QIZILTEPA TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI (RASMIY KANAL)

@qiziltepa_mmtb


Ushbu kanalda Qiziltepa tuman maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi yangiliklar, o'zgarishlar va innovatsiyalar yoritib boriladi.

QIZILTEPA TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI (RASMIY KANAL)

21 Oct, 11:12


#Til_millat_ko'rki
#Qiziltepa_tumani

🔰21-oktyabr - O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan 25-umumiy oʻrta ta'lim maktabida "Til millat koʻrki" mavzusida ma'navi-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

♻️Tadbir davomida hadislardan namunalar, ona tilimizni madh etuvchi she'rlar, raqslar, sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

QIZILTEPA TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI (RASMIY KANAL)

21 Oct, 11:03


#Ona_tili_millat_kòzgusi
#Qiziltepa_tumani

🔰Qizitepa tumani 30-umumta'lim maktabida o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligiga bag'ishlab "Ona tili millat ko'zgisi" mavzusida ma'naviy ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda o'quvchilar ona tilini madh etuvchi kuy qo'shiq she'rlari bilan faol ishtirok etdilar. Tadbirda maktab inspektor psixologi B. Rahmatov va barcha fan o'qituvchilari ishtirok etdilar. Bayram ko'tarinki ruhda o'tkazildi.

QIZILTEPA TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI (RASMIY KANAL)

21 Oct, 10:58


#Ona_tilim_g'ururim_faxrim

♻️ Tumandagi 12-son Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida
21-oktabr “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi” munosabati bilan "Ona tiliim - g'ururim, faxrim" mavzusida tadbir tashkil etildi.

QIZILTEPA TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI (RASMIY KANAL)

21 Oct, 09:49


Navoiy viloyat Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi Qiziltepa tuman Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi tasarrufidagi 36-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining 21-Oktabr “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi” munosabati bilan tayyorlagan chellenji

QIZILTEPA TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI (RASMIY KANAL)

21 Oct, 06:19


#Asosiy_fan_olimpiadasi

Bugun umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasiida asosiy fan olimpiadasining ikkinchi -  tuman bosqichiga start berildi.

🔹Ayni damda tumandagi 5-umumiy o'rta ta'lim maktabida tarix va geografiya fanlaridan olimpiada jarayonlari boshlandi.

Qiziltepa tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati

QIZILTEPA TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI (RASMIY KANAL)

21 Oct, 03:49


#Ona_tilim_faxrimsan

🔰Qiziltepa tuman Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi tasarrufidagi Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarining 21-oktabr “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi” munosabati bilan tayyorlagan chellenjl.

Qiziltepa tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati

QIZILTEPA TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI (RASMIY KANAL)

21 Oct, 03:48


Assalomu alaykum, aziz tumandoshlar!

Barchangizni 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan hamda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunga 35 yil to‘lgani bilan chin dildan tabriklayman.

Mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi o‘rni va ahamiyati kun sayin ortib borayotgani hech kimga sir emas. Ona tilimiz milliy o‘zligimizni anglash, millat ruhini saqlab qolish, yorug‘ kelajagimizni ta’minlashning eng muhim omili, albatta.

Buyuk madaniyatimizning bebaho namunalari, yirik ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar aynan shu tilda yaratilgan. Ularga murojaat etar ekanmiz, nafaqat ma’naviy ozuqa olamiz, balki o‘zbek tilining sofligini ta’minlash, asrab-avaylash uchun mas’ullik sezamiz.

Chunki, bizning bu dunyoda borligimizni, kuch-qudratimizni namoyon etuvchi xazina – ona tilimiz hisoblanadi.

Ayniqsa, keyingi yillarda o‘zbek tili nufuzli xalqaro anjumanlar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbaridan muntazam yangrab kelayotgani barchamizga g‘urur-iftixor bag‘ishlash bilan birga, dunyoda ona tilimizni o‘rganishga intilayotgan insonlar safini ham tobora kengaytirmoqda.

Qadrli tumandoshlar!

Har biringizdan ona tilimiz rivojiga hissa qo‘shishni, suhbatlashganda sof o‘zbek tilida so‘zlashni so‘ragan bo‘lar edim. Bu ham madaniyatimizning bir bo‘lagi.

Barchangizni yana bir bor O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabriklayman. Ona tilimizning nufuzi yanada oshib boraversin.

Bayram muborak bo‘lsin!

Bekzod BOBOMURODOV,
tuman hokimi
————————————
Ассалому алайкум, азиз тумандошлар!

Барчангизни 21 октябрь – Ўзбек тили байрами куни билан ҳамда ўзбек тилига Давлат тили мақоми берилган кунга 35 йил тўлгани билан чин дилдан табриклайман.

Мамлакатимизда ўзбек тилининг давлат тили сифатидаги ўрни ва аҳамияти кун сайин ортиб бораётгани ҳеч кимга сир эмас. Она тилимиз миллий ўзлигимизни англаш, миллат руҳини сақлаб қолиш, ёруғ келажагимизни таъминлашнинг энг муҳим омили, албатта.

Буюк маданиятимизнинг бебаҳо намуналари, йирик илмий кашфиётлар, бадиий дурдоналар айнан шу тилда яратилган. Уларга мурожаат этар эканмиз, нафақат маънавий озуқа оламиз, балки ўзбек тилининг софлигини таъминлаш, асраб-авайлаш учун масъуллик сезамиз.

Чунки, бизнинг бу дунёда борлигимизни, куч-қудратимизни намоён этувчи хазина – она тилимиз ҳисобланади.

Айниқса, кейинги йилларда ўзбек тили нуфузли халқаро анжуманлар, жумладан, Бирлашган Миллатлар Ташкилоти минбаридан мунтазам янграб келаётгани барчамизга ғурур-ифтихор бағишлаш билан бирга, дунёда она тилимизни ўрганишга интилаётган инсонлар сафини ҳам тобора кенгайтирмоқда.

Қадрли тумандошлар!

Ҳар бирингиздан она тилимиз ривожига ҳисса қўшишни, суҳбатлашганда соф ўзбек тилида сўзлашни сўраган бўлар эдим. Бу ҳам маданиятимизнинг бир бўлаги.

Барчангизни яна бир бор Ўзбек тили байрами куни билан табриклайман. Она тилимизнинг нуфузи янада ошиб бораверсин.

Байрам муборак бўлсин!

Бекзод БОБОМУРОДОВ,
туман ҳокими

1,283

subscribers

4,777

photos

264

videos