REGISTRATOR OFIS Bo'limining rasmiy kanali.

@ofis_registratori


Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetining Ofis registratori bo'limining rasmiy kanali!
Bu kanal orqali siz talabaga kerak bo'lgan barcha hujjatlarni elektronni shaklda olishingiz mumkin.

Aloqa: @magistrsupport

REGISTRATOR OFIS Bo'limining rasmiy kanali.

16 Oct, 09:45


Sobiq Toshkent Moliya instituti talabalari (Kunduzgi, Kechki, Sirtqi, Qo'shma) diqqatiga❗️❗️

Bundan buyon hemisdagi shaxsiy kabinetingizga, shu talaba.tsue.uz havola orqali kirib vazifalarni yuborishingiz mumkin.
Agar kimda tizimga kirishda muommo bo'lsa, dekanatga murojaat qilishingiz mumkin.

Havola👇👇👇👇👇👇
https://talaba.tsue.uz/dashboard/login

Bizni kzuatishda davom eting.
@ofis_registratori

REGISTRATOR OFIS Bo'limining rasmiy kanali.

14 Oct, 08:23


📌 1-kurslar uchun yangi tizim: ular faqat 1 yillik grant bilan talaba bo'lgan

▪️ 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi. Bunda:

ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;

ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi;

ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi;

ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi.

@ofis_registratori

REGISTRATOR OFIS Bo'limining rasmiy kanali.

12 Oct, 03:53


📌 Kredit-modul tizimida 1 kredit o‘rtacha 25 — 30 akademik soatlik o‘quv yuklamasiga teng. Ya’ni talaba muayyan fandan tegishli kreditlarni to‘plashi uchun ma’lum miqdordagi o‘quv yuklamasini o‘zlashtirishi zarur. O‘quv yuklamasi bakalavriatda — 40 — 50% auditoriya soati, 50 — 60% mustaqil ish soatiga, magistraturada — 30% — 40% auditoriya soati, 60-70% mustaqil ish soatiga (malakaviy amaliyot va bitiruv malakaviy ishlari bundan mustasno) bo‘linadi. Kreditning soatlardagi miqdori va o‘quv yuklamasi miqdori oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi va oliy ta’lim muassasasi veb-sahifasida shaffof tarzda joylashtiriladi.

https://t.me/Ofis_registratori

REGISTRATOR OFIS Bo'limining rasmiy kanali.

11 Oct, 04:41


📌 DARSGA KELMAGAN “AKADEMIK QARZDOR TALABA”NING KURSDAN QOLDIRILISHI (kredit-modul tizimi boʻyicha)

〽️1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan.
〽️1 kredit 30 soatga teng.
〽️1 ta fanning 6 krediti 180 soatga teng (6 • 30 = 180).
〽️180 soatning 40 foizi (72 soat) auditoriya soatiga, qolgan 60 foizi (108 soat) esa mustaqil taʼlimga ajratilgan.


https://t.me/Ofis_registratori
Talaba auditoriya uchun ajratilgan 72 soatning ¼ qismini (yaʼni 18 soatni) qoldirsa, yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talaba kursdan qoldiriladi. Mana shu tariqa bakalavriat yoʻnalishidagi talaba 8 yil oliy taʼlim muassasasida qolishi mumkin.

REGISTRATOR OFIS Bo'limining rasmiy kanali.

30 Sep, 03:54


#Talabalar_diqqatiga

📌 1- va 2-bosqich talabalar qanday holatlarda akademik qarzdor hisoblanadi!?

1️⃣- HOLAT: Agar talaba bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizi va undan ortiq hajmini sababsiz qoldirsa;

2️⃣ - HOLAT: Fan yakunida joriy nazorat bo‘yicha to‘plagan o‘rtacha bali 60 dan kam bo‘lgan talaba;

3️⃣ - HOLAT: Agar talaba fan yakuni bo`yicha oraliq (ON) yoki yakuniy nazorat (YaN) imtihonlaridan 60 dan kam bal to'plasa.(Bunda talabaga ONni qayta topshirish uchun 2 marta (dekanat ruxsati va koordinatsion kengash qarori asosida), YaNni qayta topshirish 2 marta (1-marta dekanat ruxsati bilan, 2-marta koordinatsion kengash qaroriga binoan pullik asosida attestatsiya davrida amalga oshiriladi, bunda to‘lov qiymati yozgi semestr uchun to‘lanadigan pul miqdorining 30%ni tashkil qiladi) imkoniyat beriladi.

Akademik qarzdor talabalarga o‘z xohishiga ko‘ra, yozgi ta’til vaqtida o‘rnatilgan tartibda to'lovni amalga oshirgandan so‘ng qayta ta'lim olishi imkoniyati beriladi.

https://t.me/Ofis_registratori

REGISTRATOR OFIS Bo'limining rasmiy kanali.

29 Sep, 14:40


📌 DARSGA KELMAGAN “AKADEMIK QARZDOR TALABA”NING KURSDAN QOLDIRILISHI (kredit-modul tizimi boʻyicha)

〽️1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan.
〽️1 kredit 30 soatga teng.
〽️1 ta fanning 6 krediti 180 soatga teng (6 • 30 = 180).
〽️180 soatning 40 foizi (72 soat) auditoriya soatiga, qolgan 60 foizi (108 soat) esa mustaqil taʼlimga ajratilgan.


❗️ Talaba auditoriya uchun ajratilgan 72 soatning ¼ qismini (yaʼni 18 soatni) qoldirsa, yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talaba kursdan qoldiriladi. Mana shu tariqa bakalavriat yoʻnalishidagi talaba 8 yil oliy taʼlim muassasasida qolishi mumkin.


https://t.me/Ofis_registratori

REGISTRATOR OFIS Bo'limining rasmiy kanali.

27 Sep, 07:54


📌 1-kurslar ijara shartnomasiz sentyabr-oktyabr oylari uchun 340 ming so'mdan oling.

1-bosqich talabalar uchun 24-27-sentyabr kunlari ijara to‘lovining bir qismini qoplab berilishi yuzasidan onlayn ariza yuborish imkoniyati berildi

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 605-son qaroriga asosan oliy ta’lim muassasasidan uzoq joylashgan hududlardan kelgan birinchi bosqich talabalari (doimiy yashash joyi boshqa tumanda (shaharda) bo‘lgan ijara asosida yashaydigan talabalar)ga sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilishi belgilangan.

Eslatma! Nizomga asosan “talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan” deganda yotoqxonada turishga ehtiyoji bor, ammo joylar soni cheklanganligi bois ijarada turishi taqozo qilgan talabalar tushuniladi. Shu bois, o‘z ixtiyoriga ko‘ra ijarada turuvchilarga kompensatsiya to‘lovlari belgilanmasligi eslatib o‘tilgan.

Kontrakt edu uz platformasi orqali qabul qilinadi!

@ofis_registratori

REGISTRATOR OFIS Bo'limining rasmiy kanali.

24 Sep, 18:58


#Talabalar_uchun
#HEMIS

🖥 HEMIS axborot tizimi yangi dizaynda!

Raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan talabalar uchun HEMIS axborot tizimining yangi talqini my.hemis.uz ishlab chiqildi.

Yangi talqinda:
▫️ Kun va tun rejimi
▫️ Vidjetlarni sozlash
▫️ Elektron kutubxona
▫️ GPA ko'rsatkichi
▫️ Qulay dars jadvali kabi yangi imkoniyatlar mavjud

RAQAMLI TA'LIM MARKAZIDAN,
RAQAMLI TA'LIM XIZMATLARI


👉 Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling!

REGISTRATOR OFIS Bo'limining rasmiy kanali.

24 Sep, 07:27


“Ochisleniya” bo‘lgan talabalar ham o‘qishini ko‘chirishi mumkinmi?

Xorijiy davlatlarda va Respublikamizdagi nodavlat oliygohlarda tahsil olayotgan ayrim talabalar o‘z vaqtida to‘lov-kontrakt pulini to‘lamaganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘qishidan chetlatilgan holatlar yo‘q emas. Ushbu toifadagi talabalar ham o‘qishini davlat OTMlariga ko‘chirishi mumkinmi?

Buning uchun talabadan o‘qigan davri ko‘rsatilgan transkripti (yoki akademik ma’lumotnoma) hamda talabalar safidan chetlatilganligi to‘g‘risida buyruq kerak bo‘ladi. Ushbu hujjatni o‘qishni ko‘chirish arizasiga ilova qilgan holda imtihonlarda bemalol ishtirok etishi mumkin. Bunda huquqiy tomonlama hech qanday cheklov mavjud emas.

Xulosa qilib shuni aytish mumkin-ki, o‘qishdan chetlatilgan talabalar ham Respublikadagi davlat oliygohlariga o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

@Ofis_registratori

REGISTRATOR OFIS Bo'limining rasmiy kanali.

24 Sep, 06:44


‼️Xorijdan perevod qilgan Talabalarning arizasini tasdiqlash bo'yicha ketma ketlik jarayoni‼️


@Ofis_registratori

REGISTRATOR OFIS Bo'limining rasmiy kanali.

24 Sep, 04:41


⚡️Filologiya va tillarni o'qitish (rus tili) yo'nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashi mumkin?

🎓 Ushbu bakalavriat ta‘lim yo‘nalishi maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, prоfessiоnal ta’lim muassasalari va texnikumlari, xоrijiy tillaridan tarjimоn talab etiladigan tashkilоtlar, gazeta va jurnallar tahririyati, nashriyotlar, sоhaga оid ilmiy-tadqiqоt tashkilоtlar, kutubxоnalar, turli qo‘lyozma va kitоblar saqlanadigan fоndlar; ixtisоslik sоhasiga оid bоshqa tashkilоtlarga mutaxassislarni tayyorlaydi.

Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyatlar asosida ishlashlari mumkin:
➡️ O'qituvchilik;
➡️ Tarjimonlik;
➡️ Ilmiy faoliyat;
➡️ Nashriyot va boshqalar.

@Ofis_registratori

REGISTRATOR OFIS Bo'limining rasmiy kanali.

24 Sep, 04:40


⚡️Iqtisodiyot ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Bu ta’lim yoʻnalishida quyidagi mutaxassisliklarga ega boʻlasiz.
➡️ Davlat moliya boshqaruvchisi;
➡️ korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisi;
➡️ investitsiyalarni boshqaruvchi
xalqaro moliyachi;
➡️ bank xodimi;
➡️ bank hisobchisi va auditor buxgalter;
➡️ byudjet hisobchisi menejeri.

@Ofis_registratori

REGISTRATOR OFIS Bo'limining rasmiy kanali.

24 Sep, 04:06


O’qishdan chetlatilgan talabalar qancha muddatda o’qishini tiklashi kerak?

O’qishdan chetlatilgan talabalar o’qishini qayta tiklash muddati quyidagicha belgilangan:

5 yilgacha — rektor buyrug’i bilan;
5 yildan 10 yilgacha — tegishli vazirlik yoki idora qarori asosida;
10 yildan ortiq — idoralararo komissiya qarori bilan.
Ushbu tartib 2017 yil 20 iyundagi Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga asoslanadi.

@Ofis_registratori

REGISTRATOR OFIS Bo'limining rasmiy kanali.

14 Sep, 05:04


⚡️Endi talaba o'g'il bolalarga ham foizsiz ta'lim krediti beriladi. Faqat sharti bor!

Bunga qadar faqatgina xotin-qizlarga beriladigan imtiyozli ta'lim krediti endilikda Oliygoh, kollej va texnikum talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lsa, ularga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti ajratiladi.

Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev kambagʻal oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida ma'lum qildi.



@Ofis_registratori

REGISTRATOR OFIS Bo'limining rasmiy kanali.

13 Sep, 05:51


Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash tartibi qanday
Bunday bo‘lib to‘lash imkoniyati “super” kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlarga ham tegishlimi

https://t.me/Ofis_registratori

REGISTRATOR OFIS Bo'limining rasmiy kanali.

13 Sep, 05:47


📌 "Perevodchilar" qachondan super-kontrakt uchun ariza yozadi?

Ayni vaqtda kontrakt edu uz sayti orqali abituriyentlarga super-kontrakt uchun onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratildi va arizalar yuborilmoqda.

Biroq, super-kontrakt asosida o'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan "perevodchilar" uchun saytda ariza qoldirish imkoniyati hali yaratilgani yo'q.

Hozirgi vaqtda sayt 100% aniqlik darajasida ishlamayapti va ayrim kamchiliklar kuzatilmoqda. Jumladan super-kontrakt narxlari hisoblashda chalkashliklar kuzatilyapti. Shu sababli ham hozircha "perevodchilar" uchun super-kontraktga ariza yozish imkoniyati keyinroqqa surilayotgani haqida ma'lumotlar kelmoqda.

Shuning uchun super kontrakt asosida "perevod" qilmoqchi bo'lganlar biroz sabr qilishlari va kanalimizda yangiliklardan boxabar bo'lib turishlari tavsiya etiladi.

https://t.me/Ofis_registratori

REGISTRATOR OFIS Bo'limining rasmiy kanali.

09 Sep, 12:32


Talabalar diqqatiga!

Talabalar uchun ta'lim kreditiga ariza yuborish boshlandi.

🖥 Buning uchun talim-krediti.mf.uz portaliga OneID orqali kiring va ariza yuboring!

📃 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.05.2024 yildagi PF-82-sonli ”Oliy va professional ta’lim tashkilotlari talabalari va o‘quvchilariga budjet mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonning 2-bandida Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun — talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimi orqali olinishi belgilangan.

😀😃😄😁😆🥹😅😂

RAQAMLI TA'LIM MARKAZIDAN,
RAQAMLI TA'LIM XIZMATLARI

Instagram 📱 | Facebook 📱 | YouTube 📱

👉 Raqamli ta'lim markazining rasmiy telegram kanaliga obuna bo'ling