Install program (IT dasturlar👨‍💻)

@programdastur


Kompyuter va telefonlar uchun bepul dasturlar, ilovalar, umuman olganda IT ga oid yangiliklar shu yerda...
Vaqtingizni behudaga sarflamang.

📩 Murojaat uchun » @LazizbekAblazov

Guruhimiz » @dasturlar_it

Kanalimiz boti » @installprogrambot

Install program (IT dasturlar👨‍💻)

12 Oct, 12:19


Kompyuterni boshqa bir kompyuter yoki telefon orqali masofadan boshqarish mumkin, bunda ushbu dastur sizga yordam beradi.

🔔 Kanalga a'zo bo'ling !
↗️ Install program

Install program (IT dasturlar👨‍💻)

02 Oct, 17:29


#win_hotkeys

♻️ "Win" tugmasi orqali ko'plab amallarni bajarish mumkin.
Quyida👇 Win tugmasi bilan birga keladigan klaviatura kombinatsiyalarini havola etamiz.

Win+W
— Windows Ink Workspace’ni ochish (pero bilan chizish, ekranni rasmga olish (skrinshot));
Win+X — “Центр мобильных приложений Windows” (Windows mobil dasturlar markazi)ni ochish (Windows Vista va 7 o’rnatilgan mobil kompyuterlar uchun);
Win+Y — Yahoo! Messenger’ni ochish (o’rnatilgan bo’lsa);
Win+Pause — tizim xususiyatlarini ochish (свойства системы);
Win+Tab — vazifalar panelidagi tugmalar bo’ylab harakatlanish (Windows Aero’da — oynalar bo’ylab harakatlanish, Flip 3D’ni qo’llagan holda);
Win+F1 — “Центр справки и поддержки Windows” (Windows ma’lumotlar va qo’llab-quvvatlash markazini) ochish;
Win+1 … 0 — vazifalar paneliga joylangan va tartib raqamiga ega dasturlarni ishga tushirish/o’tkazish (faqat Windows Vista va yangilarida);
Win+Shift+1 … 0 — vazifalar paneliga joylangan va tartib raqamiga ega dasturlarni yangi nusxalarini ishga tushirish (faqat Windows Vista va yangilarida);
Win+Ctrl+1 … 0 — vazifalar paneliga joylangan va tartib raqamiga ega dasturni oxirgi faol oynasini ochish (faqat Windows Vista va yangilarida);
Win+Alt+1 … 0 — vazifalar paneliga joylangan va tartib raqamiga ega dasturlarga o’tadigan dasturlar ro’yxatini ochish (faqat Windows Vista va yangilarida);
Win+⬆️ — oynani kattalashtirish (faqat Windows Vista va yangilarida);
Win+⬇️ — oynani tiklash/minimallashtirish (faqat Windows Vista va yangilarida);
Win+ ⬅️ yoki ➡️ — oynani kattalashtirish rejimini o'zgartirish (shu jumladan ko'p monitorli konfiguratsiyalardagi monitorlar o'rtasida) (faqat Windows Vista va yangilarida);
Win+Shift+⬅️ yoki ➡️ — ko'p monitorli konfiguratsiyalardagi monitorlar o'rtasida o’tkazish oynasi (faqat Windows Vista va yangilarida);
Win+Shift+⬅️ yoki➡️ — faol oynani ekranning yuqoridan pastgacha cho'zish/oyna hajmini tiklash;
Win+Home —barcha maksimal (ochiq) oynalarni kamaytiring/tiklash, veb-sahifaning yuqori qismiga o'tish (faollashtirilgan oynalar bundan mustasno (faqat Windows 7 da));
Win+Space — ish stoliga qarash (faqat Windows 7) / tilni almashtirish (klaviatura uchun) (faqat Windows 8 va 10);
Win+PrtScr — kompyuter ekranini rasmga olish va saqlash (Windows 8’dan boshlab);
Win+ — ekran lupasini yoqish/tasvirni 100% ga yaqinlashtirish (faqat Windows Vista va yangilarida);
Win+ — ekran lupasi faol holatda tasvirni 100% ga kichraytirish (faqat Windows Vista va yangilarida);
Win+Esc — ekran lupasini o’chirish (faqat Windows Vista va yangilarida).
Win+.” yoki Win+;” — emojilar (smayllar) panelini ochish.
Win+Z — ilovada mavjud bo'lgan buyruqlarni to'liq ekran rejimida ko'rsatish.

❇️ Install program
❇️@dasturlar_it

Install program (IT dasturlar👨‍💻)

30 Sep, 16:51


👨‍🏫 👩‍🏫 Qadrli ustoz va murabbiylar!

Kanalimiz nomidan sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan chin dildan tabriklaymiz.

Sizning yuksak ma'suliyatli, mashaqqatli va sharafli mehnatingizga zafarlar, oilaviy hayotingizga esa, baxt va omad yor bo'lsin.

💐 USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI MUBORAK BO'LSIN💐

❇️ Install program

Install program (IT dasturlar👨‍💻)

25 Sep, 15:08


#arxiv_dastur

Bandizip Pro — bu WinZip, 7-Zip, WinRAR va boshqalar kabi ko'plab arxiv formatlarini qo'llab-quvvatlaydigan arxiv dastur hisoblanadi.
Ushbu dastur orqali arxivdan fayllarni chiqarib olish, shuningdek, istalgan fayllarni arxivga solish mumkin.

❇️ Install program

Install program (IT dasturlar👨‍💻)

24 Sep, 17:01


Total Commander dasturi Windows bilan ishlashni yengillashtirishdan iborat. Bu dastur fayllar va papkalar bilan asosiy amallarni qidirish, nusxa olish, qayta nomlash, oʼchirish kabilarni soddaroq, qulayroq va yaqqolroq bajaradi.

Total Commander turli funksiyalarni bajaradi, xususan:

-diskdagi kataloglar roʼyxatini yaqqol koʼrsatadi.

-diskdagi kataloglarni koʼrsatish, kataloglarni yaratish, qayta nomlash, oʼchirish imkoniyatlariga ega.

- fayllar ustida nusxa koʼchirish, qayta nomlash, joyni oʼzgartirish va oʼchirish komandalarini qulayroq bajaradi.

-turli matnli fayllar, hujjatlar, arxiv fayllar, maʼlumotlar bazasi, matnlarini koʼrish, matnli fayllarni tahrir qilish imkoniga ega.

📍Dastur bepul, tezkor!

Boshqa dasturlar bu yerda👇
♻️ Install program

Install program (IT dasturlar👨‍💻)

20 Sep, 04:32


«Microsoft Word» dasturida klaviatura tugmalari vazifalari.

Ctrl+C
— nusxa ko‘chirish;
Ctrl+N — yangi hujjat yaratish;
Ctrl+O — ochish;
Ctrl+S — saqlash;
Ctrl+V — o‘rniga qo‘yish;
Ctrl+W — oynani yopish;
Ctrl+X — qirqib olish;
Ctrl+Y — bekor qilingan harakatni qaytarish;
Ctrl+Z — so‘nggi o‘zgarishni bekor qilish;
Ctrl+Home — hujjat boshiga o‘tish;
Ctrl+End — hujjat oxiriga o‘tish.
Alt — ochiq oynadagi sistema menyusi ochiladi, menyuda strelkalar yoki Alt+kerakli harf yordamida ishlash mumkin.
Ctrl+Space — belgilangan joydan formatlashni olib tashlaydi.
Ctrl+0 — abzatslar orasidagi intervalni o‘zgartiradi.
Ctrl+1 — satrlar orasiga birlik interval qo‘yish;
Ctrl+2 — satrlar orasiga ikkilik interval qo‘yish;
Ctrl+5 — satrlar orasiga bir yarimlik interval qo‘yish.
Alt+Shift+D — bugungi sanani kiritish;
Alt+Shift+T — ayni paytdagi vaqtni kiritish.
♻️ Install program

Install program (IT dasturlar👨‍💻)

18 Sep, 14:56


#kitob

📕Hujjatingizni kitobcha shaklida chop etish uchun maxsus dastur.
📖Kitob sahifalarini tartiblab beradi.

🕹Yuklab olish uchun link...

☝️O'zingizga kerakli bo'lgan dasturlarni do'stlaringizga ham ulashing.

❇️ Install program

Install program (IT dasturlar👨‍💻)

11 Sep, 06:12


#driver_MF453

Canon i-SENSYS MF453 dw
uchun eng so'nggi drayverni yuklab oling va o'rnating.

Canon i-SENSYS MF453dw printeri uchun universal va rasmiy drayveri, ushbu modelning har bir egasi qurilmani kompyuter bilan aniqlashi va undan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. Bunga qo'shimcha ravishda, driver tufayli siz qurilmani ishlamay qolganda yoki xatolarda tiklashingiz mumkin. Drayvlarni o'rnatish jarayoni juda oddiy va to'liq avtomatlashtirilgan.

❇️ Install program

Install program (IT dasturlar👨‍💻)

08 Sep, 10:03


#photoshop

🏞 Photoshop’da klaviatura kombinatsiyalari

Ba’zi sanab o‘tilgan klavisha va kombinatsiyalar dasturning eski versiyalarida ishlamasligi mumkin.

🏷 Qatlamlar (Слои)

1️⃣. Yangi qatlam yaratish (Создать новый слой) : Shift + Ctrl + N.

2️⃣. Nusxalash usuli bilan qatlam yaratish (Создать слой методом копирования) : Ctrl + J.

3️⃣. Kesish usuli bilan qatlam yaratish (Создать слой методом вырезания) : Shift + Ctrl + J.

4️⃣. Ko‘rinuvchi qatlamlarni birlashtirish (Объединить видимые слои) : Shift + Ctrl + E.

5️⃣. Tanlangan qatlamni eng ustkisiga aylantirish (Сделать выбранный слой самым верхним) : Shift + Ctrl + ].

6️⃣. Tanlangan qatlamni eng ostkisiga aylantirish (Сделать выбранный слой самым нижним) : Shift + Ctrl + [.

7️⃣. Tanlangan qatlamni bir pog‘ona tepaga ko‘tarish (Поднять выбранный слой на один уровень) : Ctrl + ].

8️⃣. Tanlangan qatlamni bir pog‘ona pastga tushirish (Опустить выбранный слой на один уровень) : Ctrl + [.

🏷 Rasmlarga tuzatishlar kiritish (Коррекция изображений)

1️⃣. “Уровни” oynasini ochish (Открыть окно «Уровни») : Ctrl + L.

2️⃣. “Кривые” oynasini ochish (Открыть окно «Кривые») : Ctrl + M.

3️⃣. “Цветовой баланс” oynasini ochish (Открыть окно «Цветовой баланс») : Ctrl + B.

4️⃣. “Цветовой тон / Насыщенность” oynasini ochish (Открыть окно «Цветовой тон / Насыщенность»): Ctrl + U.

5️⃣. “Размер изображения” oynasini ochish (Открыть окно «Размер изображения») : Ctrl + Alt + I.

6️⃣. Erkin transformatsiyalash rejimiga o‘tish (Перейти в режим свободного трансформирования) : Ctrl + T.

7️⃣. Belgilangan soha yoki qatlamni rangsizlantirish (Обесцветить выделенную область или слой) : Shift + Ctrl + U.

8️⃣. “Автотон”ni qo‘llash (Применить «Автотон») : Shift + Ctrl + L.

9️⃣. “Автоконтраст”ni qo‘llash (Применить «Автоконтраст») : Alt + Shift + Ctrl + L.

🔟. “Автоматическая цветовая коррекция”ni qo‘llash (Применить «Автоматическую цветовую коррекцию») : Shift + Ctrl + B.

1️⃣1️⃣. “Обтравочная маска (Clipping Mask)”ni yaratish yoki bekor qilish (Создать или отменить обтравочную маску) : Ctrl + Alt + G.

🏷 Masshtabni boshqarish (Управление масштабом)

1️⃣. Rasmni 100%lik masshtabda ko‘rish (Просмотреть изображение в масштабе 100%) : Ctrl + Alt + 0.

2️⃣. Rasm masshtabini oyna o‘lchamiga moslashtirish (Подстроить масштаб изображения под размер окна) : Ctrl + 0.

3️⃣. Rasm masshtabini kattalashtirish (Увеличить масштаб изображения) : Ctrl + «+».

4️⃣. Rasm masshtabini kichraytirish (Уменьшить масштаб изображения) : Ctrl + «-».

🏷 Belgilash (Выделение)

1️⃣. Belgilashni bekor qilish (Сбросить выделение) : Ctrl + D.

2️⃣. Belgilashni ortga qaytarish, ya’ni qayta belgilash (Вернуть выделение) : Shift + Ctrl + D.

3️⃣. Belgilanganni invertlash (Инвертировать выделение) : Shift + Ctrl + I.

4️⃣. Barcha qatlamlarni tanlash (Выбрать все слои) : Ctrl + Alt + A.

5️⃣. Ustki qatlamni tanlash (Выбрать верхний слой) : Alt + «.».

6️⃣. Ostki qatlamni tanlash (Выбрать нижний слой) : Alt + «,».

7️⃣. Belgilangan sohaning bir qismini olib tashlash (Исключить часть выделенной области) : Alt klavishini ushlab turgan holda + belgilash (зажатая клавиша Alt + выделение).

8️⃣. Belgilangan sohaga nisbatan yangisini qo‘shish (Добавить новую область к уже выделенной) : Alt klavishini ushlab turgan holda + belgilash (зажатая клавиша Shift + выделение).

9️⃣. Rasmdagi rangni tanlash (Выбрать цвет на изображении) : Alt klavishini ushlab turgan holda + “Кисть” vositasi bilan chertish (bosish) (зажатая клавиша Alt + щелчок инструментом «Кисть»).

🏷 Mo‘yqalamlar (Кисти)

1️⃣. Mo‘yqalam o‘lchamini kichraytirish (Уменьшить размер кисти) : [.

2️⃣. Mo‘yqalam o‘lchamini kattalashtirish (Увеличить размер кисти) : ].

3️⃣. Mo‘yqalamning qat’iyligini kamaytirish (Уменьшить жёсткость кисти) : {.

❇️ Install program

Install program (IT dasturlar👨‍💻)

25 Aug, 13:49


#excel_tezkor_tugmalari

❇️ Install program

Install program (IT dasturlar👨‍💻)

25 Aug, 03:04


📹HitPaw Watermark Remover - bu dastur sizga videolardan ortiqcha belgilar va yozuvlarni olib tashlashga yordam beradi.

Foydali bo'lsa do'stlaringizga ham ulashing 👉 @programdastur

Boshqa dasturlar⤵️
Install program

Install program (IT dasturlar👨‍💻)

22 Aug, 16:59


#IT_news

⚠️Bu jurnalist qiz aslida bu DUNYODA yo‘q, u sun’iy intellekt mahsuli, sun'iy intellekt texnologiyalari O'zbekistonda jurnalistlar o'rnini ham egallay boshladi😨

O‘zAda sun’iy intellekt yordamida yaratilgan muxbir ish boshladi.

Robot-muxbirga Sobira Xoldorova nomi berildi. U O‘zbekiston yangiliklarini dunyo hamjamiyatiga to‘qqiz tilda – o‘zbek, ingliz, rus, fransuz, arab, xitoy, nemis, ispan va qozoq tillarida yetkazib beradi.

❇️ Install program

Install program (IT dasturlar👨‍💻)

20 Aug, 08:29


#antivirus

Bu dastur kompyuteringizni viruslardan asraydi.

❇️ Install program

Install program (IT dasturlar👨‍💻)

16 Aug, 07:45


#office_android

📚 OfficeSuite Pro – Android uchun to‘liq funksiyali ofis paketi. Ushbu ilova Sizga MS Word va Excel formatlarida fayllarni yaratish, tahrirlash va o‘qish, shuningdek PDF hujjatlari hamda PowerPoint taqdimotlarini kuzatib borish imkonini beradi.

❇️ Install program

Install program (IT dasturlar👨‍💻)

16 Aug, 07:39


Kompyuterda tez ishlash bo'yicha qo'llanma - Win tugmasi

Windows operatsion tizimi bilan ishlaganda, ish unumdorligi oshirish maqsadida klaviaturadagi maxsus windows emblemasidan(Win) foydalanshni maslahat beraman.

Win - PUSK menyusini ochish yoki yopish.
Win + PAUSE – “Cвойство Windows“ oynasi
Win + D - Ish stolini ko'rish(Barcha oynalar ekranning quyi qismiga tushadi va ish stoli ochiladi).
Win + M - Barcha oynalarni "свернуть" qilish(quyi qismga tushirish).
Win + SHIFT+M - "свернуть" qilingan oynalarni ish stoliga chiqarish.
Win + E - "Мой компьютер" oynasi.
Win + F - fayl va papkalarni qidirish oynasini ochish, (Windows 10'da ishlamaydi).
CTRL+ Win + F - kompyuterlarni qidirish oynasini ochish(tarmoqdagi kompyuterlarni qidirish uchun).
Win + L - kompyuterni blokirovka qilish yoki foydalanuvchini o‘zgartirish uchun ishlatiladi.
Win + R - "Выполнить" oynasini chaqirish.
Win+ T - "Панель задач" (ekranning quyi qismi) dagi dasturlarni birin ketin aktiv holatga o‘tkazish.
Win + biror son -  kiritilgan songa mos holda, "Панель задач" da joylashgan shu songa mos keluvchi dasturni ishga tushirish.
SHIFT+Win + biror son - kiritilgan songa mos holda, "Панель задач" da joylashgan shu songa mos keluvchi dasturni yangi nusxasini ochish.
ALT+Win + biror son - kiritilgan songa mos holda, "Панель задач" da joylashgan shu songa mos keluvchi dasturni ochilgan barcha nusxalarini ko‘rish.
Win + TAB - Ishlayotgan barcha dasturlarni 3D ko‘rinishda bir biri bilan almashtirish(Windows 10 da 3d bo'lmaydi).
CTRL+Win + TAB - Ishlayotgan barcha dasturlarni 3D ko‘rinishda bir biri bilan almashtirish, oldin qotirib so‘ng TAB tugmasi orqali o‘tish(windows 10 da ishlamaydi).
Win+ PROBEL - Ish stolini ko‘rish(Faqat shu knopkalarni bosib turgan holda ko‘rish mumkin. Qo‘yib yuborsa yana eski holatga qaytadi) (Windows 10 da tilni o'zgartirish).
Win + YUQORI STRELKA - aktiv oynani to‘liq ekran bo‘ylab ochib beradi.
Win+ CHAP STRELKA - aktiv oynani chap tomon bo‘ylab ochib beradi(chap tomon to‘liq to‘lgan holda).
Win+ O‘NG STRELKA - aktiv oynani o‘ng tomon bo‘ylab ochib beradi(o‘ng tomon to‘liq to‘lgan holda).
Win + QUYI STRELKA - aktiv oynani boshlang‘ich holatga qaytaradi.
Win + HOME - aktiv oynadan boshqa barcha oynalarni ekranning quyi qismiga joylashtiradi("свернуть" qiladi).
Win+ SHIFT + YUQORI STRELKA - aktiv oynani yuqori va quyi qismini ekrannng oxirigacha kengaytiradi.
Win + P - Ekranga chiqarish rejimini o‘rnatish.
Win + U - "Центра специальных возможностей" oynasini ochib beradi(Windows 10 da "Параметры" oynasini ochadi).

👆Do'stlaringizga ham ulashing...
❇️ Install program

Install program (IT dasturlar👨‍💻)

11 Aug, 18:26


#everything_for_desktop

🔍 Everything — Kompyuterda fayllarni qidirganingizda ko'p vaqt talab qilishi mumkin.

Everything kichkina dasturi yordamida esa siz kompyuteringizdagi istalgan faylni qisqa vaqt ichida topa olasiz.

Install program

Install program (IT dasturlar👨‍💻)

27 Jul, 12:48


#foydali

❗️190 mln so‘mgacha: Qaysi ilovalar orqali komissiyasiz pul o‘tkazsa bo‘ladi?

— Smart bank ilovasi orqali — 100 mln so‘mgacha;
— Humans ilovasi — 50 mln so‘mgacha;
— “Agrobank”ning Agrobank mobile ilovasi — 10 mln so‘mgacha;
— “Tenge bank”ning Tenge24 ilovasi — 10 mln so‘mgacha;
— “Xalq banki”ning Xazna ilovasi — 5 mln so‘mgacha;
— “Davrbank”ning Davr Mobile ilovasi — 3,5 mln so‘mgacha;
— “AVO Bank”ning Avo ilovasi orqali — 3 mln so‘mgacha;
— “Mikrokreditbank”ning Mavrid ilovasi — 3 mln so‘mgacha;
— SelloPay ilovasi — 3 mln so‘mgacha;
— Alif ilovasi — 1 mln so‘mgacha.

Ayni paytda pul o'tkazuvchi ilovalar orqali umumiy 189,5 mln so‘m mablag‘ni istalgan kartadan istalgan kartaga foizsiz o‘tkazish mumkin.

Ilovalarni Google Play va App Store'dan yuklab olish mumkin.

Install program

Install program (IT dasturlar👨‍💻)

27 Jul, 06:49


#IT_news

🏠 Yaponlar mukammal yozgi adyolni ixtiro qildilar - u tanani sovutadi va sizni terlashdan saqlaydi

😶‍🌫️ Ammo bu hammasi emas. U bir zumda quriydi va har qanday namlikni o'zlashtiradi. Ayyor samuraylar sirni oshkor etmaydilar, lekin ular hamma narsa matoda ekanligiga ishora qiladilar.

💳 Narxi tahminan 1.200.000 so'm atrofida bo'lishi mumkin.

Install program