NASAF MUXLISLARI

@nasaf


NASAF

📅 Анонслар
📷 Фотолар
📹 Видеолар
📄 Натижалар
📉 Статистикалар

Reklama @Nasaf_reklama_shartlari

@Qabulhona


https://t.me/joinchat/Vqd-HVvEnSft3oMl

NASAF MUXLISLARI

22 Oct, 12:51


OChL 2. 3-Tur. “Al Hussein” — “Nasaf”. Jamoalar ertangi bellashuvda qaysi rangdagi liboslarda harakatlanishi maʼlum



Bugun Iordaniya poytaxti Amman shahrida joylashgan “Landmark” mehmonxonasida “Al Hussein” — “Nasaf” uchrashuvidan oldin ikkala jamoa vakillari va uchrashuv rasmiylari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda ertangi bellashuvga oid tashkiliy masalalar va yangi musobaqadagi oʻzgarishlar bilan har ikkala jamoa rasmiylari tanishtirildi.

Ertangi bellashuvda “Nasaf” toʻliq qizil rangli sport formalarida, mezbonlar “Al Hussein” esa sariq va qora rangli liboslardan foydalanishi kelishib olindi.


“Nasaf” futbol klubi matbuot xizmati

NASAF MUXLISLARI

22 Oct, 12:28


🔵 Osiyo Chempionlar ligasi 2, 3-tur “AL HUSSEIN” — “NASAF” uchrashuvi oldidan boʻlib oʻtadigan rasmiy tadbirlar rejasi:

22.10.2024

13:00 | Uchrashuv rasmiylari va har ikkala jamoa vakillari ishtirokida miting;

14:30 | Jamoamiz bosh murabbiyi va futbolchisi ishtirokida oʻyinoldi matbuot anjumani;

21:00 | Jamoamizning oʻyinoldi rasmiy mashgʻuloti;

Eslatib oʻtamiz, uchrashuv oldi tadbirlar Toshkent vaqti bilan koʻrsatilgan.

“Nasaf” futbol klubi matbuot xizmati

NASAF MUXLISLARI

22 Oct, 05:21


Bugun o‘zbek futboli va klubimiz afsonasi, jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Sa’dullayevichning tavallud topgan kunlari! Ushbu quvonchli sana munosabati bilan Ro‘ziqul Berdiyevni "Nasaf" oilasi va muxlislari nomidan samimiy tabriklaymiz! Uzoq umr, sihat salomatlik, oilaviy tinchlik xotirjamlik, ishlariga rivoj tilaymiz!

Qashqadaryo va o‘zbek futboliga qo‘shayotgan samarali mehnatlarini olqishlaymiz!

Janob bosh murabbiy! Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan Nasaf PFK jamoasi!


📱@nasaf

NASAF MUXLISLARI

21 Oct, 19:26


🇯🇴Ammanda 1-kun. Jamoamizning bugungi mashgʻulotidan fotolar📸

📲@nasaf

NASAF MUXLISLARI

21 Oct, 13:36


“Nasaf” Iordaniya poytaxti Amman shahriga yetib keldi.


Eslatib oʻtamiz, “Nasaf” OChL 2 musobaqasi 3-turida Iordaniyaning “Al Hussein” jamoasi mehmoni boʻladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.

📱@nasaf

NASAF MUXLISLARI

20 Oct, 04:52


⚽️⚽️ Superliga.21-turning ikki o’yini bo’lib o’tadi.

🌐Nasafning ashaddiy muxlislarini birga, bir yerga birlashtiramiz

🔵@Nasaf