NamDU_sirtqi ta'lim 📚

@namdu_sirtqi1


NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
SIRQTI BO'LIMI RASMIY KANALI.

NamDU_sirtqi ta'lim 📚

17 Oct, 12:45


YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTI UCHUN OVOZ BERAMIZ!

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀
https://t.me/namdupressklub

NamDU_sirtqi ta'lim 📚

09 Oct, 14:43


#qulaylik | #click #zoomrad #payme #paysend #upay #oson

⚡️KONTRAKT, YOTOQXONA VA QAYTA O'QISH UCHUN TO‘LOVLARINI MOBIL ILOVALAR ORQALI TO‘LANG!

📱Buning uchun mobil ilovada "To‘lovlar" sahifasiga kiring.

1. "Ta'lim" bo'limidan "OTM shartnoma to‘lovi"ni tanlang.

2. To‘lov turidan "Kontrakt, Yotoqxona yoki Kredit modul to‘lovi" bandini tanlang va JSHSHIR raqamingizni kiriting.

3. To‘lov summasini kiriting hamda to‘lovni amalga oshiring.

Bunda shartnoma miqdori, to‘langan summa va qarzdorlikni ham ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Ma'lumotlar kontrakt.edu.uz platformasidan olinadi.

Mobil ilovalar orqali talabalar komissiyasiz (0 %) onlayn to‘lov qilishlari mumkin.

Shuningdek, kontrakt.edu.uz tizimida qayta o'qish uchun ariza berilganda o'zlashtirilmagan fanlar to'g'risidagi ma'lumotlar avtomatik ravishda Hemis dasturidan olinadi.

@namdu_sirtqi1

NamDU_sirtqi ta'lim 📚

03 Oct, 18:49


Talaba qanday hollarda oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkin?

Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
 
– O‘z xohishiga binoan;
 
– O‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
 
– O‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
 
– Bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
 
– O‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
 
– Talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
 
– Sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
 
– Vafot etganligi sababli.
 
Shuningdek, harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.06.2017 yildagi 393-son  "OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISH, TALABALAR O‘QISHINI KO‘CHIRISH, QAYTA TIKLASH VA O‘QISHDAN CHETLASHTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA" 5-bob. Oliy ta’lim muassasalari talabalarini o‘qishdan chetlashtirish.

@namdu_sirtqi1

NamDU_sirtqi ta'lim 📚

03 Oct, 18:29


student.namdu.uz Profilingizga kirganingizdan keyin siz tizimga kirganingiz va siz kiritgan parol xavfsizlik darajasida emasligi sababli parolingizni ozgartirishingiz kerakligi haqida xabarni olasiz va
1-parolni ozgartirish galichka belgisini yoqasiz
2-yangi parol qismida kamida 8 ta lotin harflari va raqamlardan iborat bo'lgan maxfiy kalit sozini kiritasiz
3-parol tasdigi degan qismida yangi kiritgan parolingizni yana bir marta kiritasiz
tizim kiritgan parolingizni tasdiqlab yashil rang bilan belgilaganidan so`ng
4-saqlash tugmasini bosasiz
Va tizimdan foydalana olasiz.

student.namdu.uz

👉 @namdu_sirtqi1

NamDU_sirtqi ta'lim 📚

03 Oct, 18:21


HEMIS tizimidan chaqiruv qog'ozini yuklab olish uchun:

Asosiy oynadan Hujjatlar ro'yhati 👉 Talaba Hujjati 👉 Chaqiruv qog'ozi orqali olish mumkin.


Talaba ma'lumoti bo'limidan 👉 Talaba hujjati 👉 Chaqiruv qog'ozi orqali olish mumkin.

Eslatma: Agarda ushbu holatda chaqiruv qog'ozi chiqmasa yoki o'tgan o'quv yiliniki bo'lsa dekanatga murojaat qilish talab etiladi.

👉student.namdu.uz

👉@namdu_sirtqi1

NamDU_sirtqi ta'lim 📚

03 Oct, 18:06


#qulaylik

⚡️Talabalar uchun shartnoma to‘lovlarini PayMe to'lov tizimi orqali onlayn to‘lash imkoniyati yaratildi

📱Buning uchun PayMe to'lov tizimida "To'lovlar" sahifasiga kiring.

1. "Ta'lim" bo'limidan
"Оплата за ВУЗы"ni tanlang.

2. JSHSHIR raqami hamda
to'lov summasini kiriting va to'lovni amalga oshiring.

Bunda "Tafsilotlar" tugmasini bosish orqali shartnoma bo‘yicha oxirgi to'lov summasini va qarzdorlikni ham ko‘rishingiz mumkin.

PayMe mobil ilovasi orqali talabalar komissiyasiz (0 %) onlayn to‘lov qilishlari mumkin.

📌Shuningdek shartnoma to'lovini
🔸my.gov.uz portali orqali hamda
🔸Zoomrad mobil ilovasi orqali ham komissiyasiz (0 %) onlayn to'lash imkoniyati mavjud

👉 @namdu_sirtqi1

NamDU_sirtqi ta'lim 📚

30 Sep, 23:12


Наманган давлат университети ректори Собитхон Турғуновнинг 1 октябрь - Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан
БАЙРАМ ТАБРИГИ


Ассалому алайкум, муҳтарам устозлар, қадрли ҳамкасблар!
Барчангизни 1 октябрь - Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан табриклайман ва энг эзгу тилакларимни изҳор этиб қоламан.

Сўзим аввалида доим кўнглимдан ўтадиган бир гапни айтиб ўтмоқчиман. Мен ҳар гал сизларнинг қувонч, шукроналик, касбга бўлган кучли меҳр ва шижоат уфуриб турган юз-кўзларингизга боқар эканман, қалбимдан, биз бахти, омади бор педагоглармиз, деган шукроналик ҳисси ўтади. Чунки шундай имкониятлар эшиклари кенг очилган, ўқитувчи қадри юксалган, тараққиёт ва келажак фақат билим билан қурилади, деган тамойилга таянган давлатда, жамиятда, Янги Ўзбекистонда яшаяпмиз, фаолият олиб боряпмиз. Бунинг учун ҳукуматимиздан, Президентимиздан ҳар қанча миннатдор бўлсак, қанча зўр иштиёқ, ҳавас ва ғайрат билан ишласак арзийди.

Муборак китобларда боғ яратган, сув келтирган, йўл ва кўприклар қурган инсонларни беадад ва беҳисоб савобга лойиқлиги таъкидланади. Бироқ ўша боғбонга, сувчига, қурувчига илм берган, касб сирларини ўргатган ким? Шубҳасиз, Сиз - азиз устозлар!
Демак, сизларнинг мақомингиз улардан-да улуғ, сизларнинг хизматингиз, бу хизмат эвазига олажак мукофотларингиз жуда улуғ ва беҳисобдир, десам асло муболаға бўлмаса керак.

Қадрли педагоглар, мураббийлар, устозлар!

Дарҳақиқат, бугун Президентимиз таълим тизими ривожига ва педагог-ходимлар меҳнатини муносиб қадр топишига алоҳида эътибор қаратмоқдалар. Бундай эътирофдан ва эътибордан қалбимиз қувончга тўлмоқда.
Айниқса, байрам арафасида давлатимиз раҳбарининг "Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармонига биноан, Наманган давлат университетининг кимё кафедраси доценти Каримов Абдурашид Мусахоновичнинг «Шуҳрат» медали билан тақдирлангани бутун жамоамиздагилар юрагига ўзгача ғурур ва ифтихор бахш этди.

Шунингдек, куни кеча Олий таълим, фан ва инновациялар вазирининг буйруғи билан олий таълим соҳасида виждонан фаолият олиб бориб, ёш авлоднинг сифатли таълим олишида ўзининг фидокорона меҳнати билан намуна бўлаётган, тизим ривожи учун муносиб ҳисса қўшиб келаётган Наманган давлат университетининг бир гуруҳ профессор ва ўқитувчилари «Олий таълим аълочиси» кўкрак нишони билан тақдирландилар. Шаробиддин Тожибоев, Йўлдошали Тошматов, Ёқубжон Жуманазаров, Абдувоҳид Абдулазизов, Зарифа Қурбонова, Муҳаббатхон Саидова каби фидокор устоз-педагогларимизнинг ана шундай кўкрак нишони билан тақдирлангани янада қувонарлидир.
Мен барча мукофотланган ва тақдирланган устозларимизни юксак давлат мукофотлари билан шахсан ўзим номимдан ҳамда ҳамкасбларимиз, талаба-ёшлар номидан табриклайман!

Азиз ҳамкасблар!
Барчангизга байрам муборак бўлсин. Ҳамиша соғ-саломат бўлинг. Оилавий бахт, омад, муваффақият ҳамроҳ бўлсин. Сидқидил меҳнатларингиз ва фарзандлар камолини, роҳатини кўриш насиб қилсин. Қалбингиздаги чўғ, зиё ва эзгу ният-мақсадлар асло сўнмасин.
Байрамингиз муборак бўлсин!

NamDU_sirtqi ta'lim 📚

24 Sep, 19:15


🖥 kontrakt.edu.uz

Savol: kontrakt.edu.uz saytida ta'lim ma'lumotlarimda (Qaysi ta'lim muassasada tahsil olishim, yo'nalishim, kursim) xatolik mavjud. Qanday qilib to'g'rilasam bo'ladi.

Savolga javobni ushbu videoda batafsil bilib olishingiz mumkin.

👉@namdu_sirtqi1

NamDU_sirtqi ta'lim 📚

24 Sep, 19:05


#Talabalar_uchun
#HEMIS

🖥 HEMIS axborot tizimi yangi dizaynda!

Raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan talabalar uchun HEMIS axborot tizimining yangi talqini my.hemis.uz ishlab chiqildi.

Yangi talqinda:
▫️ Kun va tun rejimi
▫️ Vidjetlarni sozlash
▫️ Elektron kutubxona
▫️ GPA ko'rsatkichi
▫️ Qulay dars jadvali kabi yangi imkoniyatlar mavjud

RAQAMLI TA'LIM MARKAZIDAN,
RAQAMLI TA'LIM XIZMATLARI


👉 @namdu_sirtqi1

NamDU_sirtqi ta'lim 📚

18 Sep, 14:22


#DIQQAT #SHARTNOMA olish uchun video qoʻllanma 👆👆👆
#Eslatma shaxsiy profilga kirib ma'lumotingizni yangilashingiz talab etiladi:
Barcha ma'lumotlar kanali:
https://t.me/NamDU_sirtqi1

NamDU_sirtqi ta'lim 📚

11 Sep, 05:52


Namangan davlat universiteti Sirtqi ta'lim yo'nalishlariga tavsiya etilgan talabalar 👆yuqoridagi telegram guruhiga qo'shilishlari so'raladi

NamDU_sirtqi ta'lim 📚

11 Sep, 05:51


https://t.me/+FlzL5cJCvxBjZDUy

NamDU_sirtqi ta'lim 📚

11 Sep, 05:26


E'LON...!!! Qabul-2024 test sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tgan Namangan davlat universitetining Sirtqi ta'lim shakli yo'nalishlari bo'yicha grant, bazaviy va ortirilgan to’lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar quyida ko'rsatilgan hujjatlarni Universitetning Chust shahrida joylashgan Sirtqi bo’lim binosiga (8-bino) olib kelib topshirishlari so`raladi.
Hujjatlar ro'yxati:
1. Onlayn ariza
2. Diplom va diplom ilovasi yoki attestat (asli)
3. 2 dona pasport yoki ID kartasi nusxasi
4. 8 dona 3x4 hajmdagi fotosurat.
5. Abituriyent ruxsatnomasi
6. Titul varaqasi
Agar talaba imtiyozli tartibda qabul qilingan bo‘lsa imtiyozini tasdiqlovchi hujjatining asl nusxasi (tavsiyanoma, sertifikat, diplom).
Eslatma: to’lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar shartnoma qog’ozlarini kontrakt.edu.uz sayti orqali oladi.
Bog’lanish uchun telefon va telegram raqamlari:
+998999702902; +998978286804, +998972300307; +998999779398; +998937721712. Geolocatsiya: https://maps.google.com/maps?q=40.989491,71.261613&ll=40.989491,71.261613&z=16

NamDU_sirtqi ta'lim 📚

08 Sep, 13:24


#DIQQAT #SHARTNOMA olish uchun video qoʻllanma 👆👆👆

Barcha ma'lumotlar kanali:
https://t.me/NamDU_sirtqi1

NamDU_sirtqi ta'lim 📚

05 Sep, 12:18


E'LON...!!! Qabul-2024 test sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tgan Namangan davlat universitetining Sirtqi ta'lim shakli yo'nalishlari bo'yicha grant, bazaviy va ortirilgan to’lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar quyida ko'rsatilgan hujjatlarni Universitetning Chust shahrida joylashgan Sirtqi bo’lim binosiga (8-bino) olib kelib topshirishlari so`raladi.
Hujjatlar ro'yxati:
1. Onlayn ariza
2. Diplom va diplom ilovasi yoki attestat (asli)
3. 2 dona pasport yoki ID kartasi nusxasi
4. 8 dona 3x4 hajmdagi fotosurat.
5. Abituriyent ruxsatnomasi
6. Titul varaqasi
Agar talaba imtiyozli tartibda qabul qilingan bo‘lsa imtiyozini tasdiqlovchi hujjatining asl nusxasi (tavsiyanoma, sertifikat, diplom).
Eslatma: to’lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar shartnoma qog’ozlarini kontrakt.edu.uz sayti orqali oladi.
Bog’lanish uchun telefon va telegram raqamlari:
+998999702902; +998978286804, +998972300307; +998999779398; +998937721712. Geolocatsiya: https://maps.google.com/maps?q=40.989491,71.261613&ll=40.989491,71.261613&z=16