TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti

@rif_tdiu


☑️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti rasmiy Telegram kanali

Fakultet telefon raqami: 712390129

TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti

21 Oct, 16:10


#saylov_2024

✔️ Saylov – kelajakka tanlov!

⚡️Biz kelajagimiz uchun ovoz beramiz. Sizchi?

👨‍💻 Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalar fakulteti

📌Rasmiy sahifalarimiz
💬TELEGRAM 📹INSTAGRAM

TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti

21 Oct, 02:32


🟦🟦🟦

"Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tilining 35 yilligi"


🎉 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun! 🇺🇿

👨‍💻 Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalar fakulteti jamoasi va faol talabalari nomidan barchangizni bugungi til bayrami bilan chin yurakdan tabriklaymiz !

Ona tilimiz – millat ruhi va g‘ururi!
O‘zbek tili bizning tariximizdan bugungi kunga va ertangi kelajakka ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi. Bu til xalqimizning ming yillik an’analarini, madaniy merosini va qalbida yashirin orzu-umidlarini aks ettiradi.

📖 Til – bu faqat so‘zlar to‘plami emas, balki u xalqning dunyoqarashi, orzulari va tafakkuri bilan bog‘liq bebaho boylikdir.
Uni sevish va asrab-avaylash, shevalar xilma-xilligiga qaramay, yagona millat tilida g‘urur bilan so‘zlash – har birimizning burchimizdir.

🗝 "Til bor ekan – millat barhayot!" Tilimizga ehtirom ko‘rsatish va uning boy xazinasini kelajak avlodlarga yetkazish – millat ravnaqining garovidir. O‘zbek tilida fikr yuritish va muloqot qilish – bu faqat nutq emas, bu yurakdan-yurakka ovoz.

📣 Keling, ona tilimizni hurmat qila oladigan, uni rivojlantirib, yangi cho‘qqilarga olib chiqadigan avlod bo‘laylik!

📌Rasmiy sahifalarimiz
💬TELEGRAM 📹INSTAGRAM

TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti

20 Oct, 16:42


🟦🟦🟦

Talabalar ligasi yangi mavsum yo’llanmasini olish imkonini beradigan bahs Zakovat arenasida bo’lib o’tdi !

🤵‍♂️TDIU Zakovat klubi tomonidan tashkil qilingan ushbu o’yinda 30 ta yo’llanma uchun 200 ga yaqin jamoalar kurash olib bordi. Har bir o’rin uchun 6 jamoaning to’g’ri kelishi intriga va raqobatni ancha oshirib berdi.

⚡️Zakovat arenasi esa jamoalar o’zgacha atmosferada o’yin olib borishiga sababchi bo’ldi. Ballar teng bo’lgan taqdirda reyting ballari taqsimotiga ko’ra pog’ona yuqorilashi, o’yin yakunigacha yo’llanma qo’lga kiritgan jamoalar mavhumligicha qolishiga sabab bo’ldi.

🔗Ushbu post orqali esa kuzgi va qishgi ligaga yo’llanma kiritgan jamoalarni ko’rishingiz mumkin.

⚖️ Adolatda kuch - 🧠 Zakovatda kuch

Rasmiy sahifalarimiz:
💬Telegram | 📷Instagram

TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti

20 Oct, 16:06


📣 Siz uzoq kutgan kun keldi!

🎉 TDIU Iqtisodchilar klubi jamoasi tomonidan yangi loyiha "Iqtisodchasiga galashamiz"!!!

😀 Kuzning salqin kunlarida qiziqarli bahs-munozaraga boy bo'lgan suhbatga nima deysiz ⁉️

Joriy o'quv yilidan boshlab bilimga chanqoq universitet talaba-yoshlari uchun "Iqtisodchasiga gaplashamiz" loyihasini yo'lga qo'yamiz! Birinchi gaplashmoqchi bo'lgan mavzu esa: O'zbekistonning xalqaro qarzi.

📌 U holda, "O'zbekistonning xalqaro qarzi" mavzusi bo'yicha Iqtisodchasiga gaplashamiz.

🗓 Sana: 26-oktabr shanba
Soat: 10:00
📍 Manzil: 1-kompus 216 - auditoriya

Qo'shimcha savollar uchun Jurabek Dilmurodovga murojaat qiling.

🌐 Bizning sahifalarimiz:
💬Telegram 📹Instagram

TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti

20 Oct, 11:39


⚡️ Kundalik hayotimizda harqadamda uchrab turadigan atamalardan biri, bu "Iqtisodiyot" tushushasidir. U nihoyatda kengqamrovli va ko'p ma'noli tushuncha bo'lib, qisqa, lo'nda yoki ikki og'iz so'z bilan tushuntirib berish qiyin.

⚠️ "TSUE Insights" jamoasi esa bunga harakat qilib ko'radi.

Gap shundaki, bu atama bilan bevosita bog'liq bo'lgan yoki, undan kelib chiqqan "Iqtisod", "Iqtisod qilish" kabi iboralar ham borki, ularning ma'nosi bir biriga juda yaqin.

😀 Batafsil vidio orqali...

#Iqtisodiyot #Economics

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'lishni unutmang !

📱 Telegram | 📱 Instagram

TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti

20 Oct, 08:29


💙💙💙

Diqqat, diqqat!!! Siz kutgan kun ham keldi!

➡️ TDIU Debat klubi va’da qilganimizdek, "Munozara ligasi-2024" uchun jamoalarni ro‘yxatdan o‘tkazishga start berganimizni e’lon qilamiz!

📌 Liga 3 ta tilda - o'zbek, rus va ingiliz tillarida bo‘lib o‘tadi.

❗️ Har bir TDIU kampusidan ko'pi bilan 16 ta jamoa olinadi va so'ngida:
• 1-asosiy kampusdan: 4 ta
• 2 va 3-kampusdan: 2 tadan jamoalar “TDIU Super Cup 🏆 da ishtirok etadi!

O'yinda qatnashish uchun 3 kishidan iborat jamoa tuziladi va jamoa sardori guruhni ro'yxatdan o'tkazishi talab etiladi!

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish
➡️ Dedlayn: 24.10.2024, 23:30



Внимание, внимание!!! День, которого вы так ждали, настал!

➡️ Как и обещал Дебатный клуб ТГЭУ, мы официально открываем регистрацию команд на “Debate League-2024”.

📌 Лига пройдет на трёх языках: узбекском, русском и английском.

❗️ Каждый кампус ТГЭУ сможет выставить до 16 команд, и в финале:
• От главного кампуса выйдут 4 команды
• От 2-го и 3-го кампусов по 2 команды будут бороться за “Суперкубок ТГЭУ🏆

Для участия создайте команду из 3 человек, и капитан должен зарегистрировать команду!

➡️ Регистрация
➡️ Дедлайн: 24.10.2024, 23:30



Attention, attention!!! The day you have been waiting for has come!

➡️ As we, TSUE Debate Club, promised, we announce that we have started the registration of teams for "Debate League-2024"

📌 The league will be held in 3 languages ​​- Uzbek, Russian and English.

❗️ A maximum of 16 teams will attend from each TSUE campus and will eventually:
• From the 1st main campus: 4 teams
• From 2nd and 3rd campus: 2 teams will participate in "TSUE Super Cup 🏆"

To participate in the game, a team of 3 people will be formed and the team captain must register the team!

➡️ Registration
➡️ Deadline: 24.10.2024, 23:30


Telegram | Instagram | Support

TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti

20 Oct, 06:44


🟦🟦🟦

“35 YILLIGING MUBORAK ONA TILIM!”


🗓17-oktabr 2024-yil "21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili" maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti hamda “Xorijiy tillar ta'limi” kafedrasi professor- o'qituvchilari tomonidan kafedra haftaligi doirasida “Til-millat iftixori" nomli adabiy-badiiy uchrashuv o'tkazildi.

Adabiy-badiiy uchrashuvga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir, “Do‘stlik” ordeni sohibi Bobur Bobomurod hamda “Saodat” jurnali bosh muxariri o‘rinbosari, O‘zbekiston junalistlari uyushmasi a’zosi Feruza Oripovalar tashrif buyurdilar.

Tadbirda universitetimiz talaba-yoshlari o‘zlarining turli tillardagi ona tilimizni targ‘ib qilishga, asrab-avaylashga qaratilgan jonli ijrolari bilan tadbir ishtirokchilarida ijobiy taassurot qoldirdilar.

📌Rasmiy sahifalarimiz
💬TELEGRAM 📹INSTAGRAM

TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti

19 Oct, 17:07


🟦🟦🟦 🟦🟦

✔️Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining madaniy-ma’rifiy tadbirlarini tashkil etish va san’at bo’limi boshlig’i, “Do’stlik” ordeni sohibi shoir Bobur Bobomurodning sahifalariga obuna bo’ling.

⚡️Ustozning eng sara ijod namunalarini rasmiy telegram sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin:

🔗https://t.me/bobur_bobomurod

TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti

18 Oct, 17:24


💟💟💟

Ertaga shanba kuni TDIU Yoshlar ittifoqi qoshidagi klublar hamda fakultetlar tomonidan tashkil etiladigan tadbirlar ro’yxati:

🌐Travel club va TSUE International: 05:00da Samarqandga sayohat;

✔️Imc Krems: 10:30da UrDIU bilan o’rtoqlik o’yini, 13:00da quiz competition;

📣Bank ishi fakulteti: 10:00da Quiz o’yini;

🏆Sport club va TSUE records book: 11:00da sport musobaqalarida rekordchilarni aniqlash;

🎙Students’ Union: 11:00da "Что? Где? Когда?”;

🛍Buxgalteriya hisobi fakulteti jamoasi: 11:00da “reading club”;

📌Pendidikan qo’shma ta’lim dasturi: 13:00da Quiz o’yini;

💬Speaking club va Iqtisodiyot fakulteti: 17:00da “English quiz” tadbiri;

🔥Kechki ta’lim fakulteti: 20:00da madaniy hordiq.

🇺🇿 TDIU Yoshlar ittifoqi

Rasmiy sahifalarimiz
💬Telegram | 📷Instagram |🖤YouTube | 📒Facebook

TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti

18 Oct, 10:03


🟦🟦🟦

👨‍💻 Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalar fakultetining AyTi'shnik talaba-yoshlari "Ideathon" tanlovida faxrli 🥇birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.

🗣17-oktabr universitetda ATB TBC BANK, «Digital Finance» akseleratsiya markazi va Universitet IT Klubi bilan hamkorlikda, «Yuqori intellektual yoshlar hamjamiyati—kelajak iqtisodiyotining asosi» xalqaro festivali doirasida «FinTech kelajagi – biz bilan!» nomli Ideaton bo'lib o'tdi.

🟡Forum ishtirokchilari, xorijlik mehmonlar talaba-yoshlarning ilmiy-innovatsion hamda startap loyihalari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, TDIU va TBC Bank o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

📌Rasmiy sahifalarimiz
💬TELEGRAM 📹INSTAGRAM

TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti

18 Oct, 09:28


🟦🟦🟦

👨‍💻 Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalar fakulteti faol talaba-yoshlari "Bilimlar estafetasi" tanlovida faxrli 🥇birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.

🔥Tanlov qizg’in bahs va munozaralarga boy bo’ldi. Adiblar bilan bog’liq savollarga aniq javob berishlik hamda jarayonda tezkorlik ham muhim rol o’ynadi.

📌Rasmiy sahifalarimiz
💬TELEGRAM 📹INSTAGRAM

TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti

18 Oct, 09:16


🟦🟦🟦

TDIUda “Ma’rifat elchisi” loyihasi davom etmoqda !

✔️Bugun Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti "Axborot tizimlari va texnologiyalari" kafedrasi Professor-o'qituvchilari kitob ulashish marafoni bilan mazkur loyihada ishtirok etishdi.

⚡️Tadbir qizg’in jarayonlar bilan davom etmoqda. Siz ham ushbu loyiha mobaynida faollik ko’rsatib “Ma’rifat elchisi” sertifikatini qo’lga kiriting.

Biz bilan bitta to’lqinda bo’ling:
@tdiu_official