Samarqand sadosi

@samarqand_manaviyat


Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimining rasmiy telegram sahifasi

Taklif va murojaatlar uchun
@SamMM_kanalbot

Axborot xizmati: @Abbos_Shodmonqulov

Samarqand sadosi

23 Oct, 04:00


#Milliy_kontent

- Menga qarang Hojimurod aka, mana bu toʻrtta qoʻyingizni aktiga yana ikkitani qoʻshib qoʻysangiz, olam guliston.
- Yoʻq, men bunday qilolmayman...

🎬 "Chinor ostidagi duel" filmidan parcha

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

23 Oct, 02:00


#Xayrli_tong

Ikki narsa sening kimligingni anglatadi:

1. Hech narsang bo‘lmagandagi sabring;
2. Hamma narsang borligidagi xulqing.

🌤 Chorshanba kuningiz xayrli boʻlsin!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

22 Oct, 18:05


O’yin qizg’in davom etmoqda. Kitobxonlar davrasi doim ma’rifatga to’la.

@otabek_khasanov

Samarqand sadosi

22 Oct, 18:05


“Kitoblararo 80 kun” marafonining taqdirlash marosimini boshladik.
Kitobxon jamoalar juda ko’p yig’ilgan. Bugun kitob o’qigan har bir ishtirokchi taqdirlanadi.

@otabek_khasanov

Samarqand sadosi

22 Oct, 15:00


Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 39 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Xurshid Do‘stmuhammad. Jajman (hikoya)

Izoh: Bozorda qandaydir maxluq paydo bo‘lganmish, savdogarlarning cho‘ntagini, tinkasini quritayotganmish. U haqida turli gaplar yuribdi, mavjudotni hamma har xil ta’riflaydi. Ichingda nima boʻlsa, atrofga boqqanda o‘shani ko‘rasan deganlari shumikin?

Falsafiy hikoya davomida shu kabi savollaringiz ko‘payib boraveradi.

🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

22 Oct, 14:00


#Saylov_2024

FARHOD NABIYEV
"Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyati aʼzosi


🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

22 Oct, 12:31


#Idrok
#Teleloyiha

Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining "Idrok" teleintellektual oʻyini loyihasining navbatdagi sonida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi va tuman (shahar) boʻlinmalari xodimlari ishtirok etishdi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

22 Oct, 11:02


#Ibrat

Benjamin Franklinning kun tartibi haqida

Benjamin Franklinni Amerika davlatining otasi deyishadi. Ismini bilmasangiz ham rasmini ko‘rgansiz – 100 dollarlik kupyuradagi sochi to‘kilgan inson o‘sha bo‘ladi. Ayrimlar uni AQSH prezidenti bo‘lgan deb yanglishadi. U prezident bo‘lmagan, ammo o‘ta yuksak martaba egasi bo‘lishdan tashqari mutafakkir olim, kashfiyotchi, yozuvchi va musiqachi bo‘lgan.

Benjamin ish kunini to‘g‘ri tashkil etish orqasidan katta muvaffaqiyatga erishgan. Keling, uning kun tartibi bilan tanishib chiqing va o‘zingizniki bilan solishtirib ko‘ring.

Benjamin Franklinning 10 o‘giti:
1. Lanj tulki uy parrandasini tutolmas;
2. Yo‘qotgan vaqtingni qaytarolmaysan;
3. Yalqovlikning sust odimi tufayli kambag‘allik uni tezda quvib yetadi;
4. Erta turib, erta yotish kishini sog‘lom, boy va dono qiladi;
5. Mashaqqatsiz muvaffaqiyat bo‘lmas;
6. Tirishqoqlik muvaffaqiyatning onasidir;
7. Bo‘sh vaqt va dangasalik boshqa-boshqa narsalar;
8. Vaqt – puldir;
9. Ishlatiladigan kalit zanglamaydi, doim yaraqlab turadi;
10. Ishni nazorat qilmaslik – ishchilarga hamyonni ochib qo‘yishday gap.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

22 Oct, 09:25


“Oyina podkast“ining 2-soni: O‘ZBEK TILI – MILLIY G‘URURga aylandimi?

Mehmonlarimiz: Filologiya fanlari nomzodi, yozuvchi Olim Toshboyev va shoir Najmiddin Ermatov

Moderator: Sitora Barliboyeva

Toʻliq videoni koʻrish: https://youtu.be/65JmDqwIssM

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube | X

Samarqand sadosi

22 Oct, 09:00


#kun_hikmati

Agarda til va adabiyotimizni muhofaza qilmay, anga ajnabiy lug‘at va so‘zlarni qo‘sha bersak, bir oz zamonda til va milliyatimizni yo‘qoturmiz. Milliyatimizni yo‘qotganda diyonatimiz o‘z-o‘zi ila albatta, yo‘qolur.

Bas, bizg‘a tilimizni ajnabiy so‘zlardan muhofaza qilmoqlik eng birinchi muhim bir vazifadur!

©Mahmudxo‘ja Behbudiy

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

22 Oct, 07:31


"Zarafshon" gazetasining 2024-yil 22-oktabr kungi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.

Bugungi sonda:


- Tilimiz rivoji eʼtiborga muhtoj;

- "Yangi Oʻzbekiston" massividagi qurilishlar ortda qolmoqda(mi?);

- Bandlikni taʼminlashda eʼtiborsiz yoʻnalish boʻlmaydi;

- Jamoat transporti qachon tartibga olinadi?

- Har bir yosh oilaning oqil ota-onasi boʻlsaydi.

Shuningdek, ushbu sonda siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqot materiallari chop etilgan.

Gazetadagi maqolalarni zarnews.uz sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda ham o‘qish, videolavhalarni tomosha qilish mumkin.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

22 Oct, 05:25


#OAV

Axborot 24 | 21-oktabr - Oʻzbek tili bayrami kuni

#21okt #uzbekiston24

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

22 Oct, 04:01


#Milliy_kontent

Qani "hayvonlar", bir-birlaringni tilka-pora qilib tashlanglarchi...

🎬 "101 oʻzbek" filmidan parcha

Ikkinchi jahon urushida ogʻir sharoitlarda ham oʻzligini yoʻqotmagan 101 nafar oʻzbek oʻgʻlonlari haqida film.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

22 Oct, 02:00


#Xayrli_tong

Kim bilan yurganingga, kim bilan do‘st tutinganingga e’tibor ber. Chunki bulbul gulga, qarg‘a axlatga yetaklaydi.

©️Mavlono Rumiy

Seshanba kuningiz xayrli boʻlsin!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

21 Oct, 18:01


Kechki mutolaa
(eshitish uchun 26 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Murod Muhammad Do‘st. Darvoza yonidagi it (hikoya)

Izoh: Olapar o‘z xo‘jayinini judayam yaxshi ko‘rar edi. Kunlardan bir kuni olapar sababli xo‘jayin va uning xotini o‘rtasida tortishuv yuzaga keladi. Birozdan so‘ng xo‘jayin olaparni doimgidek sayrga olib chiqadi. Bu safar avvalgidan farqli ravishda, uning bo‘yniga chilvir solingan edi.

🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

21 Oct, 15:05


#Tilimizga_35_yil

⚡️ 21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institutida 21-oktyabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil toʻlishi munosabati bilan Tillar fakulteti tomonidan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Unda viloyat hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sherali Temirov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi rahbari Dilshod Ismailov, institut yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Zarifa Moʻminova, professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda soʻz olganlar oʻzbek tilining xalqaro maydondagi nufuzi, uning keng miqyosda oʻrganilayotgani va tadqiq etilayotgani, kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube