliqov,
Samarqand davlat chet tillar instituti rektori

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

20 Oct, 16:20


#zakovat

Samarqand davlat chet tillar institutida 21-oktabr "Oʻzbek tili kuni" munosabati bilan "Zakovat" intellektual oʻyini oʻtkaziladi.

Oʻyin 21-oktabr, soat 17:00da Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti Zakovat zali(5-qavat)da boʻlib oʻtadi

Oʻyinda 6 kishidan iborat boʻlgan xohlagan jamoalar ishtirok etishi mumkin. Ishtirok etish uchun jamoalar roʻyxatdan oʻtishlari talab etiladi.

Roʻyxatdan oʻtish uchun:
@Usmonjon2803
@Zamirovna06 ga murojaat qilishingiz kerak boʻladi.

Jamoalardan oʻyinga o’z vaqtida kelishlari soʻraladi!

Ijtimoiy sahifalarimiz⬇️
Telegram | Instagram | Facebook

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

19 Oct, 07:00


#Diqqat_muhim

TALABALAR KONFERENSIYASI BO'LIB O'TADI

Samarqand davlat chet tillar institutida 2024-yilning 18-noyabr kuni "Yangi O'zbekistonda ilm-fan taraqqiyoti yosh olimlar nigohida" mavzusida ilmiy-amaliy talabalar konferensiyasi o'tkaziladi!

Barcha maqolalar Google scholar tizimida indekslanadi.

Konferensiya to'plamiga maqolalar berish BEPUL. Konferensiyada faqatgina SamDCHTI talaba va magistrantlari qatnashishlari mumkin!

Konferensiyada eng yaxshi maqolalar bilan ishtirok etgan talabalar pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar!

Maqolalar o'zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Axborot xatida keltirilgan talablarga javob bermaydigan maqolalar QABUL QILINMAYDI.

MAQOLALARNI QABUL QILISH MUDDATI 2024-YILNING 12-NOYABR KUNIGACHA DAVOM ETADI.

❗️Murojaat uchun:
@Samdchti_conference

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

19 Oct, 06:36


#Diqqat

TALABALARNI TURK TILI KURSIGA TAKLIF ETAMIZ             
                                                                                          

Turk tilini o‘rganishga qiziqishi yuqori bo’lgan talabalar uchun ajoyib imkoniyat.

"Yaqin sharq tillari" kafedrasining yuqori bilim va 14 yillik tajribaga ega bo'lgan ikki karra nomzodlik ishini yoqlagan turkiyalik o'qituvchi Bayram Bilir tomonidan "Türkçe kursu" kursi tashkil etildi.

O‘quv kursning asosiy maqsadi turk tili bo'yicha Xalqaro TYS va CEFR (Milliy sertifikat) imtihonlariga sizni tayyorlashdir.

Haftaning dushanba, seshanba, chorshanba va payshanba  kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha, Sharq tillari fakulteti joylashgan yangi binoning 8-xonasida bo'lib o'tadi.

Institutning barcha ta'lim yo'nalishlarida tahsil oluvchi talabalar kurs mashg’ulotlarida ishtirok etishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon:
+998912096765

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

19 Oct, 04:57


#Saylov_2024
#SamDCHTI_30_yoshda

Samarqand davlat chet tillari instituti barchani saylovda faol ishtirok etishga chorlaydi!

Sizning ovozingiz — bizning umumiy kelajagimizdir!

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

18 Oct, 17:16


#Davra_suhbati

Sharq tillari fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan 3-son talabalar turar joyida 18-oktabr Samarqand kuni munosabati bilan "Shaxrimiz – faxrimiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida talabalarga qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahri tarixi haqida qiziqarli ma'lumotlar berib o'tildi. Suhbat davomida talabalar o'zlarining qiziqarli ma'lumotlari bilan davra suhbatini qizg'in muhokama tarzida o'tkazdi.

SamDCHTI yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
👉
@samdchtieduuz👈

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

18 Oct, 15:20


#Milliy_kontent
#SamDCHTI_30_yoshda

Ona buyuk zot

SamDCHTI Axborot xizmati

👉 @samdchtijamoasi

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

18 Oct, 14:40


#Diqqat #Tanlov

"Qizlar ibosi - millat libosi" shiori ostida institutimizning faol, qobiliyatli va uddaburon qizlari o'rtasida ochiq tanlov e'lon qilinadi !!!

Tanlovda qizlar to'rtta shart bo'yicha bellashadilar:
1-shart: TANISHTIRUV
2-shart: TEZKOR SAVOL-JAVOB
3-shart: PAZANDALIK MAHORATI
4-shart: ERKIN MAVZU

Saralangan g'oliblar tanlovning viloyat bosqichiga yo'l olishadi hamda ishtirokchilar diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishadi.

Tanlov sanasi: 23-oktabr
Ro'yhatdan o'tish muddati: 21-oktabr

Murojaat uchun:@mashhura1118
@shaxzoda_ismailova
SamDCHTI Xotin-qizlar kengashi
👉 @samdchtieduuz👈

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

18 Oct, 14:26


#Samarqand_shahri_kuni

18- Oktyabr - Samarqand shahri kuni❗️❗️❗️

Samarqand sayqali ro‘yi zamin ast,
Jamolingni ko‘rib kim bo‘lmagan mast,
Kim qilich ko‘tarib kelsa qoshingga,
Niyatlari qadar ketavergan past.

Samarqand davlat chet tillar instituti Sharq tillari fakulteti tyutori Dilsuz Xamrayeva bilan birgalikda filologiya va tillarni o'qitish: arab tili yo'nalishi talabalari tomonidan "Samarqand - mening shahrim" mavzusida video rolik tayyorlandi.