Harbiy va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari

@ohtmuz


🇺🇿 Assalomu aleykum hurmatli vatandoshlar!!!

🏢 Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ta'lim muassasalari haqida ma'lumot almashinuvchi norasmiy sahifa.

Rasmiy ma'lumotlar va ijtimoiy fikrlar.

Admin: @Olloyorbek_Baxtiyorovich

Harbiy va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari

17 Aug, 06:13


Mana shu yo'nalishlarga o'qishga kirganlar @Olloyorbek_Bakhtiyorovich ga yozib yuboringlar iloji bo'lsa

Harbiy va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari

17 Aug, 06:03


2024/2025-o‘quv yili uchun Jamoat xavfsizligi universiteti Maxsus fakulteti (umumfuqaroviy asosdagi) ta‘lim yo‘nalishlariga o'tish ballari ma'lum qilindi

➡️ Kanalga ulanish: @ohtmuz

Harbiy va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari

17 Aug, 05:57


⚡️ 2024/2025-o‘quv yili uchun Huquqni muhofaza qilish akademiyasining "Prokurorlik faoliyati" bakalavr yo‘nalishiga o'tish ballari ma'lum qilindi

1️⃣ Kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha o‘zbek tili guruhiga:

🔹 davlat granti asosida: 180,6 ball
🔸 to‘lov-kontrakt asosida: 169,8 ball

2️⃣ Kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha rus tili guruhiga:

🔹 davlat granti asosida: 182,4 ball
🔸 to‘lov-kontrakt asosida: 161,2 ball

3️⃣ Sirtqi ta'lim shakli bo‘yicha (o‘zbek tili guruhi, to‘lov-kontrakt asosida): 160,3 ball

@ohtmuz
@Olloyorbek_Baxtiyorovich

Harbiy va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari

28 Jul, 10:31


⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasining Umumqo‘shin fakultetiga 2024/2025-o'quv yili uchun o'tish bali 127.4 ballni tashkil etdi.

➡️ Kanalga ulanish: @ohtmuz

Harbiy va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari

27 Jul, 14:56


O'zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya institutining "Uchish apparatlari ekspluatatsiyasi taktik qo'mondonligi (muhandislar)" mutaxassisligi bo‘yicha 2024/2025-o'quv yili uchun yakuniy (test) natijalari.

O'tish bali: 131.1

➡️ Kanalga ulanish: @ohtmuz

Harbiy va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari

27 Jul, 14:56


O'zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya institutining "Harbiy havo kuchlari taktik qo'mondonligi (taktik aviatsiyasi, vertolyot aviatsiyasi, uchuvchisiz uchish apparatlari, havo harakatini boshqarish)" mutaxassisligi bo‘yicha 2024/2025-o'quv yili uchun yakuniy (test) natijalari.

O'tish bali: 99.6

➡️ Kanalga ulanish: @ohtmuz

Harbiy va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari

27 Jul, 11:11


Bojxona qo'mitasining Bojxona institutiga 2024/2025-o'quv yili uchun o'tish ballari.

➡️ Kanalga ulanish: @ohtmuz

Harbiy va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari

27 Jul, 11:02


Chirchiq oliy tank qo'mondonlik-muhandislik bilim yurti 2024/2025-o'quv yili uchun yakuniy (test) natijalari.

O'tish bali: 104.7

➡️ Kanalga ulanish: @ohtmuz

Harbiy va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari

27 Jul, 10:45


⚡️ Ijtimoiy fikrlarga qaraganda, Chirchiq oliy tank qo'mondonlik-muhandislik bilim yurtiga 2024/2025-o'quv yili uchun o'tish bali 104.7 ballni tashkil etibdi.

❗️ Ushbu ma'lumot hozircha rasmiy tasdig'ini topgani yo'q.

@ohtmuz

Harbiy va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari

27 Jul, 07:35


⚡️ 2024/2025-o‘quv yili uchun Jamoat xavfsizligi universiteti Maxsus fakulteti ta‘lim yo‘nalishlariga kvotalar tasdiqlandi

Umumfuqaroviy asosda kadrlar tayyorlaydigan ushbu fakultetning kunduzgi ta‘lim shakli bo‘yicha bakalavriat ta‘lim yo‘nalishlariga umumiy 130 ta kvota, bulardan:

👉 60310100 - "Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)" ta‘lim yo‘nalishiga to‘lov-kontrakt asosida 25 ta kvota;

👉 60310900 - "Psixologiya: amaliy psixologiya" ta‘lim yo‘nalishiga to‘lov-kontrakt asosida 25 ta kvota;

👉 60420100 - "Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)" ta‘lim yo‘nalishiga to‘lov-kontrakt asosida 80 ta kvota.

➡️ Kanalga ulanish: @ohtmuz

Harbiy va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari

12 Jul, 15:49


Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga 2024/2025-o'quv yili uchun o'tish ballari.

#mandat | #IIV_akademiya

➡️ Kanalga ulanish: @ohtmuz

Harbiy va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari

22 Jun, 15:47


🏛 Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “Prokurorlik faoliyati” bakalavriat ta'lim yoʼnalishiga qabul boʼyicha


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʼgʼrisida” PF–257-sonli Farmoniga asosan Oʼzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2023/2024-oʼquv yilidan boshlab “Prokurorlik faoliyati” bakalavriat ta'lim yoʼnalishi boʼyicha kadrlarni tayyorlash joriy etilgan.

‼️ Shunga koʼra, Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2024/2025-oʼquv yili uchun “Prokurorlik faoliyati” bakalavriat taʼlim yoʼnalishiga qabul davom etayotganligi maʼlum qilinadi.

❇️ “Prokurorlik faoliyati” bakalavriat taʼlim yoʼnalishi boʼyicha oʼqitish kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllarida, oʼzbek va rus tillarida, davlat granti va toʼlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

📱O‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar joriy yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional taʼlim muassasalariga (2024-2025-oʼquv yili uchun)” boʼlinmasida “Yurisprudensiya” va “Chet tili” fanlar majmuasi, taʼlim tili va test topshirish hududini tanlashi lozim.

🔠 Test sinovlari iyul-avgust oylarida oʼtkaziladi.

📄 Shuningdek, nomzodlar “Chet tili sertifikati” boʼlinmasida tegishli sertifikatni yuklashi mumkin.

@ohtmuz
@Olloyorbek_Baxtiyorovich

Harbiy va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari

18 Jun, 15:45


⚡️ Oliy harbiy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

🗓 Ma’lumki, oliy harbiy ta’lim muassasalari (OHTM)ga kirish test sinovlari respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘tkaziladigan test sinovlari bilan bir vaqtda o‘tkaziladi.

❗️Shu sababli OHTMga hujjat topshirgan abituriyentlar davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasiga e’tibor qaratishlari lozim.

❇️ Bunda abituriyent hujjat topshirgan OHTMning tegishli ta’lim yo‘nalishidagi fanlar majmuasi bilan hozir ro‘yxatdan o‘tayotganda tanlayotgan fanlar majmuasi bir xil bo‘lishi kerak.

⚠️ Agar abituriyent OHTMning tegishli yo‘nalishiga mos bo‘lmagan fanlar majmuasini tanlasa, OHTMga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok eta olmaydi.

Izoh. my.uzbmb.uz saytida OHTMga hujjat topshirgan abituriyentlarga shunga mos fanlar majmuasi chiqarilmoqda.

➡️ Kanalga ulanish: @ohtmuz

Harbiy va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari

03 Jun, 15:52


HMQ akademiyasi nomzodlari diqqatiga!

❗️Bugun 3-iyun, maxsus psixologik tanlov va yozma imtihon (diktant) uchun to'lov qilishning so'nggi kuni.

📈 Maxsus psixologik tanlov va yozma imtihonda ishtirok etish uchun barcha talabgorlardan BHMning yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

@ohtmuz

Harbiy va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari

30 May, 15:07


🏢 HMQ akademiyasining "tergov faoliyati" yo‘nalishi bo‘yicha maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon (diktant) joriy yilning 9-iyun kuni Nukus shahri, Toshkent shahar va viloyatlar markazlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

📈 Maxsus psixologik tanlov va yozma imtihonda ishtirok etish uchun barcha talabgorlardan BHMning yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

❗️Maxsus psixologik tanlov va yozma imtihonda ishtirok etish uchun to‘lov 2024-yil 3-iyun kunigacha qabul qilinadi.

👉 Batafsil
👉 O‘qishga kirish tartibi

➡️ Kanalga ulanish: @ohtmuz

Harbiy va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari

30 May, 14:38


Hurmatli HMQ akademiyasi nomzodlari!

Akademiyaning "tergov faoliyati" yo'nalishi nomzodlarining dastlabki tanlov bo'yicha natijalari Akademiyaning rasmiy saytida e'lon qilindi:

1️⃣ harbiylashtirilgan "tergov faoliyati";

2️⃣ harbiylashtirilmagan "tergov faoliyati".

➡️ Kanalga ulanish: @ohtmuz

Harbiy va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari

15 May, 15:39


Qo‘lidan kelganlar yordam qilib yuborsin iloji bo‘lsa, qiynalgan oila ekan. Hech bo‘lmasa yordam qila oladiganlarga yuborib qo‘yinglar ushbu rasmni.

Harbiy va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari

12 May, 17:28


📑 Kazus yoki fabula asosida quyidagi hujjatlarni tayyorlab beramiz:

1️⃣ ma'muriy ishlar bo'yicha hujjatlar (ariza, tushuntirish xati, dalolatnoma, bayonnoma va hokazo);
2️⃣ tergov protsessual hujjatlari (ariza, tushuntirish xati, qaror, xulosa, bayonnoma va hokazo);
3️⃣ fuqarolik ishlari bo'yicha hujjatlar (da'vo arizasi, iltimosnoma);
4️⃣ prokuror nazorati hujjatlari (protest, ariza, qaror, ogohlantirish, taqdimnoma);
5️⃣ normativ-huquqiy hujjatlar;
6️⃣ advokaturaga oid korporativ hujjatlar.

⚠️ Yuqorida ko'rsatib o'tilganlar faqat o'quv jarayoni uchun.
🤝 Hujjat narxi ish hajmiga qarab kelishiladi.

➡️ Murojaat uchun: @Olloyorbek_Bakhtiyorovich