Ruvayha

@ruvayha_as


Asosiy kanal faqat honimlar uchun!

https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

Ayol kishi ekanligi noma’lum profillar @ruvayha_manager ga yozib, ayol kishi ekanliklarini bildirsinlar

Ruvayha

21 Jan, 00:19


Ruvayha bilan jonli uchrashuv. 🫂

Ruvayha - @yashilmaktab va @yashilmalham loyihalari asoschisi, Hajjoma Girudaterapist, Gomeopat, bo’lajak Doula va sog’lom turmush tarzi ambassadori. 🌱

“Sog’lom ayollik. Sog’lom munosabatlar.” mavzusidagi iliq yig’ilishimizga sizni lutfan taklif etamiz. Go’zal atmosfera, yoqimli suhbatlar, sog’lom taomlar, sovg’alar va unutilmas xotiralar og’ushiga sho‘ng’ish imkoningiz bor.

Uy-ro’zg’or, bola-chaqa va barcha dunyodagi muammolaringizni chetga surib, shunchaki ruhiy hordiq olishingiz uchun biz harakat qilamiz.

Jonli uchrashuvda sizni nimalar kutmoqda:
- organik oshxonadan mazali taomlar
- go’zal atmosfera
- foydali suhbat
- sovg’alar
- sevimli bloggerlaringiz bilan jonli tanishuv

Uchrashuv maxsus mehmoni - pedagog psixolog Muxlisa Khodjaevna.

Yig’ilish 28 oktyabr soat 11:00-13:30 ga qadar Croissant Eco cafesida bo’lib o’tadi. 🥐🥦

Uchrashuvda qatnashish narxi - 400,000 so’m.

Joy band qilish uchun - @ruvayha_manager 💚

@yashilmaktab

Ruvayha

21 Jan, 00:13


Ayol va Stress

Biz stress bo‘lganimizda vujudimiz uchta reaksiyadan birini ko‘rsatadi:
“Qotip qol”, “Qoch” yoki “Kurash”

Vujudimiz stres garmonlarini ishlab chiqaradi va bizni hayotda saqlab qolishga harakat qiladi.
Butun kuchini eng muhim bo‘lgan hayotiy organlarni ishlashga qaratadi.
Bu hayotimizni saqlab qolish uchun juda muhim.

Lekin bu holat davomiy davom etsa surunkali stress natijasida surunkali kasalliklar, muammolarga duch kelamiz.

Bular nimalar?
Oshqozon hazm sistemasidagi muammolar (chunki hayotingiz xavf ostida bo‘lsa ovqat hazm qilishni keragi yo‘q siz uchun), tug‘ruq va homilador bo‘lishdagi muammolar (hayoti xavf ostidagi inson qanday qilib farzandli bo‘ladi).
Bu ro‘yxatni uzundan uzun davom ettirish mumkin.

Hozirgi davrning eng katta muammosi ham shu-surunkali stress!

Eng qiziq tadqiqotlardan biri shuki, agar ayol kishini yonida kimdir bo‘lsa ayol yuqorida aytib o‘tilgan uchta reaksiyani hech birini ko‘rsatmas ekan.
Stres garmonlari ham erkaklarniki kabi tezda yuqorilab ketmas ekan.
Agar yonida kimdir bo‘lsa(!). Bu bor bo‘lish faqatgina jismoniy emas, asosiysi ruhan bor bo‘lish.

Shu sabab ayollar suhbat qilishni, dugona orttirishni, dardlashishni erkaklarga nisbatan ko‘proq xohlashadi.
Biz ayollarni kuchi erkaklardan farqli o‘laroq-birgalikda bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashda.

Va yana biz muammolarimizni, bizni qiynayotgan masalalarni maslahat olish uchun emas, ko‘pincha shunchaki stressimiz bilan bo‘lishish, yengillash uchun aytamiz.

Kimdir sizga muammolari, yoki xavotir va qo‘rquvlari haqida gapirsa darrov maslahat berishga tushib ketmang.
Shunchaki eshiting, tushunishga harakat qiling va haqqiga duo qiling.

Agar maslahat berish ehtiyoji his qiladigan bo‘lsangiz, avval so‘rang bunga ehtiyoji bormi? Yoki bu muammo bilan nima qilmoqchi?
Ko‘p holatlarda ayollar nima qilishni bilishadi. Maslahatdan ko‘ra ko‘proq kimdir ularni eshitishiga, tushunishiga ehtiyojlari bor.

Suhbat asnosida “Nima maslahat berasan?” ,“Nima qilsam bo‘larkin?” kabi savollar bersagina maslahat bering.
Bunda ham maslahat berishdan avval: “Seningcha nima qila olasan? Qilmoqchi bo‘lgan narsangda nima yordam beradi?” kabi savollar bilan imkoniyatlarini o‘zi ko‘ra olishiga, ichki motivatsiya topishiga yordam berish, tayyor maslahat va quruq motivatsiyadan aaancha muhimroq.

Shifo bo‘lsin!

Ayollar uchun asosiy kanal linki:
https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

Ruvayha

21 Jan, 00:02


Zika virusi(mi?)
#RuvayhaTarjima

2014-yil Braziliyada chivin lavralariga qarshi ichimlik suv havzalariga priproksifen (pryproxyfen) aralashtirish boshlandi.

2015 - yil esa Braziliyada epidemiya boshlandi. Zika virusi epidemiyasi chivin lavralari sabab kasallik tarqalgani e’lon qildi. Zika sababli bolalar kichik bosh/miya yani mikrosefaliya bilan tug‘ilishni boshladi.

Keyinchalik esa Braziliyadagi 2015-2016 - yillardagi epidemiya sababi Zika virusi emas, priproksifen ekanligining tadqiqoti medyada katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Davlat organlari esa “epidemiya sabab ko‘payib ketgan mikrosefalilarning sababi priproksifen ekanligini hech qachon aytmadik” dedi. Lekin, izohotlardan keyin darrov priproksifen pestisidi Braziliyada ta’qiqlandi.
Mavzu ham albatta “yopti, yopti” qilindi..

*Priproksifen pestisit turlaridan biri bo‘lib, qishloq xo‘jaligida hasharotlarga qarshi “dorilash” uchun ishlatiladi.

Sizningcha kasallik sababi Zika virusimi yoki priproksifenmi ?

Ayollar uchun asosiy kanal linki:
https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

Ruvayha

21 Jan, 00:02


Xalq Sog‘lig‘i
Xalq sog‘lig‘i borasida eng ko‘p ehtiyot choralarini ko‘radigan va qat’iy qoidalarga amal qiladigan davlatlar bu, Yevropa davlatlaridir.

Ha, Amerika ham emas, Yevropa davlatlari.
Jiddiy tekshiruvlar, qat’iy qoidalarga amal qiladi Yevropa davlatlari. Organik sertifikat olish ham shu sabab Yevropada qiyin, Turkiyaga nisbatan.

Masalan, RASFF sistemasi mavjud. Tashqaridan kelgan va analizlardan o‘tmagan mahsulotlar haqida ma’lumot berib boriladi.⤵️

https://webgate.ec.europa.eu/rasff-window/screen/search
Shu havola orqali kuzatib borsa bo‘ladi.

Nafaqat Yevropa davlatlari, balki Turkiya uchun ham muhim buni kuzatish.
Sababi eng ko‘p qaytarib yuboriladigan mahsulotlar afsuski Turkiyaniki..
Orqaga qaytgan mahsulotlar esa, tahmin qilganingizday ichki bozorga tarqatiladi.
Shu sabab, kuzatib borgan afzal(hech bo‘lmasa o‘sha hafta/oy u mahsulotni olmay turasiz bozordan..)

Yana bu oydan Turkiya o‘z rasmiy ma’lumot olish bazasini ishga tushirdi.
U yerda, qaysi brendning qaysi mahsulotidan nima topilgani haqidagi ma’lumotlar berib boriladi.
Masalan, zaytunyog‘ga aralashgan boshqa yog‘lar. Qiymaga, go‘sht mahsulotlariga aralashgan eshak, xatto cho‘chqa go‘shtlari vhkz. Bir talay soxtalik..

Shu sabab ham @yashilmalham ga doim sanoqli, boshqalarga nisbatan sifatli mahsulotlar olib kelinadi.
Narxdagi tafovut ham shundan..

U saytdan quyidagi havola orqali foydalanishingiz mumkin. Har kuni ma’lumotlar, brendlar ro‘yxati yengilanib boriladi⤵️

https://guvenilirgida.tarimorman.gov.tr/gkd



Ayollar uchun asosiy kanal linki:
https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

Ruvayha

20 Jan, 23:59


SEMIRTIRADIGAN (bo‘y o‘stiradigan) MAJUN
Bu retsept Funktsiyonal dietolog va IFN master M.Yujelga oid.

Kerakli mahsulotlar:
-Bir stakan yong‘oq mag‘zi
-Bir stakan bodom mag‘zi
-Bir stakan funduk mag‘zi
-Bir stakan qovoq urug‘i mag‘zi
-Yarim stakan chia urug‘i
-Yarim stakan kunjut (oq sedana)
-Tahini (majun xolatiga keguncha)
-3/1 stakan toza asal

Tayyorlanishi:
Asal va tahinidan tashqari barcha mahsulot maydalagich(yoki blendrda) yaxshilab maydalab olinadi.
Deyarli un xoliga kelgan aralashmaga sekin-sekin tahini quyiladi. Majun xolatiga kelgandan keyin, asal aralashtiriladi.
Muzlatgichda saqlanadi.

Bu majun ham eneriya beradi, ham semirishga va bo‘y o‘stirishga yordam beradi.
Shu sabab mahsulotlarga allergiyasi yo‘q hammaga mumkin.
Bir yoshdan kichik bollarga berilsa, asalsiz berish kerak!

Qanday qabul qilinadi?
Har ovqattan keyin kattalar bir osh qoshiq
Kichiklar bir choy qoshiq yeyiladi.

Boshlanishiga har nonushtadan keyin berib boshlash mumkin.
Kunda 3 mahal

8oydan boshlab asalsiz(1 yoshgacha asal qat’iy mumkinmas) bersangiz bo‘ladi.
Diqqat qilinadigan nuqta, chaqaloq avval ichidagi mahsulotlarni yeb ko‘rgan bo‘lishi va allergiyasi bo‘lmasligi.

Diqqat qilinishi kerak bo‘lgan nuqtalar:
-Mahsulotlar iloji boricha tabiiy toza bo‘lishligi.
-Yangi mahsulot bo‘lishligi(ayniqsa qovoq urug‘i, sababi eski bo‘lsa achimsiq maza berib, majun ta’mini buzadi)
-Mahsulotlar qovrilmagan bo‘lishi

Yedirishdan (yeyishdan) avval bo‘y va kilosini o‘lchab oling va natijalarni biz bilan bo‘lishing.
Bo‘y o‘sishi to‘xtagan kattalarni semirishi va energiya olishiga yordam beradi.

Ha, emiziklilar va homiladorlarga ham mumkin!
Yuqorida ta’kidlaganimizday allergiyasi yo‘q barchaga mumkin.

Shifo bo‘lsin!

Ayollar uchun asosiy kanal linki:
https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

Ruvayha

20 Jan, 23:52


Ftorid va Suv
#RuvayhaTarjima

Ftorid harakat tarmog‘i (Fluoride Action Network) ichimlik suvlariga qo‘shiladigan ftorid bilan bog‘liq 7 yil davom etgan sud jarayonida yutib chiqdi.

Qo‘shma Shtatlarning shimoliy Kaliforniya hududi suvlardagi ftoridning xossatan rivojlanayotgan bolalar miyasiga yetkazadigan zararlarini tan olib, bu borada suvni ftoridlash borasidagi qoidalarni tuzatishga hukm qildi.

Amerikada suvlarga 0.7mg/L ftorid qo‘shilardi.

Manba

Ftorid zararlaridan biri insonning aqliy rivojlanashi, muhokama qobilyati sustlashishiga sabab bo‘lishidir.
Hayotimdagi ilk ftoridli suvni Saudiyada ko‘rgandim..

Ha, afsuski hamma narsani qaraganimiz kabi ichimlik suvlarini ham tarkibiga qarashimiz kerak.

Nafaqat tarkibi balki ichimlik suvi solingan idish ham muhim.
Iloji boricha plastmassa bo‘lmasligi, agar plastmassa bo‘lsa “BPA free” iborasi bo‘lishi kerak.
Agar u ham bo‘masa 1,2,4 yoki 5 raqamli (uchburchak ichiga olib yozilgan bo‘ladi raqamlar) plastmassa idish bo‘lishi.
6,7 va 3 raqamli idishlardan esa, uzoq turilishi shart!


Asosiy kanal linki
https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

Ruvayha

20 Jan, 23:50


• Meva, sabzavot va koʻkatlarni tozalash uchun retsept

• Jiyda choy retsepti

• Funksional yogʻlar

Asosiy kanal linki
https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

Ruvayha

20 Jan, 23:50


• Ich ketishida yordam beradigan retsept

• Immunitet koʻtarish uchun retsept

• Ogʻriq qoldiruvchi retsept

• Tabiiy antibiotik piyoz sharbati retsepti

• Tabiiy antibiotiklar

• Yoʻtal uchun retsept

• Bosh ogʻrigʻi uchun tavsiyalar

Asosiy kanal linki
https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

Ruvayha

20 Jan, 23:50


Quyida sizlarga ruvayha retseptlarini qoldiramiz.
Shifo boʻlsin!

Ruvayha

20 Jan, 23:38


iPhone
Apple firmasi ogohlantiradi

iPhone telefonlarining foydalanuvchi qo‘llanmasida shunday iboralar mavjud:
“Telefon quvvatlagichga (zaryadga) taqilganda yonida uxlamang.
Ko‘rpa yostiqlarning tagiga tiqib qo‘ymang.
Tok urishi, yong‘in chiqishi yoki yaralanishingiz mumkin.
Telefonni havo oladigan xonada quvvatlang.
Telefon quvvatlagichda bo‘lganda, iloji boricha kamroq foydalaning”.

Juda kichik ehtimol bilan yong‘ich chiqsa, portlasa avvaldan “ogohlantirilgan”miz..

Asosiy kanal linki
https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

Ruvayha

20 Jan, 23:37


EMF
Isroil Livanda aloqa qurilmalarini uzoqdan portlatgani xabarini eshitgandirsiz.

Internetda “telefonni ham uzoqdan portlatsa bo‘ladimi?” xavotirli savollari ko‘paygan.
Mutaxassislar “telefon Livanda portlatilgan aloqa qurilmasidan ancha murakkab, uni uzoqdan portlatish QIYIN” deb javob berishdi.

Telefon va boshqa aloqa vositalari hayotimizni qulaylashtirayotgan(?)i rost.
Nimani evaziga?
Mablag‘, vaqt.
Eng asosiysi esa sog‘liq(!), afsuski.

Kurslarimdagi “sog‘lig‘ingiz uchun kechasi WiFi ni o‘chirib uxlang, va hkz” kabi EMFlar borasidagi tavsiyamga “o‘zbek kelinlariga mos emas kurslaringiz” deb kelgan tanqidga qaraganda, EMF mavzusiga uning zararlaridan saqlanish borasida ancha uzoqdamiz.
Lekin o‘z sog‘lig‘i va farzandlarining sog‘lig‘ini o‘ylovchi onalar borligini va ular ko‘pchilikni tashkil qilishini umid qilgan holda, bunday “tesha tegmagan” ma’lumotlar bo‘lishishda davom etaveramiz Alloh qodir qilgancha.

“Kurslaringizga qatnashmaganman hali, nimalar qilsam bo‘ladi bu borada” deyuvchilar uchun:

• Tashqarida bo‘lganda WiFi va Bluetooth ni o‘chirib foydalaning telefondan
• Ehtiyojdan tashqari ko‘p foydalanmagan
• Asrdan keyin iloji bo‘lsa umuman elektron uskunalardan foydalanmang
• Ko‘p-ko‘p tuproqda yuring
• Yunli, tukli va paxtali yostiq, ko‘rpa va choyshablardan foydalaning
• WiFi va sim kartali soatlardan foydalanmang (brendidan qat’iy nazar)
• Simsiz qulochqin (naushnik)lardan ham iloji boricha uzoq turing.

Zararlaridan qutulish uchun:
• Oyoq tagiga xina detoksi
• Zeolit ichish

Va eng asosiysi to‘g‘ri usuldagi hijoma yordam beradi (Allohni izni bilan)

Shifo bo‘lsin!

Asosiy kanal linki
https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

Ruvayha

20 Jan, 23:31


Antibiotiklar va Biz
#RuvayhaTarjima

Antibiotiklar yuqori nafas yo‘llari kasalliklarida qo‘llanilmaydi (chunki ular odatda virusli) sababi ular viruslarga qarshi samarasizdir.
Bular qanday kasalliklar ?

• Shamollash
• Akut bronxit
• Gripp
• Laringit va ko‘p turdagi otit
• Qizamiq
• Qizilcha
• Virusli gepatit.

Antibiotiklar ko‘pincha “profilaktik davolash” sifatida buyuriladi, shuning uchun ularni ishlatishdan oldin foyda va xavflarni sinchkovlik bilan hisoblash kerak.

Tabiatda zamburug‘lar va bakteriyalar resurslar va makon uchun raqobatlashadi. Antibiotiklar zamburug‘lar tomonidan bakteriya raqobatiga qarshi ishlab chiqilgan kimyoviy himoya vositalaridir. Antibiotiklar bakteriyalarning ko‘payishini oldini oladi yoki ularni butunlay o‘ldiradi. Bu kashfiyot tibbiyotdagi inqilobiy yutuq edi. Biroq bugungi kunda antibiotiklardan nazoratsiz va doimiy foydalanish o‘limga olib keladigan chidamli organizmlarning paydo bo‘lishiga, bakteriyalar evolyutsiyasini dahshatli nuqtasiga olib keldi.

Antibiotiklarning toksik ta’siri (nojo‘ya ta’siri/qo‘shimcha zarari) ularning sinfiga qarab o‘zgaradi. Penitsillinlar va sefalosporinlar toshma va diareya bilan bog‘liq, aminoglikozidlardan foydalanish esa eshitish qobiliyatini yo‘qotishi va buyraklarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Eritromitsin kabi makrolidlar ko‘pincha ko‘ngil aynishi va qorin og‘rig‘iga sabab bo‘ladi, Sulfa guruhi antibiotiklari esa quyoshga sezgirlikni keltirib chiqaradi. Xinolonlar ko‘z yallig‘lanishi, quyoshga sezgirligi, uyqusizlik, charchoq va kamdan-kam hollarda tendonlarning yorilishiga olib kelishi mumkin.

Antibiotiklarning eng halokatli taʼsiri ichaklarimizdagi mikrobiomada o‘zini namoyon qiladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, hatto bitta antibiotik muolajasi ham mikrobiomada jiddiy o‘zgarishlarga olib keladi.
Ovqat hazm qilish, vitamin sintezi, infeksiyalarni keltirib chiqaradigan zararli mikroblardan himoyalanish, jismoniy va ruhiy rivojlanish kabi hayotiy funksiyalarga masʼul boʻlgan bu bakteriyalar antibiotiklar tomonidan yo‘q qilinadi.

Mind over Meds/ Andrew Weil, MD

Asosiy kanal linki
https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

Ruvayha

20 Jan, 23:30


OYDIN KECHALAR VA DETOKS

To‘lin oy kunlari vujuddagi parazitlar, koʻpayish va juftlashish uchun ichaklarga tushishadi va o‘zlaridan toksik moddalar ishlab chiqarishadi. Shu sababli to‘lin oy kunlari yaqinlashganda va to‘lin oyda injiqlik, asabiylik, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, shakarli va unli mahsulotlar yeyish istagi, qabziyat, uyquda so‘lak oqishi ko’payadi.
Vujud detoksiga to‘lin oydan ikki kun avval boshlash shu sababdan ham muhim.

Doktor yoki tabib nazoratisiz uy sharoitida bu kunlarda - to‘lin oydan ikki kun avval va keyin (umumiy besh kun) nimalar qilsa bo‘ladi ?

• Mevalarsiz ketoparhez.
Shakarli va unli mahsulotlardan, mevalardan ham uzoq turish. Shunda parazitlar och qoladi.
• Ertalab och qoringa bir hovuch qovurilmagan qovoq urug‘i yeyish yoki kichkina qoshiqda organik qovoq urug‘i yog’i ichish.
• Ertalab turish bilan va kechqurun yotishdan avval jinsiy a’zolarni yuvib ich kiyimlarni almashtirish, dazmollab kiyish. Yotishdan avval tirnoqlarni yodlab olish (ayniqsa yosh bolalarga).
• Uxlashdan avval epsom tuzli vanna qilish. Vannadan keyin oyoq tagiga va jigarga tabiiy, geksansiz kanakunjut (Hexane Free Castor Oil) yog‘i surish.
• Ertalab va kechqurun binderlardan birini ichish (zeolit, bentonit, aktif ko‘mir(уголь) va boshqalar).
• Koʻp suyuqlik ichish.
• Iloji bo‘lsa kattalar bir-bir yarim litr qaynatib ilitilgan suv bilan, kichiklar (yoshiga, jussasiga qarab) yarim yoki bir litr qaynatib ilitilgan suv bilan klizma qilish. Klizma ertalab kechqurun qilinsa yaxshi. Bir mahal iloji bo‘lsa, ertalab yaxshi (kechqurun ham bo‘laveradi).


Shu ma’lumotlar bilan birga to‘lin oy kunidan 2 kun avval va to‘lin oy kuni ro‘za tutish sunnat ekanligini eslatib oʻtamiz.

Asosiy kanal linki
https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

Ruvayha

20 Jan, 23:22


Allergiya

Tadqiqot natijalariga ko‘ra homiladorlikta omega 3 iste’mol qilinishi bolalik paytidagi astma va allergiyalarni kamaytiradi.

Allergiyasi borlarga ham omega 3 tavsiya qilinadi.
Eng yaxshi omega 3 manbalari - baliq va baliq yog‘laridir.
Diqqat qilinishi kerak bo‘lgan narsalar baliqlar mavsumiy va kichik baliqlar bo‘lishi, hamda tabiiy suv (daryo, dengiz, okean va hkz) baliqlari bo‘lishi, baliq havzalarida sun’iy yem berib boqilmagan bo‘lishi kerak.

• Baliq yog‘lari esa IFOS sertifikatli bo‘lishi shart!
• Quercetin ga boy mahsulotlar ratsionda bo‘lishi kerak. Bular eng boshda qizil piyoz va boshqa piyoz turlaridir.
• Vitamin C, barra mevalar va pishmagan yashilliklar.
• Bromelain ham allergiya uchun foydali. Eng ko‘p ananasda mavjud.
• D vitamini, qo‘y yog‘i bunga misol.

• Va ovqatlarni bir martalik yeyish ham allergik vujud uchun muhim. (Yani qayta-qayta isitib yemaslik).

• Antibiyotik qabul qilish - mavjud bo‘lgan allergiyalarni kuchaytirish ehtimoli juda katta. Shu sabab allergiklar uchun boshqalardan ko‘ra ko‘proq o‘ylab antibiyotik ishlatish kerak.

Allergiyani davolash uchun ishni ichaklardan boshlash kerak. Bu jarayon davomida allergiya keltirib chiqaridagin ichki va tashqi manbalardan maksimum uzoq turish kerak.

Bular qaysilar ? Tashqi manbalar:
Barcha tozalik vositalari, sentetik kiyimlar va choyshablar. Plastik, teflon, sog‘liqsiz oshxona anjomlari.
Ichki manbalar, avvalo paketlangan oziq-ovqatlar, tayyor va yarim tayyor mahsulotlar. Shakar va shakarli mahsulotlar. Fastfood, gazli va rangli ichimliklar va qaysi mahsulotga allergiyasi bor bo‘lsa o‘sha mahsulotlar.

Oshqozon ichak devorini tiklashga yordam beruvchi mahsulotlar:
Ilikli suyak sho‘rva, foydali yog‘lar, xossatan kakos yog‘i.

Asosiy kanal linki
https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

Ruvayha

20 Jan, 23:20


TERLASH HAQIDA

Terlash eng yaxshi va oson detoks yo‘llaridan biri ekanligini bilarmidingiz ?
Asl masala terlay olish, terlay olmayapsizmi demak muammo bor.

Keling terlash haqidagi eng ajoyib tadqiqotlar bilan tanishamiz:

O‘tkazilgan bir tadqiqot natijasiga ko‘ra terlash orqali vujuddagi boshqa chiqish kanallaridan ko‘ra ko‘proq og‘ir metallar chiqqani aniqlangan.
Tadqiqotning eng qiziq nuqtasi esa, terlashdan oldin o‘tkazilgan qon analizlarida topilmagan og‘ir metallar terida aniqlangan.

Yana boshqa tadqiqotda qon, siydik va teridan BPA analiz qilingan. Barcha namunadan turli miqdorda ogʻir metallar aniqlangan. Xatto qon va siydikda aniqlanmaganlari ham bor.
Yani ?
BPA qon va siydik analizida chiqmasligi mumkin. Agar sizda BPA bo‘lsa terlash orqali vujudingizdan chiqarib tashlashingiz mumkin.

Boshqa tadqiqotda esa, qatnashuvchilarning barchasidan qon, siydik va terilaridan Fitalat va metabolitlar tekshirilgan. (Fitalat plasmassada bo‘ladi, uni yumshatish uchun ishlatiladigan modda. Fitalat eng ko‘p o‘yinchoqlarda uchraydi.)
Ba’zi kishilarda qonda aniqlanmagan, lekin teri analizida aniqlangan.
Yani ?
Tadqiqotlarga qatnashgan barchaga u yoki bu shaklda fitalat kirgan.
Fitalatlarni terlash orqali vujuddan chiqarib tashlash mumkin.
Terlash orqali chiqarib tashlanganda bosh yo‘llardan ko‘ra ikki baravar ko‘proq chiqqan.
Qon analizida fitalat chiqmasligi, vujudda yo‘q ekanligini bildirmaydi.

Terlash vujudimiz uchun foydali, albatta terlashga sabab bo‘ladigan hamma yo‘llar ham foydali.
• Sauna
• Sport
• Quyosh
• Issiq foydali suvlar
• Terlashga sabab bo‘ladigan har qanday harakat.

Terlayapsizmi demak vujudingizning detoks tizimi ishlayapti. Ko‘proq terlayapsizmi demak, vujudingiz chiqarib tashlashni xohlaydigan ko‘proq toksin bor.
Terlash orqali og‘ir metallarni chiqarib tashlay olasiz.
Terlash orqali BPA va Fitalatlarni chiqarib tashlay olasiz.
Terlash orqali mikotoksinlarni chiqarib tashlay olasiz.

Sauna terlash uchun eng oson va foydali usul.
Saunaga kirishdan avval va keyin ko‘p suv iching. Kirishdan avval binder (zeolit, bentonit, vb) ichib olsangiz ayni muddao.

Ha yana hijoma olishdan bir kun avval saunaga kirib olsangiz, nur ustiga nur bo‘ladi.

Diqqat! Agar sog‘lig‘ingiz sauna kabi issiqlikni ko‘tara olmasa, yurak va qon bosimi kabi muammolaringiz bo‘lsa doktoringiz bilan maslahatlashing.
Sauna homiladorlarga mumkin emas!


Asosiy kanal linki
https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

Ruvayha

20 Jan, 23:19


Mastitda nimalar qilish kerak ?

- Tez-tez sog‘ish
- Muzdek karam bargi qo‘yish
- Oyoq tagiga sarimsoqli zaytunyog‘i surish
- Ko‘krakka yod surish
- Dam olish
- Ko‘ngil aynishi bo‘lsa kindikka uy sirkasi (tabiiy uksus)ga botirilgan paxta qo‘yish.
- Duo va sabr bilan immunitet o‘z vazifasini bajarishiga qo‘yib berish.

Asosiy kanal linki
https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

Ruvayha

20 Jan, 23:18


Vaksinalar va hujayra yo‘lakchalari
#RuvayhaTarjima

Quyidagi ro‘yxat vaksinalarda ishlatiladigan hujayra yo‘lakchalaridir. Ushbu yo‘laklarga tegishli DNK bizning vaksinalarimiz tarkibida ifloslantiruvchi sifatida ham mavjud. Ushbu begona DNK parchalari jiddiy o‘simta, saratonlarga sabab ekanligini koʻrsatadigan jiddiy tadqiqotlar mavjud bo‘lsa-da nega bu masala haqida gapira olmaymiz ?

Hujayra yo‘lakchalari:
- MDCK - It buyrak hujayralari
- Vero - Afrika yashil maymunining buyrak hujayralari
- MRC-5 - Inson, embrion o‘pka hujayralari
- BHK (Baby Hamster Kidney) - hamster buyrak hujayralari
- 293 (HEK 293) - Inson embrion buyraklaridan olingan hujayra yo‘lakchasi
- WI-38 - Inson embrion o‘pka fibroblastlari

Qaysi vaksinalarda mavjud:
- MRC-5: Varivax, Varilrix, Havrix, Avaxim, MMR, PolioVax, Infanrix, Pentacel va boshqalar.
- WI-38: MMR, Priorix, Varivax, Varilrix, MMRV, Meruvax II, Biavax II va boshqalar.
- 293 (HEK 293) - Grippga qarshi emlashlar.

Hujayra kulturalarining ayniqsa jonli vaksinalar ishlab chiqarishda foydalanishni qiyinlashtiradigan muhim kamchiligi shundaki, ular viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar, mikoplazmalar va parazitlar bilan ifloslanish xavfini o'z ichiga oladi.

Asosiy kanal linki
https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

Ruvayha

20 Jan, 23:15


Funksional yog‘lar

Kasalliklarning ko‘pi ichaklarimiz sabab, ularga yaxshi qarasak vujudimiz ko‘p hollarda o‘z-o‘zini tuzata oladi

Agar ichaklarimiz yaxshi bo‘lmasa tashqaridan olayotgan qo‘shimchalarimiz ham deyarli foyda bermaydi. Sababi, yaxshi so‘rilmaydi.

Ichaklarni yaxshilash uchun ratsionimizda funksional/foydali yog‘lar bo‘lishi kerak.
Eng keng tarqalgani kakos yog‘i, zaytunyog‘i.
Ehtiyoj bo‘lganda qora sedana yog‘i.

Mutaxassislar kakos va zaytun yog‘ini 6 oydan boshlab berishni tavsiya qilishadi. Agar ehtiyoj bo‘lsa, 6 oydan avvalroq ham.
Allergiya holatlari bo‘lsa, zaytun yog‘idan avval kakos yog‘i tavsiya qilinadi.
Tadqiqotlar xossatan ayollarda keng tarqalgan candida uchun kakos yog‘i dorilarga qaraganda foydali ekanligini ko‘rsatadi.

Qanday qabul qilinadi?
Ertalab och qoringa yoki yotishdan avval.
Chaqaloqlar yarim choy qoshiq,
Kattalar bir-ikki qoshiq,
Suyuq icholmaganlarga tavsiya, muzlatgichda qotirib yeyish.
Yog‘ yeyolmaydiganlar ham mazza qilib yeyishadi qotgan kakos yog‘ini.

Ichaklar uchun eng foydali mahsulotlardan yana biri bu ilikli suyak sho‘rvasi.
Seminar/kurslar qilayotgan ilk paytimdan beri tavsiya qilib, qanday qilinishini o‘rgatib kelaman.
Albatta ratsionda bo‘lishi kerak.
Qo‘shimcha yeyishga endi o‘tgan bolachalar uchun qo‘zi/qo‘y suyagidan bo‘lsa yana yaxshi.

“Oshxonamda faqatgina ikkita mahsulotni o‘zgartira olaman, qaysi biri bo‘lsin?” deb savol berishsa ikkilanmay “yog‘ va tuz” deb javob beraman.
Bu ikkisi salomatlik uchun juda muhim.

Kunlik ishlatishga yana foydali yog‘lar:
- Saryog‘
- Eritilgan saryog‘ (Ghee)
- Qo‘y/qo‘zi yog‘i (ishoninglar tabiiy boqilgan hayvonning yog‘i hidlanmaydi. Juda yoqimli, ishtaha ochar hid bo‘ladi).

Bu yog‘larga qo‘shimcha sifatli baliq yog‘i ham tavsiya qilaman. Ayniqsa bolalar va surunkali kasalligi borlar uchun.

Diqqat!Tavsiya qilingan barcha mahsulotlar Tabiiy toza, iloji bo‘lsa organik sertifikatli bo‘lishi shart!

Saryog‘ va qo‘y yog‘ini @tabiiytozamahsulot dan, qolgan yog‘larni @yashilmalham dan olsangiz bo‘ladi.
Shifo bo‘lsin!

Asosiy kanal linki
https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

Ruvayha

20 Jan, 23:14


YUQORI ISITMANI TUSHIRISH KERAKMI ?
#RuvayhaTarjima

“Paratsetamol, Ibuprofen va Aspirin kabi isitma tushuruvchilar tana haroratini tartibga soluvchi markaz bo‘lgan gipotalamusga tasir qiladi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, ular gipotalamusning termostat sozlamalarini vaqtincha o‘zgartiradilar, organizm o‘zini yanayam issiqroq deb hisoblaydi (yani, u aldanadi) va sovutish yo‘llarini faollashtiradi. Agar bu maqsadda tabiiy isitmani tushirish usullari qo‘llanilsa, organizm buni faqat tashqi muhitdagi o‘zgarishlarga moslashgan holda qiladi va hali ham nazoratni o‘z qo‘lida saqlab qoladi. Yani agar haliyam isitmani tushirish xohlansa, isitmani pasaytirish uchun qo‘llagan eski usullar hali ham eng yaxshisi hisoblanadi.

Xo‘sh, isİtmani tushirish shartmi ? Agar chindan ham kerak bo‘lmasa, yo‘q (!).
Chunki isitma, ya'ni yuqori tana harorati organizm patogenlar va toksinlarni zararsizlantirish uchun foydalanadigan juda muhim strategiyadir. Inson hujayralari eukaryotik hujayralardir. Bakteriyalar va shunga o‘xshash patogenlar evolyutsion jihatdan ibtidoiy prokaryotik hujayralardir.

Viruslar (agar shunday narsa bo‘lsa) va toksinlar birinchi navbatda oqsillardir. Eukaryotik hujayralar prokaryotik hujayralarga qaraganda yuqori haroratga chidamli. Ko‘pgina toksin moddalarning asosiy skeletini tashkil etuvchi oqsillarning uch o‘lchovli tuzilishi yuqori haroratda yo‘q qilinadi (biz buni denaturatsiya deb ataymiz). Tuxumni issiq tovaga tashlasangiz, u oq rangga aylanadi; Oqartirilgan qismi yuqori haroratda denaturatsiyalangan tuxum oqi oqsillaridir.
Xuddi shunday yuqori haroratlarda tuzilishi va shuning uchun toksik tasiri buzilgan va funktsiyalari toʻxtab qolgan oqsillar va patogenlardan tanani tozalash ancha oson bo‘ladi.

Yuqori isitmadan keyin harorat terlash bilan normal darajaga qaytadi. Bu jarayon shuningdek, tanadan zararsiz toksinlarni olib tashlashni taʼminlaydi (boshqacha aytganda, tizim nima qilish kerakligini juda yaxshi biladi).

Baribir tana harorati 39-39,5 darajaga ko‘tarilsa aralashuv zarur degan fikrga qo‘shilmayman. Baʼzida tana (vaziyat va ehtiyojga qarab) haroratini 42 darajaga ko‘tarishi mumkin. Bu haroratlarda bizning oqsillarimiz tuzilishi buzilmaydi; Biroq bizning fermentlarimizning faoliyati va boshqa baʼzi hujayra funksiyalarining ishlashi vaqtincha kamayadi.

Men sizga bir sirni ham aytay (bunday yozganimda qanday qilib hali ham sir boʻlib qolishi mumkin bo‘lsa). 1990-yillarda NASA va Texas Heart Institute tomonidan birgalikda oʻtkazilgan maxfiy tadqiqotda OITSning ogʻir belgilari boʻlgan ayrim bemorlar yurak-oʻpka apparatiga ulangan va umumiy narkoz ostida 24 soat davomida tana harorati 43-44 darajaga koʻtarilgan. Tana harorati normal holatga keltirilib keyin uyg‘ongan bemorlar sog‘ayib ketgani aniqlandi.

Bu issiqlik T-limfotsitlarning funktsiyalarini buzgan oqsillarni parchalash uchun yetarli edi, lekin tananing o‘zi bunga dosh bera oldi.
Siz ushbu tadqiqotni muhokama qiladigan boshqa maqolani topa olmaysiz - hozir o‘qiyotganingizdan tashqari.

Albatta chaqaloqlar yuqori haroratga nisbatan past chidamlilikka ega. Juda yuqori isitmada tutqanoqqa o'xshash reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkin, biz buni o‘zidan ketishlik yoki febril konvulsiyalar deb ataymiz. Menimcha bu yerda asosiy diqqat qilinishi kerak bo‘lgan nuqta, chaqaloqning uyg‘oqlik holati bo‘lishi kerak. Agar ona chaqaloq o‘zidan ketishni boshlaganini sezsa, u jarayonni (tabiiy) sovutish bilan hech qanday asoratlarni keltirib chiqarmasdan yengishi mumkin.

Umid qilamanki bu tushuntirishlar sizning savollaringizga javob beradi va tizimni tushunishingizga yordam beradi.

Hurmat bilan Dot.Dr. Cüneyt Konuralp”

Asosiy kanal linki
https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

Ruvayha

20 Jan, 23:11


Kasalliklar” va biz
#RuvayhaTarjima

“Vujudingizga kirlangan havo, yegulik, suv va boshqalar orqali kirgan zaharlar/toksinlarni vujudingiz “yengil” kasalliklar-yiring, burun oqishi, balg‘am va hkz shaklda tashqariga chiqarib tashlaydi.

Faqat bu tozalash bo‘layotgan paytdagi simptomlar/belgilar sabab insonlar doktorlarga murojaat qilishadi. Doktorlar esa vujudning bu ishini antibiyotik va boshqa dorilar berib “bosish”ga harakat qilishadi. Ko‘pincha bu “tozalash” yilda ikki martta bo‘ladi.

Yigirma yildan keyin esa bu “tozalash”lar bo‘lmagan, vujuddan otilmagan toksinlar sabab insonlar yanayam og‘irroq muammolarga duch kelishadi.
Saraton kabi..”
Dr.Th.Cowan

Asosiy kanal linki
https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0