NURISTON AKADEMIK LITSEYI

@qarmii_akademik_litseyi


🏢 Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyining (Nuriston akademik litseyi) rasmiy kanali.
🌐 Rasmiy sayt: https: www.nuriston-al.uz
📩 Elektron pochta: [email protected]
📍 Manzil: Qarshi shahri A.Navoiy ko'chasi 64uy.
📞 Tel: 55 401-20-02

NURISTON AKADEMIK LITSEYI

21 Oct, 12:19


🇺🇿Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligiga bag'ishlab "Til - millat faxri" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi.

❇️Tadbirda akademik litsey o'quvchilari tomonidan turli sahna ko'rinishlari va chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, akademik litseyning Xorijiy tillar yo'nalishi 1-bosqich o'quvchilari to'rtta shart bo'yicha o'zaro bellashishdi.

Bellashuvda:
🥇1-o'rinni 111-guruih,
🥈2-o'rinni 112-guruh,
🥉3-o'rinni 113-guruh o'quvchilari egallashdi.

Tadbir ko'tarinki ruhda tashkil qilindi.

NURISTON AKADEMIK LITSEYI

19 Oct, 04:33


🇺🇿Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi o‘quvchilarining 21-oktabr O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 3️⃣5️⃣ yilligi munosabati bilan tabriklari.

NURISTON AKADEMIK LITSEYI

19 Oct, 03:43


#Audiosheʻrlar
📖 "Ona Tilim"
Muhammad Yusuf


Garchi zugʻum qilganlarni yoqtirmadim,
Sheʼr yozdimu boʻlak ishni qotirmadim.
Tilim turib oʻz tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bagʻri – dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Onam “erkam” deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yoʻq deb zirqirardi bir joylarim.
Parovozni hansiratgan bugʻdoylarim,
Oltinlarim, maʼdanlarim, ipaklarim…
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
Oʻzbekni qon qaqshatganni oʻzbek siylar.
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim – tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Sen boʻlmasang nima bizga silliq sheʼrlar,
Bu dunyoda tili yoʻqda, dil yoʻq derlar.
Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning toʻridagi soʻlmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Bir qarasam har shevangda ming jilolar,
Har novdangda, har mevangda ming jilolar.
Qodiriylar, Choʻlponlaru Abdullolar,
Sening qaytgan kuning mening mavlud yilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.


🎧 @audiokitoblar_uz

NURISTON AKADEMIK LITSEYI

18 Oct, 09:12


#Sinov

❇️Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida "Ma'naviyat soati" da 21-oktabr O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan ommaviy diktant yozish sinov-tadbiri tashkil qilindi.

📚Tadbirda akademik litseyning 600 nafardan ortiq o‘quvchilari ishtirok etib, yozma savodxonlik darajalarini sinovdan o‘tkazdilar.