MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф

@muhammad_yusuf_hayoti_va_ijodi


Haqiqiy Shoirning Qabri Boʼlmaydi,
Yurakka Koʻmilar Asl Shoirlar!

https://t.me/+4WnXEgOkbUdmODMy

MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф

21 Oct, 11:45


Oʻz oʻzidan erishilmagan, tilimiz uchun qancha odam kurashgan kerak boʻlsa jon bergan.

Shunday ekan Oʻzbek tilini asrash har birimizni burchimiz.

Islom Karimov aytganlaridek

Oʻz tilini yoʻqotgan har qanday millat oʻzligidan judo boʻlishi muqarrar!

Oʻzbek tili bayramingiz muborak boʼlsin!

MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф

20 Oct, 21:18


... - Turkiylar

Shavkat Rahmon
sheʼri

TURKIYLAR

Qilichin tashladi beklar nihoyat,
bosildi tulporlar,
tig’lar suroni,
urhoga o’rgangan tillarda oyat,
turkiylar tanidi komil Xudoni.

Qilichlar zangladi…
falokat hushyor,
turkiylar quvvatin berdi yerlarga.
Hiylagar do’stlarday yaqinlashdi yov
komillik qidirgan jasur erlarga.

Ilvasin yigitlar,
bobur yigitlar,
sajdaga bosh qo’ydi yovga ters qarab,
g’ullarni kemirib yig’ladi itlar,
buyuk boshni kesdi qilich yaraqlab.

Turkda bosh qolmadi…
qolmadi dovlar,
xotin-xalaj qoldi motam ko’tarib,
«Bizga tik qarama», — buyurdi yovlar,
yovlarga ters qarab yashadi bari.

Talandi samoviy tulpor uyuri,
talandi zarlari,
zeb-u zabari,
«Ters qarab o’ling», — deb yovlar buyurdi,
yovlarga ters qarab jon berdi bari.

Lahadga kirdilar o’zlarin qarg’ab,
qolmadi arabiy,
turkiy xatlari.
«Tug’ingiz, — dedi yov, — teskari qarab»,
yovlarga ters qarab tug’ildi bari.

Tug’ildi,
tug’ildi,
tug’ildi qullar,
qirqida qirqilgan — imdodga muhtoj,
yovlarga ters qarab itlarday hurar,
bir-biriga dushman,
bir-biridan koj.

Jo’mardlar qirilgan Turonzaminda
do’zaxiy tajriba pallasin ko’rdim:
eshshak suvrati bor qay bir qavmda,
qay birida to’ng’iz kallasin ko’rdim.

Bu holda buvaklar bo’g’ilib o’lar,
qul Bilol ezilib yig’lar falakda…
O’zlarin yondirar borliqdan to’ygan
Badaxshon la’liday asl malaklar.

Mo’minlar besh bora Allohni eslar
sajdaga bosh qo’yib jallod toshiga.
O’grilib sal ortga qarayin desa,
boshiga urarlar,
faqat boshiga.

Bormi er yigitlar,
bormi er qizlar,
bormi gul bag’ringda jo’mard nolalar,
bormi bul tufroqda o’zligin izlab,
osmon-u falakka yetgan bolalar.

Bor bo’lsa,
alarga yetkarib qo’ying,
bir boshga bir o’lim demagan ermas,
shahidlar o’lmaydi,
bir qarab tuying:

Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas

Shavkat Rahmon

MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф

17 Oct, 20:39


...Nima ham ko‘ribman men yigit bo‘lib?
Sochingni silashga qo‘lim yetmaydi.
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Tushimga kir endi, tushlarimga kir.

MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф

17 Oct, 20:33


Bu qoʻshiqdan bir parcha edi!
1 yildan oshgan boʻlsa ham hali hamon chiqmadi🤷‍♂

Menimcha shoirimiz qalamiga mansub ushbu sheʼrga qattiq tayyorgarlik koʻrilmoqda 😉

MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф

14 Oct, 11:14


https://youtu.be/iorSUeSsOH0?si=lRRAjLM7pXDIJoZX

MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф

07 Oct, 20:01


Yahyobek G‘aniyev - Muhammad Yusufga

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi

MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф

15 Sep, 18:11


Menga yoqmas uzoq umr ham,
Yigitlikda qaynab oqar qon.
Ush bu she’rni tugatganim dam,
«Uh» desamu chiqib ketsa jon…

🎙 Janob Hech Kim

Jontemir

MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф

15 Sep, 08:02


🎙 Dilbar Ohunova - Oʻlsam janozamni bulbul oʻqisin...

Bibisora Turobova

MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф

15 Sep, 07:58


Xalq orasida "Oʻlsam janozamni bulbul oʻqisin" sheʼrini koʻpchilik Marhum Prezidentimiz Islom Karimov yoki Muhammad Yusuf yozganlar degan xato maʼlumot yuradi.
Bu ham sheʼrni qanchalik kuchli yozilganidan dalolat.

Ushbu sheʼrning muallifi Bibisora Turobova bugun 72 yoshda vafot etibdilar.
Birgina sheʼr orqali millionlab insonlarni taʼsirlantirib, yigʻlata olgan kam sonli insonlardan biri edilar.
Joylari jannatda boʻlsin.

Oʻlsam janozamni bulbul oʻqisin...

MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф

11 Sep, 22:02


TURKIYLAR

Qilichin tashladi beklar nihoyat,
bosildi tulporlar,tig’lar suroni,
urhoga o’rgangan tillarda oyat,
turkiylar tanidi komil Xudoni.

Qilichlar zangladi…falokat hushyor,
turkiylar quvvatin berdi yerlarga.
Hiylagar do’stlarday yaqinlashdi yov
komillik qidirgan jasur erlarga.

Ilvasin yigitlar,bobur yigitlar,
sajdaga bosh qo’ydi yovga ters qarab,
g’ullarni kemirib yig’ladi itlar,
buyuk boshni kesdi qilich yaraqlab.

Turkda bosh qolmadi…qolmadi dovlar,
xotin-xalaj qoldi motam ko’tarib,
«Bizga tik qarama», — buyurdi yovlar,
yovlarga ters qarab yashadi bari.

Talandi samoviy tulpor uyuri,
talandi zarlari,zeb-u zabari,
«Ters qarab o’ling», — deb yovlar buyurdi,
yovlarga ters qarab jon berdi bari.

Lahadga kirdilar o’zlarin qarg’ab,
qolmadi arabiy,turkiy xatlari.
«Tug’ingiz, — dedi yov, — teskari qarab»,
yovlarga ters qarab tug’ildi bari.

Tug’ildi, tug’ildi, tug’ildi qullar,
qirqida qirqilgan — imdodga muhtoj,
yovlarga ters qarab itlarday hurar,
bir-biriga dushman,bir-biridan koj.

Jo’mardlar qirilgan Turonzaminda
do’zaxiy tajriba pallasin ko’rdim:
eshshak suvrati bor qay bir qavmda,
qay birida to’ng’iz kallasin ko’rdim.

Bu holda buvaklar bo’g’ilib o’lar,
qul Bilol ezilib yig’lar falakda…
O’zlarin yondirar borliqdan to’ygan
Badaxshon la’liday asl malaklar.
Mo’minlar besh bora Allohni eslar
sajdaga bosh qo’yib jallod toshiga.

O’grilib sal ortga qarayin desa,
boshiga urarlar,faqat boshiga.
Bormi er yigitlar,bormi er qizlar,
bormi gul bag’ringda jo’mard nolalar,
bormi bul tufroqda o’zligin izlab,
osmon-u falakka yetgan bolalar.

Bor bo’lsa,alarga yetkarib qo’ying,
bir boshga bir o’lim demagan ermas,
shahidlar o’lmaydi,bir qarab tuying:
Yovga ters qaragan musulmon emas!

Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!

Shavkat Rahmon

MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф

31 Aug, 12:22


Chet ellikdan oʻzbekcha eshitish baribir yoqimli -a?

Eng eʼtiborlisi bu Oʻzbekistonda yashamaydigan chet ellik))


Gulla yashna mustaqil Oʻzbekiston.!


Bayramingiz muborak boʼlsin.

Manba:👇 https://youtube.com/shorts/CrOZ5CTFOsM?si=brTFzgy1Jqx9jd_e

MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф

31 Aug, 07:35


🇺🇿

MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф

31 Aug, 07:27


Zoʻr oʻxshatish ofarin ))

...Bir koʻzimni bir koʻzim, suqlaganga
oʻxshaydi,
Boʻgʻzimga qizil tarix, tuflaganga
oʻxshaydi.
Millat deb soʻyilganning, qonidan
yaralganlar,
Uyalmay kuppa - kunduz
uhlaganga oʻxshaydi!...

Islom Ali

Sheʼrni toʻliq holda oʻqish uchun
https://t.me/IslomAli_shoir/58

MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф

22 Aug, 19:42


Svetlana Osipova Taekvondo boʻyicha olimpiada oʻyinlari kumush medali Sovrindoridan, kun.uz intervyu olishibdi koʻrishni maslahat beraman!
Millati rus bu qizimiz oʻzbek tilidan 40 yil yashab ham oʻzbek tilini bilmaydiganlarga, dars bersa boʻlarkan))

00:22 😁

00:26 😊


Toʻliq video👇 https://youtu.be/3ksiDx_iHgU?si=LBzs6K1bLuBbOTdJ

MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф

22 Aug, 17:06


Oʻz vataningda ham yashagani ham qoʻymaydi bular...

Iqtisodchi va Jurnalist savol beryapti:
5 yildan keyin Oʻzbekistonni qanday tasavvur qilasiz

Iqtisodchi: Abdulla Abduqodirov javob beryapti.
Rus tilini davlat tili deb eʼlon qilish kerak!!

Yutubdagi Video ostiga oʻtib "iliq" fikrlaringiznini qoldirishingiz mumkin

Toʻliq video👇
https://youtu.be/YzI3PmpBtlM?si=E4odtHCPdAm4v9aE

Yutubdagi 99.9% odamlar bu insonga qarshi fikr bildirganlar 👏

MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф

14 Aug, 19:02


Live stream finished (1 hour)

MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф

14 Aug, 17:31


Assalomu alaykum Chat yoqildi qandaydir ijrolar boʻlsa marhamat))

MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф

14 Aug, 17:20


Live stream started